NAMANGAN KADASTR
1.05K subscribers
10.2K photos
921 videos
9 files
4.28K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#sayyor_qabul

Sayyor qabullar - inson manfaati uchun

 🔹 Bugun Namangan viloyatining chekka hududlaridan biri bo‘lgan Yangiqo‘rg‘on tumanining Nanay qishlog‘i fuqarolari va tadbirkorlari uchun kadastr xizmatiga  murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahromjon Bahodirovich boshchiligida va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Gapparov Qodirxon Sattarovich hamda Yangiqo‘rg‘on tumani kadastr bo‘limi, tuman kadastr filiali boshliqlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Tadbirda kadastr masalalari bo‘yicha murojaat bilan kelgan jami 32 nafar fuqaro va tadbirkorlarning 12 nafariga joyining o‘zida yechim topildi, 4 nafariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovlar bo‘yicha batafsil tushuntirildi, 16 nafar fuqarolarning kadastr hujjatlari joyida o‘rganib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rahbariyat tomonidan nazoratga olindi.

🔹 Qabul davomida o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qilgan otaxon va onaxonlar sayyor qabulni tashkil qilgan rahbarlarga va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib duolar qildilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar – jamoamiz ahilligiga xizmat qiladi

🔹 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari rahbariyati, xodimlar navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

🔹 Tadbir avvalida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov kadastr tizimidagi o‘zgarishlar tufayli boshqarmaning maʼnaviyat va maʼrifat kengashi tarkibini yangilash va unga yangi tashkil qilingan xotin-qizlar kengashi, boshqarmalarning yoshlar harakati  vakillarini kiritishni taklif qildi. Ko‘pchilik ovoz bilan boshqarma boshlig‘i raisligidagi yangi kengash aʼzolari tarkibi tasdiqlandi.

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan namoyish etilgan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotidan so‘ng, Kadastr agentligi Namangan viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov “30-aprel – O‘zbekiston Respublikasida umumxalq referendumi kuni” mavzusida maʼruza qildi. U o‘z so‘zida xodimlarni mamlakatimiz hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur siyosiy jarayonda faol ishtirok etib o‘zlarining munosabatlarini bildirishlariga chaqirdi.

🔹Shu masalada so‘z olgan Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Q.Gapparov referendumda konstitutsiyaning yer va mehnat munosabatlariga oid moddalaridagi o‘zgarishlar haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.   

🔹 Tadbir so‘ngida yig‘ilish raisi B.Pazilov viloyat kadastr tizimida ijro intizomiga rioya qilish, davlat tilida ish yuritish, xizmat va kiyinish madaniyatiga amal qilish hamda yangi qabul qilinayotgan meʼyoriy hujjatlarni doimiy o‘rganib borish uchun seminarlar tashkil qilish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_bilim

❗️Bugundan yangi Mehnat kodeksi kuchga kirdi

🇺🇿“O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.

🔵 Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra:

🔹Mehnat shartnomasida xodimni kamsitadigan shartlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. BATAFSIL

🔹Mehnatga natura shaklida haq to‘lash taqiqlanadi. BATAFSIL

🔹Ishdan bo‘shatish nafaqasi 200 foizgacha to‘lanadi. BATAFSIL

🔹Dam olish kuni bayram kuniga to‘g‘ri kelsa keyingi kunga ko‘chiriladi. BATAFSIL

🔹Ish beruvchining xodimdan mehnat shartnomasida shartlashilmagan ishni talab qilishi taqiqlanadi. BATAFSIL

🔹Xodim har xil malaka talab etiladigan ishlarni bajarganda unga yuqori malaka bo‘yicha haq to‘lanadi. BATAFSIL

🔹Yillik asosiy taʼtil muddati 21 kalendar kun etib belgilanadi. BATAFSIL

🔹Xizmat tekshiruvi o‘tkazish tartibi belgilanmoqda. BATAFSIL

🔹Xodimlarga ish haqqi qisman saqlanadigan qo‘shimcha taʼtillar berilishi mumkin. BATAFSIL

🔹Ayollarga homilani antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash uchun qo‘shimcha bo‘sh kunlar beriladi. BATAFSIL

🔹3 yoshgacha bolasi bor ayollarni ishdan bo‘shatish asoslari kengaytirildi. BATAFSIL

🔹Ayrim toifadagi xodimlar uchun sinov muddati 3 oydan 6 oygacha uzaytiriladi. BATAFSIL

🔹Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish tartibi belgilanmoqda. BATAFSIL

🔹Ishga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar so‘raladi? BATAFSIL

🔹Ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi mehnat shartnomasini o‘zgartirishga asos bo‘ladi. BATAFSIL

🔹Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi. BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Maqsadimiz -xalqimizga halol xizmat qilishdir

🔹Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan  viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Kosonsoy tuman bo‘lim va filiali xodimlari bilan umumprofilaktik yig‘ilish o‘tkazdilar.

🔹Tadbirda so‘z olgan M.Nurmatov ishtirokchilarga kadastr yo‘nalishi bo‘yicha so‘ngi yillarda qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyatini tushuntirib berdi. Asosiy eʼtibor begona shaxslar va sohada muqaddam ishlab ketgan xodimlarni kompyuter tizimi dasturlari bilan ishlash xonalariga, maʼlumotlar bazasi mavjud kompyuter xonalariga kirishni cheklash va oldini olishga qaratildi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔹 So‘ngra so‘zga chiqqan A.Obidov yig‘ilganlar eʼtiborini sohada korrupsiyani oldini olish va unga qarshi birgalikda kurashishga qaratdi. Shuningdek, kadastr idoralari xodimlari tomonidan mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, tamagirlik kabi korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga birgalikda kurashish lozimligi taʼkidlandi.

🔹Shuningdek, u o‘z so‘zini davom ettirib, yig‘ilish ishtirokchilariga Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev rahbarligida ZOOM platformasi orqali  bugun o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz taʼminlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Tadbirda qatnashgan mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga to‘laqonli javob oldilar.

🔹Bunday qiziqarli va jonli davra suhbatlari viloyatimizning barcha tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

🔹Sizning kadastr xizmatiga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi mas'ullari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

🔹Mavzu: "Ko‘chmas mulkka kadastr pasporti shakllantirish va unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish"

🔹Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

🔹Vaqti: 2023-yil 4-may, soat 11:00 da.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Live stream started
Live stream finished (45 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Namanganda ayollar seminari▪️

⭐️🌟 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasida tizimidagi xotin-qizlar uchun "Oila - muqaddas dargoh" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

◼️ Unda Namangan viloyatida sohada faoliyat olib borayotgan 50 nafardan ziyod xotin-qizlar ishtirok etishdi. Mas'ullar tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularni qo'lab-quvvatlash yuzasidan bajarilayotgan ishlar, berilayotgan imtiyozlar hamda ayollarning oila va jamiyatimizdagi o'rni kabi masalalarda fikr bildirishdi.

◼️Dastur rejasiga ko'ra, tizimdagi xotin-qizlarining muammolarini ko‘rib chiqib, ijobiy hal etish maqsadida Sayyor qabul o‘tkazildi. Qabuldan so'ng tadbir qatnashuvchilari Namangan viloyati Chortoq tumanidagi "Sulton Uvay Qaroniy" madaniy meros obyektlarini ziyorat qildilar.

⚡️ Navbatdagi sayyor qabul Andijon viloyati kadastr xotin-qizlari uchun o'tkazilishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #iso_37001_2016

🌟 Кадастр агентлиги ISO 37001:2016 халқаро сертификатни қўлга киритди.

“Cert international”
ташкилоти томонидан 2022 йилнинг 7 декабрь ҳамда 6-8 апрель кунлари ISO 37001:2016 халқаро стандарти бўйича аудиторлик текшируви ўтказилди. Текширув натижасига мувофиқ 🌟Кадастр агентлиги ISO 37001:2016 халқаро сертификатига лойиқ деб топилди.

➡️ BATAFSIL 👈

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM