NAMANGAN KADASTR
1K subscribers
9.68K photos
899 videos
9 files
4.13K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевга туркий халқлар оиласининг бирлигини мустаҳкамлашга, туркий мамлакатларнинг манфаатлари ва қарашларини халқаро майдонда фаол илгари суришга қўшган улкан ҳиссаси учун юксак мукофот – “Туркий дунёнинг олий ордени” тантанали топширилди.

Президенту Республики Узбекистан Шавкату Мирзиёеву торжественно вручена высокая награда – «Высший орден Тюркского мира» за выдающийся вклад в укрепление единства тюркской семьи, активное продвижение интересов и взглядов тюркских стран на международной арене.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #mukofot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun #dastur_6

Kadastr xizmati inson manfaatlari yo‘lida


🔹Kadastr agentligi rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqqa asosan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tizimida “Kadastr xizmati inson manfaatlari yo‘lida” rukni ostida aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan kadastr xizmatlarni yanada yaxshilash maqsadida murojaatchilarning munosabatlari, fikrlari va takliflari o‘rganilmoqda.

🔹Navbatdagi manzilimiz Norin daryosi bo‘yida joylashgan, paxtakorlar va mirishkorlar tumani Uchqo‘rg‘on bo‘ldi. Murojaatchilarning so‘zlariga quloq solamiz!

🔹Maqsadimiz esa fuqarolarga va tadbirkorlarga tez va sifatli kadastr xizmati ko‘rsatishdir!

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

Viloyatimiz shahar va tumanlari haqida ma'lumot

«Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga asosan

Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib Respublikamiz  shahar va tumanlari 5 ta toifalarga ajratilgan. Tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.

Namangan viloyati shahar va tumanlari quyidagi toifalarga kiritildi:

🔹 Namangan shahri, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlari – 1-toifaga;
🔹 To‘raqo‘rg‘on, Uychi va Uchqo‘rg‘on tumanlari – 2-toifaga;
🔹 Kosonsoy, Namangan, Pop, Chortoq, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlari – 3-toifaga;
🔹 Norin tumani – 4-toifaga;
🔹 Mingbuloq tumani – 5-toifaga.


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun #dastur_4

Uchqo'rg'on tumanida aholiga kadastr xizmatlari ko'rsatish borasidagi ishlar

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Uchqo'rg'on tuman filiali tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida filial rahbari Sardorbek Turg‘unov bilan suhbat.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #dron_shou #samarkand

⚡️XVI VERONA EVROOSIYO IQTISODIY FORUMIDA DRONLAR SHOUSI O'TKAZILDI.⚡️

⚜️Joriy yilning 2-3 noyabr kunlari Samarqand viloyatining Samarqand shahrida joylashgan “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida Italiyaning “Evroosiyoni anglaymiz” notijorat uyushmasi va O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan XVI Verona Evroosiyo iqtisodiy forumi o'tkazildi.

📃Mazkur forum biznesni rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lib, tadbirkorlar o'rtasida erkin muloqot, biznes aloqalar va muzokaralar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

🔰O'nlab mamlakatlardan mingga yaqin ishtirokchi, xususan, O'zbekiston bilan biznes aloqalarini olib borish va o'zbekistonlik ishbilarmonlar bilan aloqa o'rnatishdan manfaatdor italiyalik yirik tadbirkorlar delegatsiyalari uchun "Geoinnovatsiya markazi" DUKning malakali mutaxassislari tomonidan DRONLAR SHOUSI o'tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз - дунё эътирофида!

Facebook|Instagram|Twitter
#Huquqiy_targibot

QONUNLARNI O'RGANAMIZ

🔹Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat tomonidan tan olish.

🔹Huquqiy asos:
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 28.11.2022 yildagi O‘RQ-803-son

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

❗️Davlat xizmatchisi tadbirkor yoki uning muassisi bo‘lishi mumkin emas

Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli
emas:

🔹o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;

🔹pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga, O‘zbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

🔹tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;

🔹tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo‘lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;

🔹o‘zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega bo‘lgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;

🔹o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;

🔹chet davlat fuqaroligini olishga;

🔹qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga;

🔹O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;

🔹o‘zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun #dastur_4

Uychi tumanida aholiga kadastr xizmatlari ko'rsatish borasidagi ishlar

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Uychi tuman filiali tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida filial rahbari Oybek Akbaraliyev bilan suhbat.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Тошкент шаҳрида йирик халқаро тадбир - Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг 16-саммити бошланмоқда.

Саммитда Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев, Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев, Эрон Президенти Иброҳим Раисий, Қирғизистон Президенти Садир Жапаров, Тожикистон Президенти Эмомали Раҳмон, Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедов, Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоған, Қозоғистон Бош вазири Алихан Смаилов, Покистон муваққат ҳукумати раҳбари Анвар ул-Ҳақ Какар ҳамда ИҲТ бош котиби Хусрав Нозирий иштирок этади.

Бугун, 8 ноябрь куни делегациялар Тошкентга кела бошлайди. Президентимиз уларнинг раҳбарлари билан икки томонлама учрашувлар ўтказади. Жумладан, бугунга Қирғизистон, Туркия Президентлари, Покистон муваққат ҳукумати раҳбари ва ИҲТ бош котиби билан музокаралар режалаштирилган.

Эртага, 9 ноябрь куни олий даражадаги йиғилиш бўлиб ўтади. Унинг доирасида қатор икки томонлама учрашувлар ўтказилиши кўзда тутилган.

В Ташкенте начинается крупное международное событие - 16-й саммит Организации экономического сотрудничества.

В саммите примут участие Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев, Президенты Азербайджана Ильхам Алиев, Ирана Ибрахим Раиси, Кыргызстана Садыр Жапаров, Таджикистана Эмомали Рахмон, Туркменистана Сердар Бердымухамедов, Турции Реджеп Тайип Эрдоган, Премьер-министр Казахстана Алихан Смаилов, глава временного правительства Пакистана Анвар уль-Хак Какар и генеральный секретарь ОЭС Хусрав Нозири.

Сегодня, 8 ноября делегации начнут прибывать в Ташкент. Президент нашей страны проведет двусторонние встречи с их главами. В частности, на сегодня запланированы переговоры с Президентами Кыргызстана, Турции, главой временного правительства Пакистана и генсеком ОЭС.

Завтра, 9 ноября состоится заседание высшего уровня. На его полях предусматривается проведение ряда двусторонних встреч.

Facebook|Instagram|Twitter
Namangan viloyati bo'yicha 2 422 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

🔹Mingbuloq tumanidan 85 ta (koʼrish)
🔹Kosonsoy tumanidan 199 ta (ko'rish)
🔹Namangan tumanidan 59 ta (koʼrish)
🔹Norin tumandan 89 ta (koʼrish)
🔹Pop tumandan 556 ta (koʼrish)
🔹To'raqo'rg'on tumanidan 203 ta (ko'rish)
🔹Uychi tumanidan 104 ta (ko'rish)
🔹Uchqo'rg'on tumanidan 125 ta (ko'rish)
🔹Chortoq tumanidan 323 ta (ko'rish)
🔹Chust tumanidan 349 ta (ko'rish)
🔹Yangiqo'rg'on tumanidan 237 ta (ko'rish)
🔹Namangan shahridan 96 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🇺🇿Prezident Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023 y.) bilan ayrim qonunchilik hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Shunga ko‘ra:

💠 Sudyalar oliy kengashi raisi va aʼzolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini Prezidentning taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash tartibi belgilandi;

💠 yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanishiga oid talabdan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardagi bunday cheklovlar bekor qilinadi;

💠 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olinadi.

💠 Vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.

Bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:

⚡️mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;

⚡️insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy taʼsir choralarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️O‘zbekiston hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти бош котиби Хусрав Нозирийни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального секретаря Организации экономического сотрудничества Хусрава Нозири.

#Mirziyoyev #qabul #IHT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter