NAMANGAN KADASTR
992 subscribers
9.53K photos
894 videos
9 files
4.1K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#huquqiy_bilim

“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.)

🏢 Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

▫️yer uchastkalarining belgilanganligi (realizatsiya qilinganligi);

▫️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

▫️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

▫️ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

▫️ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

Hujjatning to‘liq matni

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_bilim

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yerda qurilgan binolarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

📝O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔹Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🔹O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🌟 Kadastr agentligi hisoboti. 6 oy davomida ijobiy o‘zgarishlar nimalarda aks etdi?

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #VM_543

Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamenti:

🔹yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratiladigan holatlar ro‘yxati;
🔹yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish uchun materiallarni tayyorlash tartibi;
🔹yer uchastkasi ajratish materiallarini vakolatli organlar bilan kelishish tartibi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 543-son qarori

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bor, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi deb belgilangan.

Shunga ko‘ra, Agentlik va uning hududiy filiallari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar siyosati va unga masʼul bo‘lgan xodimlarning faoliyati doimiy ravishda monitoring qilib, o‘rganib borilmoqda.

Agentlikning Markaziy apparati tashabbusi bilan navbatdagi monitoring jarayonlari Namangan viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limlarida amalga oshirildi. Monitoring jarayonlarida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berish maqsadida, Agentlik masʼul xodimlari ishtirokida viloyat boshqarma va tashkilotlarning Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limlari rahbar va xodimlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida Agentlik masʼullari tomonidan vakant lavozimlarga tashkil etilayotgan ochiq mustaqil tanlovlarni o‘tkazish tartibi, tanlov jarayonlarini vacancy.argos.uz portalida to‘g‘ri rasmiylashtirish, ushbu tizimga kiritilishi kutilayotgan yangiliklar to‘g‘risida fikr bildirildi. Davlat xizmatini raqamlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan yangi tizim HRM.argos.uz platformasiga davlat fuqarolik xizmatchilari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni kiritilish holati yuzasidan ishtirokchilarga batafsil tushunchalar berildi. Shu bilan birga, boshqarma va tuman (shahar) hokimliklarida olib borilgan monitoring natijalari tahlil qilinib, masʼullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Yakunida faoliyat davomida yuzaga kelayotgan muammolar, tizimni yana-da takomillashtirish bo‘yicha takliflar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
#Prezident

Бош прокуратура, Кадастр агентлигига
бир ой муддатда Фарғона вилоятида сўнгги беш йилда саноат зоналари ва бўш турган ишлаб чиқариш майдонлари тоифасини якка тартибдаги уй-жой қуришга ўзгартириш ҳолатларини текшириб, қонун устуворлигини таъминлаш топширилди.

Бундан буён, саноат мақсадлари учун мўлжалланган ерлар тоифасини ўзгартириш бўйича қарорлар фақат Ҳукумат комиссияси розилиги билан амалга оширилиши белгиланди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Kadastrchilar jonli efirda

🔹Namangan viloyati teleradiokompaniyasining “Guldasta” teleko‘rsatuvi 28-iyul kungi sonida “Kadastr pasportini shakllantirish va unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish" mavzusida jonli efirda suhbat bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Namangan shahar filiali boshlig‘i Akramjon Turg‘unov, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyat boshqarmasi Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi Husanjon Shokirovlar mavzu yuzasidan teletomoshabinlarni savollariga javob berdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Qoraqalpog‘istondagi hujjatsiz uy-joylarga mulk huquqi e’tirof etiladi

Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni (PF–119-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqi eʼtirof etiladi.

Jumladan, buning uchun fuqaro ushbu uy-joydan 2018-yil 1-maygacha bo‘lgan davrdan boshlab o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan bo‘lishi, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda so‘nggi 5 yil uchun yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘langanligi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

Huquqlarni eʼtirof etish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan uy-joylar ro‘yxatiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges qarori bilan rasmiylashtiriladi.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qarorlar qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning oxirgi muddati – 2024 yil 1 avgust hisoblanadi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱DKPning "Rahbar va yoshlar" 1-milliy forumi 🌱

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari tomonidan tashkillashtirilgan "Rahbar va yoshlar" 1-milliy forumining 3 kunlik jarayoni, hayajonli onlari batafsil mazkur videofilmda. 👆

📹 Videofilmni HD formatda YouTube kanalimizda tomosha qiling: 👉 https://youtu.be/GJvOieRjs3w 👈

◼️Jurnalist va blogerlarlar tayyorlagan forum tafsilotlari Respublikamizning quyidagi ommaviy axborot vositalari orqali batafsil yoritildi:

▫️Zamin informatsion dasturida;

▫️"Ochun.uz" ijtimoiy tarmog'ida;

▫️ Jizzax MTRK telekanalining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida;

▫️Jaslar TV telekanalining "Qaraqalpaqstan online" xabarlar dasturida;

▫️UzA.uz ijtimoiy tarmog'ida;

▫️Qoraqalpog'iston MTRK telekanalining "Xabarlar" dasturida;

▫️Qoraqalpog'iston MTRK telekanalining "Xabar" informatsion dasturida forumning 2-kuni haqida;

▫️"Qaraqalpaqstan xabar agentligi" rasmiy ijtimoiy tarmog'ida ;

▫️"Jizzax yoshlari" telegram ijtimoiy tarmog'ida;

▫️Jizzax TV telekanalining "Reportaj" informatsion dasturida;

▫️Nasaf TV telekanalining "Xabarlar" informatsion dasturida;

▫️"Jizzax haqiqati" gazetasining 2023-yil 22-iyul, №60-sonida;

▫️ Jizzax radiokanali "Xabarlar" informatsion dasturining maxsus sonida;

▫️"Qashqadaryo xalqi" telegram kanalida;

▫️MTRK ning "O'zbekiston24" telekenali, "Yangiliklar 24" informatsion dasturida;

▫️Bloger Oybek Alijonning 3 kunlik forumni to'liq yoritgan lavhalari facebook ijtimoiy tarmog'ining "Jizzax media blogi" sahifasida;

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda #forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🟢So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon.
🟢Shu sababli 🌟Kadastr agentligi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

YER BILAN BOG'LIQ KORRUPSIYA VA TA'MAGIRLIK XOLATLARIGA DUCH KELSANGIZ HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIGA YOKI 1097 QISQA RAQAMIGA MUROJAAT QILING!

FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!
📌Ogohlik davr talabi!!!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Oʼzbekiston – 2030" strategiyasi muhokamaga qoʼyildi

Kelgusi 7 yilda mamlakatning asosiy rivojlanish yoʼnalishlarini belgilab beruvchi "Oʼzbekiston – 2030" strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari joriy yilning 31-iyulidan boshlab regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida muhokama uchun joylashtirildi.

"Oʼzbekiston – 2030" strategiyasining maqsadlari va samaradorlik koʼrsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan boʼlib, unda 5 ta yoʼnalish boʼyicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.

Fuqarolar loyihalarning muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarni regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallariga yuborishlari mumkin.

Jamoatchilik muhokamasi 2023-yil 9-avgustga qadar davom etadi.
#kadastr #quyosh_panel

Ma'lumki 2023-yil yakuniga qadar 🌟Kadastr agentligi tizimida jami 21 ta obyektda quyosh panellari o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

💠Shundan 🌟 Kadastr agentligi markaziy apparati binosida 1 ta, 🌟Kadastr agentligi hududiy boshqarmasida 1 ta, 💫Davlat kadastrlari palatasining 13 ta hududiy boshqarmalarida va 6 ta Agentlik tizim tashkilotlari binolarida jami 855 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilgan.

Bular:
😎Agentlik markaziy apparati binosi (120 kVt),
😎Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati (60 kVt)
😎Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi (20 kVt),
😎Andijon viloyati (30 kVt),
😎Namangan viloyati (40 kVt),
😎Farg‘ona viloyati (60 kVt),
😎 Jizzax viloyati (15 kVt),
😎Qashqadaryo viloyati (30 kVt),
😎Surxondaryo viloyati (20 kVt),
😎Toshkent shahar (60 kVt),
😎Toshkent viloyati (50 kVt),
😎Buxoro viloyati (15 kVt),
😎Xorazm viloyati (30 kVt),
😎Navoiy viloyati (15 kVt),
😎Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida (rejadan tashqari) (10 kVt) quyosh panellari o‘rnatildi.
🟡 Sirdaryo viloyati boshqarmasida (15 kVt) quyosh panellari o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

🔋Quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha yillik reja jami 855 kVt bo‘lib, iyul oyi yakuniga qadar 580 kVt rejaga nisbatan 67,8 % o‘rnatish ishlari yakunlanadi.

Ma'lumot uchun: Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish 🌟Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” DUK tomonidan manzilli dastur asosida olib borilmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

O'zboshimchalik bilan egallab olish holatlari bartaraf etilmoqda

🔹Kadastr agentligining Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan tumanning “Qizilqum” MFY hududida o‘rganish hamda yer nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Aniqlangan o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy bino-inshootlar ko‘rilgan choralar natijasida bino qurgan shaxslar hisobidan, o‘z ixtiyorlariga ko‘ra bartaraf etilmoqda.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook