NAMANGAN KADASTR
943 subscribers
9.37K photos
869 videos
9 files
4.02K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
DIQQAT DIQQAT!

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda Namangan viloyati hokimligi tomonidan kadastr sohasiga bir qator vazifalar qo‘yilgan.

Unga asosan aholidan ko‘plab murojaatlar kelib tushishiga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni aniqlash va hal etish uchun tuzilgan chora-tadbirlar dasturiga asosan Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Qodirxon Gapparovning Uychi tumani aholisi va tadbirkorlari uchun “SAYYOR QABUL” bo‘ladi.

Vaqti: 12-may 2022 yil soat 10-00 da boshlanadi.

Manzili: Uychi tumani. G‘ofur G‘ulom ko‘chasi 333 uy. Uychi tumani kadastr filiali binosi.

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Kadastr masalasiga oid savollar va takliflar bo‘lsa biz Siz bilan birgalikda ishlashga va masalalarni yechishga tayyormiz!

Matbuot xizmati.
🇺🇿9 май – Хотира ва қадрлаш куни


🔴 9 май – Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан Юртимиз тинчлиги ва унинг тараққиётига ҳисса қўшган уруш ва меҳнат фахрийларига ўз ташаккуримизни билдирамиз!

🔴 Ватан сарҳадларини муносиб ҳимоя этган, унинг гуллаб яшнаши йўлида жонларини фидо этган юртдошларимизни Аллоҳ раҳмат қилсин!

🔴 Ҳозирда бизларга дуогўй бўлиб турган барча уруш қатнашчилари отахон-онахонларимизга узоқ умр, сихат-саломатлик тилаймиз.

Тинчлигимизга, тараққиётимизга кўз тегмасин!

Кадастр агентлиги Наманган вилояти бошқармаси.

Давлат Кадастрлари палатасининг Наманган вилояти бошқармаси.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳри Олмазор туманининг Ачаобод маҳалласида истиқомат қилаётган Иккинчи жаҳон уруши қатнашчиси Аппанов Аббос ота хонадонида бўлиб, уни байрам билан табриклади, Ватанимиз тинчлиги йўлидаги хизмати ва фидокорона меҳнатлари учун миннатдорчилик билдирди.

Президент Шавкат Мирзиёев навестил участника Второй мировой войны Аппанова Аббоса ота, проживающего в махалле Ачаобод Алмазарского района столицы, поздравил его с праздником, выразил благодарность за службу и самоотверженный труд во имя мира на нашей Родине.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев 9 май – Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан Ғалаба боғига ташриф буюрди.
Ҳарбий оркестр ижросида “Хотирлаш куйи” янгради. Давлатимиз раҳбари “Матонат мадҳияси” ёдгорлик мажмуасига гулчамбар қўйди.
Боғда Қуролли Кучлар тизимига кирувчи вазирлик ва идоралар, давлат ва жамоат ташкилотлари вакиллари ҳам жам бўлди. Президентимиз улар билан суҳбатлашди.

В связи с 9 мая - Днем памяти и почестей Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетил Парк Победы.
Военный оркестр исполнил "Мелодию памяти". Глава государства возложил цветы к мемориальному комплексу "Ода стойкости".
В парке собрались и представители министерств и ведомств системы Вооруженных Сил, государственных и общественных организаций. Президент побеседовал с ними.

#Mirziyoyev #9may #Хotiravaqadrlash #Matonatmadhiyasi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▫️Hududlarda sayyor qabul kunlari▫️

◻️ Fuqarolarning murojaatlari asosiy masala va uning hal etilishiga barcha sohalarda alohida e’tibor qaratilgan. Kadastr sohasida esa bu yo‘nalishga tizimli yondoshilgan. Hususan muntazam o‘tkaziladigan sayyor qabullar, fuqarolar bilan jonli muloqotlar fikrimiz dalilidir.

⚡️ Ayni dam, Andijon viloyati Andijon tumanida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

🔹 Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi 12-may 2022 yil soat 10-00 dan Uychi tumani aholisi va tadbirkorlari bilan;

🔹14-may kuni soat 11:00 dan Surxondaryo viloyati Boysun tumanida sayyor qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️Hududingizga ko'ra ularda qatnashing va kadastr bilan bog'liq savollaringizga javob oling.

#DavKadastrPalata #hududlarda_sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Namanganda “Yangi O‘zbekiston” massivlari tez qad rostlamoqda.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 9-dekabridagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-sonli farmonida ko‘p qavatli uy-joylarning qurilish osti yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida realizatsiya qilinishi ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar Kadastr agentligi va Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan muvaffaqiyatli bajarildi.

🔵 Yuqoridagi farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyati Pop tumani “Mirishkor” mahallasidan 17 ta ko‘p qavatli uy-joy binosi qurish uchun 0,54 gektar yer maydoni, Chust tumani “Gulzor” massivi “Sadacha” mahallasi hududidan 15 ta ko‘p qavatli uy-joy binosi qurish uchun 0,55 gektar yer maydonlari tasdiqlangan loyihalarga asosan jami 32 ta ko‘p qavatli uy-joylarni qurish uchun qurilish osti 1,1 gektar bo‘lgan yer maydonlari tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida realizatsiya qilish maqsadida «YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuklangan hamda tegishli tashkilotlarning ijobiy xulosasiga asosan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo platformasiga yuborildi.

🔵 Hozirda Pop tumani “Mirishkor” mahallasida qurilishi rejalashtirilgan 14 ta ko‘p qavatli uy-joylar loti 0,5 gektar yer maydoni bilan 216,2 mln. so‘mga hamda Chust tumani Gulzor massivi “Sadacha” mahallasi hududidan 4 ta lot 0,13 gektar yer maydoni 83,2 mln. so‘mga elektron savdo maydonchasi orqali tadbirkor quruvchilar sotib oldilar. Ular tomonidan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida ko‘p qavatli uy-joylar qurilish ishlari boshlab yuborildi.

🔵 Bunga yaqqol misol sifatida ushbu yashil maskanda beshta 5 qavatli uy joylar qurib bitkazilib 100 ta xonadonlar o‘z egalariga topshirildi. Shuningdek massivida yana ko‘plab qad rostlayotgan uy joylar topshirilish arafasida.

🔵 - O‘n besh yildan buyon uysizman, 5 nafar farzandim bor, kichik o‘g‘limning oilasi uchun uy joy qilishda qiynaldim. Mana, bugun farzandim uchun uch xonali uy berildi. Minnatdorligimni so‘z bilan ifodalab bera olmayman, barcha tashkilotchilarga rahmat! - deydi yangi xonadon sohibasi Maftuna Ulug‘murodova.

🔵 Prezidentimiz tashabbuslari bilan olib borilayotgan inson qadrini ulug‘lash maqsadidagi harakatlarda Kadastr xizmatining ham hissasi borligi soha xodimlarida faxr tuyg‘usi va bir olam zavq ulashadi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

🔰Shu sababdan ham Kadastr agentligi sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

⚡️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔵 Ayni daqiqalarda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Komplayens nazorati xizmati rahbari Baxtiyor Shomansurov boshchiligida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

🔵 Unda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati Komplayens xizmati boshlig‘i Azim Rahmatov ishtirok etmoqda.

🔵 Tadbirda boshqarmalarning tuman-shahar bo‘limlari va filiallaridan 350 nafardan ortiq xodimlari qatnashmoqdalar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Auksion savdolarida mulkga ega bo'ling▫️

⚜️ Respublika bo'yicha tadbirkorlik uchun mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari bilan tanishing!

Ular bugungi kunga qadar 10 328 tani tashkil etmoqda:

📧 Qoraqalpog'iston Respublikasidan 696 ta (ko'rish)
📧 Andijon viloyatidan 812 ta (ko'rish)
📧 Buxoro viloyatidan 944 ta (ko'rish)
📧 Jizzax viloyatidan 1679 ta (ko'rish)
📧 Qashqadaryo viloyatidan 581 ta (ko'rish)
📧 Navoiy viloyatidan 280 ta (ko'rish)
📧 Namangan viloyatidan 456 ta (ko'rish)
📧 Samarqand viloyatidan 546 ta (ko'rish)
📧 Surxondaryo viloyatidan 559 ta (ko'rish)
📧 Sirdaryo viloyatidan 471 ta (ko'rish)
📧 Toshkent shahridan 57 ta (ko'rish)
📧 Toshkent viloyatidan 26 ta (ko'rish)
📧 Xorazm viloyatidan 1123 ta (ko'rish)
📧 Farg'ona viloyatidan 2098 ta (ko'rish)

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube