NAMANGAN KADASTR
1.05K subscribers
10.2K photos
922 videos
9 files
4.28K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #dron_shou #samarkand

⚡️XVI VERONA EVROOSIYO IQTISODIY FORUMIDA DRONLAR SHOUSI O'TKAZILDI.⚡️

⚜️Joriy yilning 2-3 noyabr kunlari Samarqand viloyatining Samarqand shahrida joylashgan “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida Italiyaning “Evroosiyoni anglaymiz” notijorat uyushmasi va O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan XVI Verona Evroosiyo iqtisodiy forumi o'tkazildi.

📃Mazkur forum biznesni rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lib, tadbirkorlar o'rtasida erkin muloqot, biznes aloqalar va muzokaralar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

🔰O'nlab mamlakatlardan mingga yaqin ishtirokchi, xususan, O'zbekiston bilan biznes aloqalarini olib borish va o'zbekistonlik ishbilarmonlar bilan aloqa o'rnatishdan manfaatdor italiyalik yirik tadbirkorlar delegatsiyalari uchun "Geoinnovatsiya markazi" DUKning malakali mutaxassislari tomonidan DRONLAR SHOUSI o'tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз - дунё эътирофида!

Facebook|Instagram|Twitter
#Huquqiy_targibot

QONUNLARNI O'RGANAMIZ

🔹Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat tomonidan tan olish.

🔹Huquqiy asos:
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 28.11.2022 yildagi O‘RQ-803-son

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

❗️Davlat xizmatchisi tadbirkor yoki uning muassisi bo‘lishi mumkin emas

Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli
emas:

🔹o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;

🔹pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga, O‘zbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

🔹tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;

🔹tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo‘lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;

🔹o‘zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega bo‘lgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;

🔹o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;

🔹chet davlat fuqaroligini olishga;

🔹qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga;

🔹O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;

🔹o‘zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun #dastur_4

Uychi tumanida aholiga kadastr xizmatlari ko'rsatish borasidagi ishlar

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Uychi tuman filiali tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida filial rahbari Oybek Akbaraliyev bilan suhbat.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Тошкент шаҳрида йирик халқаро тадбир - Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг 16-саммити бошланмоқда.

Саммитда Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев, Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев, Эрон Президенти Иброҳим Раисий, Қирғизистон Президенти Садир Жапаров, Тожикистон Президенти Эмомали Раҳмон, Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедов, Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоған, Қозоғистон Бош вазири Алихан Смаилов, Покистон муваққат ҳукумати раҳбари Анвар ул-Ҳақ Какар ҳамда ИҲТ бош котиби Хусрав Нозирий иштирок этади.

Бугун, 8 ноябрь куни делегациялар Тошкентга кела бошлайди. Президентимиз уларнинг раҳбарлари билан икки томонлама учрашувлар ўтказади. Жумладан, бугунга Қирғизистон, Туркия Президентлари, Покистон муваққат ҳукумати раҳбари ва ИҲТ бош котиби билан музокаралар режалаштирилган.

Эртага, 9 ноябрь куни олий даражадаги йиғилиш бўлиб ўтади. Унинг доирасида қатор икки томонлама учрашувлар ўтказилиши кўзда тутилган.

В Ташкенте начинается крупное международное событие - 16-й саммит Организации экономического сотрудничества.

В саммите примут участие Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев, Президенты Азербайджана Ильхам Алиев, Ирана Ибрахим Раиси, Кыргызстана Садыр Жапаров, Таджикистана Эмомали Рахмон, Туркменистана Сердар Бердымухамедов, Турции Реджеп Тайип Эрдоган, Премьер-министр Казахстана Алихан Смаилов, глава временного правительства Пакистана Анвар уль-Хак Какар и генеральный секретарь ОЭС Хусрав Нозири.

Сегодня, 8 ноября делегации начнут прибывать в Ташкент. Президент нашей страны проведет двусторонние встречи с их главами. В частности, на сегодня запланированы переговоры с Президентами Кыргызстана, Турции, главой временного правительства Пакистана и генсеком ОЭС.

Завтра, 9 ноября состоится заседание высшего уровня. На его полях предусматривается проведение ряда двусторонних встреч.

Facebook|Instagram|Twitter
Namangan viloyati bo'yicha 2 422 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

🔹Mingbuloq tumanidan 85 ta (koʼrish)
🔹Kosonsoy tumanidan 199 ta (ko'rish)
🔹Namangan tumanidan 59 ta (koʼrish)
🔹Norin tumandan 89 ta (koʼrish)
🔹Pop tumandan 556 ta (koʼrish)
🔹To'raqo'rg'on tumanidan 203 ta (ko'rish)
🔹Uychi tumanidan 104 ta (ko'rish)
🔹Uchqo'rg'on tumanidan 125 ta (ko'rish)
🔹Chortoq tumanidan 323 ta (ko'rish)
🔹Chust tumanidan 349 ta (ko'rish)
🔹Yangiqo'rg'on tumanidan 237 ta (ko'rish)
🔹Namangan shahridan 96 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🇺🇿Prezident Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023 y.) bilan ayrim qonunchilik hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Shunga ko‘ra:

💠 Sudyalar oliy kengashi raisi va aʼzolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini Prezidentning taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash tartibi belgilandi;

💠 yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanishiga oid talabdan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardagi bunday cheklovlar bekor qilinadi;

💠 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olinadi.

💠 Vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.

Bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:

⚡️mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;

⚡️insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy taʼsir choralarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️O‘zbekiston hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти бош котиби Хусрав Нозирийни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального секретаря Организации экономического сотрудничества Хусрава Нозири.

#Mirziyoyev #qabul #IHT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#yer_nazorati

Raqamlar va faktlar


🇺🇿Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida viloyatda jami 1 080 ta holatda 157.4 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

Ushbu aniqlangan huquqbuzarliklarga o'rnatilgan tartibda chora ko'rish maqsadida

🔹berilgan yozma ko'rsatmalarga asosan 576 ta holatda 63.5 gektar ixtiyoriy bartaraf etildi;
🔹274 ta holatda 67.6 gektar sudlarga da'vo arizalari kiritildi;
🔹80 ta holatda 14.1 gektar sudlar tomonidan qanoatlantirildi (majburiy buzdirish yuzasidan sud qarori qabul qilindi)
🔹194 ta holatda 53.5 gektar sud jarayonlari davom etmoqda;
🔹64 ta holatda ish hujjatlari o'rnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborilgan.

Namangan viloyati bo'yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlarini huquqbuzarlar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilishi 53% ni tashkil qilgan.


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

🔹 Qonunchilikka ko‘ra, o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa
taqiqlanadi.

⚠️ Mazkur qoidadan
istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Birlashgan Мillatlar Тashkilotining Global Geofazaviy Axborot Boshqaruvining Osiyo va Tinch okeani forumi o'tkazilmoqda


🌱 Joriy yilning 6–10 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali shahrida bo‘lib o‘tayotgan 12- yalpi majlisda "Barqaror dunyo uchun geofazoviy innovatsiyalarni qabul qilish” mavzusida forum a’zolari - Milliy geofazoviy agentliklar, geofazoviy sanoat va Indoneziyaning Bali shahrida yig‘ilgan hamjamiyat uchun qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishishmoqda.

🇺🇿 Mazkur forumda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev "O'zbekiston rivojlanishida Geofazoviy innovatsiyalardan foydalanish" mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. Unda dunyo mamlakatlari vakillariga Kadastr agentligi tizimi faoliyati yo'nalishlari, Fazoviy ma'lumotlar Milliy infratuzilmasi, kadastr tizimi moddiy texnik bazasi, Respublikadagi yer fondi toifalari hamda ko'chmas mulk obyektlari haqida ma'lumotlar taqdim qilindi.

⭐️ 🌟 Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi raisi taqdimot so'nggida Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi va kadastr tizimini yanada rivojlantirish uchun kelgusidagi maqsad va rejalari bilan ham tanishtirib o'tdi.

#DavKadastrPalata #geofazoviy_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM