NAMANGAN KADASTR
1.18K subscribers
10.3K photos
932 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

Korrupsiya – illat, undan ogoh bo‘ling!

🔹 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari komplayens-nazorat xizmati xodimlari M.Nurmatov, A.Obidovlar ishtirokida “Korrupsiya – illat, undan ogoh bo‘ling” mavzusida kadastr tizimining Pop tuman bo‘limi va filiali xodimlari uchun tezkor profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹 Tadbirda M.Nurmatov Kadastr agentligi rahbariyati tomonidan korrupsion holatlarga keskin kurash eʼlon qilinganligi va barcha aniqlangan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi maʼlumotlar tasdiqlangan hujjatlarni taqdim etilgan holda aybdor xodimlar faoliyatiga huquqiy baho berish va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun o‘rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilayotgani haqida yig‘ilganlarga axborot berdi.

🔹Shuningdek xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, kadastr hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda xatoliklarni oldini olish, sobiq xodimlar bilan ish yuzasidan aloqalarni kamaytirish, ustoz-shogird anʼanasini faqat tizimda faoliyat yuritayotgan malakalari xodimlarga yosh xodimlarni biriktirgan holda tashkil etilishi lozimligi, xizmat mashinalaridan foydalanishda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish lozimligi kabi dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

🔹Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi A.Obidov tizimdagi bir qator muammolarga to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarining korrupsiya bilan bog‘liq moddalarini mazmun-mohiyatini tushuntirdi.

🔹 Shuningdek kadastr hujjatlari bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xodimlarni maʼnaviy va maʼrifiy ishlarga jalb qilish, yangi qaror hamda farmonlarni o‘rganish kabi ishlarni kuchaytirish lozimligini aytib o‘tdi. So‘zini oxirida korrupsiyaga qarshi kurashish uchun nafaqat komplayens-nazorati xodimlari, balki boshqarma boshlig‘idan tortib eng kichik lavozimdagi xodimgacha masʼul ekanligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.

🔹 U kadastr hujjatlari bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xodimlarning maʼnaviy va maʼrifiy ishlarga jalb qilish, yangi qaror hamda farmonlarni o‘rganish kabi ishlarni kuchaytirish lozimligini aytib o‘tdi. So‘zini oxirida korrupsiyani oldini olish o‘ta muhimligini va bunday huquqbuzarlik va jinoiy faoliyat uchun jazo muqarrarligini taʼkidlab o‘tdi.

🔹 Tadbirda xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

🔹 Tadbirdan so‘ng, korrupsiyaga qarshi fuqarolik pozitsiyasini aniqlash, ushbu illatga qarshi murosasizlik hissini yanada kuchaytirish maqsadida har bir xodim bilan alohida suhbat o‘tkazildi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
Shahar va tumanlar toifasi

🇺🇿 Prezident farmoniga muvofiq 2023 yil boshidan, O‘zbekistondagi barcha - 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratildi. Toifaga qarab bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi.

🇺🇿 Namangan viloyatidagi shahar va tumanlarning toifari:

Namangan shahri, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlari – 1-toifaga;

To‘raqo‘rg‘on, Uychi va Uchqo‘rg‘on tumanlari – 2-toifaga;

Kosonsoy, Namangan, Pop, Chortoq, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlari – 3-toifaga;

Norin tumani – 4-toifaga;

Mingbuloq tumani – 5-toifaga bo'lindi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⌛️KECHA VA BUGUN

🇺🇿 NAMANGAN VILOYATI

🏪 1990-2022 yillar.

♻️Namangan viloyati hududi:
▫️tarix - 740 112 gektar
🔹bugun - 743 944 gektar

📜Nomlanishi:
▫️tarix - «Nammakon», «Namongon», «Namangan»
🔹bugun - Namangan viloyati.

🏘Mahallalar soni:
▫️tarix - 665 ta
🔹bugun - 778 ta

👨‍👩‍👦‍👦Aholisi:
▫️tarix - 1 745 000 kishidan ortiq
🔹bugun - 2 959 500 kishini tashkil qildi.

#DavKadastrPalata #kecha_va_bugun #Namangan

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaat

🟢Fuqaro hamda tadbirkorlarga murojaat.

➡️ Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди.

Асосий масалага ўтишдан аввал давлатимиз раҳбари мамлакатимизга кириб келган совуқ ҳаво таъсирини беталафот ўтказиш чораларига тўхталиб ўтди.

Барча туман ва ҳудудларда ташкил этилган штаблар узлуксиз ишлаши кераклиги, аҳоли эҳтиёжлари тезкор ҳал этиб борилиши шартлиги таъкидланди.

Ижтимоий соҳа объектларини энергия ва иссиқлик билан таъминлашни алоҳида назоратга олиш зарурлиги қайд этилди.

Ички ишлар вазирлиги ва Миллий гвардияга йўлларни тозалаш ишларини ва транспорт воситаларининг хавфсиз ҳаракатини ташкил этиш топширилди.

Барча серқатнов йўналишларда жамоат транспортининг узлуксиз ҳаракати таъминланиши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Вазирлар Маҳкамаси раҳбарияти олдига ҳар бир вилоят, туман ва шаҳардаги аҳвол бўйича кунлик назорат ўрнатиб, жойлардаги муаммоларни тезкор бартараф этиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing #yer_nazorati #Sarhisob

🔹 Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan "Yer va kadastr nazorati yo‘nalishida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi" mavzusida o'tkazilgan brifingi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#foydali_maslahat #kadastr

⚡️ Foydali maʼlumot⚡️

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

‼️ Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.

➡️ Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-iyuldagi 186-son qarori.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr

🔹Namangan viloyatida 2022-yilda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan mazkur infografikada tanishishingiz mumkin.

Matbuot xizmati.
Telegram   Instagram    Facebook
#Namangan #Kadastr #siyosiy_marifat_soati

🇺🇿Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

Matbuot xizmati
.
Telegram Instagram Facebook
📣Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga oling!

Ayni paytda Namangan viloyatida 882 ta yer maydonlari ochiq tanlovlarga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron tanlovlarda ishtirok eting!

➡️ Mingbuloq tumanidan 695 ta (ko'rish)
➡️ Kosonsoy tumanidan 13 ta (ko'rish)
➡️ Namangan tumanidan 9 ta (ko'rish)
➡️ Norin tumanidan 5 ta (ko'rish)
➡️ Pop tumanidan 2 ta (ko'rish)
➡️ To'raqo'rg'on tumanidan 4 ta (ko'rish)
➡️ Uychi tumanidan 2 ta (ko'rish)
➡️ Chortoq tumanidan 9 ta (ko'rish)
➡️ Chust tumanidan 93 ta (ko'rish)
➡️ Yangiqo'rg'on tumanidan 50 ta (ko'rish)

Eslatma!!! Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori asosida yangi tartibda ochiq elektron tanlovga qo'yilgan.
#маънавиятвамаърифат

DIQQAT TEZKOR MUROJAAT!

Assalomu-alaykum hurmatli hamkasblar!

🔹 Yurtimizda qahraton qish hukm surmoqda. Joylarda suvlarni muzlashi, gaz va elektroenergiyasi yetkazib berishda muammolar kuzatilmoqda. Avtomobil yo‘llarida muzgarchilik sababli yurish qiyinlashgan.

🔹 Shu sababli Sizlardan hushyorlikni oshirishni, issiq kiyinishingizni, oila aʼzolaringizni ayniqsa yosh bolalarni ehtiyot qilishingizni so‘raymiz!

🔹 Hurmatli hamkasblar shu sovuq kunlarda qandaydir muammolarga duch kelsangiz boshqarmamiz Sizlarga moliyaviy ko‘mak berishga tayyor. Menga telefon orqali yoki telegram orqali ertayu kech murojaat qilishingiz mumkin. Birorta xodimlarimizni qiyin ahvolda qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz.

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi Q.Gapparov.
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 31 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 31-летием образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Hurmatli vatanimiz posbonlari!

Hurmatli kadastr tizimida faoliyat yuritayotgan Qurolli Kuchlariimiz faxriylari, Baynalminal jangchilar, isteʼfodagi ofitserlar, oʼz yigitlik burchini oʼtagan askar va serjantlar!

Аvvalo, Siz azizlarni va oila aʼzolaringizni shonli Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Biz Sizlarday bahodir va dovyurak harbiylarmiz bilan va hozirda oʼzining muqaddas qasamyodiga sodiq qolib, xizmat burchini yerda ham, koʼkda ham sharaf ila ado etayotgan yurtimizning zabardast oʼgʼlonlari bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Qadrli doʼstlar! Fursatdan foydalanib, Siz azizlarga va hozirda Qurolli kuchlarimiz saflarida harbiy xizmatni sharaf bilan ado etayotgan jasur va haqiqiy vatanparvar askar va ofitserlarga shuningdek, harbiy hayotning mashaqqatlarini, uning butun quvonch va zahmatlarini turmush oʼrtoqlariga kamarbasta boʼlib, ularning ogʼirini yengil qilib kelayotgan mehribon va sabr toqatli umr yoʼldoshlariga sihat salomatlik, xonadonlariga fayzu-baraka, baxt va omadlar yor boʼlishini tilab qolamiz.

BАYRАMINGIZ MUBORАK BOʼLSIN АZIZ VАTАN HIMOYACHILАRI!

Kadastr agentligining
Namangan viloyati boshqarmasi
boshligʼi B.Pazilov

Kadastr agentligining
Davlat kadastrlari palatasi
Namangan viloyati boshqarmasi
Boshligʼi Q.Gapparov