NAMANGAN KADASTR
1.05K subscribers
10.2K photos
922 videos
9 files
4.28K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi

"Kadastr agentligi tomonidan hududlarda tashkil etilgan 10 784 ta saylov uchastkalarining manzillari  va chegaralari to‘g‘risida  elektron xarita yaratildi hamda axborot tizimiga joylashgan manzillari to‘g‘risida maʼlumotlar kiritildi. Shuningdek, viloyat va tumanlardagi saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini dolzarblashtirish uchun tashkil etilgan shtablarga axborot tizimidan foydalanish imkoniyati yaratildi."

🌏Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov ishtirokida o‘tkazilgan brifingdan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #seminar

Zamonaviy geodezik o'lchov uskunalaridan foydalanish bo'yicha amaliy seminar

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasida boshqarmaning tuman va shahar filiallarida faoliyat olib borayotgan topograflar uchun amaliy seminar tashkil etildi.

🔹Seminar Davlat kadastrlari palatasi "Topografik ishlarni muvofiqlashtirish" bo‘limi boshlig‘i U.Abdullayev, Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyat boshqarmasi Topografik va kartografik xaritalarni tayyorlash sektori boshlig'i A.Raxmatov hamda bosh mutaxassisi O.Zoxidovlar boshchiligida o'tkazildi.

🔹Seminar davomida topografik o'lchov ishlarini sifatli amalga oshirish, faoliyat jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni oldini olish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berildi.

🔹Shuningdek, mutaxassislarga zamonaviy I 83 GPS geodezik o‘lchov vositalaridan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_bilim

📣DIQQAT E'LON!

HURMATLI FUQARO HAMDA TADBIRKORLAR!

Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishning narxlari haqida ma'lumot beramiz
.
(Huquqiy asos: VMning 10.07.2014-yildagi 186-son qarori)

Noturar bino va inshootlarga oid qismiga:

🔹Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari;
🔹Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi;
🔹Umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 17,25 baravari;
🔹Umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 34,5 baravari;
🔹Umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 57,5 baravari;
🔹Umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 80,5 baravari.

Turar joy fondiga oid qismiga:

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi.
Yakka tartibdagi turarjoy
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi.

Yer uchastkalariga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga
:

🔹Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - bepul;
🔹Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
🔹Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
🔹Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
🔹Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari;
🔹Ko‘p yillik dov-daraxtlar - bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

🇺🇿Namangan viloyati, Yangi Namangan tumani, “Mustaqillikning 5 yilligi” MFY hududida fuqarolar tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish ishlari amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llangan murojaatni joyida o‘rganish yuzasidan.

Matbuot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

🇺🇿Namangan viloyati, Davlatobod tumani, “Quyi Rovuston” MFY, Hamkor ko‘chasi hududida fuqaro tomonidan amalga oshirilgan “turar-joy” bino-inshootlari qurilishidan norozi bo‘lib ijtimoiy tarmoq orqali yo‘llangan murojaatni joyida o‘rganish yuzasidan.

Matbuot xizmati.
⚡️Meʼyoriy hujjatlarni o‘rganamiz

🇺🇿 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan shahar bo‘limi va filiali xodimlari uchun “Meʼyoriy hujjatlarni o‘rganamiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔹 Davra suhbatida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, bo‘lim va filial rahbarlari, xodimlar, yer va kadastr nazorati inspektorlari ishtirok etdilar.

🔹 Tadbirda M.Nurmatov yig‘ilganlarga Kadastr agentligi direktori tomonidan 2023-yil 5-iyun kuni qabul qilingan 139-07-sonli buyrug‘ining mazmun-mohiyatini ochib berdi. Asosiy eʼtiborni, mazkur buyruq bilan tizimda ro‘y berganda zudlik bilan Agentlik rahbariyatiga xabar berilishi lozim bo‘lgan maʼlumotlar ro‘yxati tasdiqlanganligiga hamda ushbu xabarlarni taqdim etishga masʼul bo‘linmalar va xabarnomalarni to‘ldirish namunalariga qaratdi.

BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#kadastr #sohada_qullaniladign_texnikalar

⭐️SOHADA QO'LLANILADIGAN TEXNIKALAR

📏 "STALKER 75-14" yer osti kommunikatsiya tizimlari, truba va kabellarning joylashuvini aniqlash hamda ularning plan va xaritalarini yaratishda foydalanishga mo‘ljallangan qurilma.

"Stalker 75-14" GT-75 generatori va PT-14 qabul qilish qurilmalaridan iborat.

🫥 Qurilmaning o‘ziga xos xususiyatlari:

🧭 Qurilma displeyida kommunikatsiya sxemasini ko‘rsatib turuvchi “Kompas” funksiyasi mavjud;

📍 joylashgan joyini va trassa yo‘nalishini butun jahon koordinatalar tizimida aniqlash imkoniyati mavjud;

📶 10 000 o‘lchov birligini saqlash tizimi, Bluetooth tizimi orqali kompyuterga bog‘lanish tizimi;

📶 maxsus gaz quvurlari bilan ishlashga mo‘ljallangan chastota orqali generatorsiz (EXZ bilan) ishlash rejimi;

📶 Stalker 75-14 qurilmasi chuqurlikni va tok kuchini avtomatik tarzda aniqlaydi (passiv rejimda ham);

📉 Geniratordan 10 km.masofagacha chuqurligi 10 metrgacha bo‘lgan chuqurlikda kommunikatsiya qidirish imkoniyati mavjud;

📶 4 ta ishchi chastota mavjud va GT-75 generatorlarini chiqish kuchlanishi o‘zgartirish imkoniyati mavjud (10 dan 75 VT gacha).

🔎 Stalker :75-04, 75-02M ning ushbu geniratorlari deffekt qidiruvchi geniratorlar guruhiga kiradi.

🟢 Qurilma PT-14 menyusi rus va ingiliz tillarida ishlaydi;

🟢 yengilashtirilgan konstruksiya (og‘irligi 1,7 kg) ;quyidagi kerakli parametrlar qurilma displeyida doimiy ko‘rinib turadi;
🟢 “Maksimum”va”minimum” shkalalar ;
🟢 barcha aktiv chastotalarda kommunikatsiyalarni yotish chuqurligi va tok kuchi;
🟢 kommunikatsiya tarmoqlarini zararlangan qisimlarini ko‘rsatuvchi “zond” shkalasi;
🟢 Signalning qutbiyligi-izolatsiyasi zararlangan joylarda “+” belgilar “-”ga almashinadi;
🟢 Tok yo‘nalishini o‘zgartirish (generatordan generatorga)rejimi mavjud,begona kommunikatsiyaga o‘tib ketish ehtimoli bo‘lmasligi uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

🔹Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari uchun “Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash” mavzusida o‘quv-seminar tashkil qilindi.

🔹Seminarda DKP Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Q.Gapparov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali boshlig'ining o‘rinbosari O.Rahimov va yetakchi inspektori D.Rahimov, boshqarma bo'lim boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etdilar.

🔹Tadbirda Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash uslubiyatining mazmun-mohiyati, bu bo‘yicha jahon tajribasi hamda yurtimizda erishilayotgan natijalar haqida yig‘ilganlarga taqdimotlar orqali ochib berildi.

🔹Boshqarma xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob oldilar.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook