NAMANGAN KADASTR
1.14K subscribers
10.2K photos
929 videos
9 files
4.31K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Норин туманида ер назорати инспектoрларининг фаолияти қандай?

🔹Кадастр агентлигининг Норин тумани бўлими ер ва кадастр назорати инспекторлари томонидан туманда ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаш, ўзбошимчалик билан қурилиш қилиб олиш каби ҳолатларини олдини олиш мақсадида назорат ва профилактик тадбирлар ўтказилмоқда.

🔹Берилган ёзма кўрсатма, огоҳлантириш ва тушунтиришлардан тўғри хулоса чиқарган 69 нафар фуқаролар ноқонуний эгалланган ерлар ва ўзбошимчалик билан қурилган қурилмаларни ўз ҳисобларидан бузиб бартараф қилдилар.

🔹Ўзбошимчалик билан қурилган қурилмаларни ихтиёрий бартараф қилмаган 4 нафар фуқароларга нисбатан мажбурий тартибда буздириш учун судларга даъво аризалари киритилди. Шу кунгача туман бўлими томонидан 213 та ҳолатда ер қонунбузилишини содир этган шахсларга нисбатан Ўзбекистон Республикасининг МЖтК нинг тегишли моддаларига асосан маъмурий баённомалар расмийлаштирилди ва 266 млн. сўм миқдорида жарималар ундирилди.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook
#Kadastr #taqdirlash_marosimi

⚡️“Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi o'tkazildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qaroriga asosan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga munosib baho berish, bu borada eng namunali tuman-shahar, vazirliklarni rag‘batlantirish maqsadida 2022-yil 23-sentabr kuni “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari o‘tkazildi.

📚Ushbu tanlovda Kadastr agentligi “Eng faol kitobxon vazirlik va idora” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #infografika

📊Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga nisbatan ko'rilgan choralar to'g'risidagi ma'lumot bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#TAYINLOV

🔹Kuni kecha, 2022-yil 23-sentabr kuni Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. A.Xodjiyev boshchiligida boshqarmaning Uychi va Pop tumanlari bo‘limlarida tashkiliy masalalar yuzasidan yig‘ishlar o‘tkazildi.

🔹Unda Davlat soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligining tegishli buyruqlariga asosan bugungi kunga qadar mazkur tumanlarning yer va kadastr nazorati inspektorlarini tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jumladan:

Toshboyev Rahimjon Ahmadali o‘g‘li Kadastr agentligining Pop tumani bo‘limiga;

Jo‘rayev Muzaffar Sobirjon o‘g‘li Kadastr agentligining Uychi tumani bo‘limiga bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandilar.

Kadastr agentligining Namangan viloyat boshqarmasi jamoasi lavozimga yangi tayinlangan Uychi va Pop tumani bo‘lim boshliqlarini samimiy tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
Davlat xizmatlarini taqdim etish muddatlari haqida nimalarni bilasiz?

Fuqarolar uchun davlat xizmatlari qanchalik tez taqdim etilsa, mamnunlik darajasi ham shu qadar yuqori bo'ladi.

❗️Demak, xizmat ko'rsatish muddati sifatida berilgan iboraga diqqat qilish juda ham muhim. Misol uchun, xizmat muddati 2 kun yoki 2 ish kuni deb belgilanishi mumkin.

Nima farqi bor dersiz?

📌Doim yodingizda bo'lsin, agarda talab va reglamentda ko'rsatilgan matndagi muddatda "ish kuni" jumlasidan foydalanilmagan bo'lsa, demak kalendar kunlari nazarda tutilgan bo'ladi.

📎Agarda "ish kuni" birikmasi qo'llanilgan bo'lsa, demak xizmat ko'rsatuvchi davlat organining ish kunlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

🗓Shunday qilib, 5 ish kuni deb belgilangan muddat haftaning 2 dam olish kunini inobatga olib hisoblaganda 7 kalendar kunga to'g'ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, chorshanba kuni berilgan ariza bo'yicha keyingi haftaning seshanba kuni 5-ish kuni hisoblanadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #video_rolik #qishloq #yerlari

📝 Qishloq xo‘jaligi yer maydoniga bo‘lgan huquqingizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazing!

‼️Yerga bo‘lgan huquqiy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi va kafolatlanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🇺🇿26 сентябрь – Давлат хавфсизлик хизмати органлари ходимлари куни.

ТАБРИКНОМА

🔹 Муҳтарам Президентимиз томонларидан имзоланган “Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизмати органлари ходимлари кунини белгилаш тўғрисида”ги қонун билан 26 сентябрь – Давлат хавфсизлик хизмати органлари ходимлари куни этиб белгиланди.
🔹 Бугунги байрам билан Ўзбекистон Республикасининг конституциявий тузумини, суверенитетини, ҳудудий яхлитлигини ҳамда бошқа давлат манфаатларини ташқи ва ички таҳдидлардан ҳимоя қилишда муваффақиятли ишларни амалга ошираётган Давлат хавфсизлик хизмати органлари ходимларини, тизим фахрийларини, уларнинг турмуш ўртоқларини бугунги кун билан табриклаб, уларга сиҳат саломатлик, узоқ умр, хонадонларига файзи барака тилаймиз!
🔹 Шунингдек Наманган вилояти кадастр тизимида фаолият юритаётган, уни самарали ишлашига катта ёрдам бераётган Давлат хавфсизлик хизмати фахрийлари Нурматов Махкамжон Абдурашитович ва Обидов Абдураҳим Абдувоҳидовичларни ҳам бугунги кун билан самимий табриклаймиз. Ҳамиша бахт ва омад ёр бўлсин!
🔹Барча Давлат хавфсизлиги хизмати органлари ходимларига "Давлат хавфсизлик хизмати органлари ходимлари куни" муборак бўлсин!

Ҳурмат билан,

Кадастр агентлиги Наманган вилояти
бошқармаси бошлиғи в.б А.Ходжиев
Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилояти
бошқармаси бошлиғи в.б Қ.Гаппаров
📧SAVOL: "Advokatura to‘g‘risidagi" qonunga asoslanib yuridik shaxs tomonidan advokatlik so‘rovi yuborilsa va ushbu so‘rovda ma’lum bir yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk(lar) haqida ma’lumot berish so‘ralsa, bunday ma’lumot Davlat kadastrlari palatasi tomonidan taqdim etiladimi?

🧾JAVOB: Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunning 17-moddasiga ko‘ra, “Davlat kadastrlariga oid axborot davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi”. Fuqarolarning nomida turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma olish uchun Yagona Interaktiv Davlat xizmatlari portali yoki joylardagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish maqsadga muvofiq.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube