NAMANGAN KADASTR
1.02K subscribers
9.85K photos
909 videos
9 files
4.2K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Tabrik

💐TABRIKNOMA💐

Assalomu aleykum, aziz hamyurtlar, qadrli hamkasblar!

🔵 Sizlarni va sizlar orqali oila a'zolaringiz va yaqinlaringizni, e’tiqodi mustahkam otaxon-onaxonlarimizni, aka-uka, opa-singillarni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

🔵 Ushbu muqaddas ayyomda sizlarga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman.

🇺🇿 Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka hech qachon arimasin!

🔵 Aziz hamkasblar! Sizlarni yurtga boʻlgan muhabbat va kasbga sadoqat tuygʻulari hech qachon tark etmasin. Ezgu intilish va ishlarimizda Alloh taolo hamisha madadkor bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bahromjon
Pazilov
#tabrik

💐TABRIKNOMA💐

Assalomu alaykum Hurmatli hamkasblar!

🟢 Barchalaringizni bugungi qalbimizga shodlik, dasturxonlarga baraka, oilamizga tinchlik neʼmatlarini olib keluvchi Iydi Ramazon hayiti bayrami muborak bo‘lsin!

🟢 Orzu-niyatlarimiz ijobat bo‘ladigan shu kunlarda, hammalaringizga Yaratgan buyuk zot sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, dasturxonlaringizga to‘kin-sochinlik bersin!

🟢 Hammamizni rizqimizning kelishiga sabab bo‘layotgan kadastr sohamiz yanada rivojlansin! xalqimizga Yurtimizga xizmat qilishimizda zafarlar yor bo‘lsin!

🟢 Azizlar iydi Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom bilan,

Davlat kadastrlari palatasining
Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Q.Gapparov.
#2023_yil_1_maydan

❗️Davlat ko‘chmas mulklari va aksiya paketlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi

Qonunchilikka ko‘ra:

🔹respublika mulki bo‘lgan davlat ko‘chmas mulklari va davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi, bundan Strategik islohotlar agentligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli ulushlar hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

🔹davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish bilan bog‘liq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar Davaktiv agentligining tegishli buyrug‘i mavjud bo‘lganda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi;

🔹davlat ko‘chmas mulk obyekti va bo‘sh yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar bitim tuzilgach 10 kun muddatda “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritiladi;

🔹vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat ko‘chmas mulki negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ularni begonalashtirish hamda davlat ishtirokidagi korxonalar va ular tizimidagi korxonalarga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlari (bitim, shartnoma, memorandumlar) bo‘yicha majburiy tartibda Agentlik xulosasi olinadi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
❗️РАСМИЙ МУНОСАБАТ.

Интернет тармоқларида “Фуқаронинг 1000 АҚШ доллари пуллари эвазига кадастр ҳужжатини расмийлаштириб беришни ваъда қилган шахслар қўлга олинди” видео тарқалди.

‼️Унда баён этилган ҳолатлар аслида бошқача бўлган!
Аниқлик киритамиз.

Жорий йилнинг 18 апрель куни Бош прокуратураси ҳузуридаги иқтисодий жиноятларга қарши курашиш Департаменти Фарғона вилояти бошқармаси Олтиариқ тумани бўлими томонидан ноқонуний ер олди-сотдиси бўйича тадбир давомида фуқаро ер майдони эгасига кадастрдаги танишлари орқали фуқарога кадастр ҳужжатларни расмийлаштириш нотурарни турар жой тоифасига ўтказиш эвазига 1000 АҚШ доллари олган вақтда қўлга олинган.

Тадбир давом эттирилган ва фуқаро кадастр туман филиали раҳбари Х.Х.га йўналтирилган. Ўз ўрнида Х.Х. томонидан фуқаронинг таклифи рад этилган ва пора сифатида таклиф етилган пулларни олмаган.

Шундан сўнг, Х.Х. туман прокуратурасига олиб келинган ва суриштирув натижасида юқоридаги ҳолатга алоқаси йўқ деб топилиб қўйиб юборилган.

Янгиланаётган Конституцияда ҳам айбсизлик презумпциясига алоҳида эътибор қаратилмоқда.

“26-модда. Жиноят содир этганликда айбланаётган ҳар бир шахснинг иши судда қонуний тартибда, ошкора кўриб чиқилиб, унинг айби аниқланмагунча у айбдор ҳисобланмайди. Судда айбланаётган шахсга ўзини ҳимоя қилиш учун барча шароитлар таъминланади.”

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga oling!

Ayni paytda Namangan viloyatida 8 158 ta yer maydonlari ochiq tanlovlarga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron tanlovlarda ishtirok eting!

➡️ Mingbuloq tumanidan 1113 ta (ko'rish)
➡️ Kosonsoy tumanidan 539 ta (ko'rish)
➡️ Namangan tumanidan 1117 ta (ko'rish)
➡️ Norin tumanidan 500 ta (ko'rish)
➡️ Pop tumanidan 625 ta (ko'rish)
➡️ To'raqo'rg'on tumanida 916 ta (ko'rish)
➡️ Uychi tumanidan 915ta (ko'rish)
➡️ Uchqo'rg'on tumanidan 58 ta (ko'rish)
➡️ Chortoq tumanidan 187 ta (ko'rish)
➡️ Chust tumanidan 2146 ta (ko'rish)
➡️ Yangiqo'rg'on tumanidan 42 ta (ko'rish)

Eslatma!!! Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 3-apreldagi 137-sonli qarori asosida yangi tartibda ochiq elektron tanlovga qo'yilgan.

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12 (soat 09:00 dan 18:00 gacha )
#kadastr #yer_kuni #kollej

🌍 “22-aprel ˗ Butunjahon yеr kuni” munosabati bilan Toshkent geodeziya va kartografiya kollejining yangidan rekonstruksiya qilingan binosining ochilishi marosimi o’tkazildi.

Tadbirda 🌟Kadastr agentligi hamda uning tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar, shuningdek, maktab o’quvchilari va kollej talabalari ishtirok etishdi.

🏦Kollejda kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 😅 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlanadi.

➡️Kollej quyidagi kasb va ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:
⭕️Geodeziya yo’nalishi:
⭕️Geodeziya mutaxassisi
⭕️Topograf

⭐️ Kadastr yo’nalishi:
⭕️Yer mulk munosabatlari mutaxassisi
⭕️Ko’chmas mulk inventarizatori
⭕️Ko’chmas mulkni baholash va davlat ro’yxatiga olish mutaxassisi

➡️ Barcha yo’nalishlar bo’yicha o’qish muddati 1,5 yil. O’qitish to’lov shartnoma va davlat granti asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilar Respublikaning barcha hududlaridan qabul qilinadi. O’quvchilar zamonaviy jihozlangan va qulay sharoitga ega bo‘lgan yotoqxona bilan ta’minlanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM