NAMANGAN KADASTR
1.18K subscribers
10.3K photos
932 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

🌟Kadastr maslahatchi rubrikasi ish boshladi.

➡️Mazkur rubrika aholining kadastr masalalari bo'yicha savollariga javob berish maqsadida ishga tushirildi va maxsus telegram bot yaratildi. (Sinov tarzida ishlamoqda)

⁉️ Savollaringiz bo'lsa 🌐 @kadastr_maslahatchi_bot orqali bizga yo'llang.

‼️ Agarda savol emas murojaat yo'llamoqchi bo'lsangiz 📞1097 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qiling.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
699 ta qishloq xo'jaligi yerlarini 30 yilga ijaraga oling!

▪️ Andijon viloyatidan 8 ta (ko'rish)
▪️ Buxoro viloyatidan 9 ta (ko'rish)
▪️ Jizzax viloyatidan 23 ta (ko'rish)
▪️ Qashqadaryo viloyatidan 189 ta (ko'rish)
▪️ Navoiy viloyatidan 36 ta (ko'rish)
▪️ Namangan viloyatidan 20 ta (ko'rish)
▪️ Samarqand viloyatidan 42 ta (ko'rish)
▪️ Surxondaryo viloyatidan 44 ta (ko'rish)
▪️ Sirdaryo viloyatidan 140 ta (ko'rish)
▪️ Toshkent viloyatidan 3 ta (ko'rish)
▪️ Farg'ona viloyatidan 36 ta (ko'rish)
▪️ Xorazm viloyatidan 66 ta (ko'rish)
▪️ Qoraqalpog'iston Respublikasidan 83 ta (ko'rish)
#Huquqiy_bilim

YER FONDI TOIFALARI

2-toifa. Aholi punktlarining yerlari

🔹 Bu yerlar o‘z navbatida shaharlar, posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlarga bo‘linadi.

🔹 Shaharlar yerining tarkibida uy-joy, kommunal-maishiy, madaniy-maʼrifiy, sanoat, savdo, maʼmuriy binolar hamda ko‘chalar, yo‘llar, istirohat bog‘lari, sohil bo‘ylari, xiyobonlar, daraxtzorlar egallagan va qurish maqsadida berilgan hamma yerlar kiradi.

🔹 Qishloq aholi punktlari yerlariga belgilangan chegara doiralarida joylashgan, aholining turar-joy, madaniy-maishiy ehtiyojlariga kerakli binolar, shuningdek dehqon xo‘jaligi uchun beriladigan yer uchastkalari tushuniladi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#Savol_javob

SAVOL: Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yerga imorat qursa bo‘ladimi?

JAVOB
:

🔹Yo'q, taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

🔹 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

🔹 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalar va sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

🔹 Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #VMQ_71 #PF_6243

⚡️YERLAR FAQAT AUKSION ORQALI SOTILADI YOKI IJARAGA BERILADI

❗️Yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang, firibgarlarga aldanib qolmang!

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

АHOLI PUNKTLARINING TURLARI

📊Аholi punktlari aholining soniga qarab shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga boʼlinadi.

🔹Shaharlar:

eng yirik
— aholisi 1 milliondan ortiq kishidan iborat;
yirik — aholisi 250 mingdan 1 milliongacha kishidan iborat;
katta — aholisi 100 mingdan 250 minggacha kishidan iborat;
oʼrtacha — aholisi 50 mingdan 100 minggacha kishidan iborat;
kichik — aholisi 50 minggacha kishidan iborat boʼlgan shaharlar.

🔹Shaharchalar:

katta
— aholisi 20 mingdan ortiq kishidan iborat;
oʼrtacha — aholisi 10 mingdan 20 minggacha kishidan iborat;
kichik — aholisi 10 minggacha kishidan iborat boʼlgan shaharchalar.

🔹Qishloqlar va ovullar:

yirik
— aholisi 5 mingdan ortiq kishidan iborat;
katta — aholisi 3 mingdan 5 minggacha kishidan iborat;
oʼrtacha — aholisi 1 mingdan 3 minggacha kishidan iborat;
kichik — aholisi 1 minggacha kishidan iborat boʼlgan qishloqlar va ovullar.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

⭐️Kadastr maslahatchi rubrikasi.

⁉️Fuqarolar o‘zi xohlagan yer maydonlarini auksionga chiqarish tartibi mavjudmi?

🗣Mazkur savolga javobni videoda olishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_bilim

⚡️Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

🔹 Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

🔹 Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

🔹 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln. soʻm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln. soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#Namangan #Kadastr #siyosiy_marifat_soati

🇺🇿Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari hamda uning tuman, shahar bo'limlari va filiallari xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

Matbuot xizmati
.
Telegram Instagram Facebook
⚡️Diqqat – e'lon!⚡️

🟢 Hurmatli fuqaro hamda tadbirkorlar!

🌟Kadastr agentligining 👍 Davlat kadastrlari palatasi xizmatlariga oid to‘lovlarni Payme to‘lov tizimi orqali amalga oshirish vaqtincha cheklandi. Mazkur ilovadagi texnik nosozliklar sabab to‘xtatilgan elektron to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yilishi ustida ishlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz.

📱Kadastr xizmatlariga oid onlayn to‘lovlarni boshqa ilovalar orqali amalga oshirishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

➡️Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #gazeta_sahifalarida

"Namangan haqiqati" gazetasining 20.01.2023-yildagi 5-sonida Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Kosonsoy tumani bo'limining "O'zboshimchalik qimmatga tushmasin" sarlavhali maqolasi chop etildi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
▪️OAV biz haqimizda▪️

👔 «Mamlakatimizda boshqa sohalar qatori Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyati ham sezilarli isloh qilindi. Mazkur tizimdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev bilan suhbatlashdik», – deyiladi Uza.uz ijtimoiy tarmog‘ida berilgan suhbat avvalida.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #ОАV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

⭐️Kadastr maslahatchi rubrikasi.

⁉️Auksion savdosida yutib olingan yerni o'lchash uchun kimga murojaat qilishni bilmayapsizmi?

🗣Mazkur savolga javobni videoda olishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing #aholi_murojaatlari

🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalariga 2022-yil davomida aholi va tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar tahliliga bag'ishlangan brifing.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#Bilasizmi

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

🔹 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook