NAMANGAN KADASTR
1.04K subscribers
9.9K photos
913 videos
9 files
4.21K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев:

"Беш йиллик янги Тараққиёт стратегиямизни эълон қилдик.

Олдимизга ялпи ички маҳсулот ва экспортни карра-карра ошириш, саноатни ва ахборот технологияларини кескин ривожлантириш, камбағалликни қисқартириш бўйича улкан марраларни олдик.

Бу вазифаларни ким уддалайди? Албатта, мактабда замонавий билимларни эгаллаган, рақобатбардош ёшлар.

Умуман, республика бўйича 10 минг 130 та мактабни ислоҳ қилиш 6 миллиондан зиёд ўқувчи, 500 мингдан ортиқ муаллим, умуман, жамиятимизнинг барча қатламлари, ҳар бир оиланинг келажаги билан чамбарчас боғлиқ.

Шу боис, бизга сифатли таълим тизими, замон талабларига жавоб берадиган ва барча шарт-шароитларга эга мактаблар, уларда малакали педагог-кадрлар, бошқарувчилик ва лидерлик қобилиятига эга мактаб директорлари керак.

Тараққиёт стратегиясида тўртинчи устувор йўналиш ҳам, “Инсон қадри учун – 100 та мақсад”нинг 5 та мақсади ҳамда ундаги 18 та вазифалар ҳам бевосита мактаб таълими билан боғлиқ".
Namanganda nechta sanoat korxonalariga kadastr hujjatlari tayyorlangan?

Joriy yilning 1-yanvar holatiga Namangan viloyati bo‘yicha 8361 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritayotgan, kadastr xizmati xodimlari tomonidan barcha sanoat obyektlariga o‘z vaqtida sifatli kadastr hujjatlari tayyorlab berilgan.
2021 yilning mos davriga nisbatan sanoat korxonalari 1784 taga ko‘paygan.

Viloyatda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarning hududlar bo‘yicha soni:

🔹Namangan shahri – 3836 ta,
🔹Mingbuloq tumani – 207 ta,
🔹Kosonsoy tumani – 556 ta,
🔹Namangan tumani – 533 ta,
🔹Norin tumani – 389 ta,
🔹Pop tumani – 290 ta,
🔹To‘raqo‘rg‘on tumani – 473 ta,
🔹Uychi tumani – 565 ta,
🔹Uchqo‘rg‘on tumani – 333 ta,
🔹Chortoq tumani – 323 ta,
🔹Chust tumani – 524 ta,
🔹Yangiqo‘rg‘on tumani – 332 tani tashkil etdi.

Natijada tadbirkorlarga mulklarini ijaraga berishlari, bank krediti olishlari, bizneslarini rivojlantirishlari uchun kadastr xizmati tomonidan qulay sharoitlar yaratilgan.

MATBUOT XIZMATI.
Tadbirkorlik uchun yer uchastkasi kerakmi?

Namangan viloyatidan e-auksion.uz portalida savdoda turgan 2774 ta 69,8 gektar yer uchastkalarini sotib oling!

▪️Kosonsoy tumani 190 ta (ko'rish)
▪️Mingbuloq tumani 93 ta (ko'rish)
▪️Namangan tumani 134 ta (ko'rish)
▪️Namangan shahri 111 ta (ko'rish)
▪️Norin tumani 38 ta (ko'rish)
▪️Pop tumani 829 ta (ko'rish)
▪️To‘raqo‘rg‘on tumani 154 ta (ko'rish)
▪️Uychi tumani 182 ta (ko'rish)
▪️Uchqo‘rg‘on tumani 110 ta (ko'rish)
▪️Chortoq tumani 372 ta (ko'rish)
▪️Chust tumani 375 ta (ko'rish)
▪️Yangiqo‘rg‘on tumani 186 ta (ko'rish)

Matbuot xizmati.
🇺🇿Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar" mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu anjumanda Kadastr agentligi Iqtisodiy tahlil va strategik rivojlanish boshqarmasi boshqarma boshlig'i Feruz Sultonov va Metodologiya boshqarmasi bo'lim boshlig'i Bexzod Nishonov 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2022-yildagi rejalar haqida so'zga chiqishdi. Bundan tashqari anjumanda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga javob berishdi.

Batafsil📹
RASMIY MUNОSABAT.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Namangan viloyati Pop tumanidagi bir guruh fuqarolarning “NAMANGANDA DAXSHATLI HOLAT QISH QORDA KO‘CHAGA XAYDALGAN OILA” sarlavhali murojaatlari bo‘yicha Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan joyida o‘rganish uchun viloyat ishchi guruh tuzildi va o'rganish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu murojaat natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

MATBUOT XIZMATI.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda #uzb_24 #matbuot_anjuman

"Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar” mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani Янгиликлар 24 dasturida.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga oling!

Ayni paytda Namangan viloyatida 2536 ta yer maydonlari ochiq tanlovlarga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron tanlovlarda ishtirok eting!

▪️ Mingbuloq tumanidan 160 ta (ko'rish)
▪️ Kosonsoy tumanidan 282 ta (ko'rish)
▪️ Namangan tumanidan 285 ta (ko'rish)
▪️ Norin tumanidan 210 ta (ko'rish)
▪️ Pop tumanidan 221 ta (ko'rish)
▪️ To'raqo'rg'on tumanidan 231 ta (ko'rish)
▪️ Uychi tumanidan 406 ta (ko'rish)
▪️ Uchqo'rg'on tumanidan 308 ta (ko'rish)
▪️ Chortoq tumanidan 123 ta (ko'rish)
▪️ Chust tumanidan 206 ta (ko'rish)
▪️ Yangiqo'rg'on tumanidan 104 ta (ko'rish)

Barcha tumanlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Murojaatchilarning kadastr xizmatiga eʼtirozlari qolmadi.

Namangan. Ijtimoiy tarmoqlar orqali Namangan viloyati Pop tumani Chodak qishlog‘ida yashovchi bir guruh fuqarolarning “NAMANGANDA DAHSHATLI HOLAT QISH QORDA KO‘CHAGA HAYDALGAN OILA” sarlavhali murojaatlari bo‘yicha Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan tuzilgan ishchi guruh murojaatni joyida o‘rgandi. Bu nizoli masala bir necha yildan beri davom etayotganligi va ko‘p marotaba sudda ko‘rilganligi aniqlandi. Kadastr hujjatlari o‘z vaqtida rasmiylashtirib berilgan. Ishchi guruh mutaxassislari murojaatchilarning barcha savollariga javob berdilar. Murojaatchi T.Abduxoliqov va uning oila aʼzolari kadastr xizmatiga eʼtirozlari yo‘qligini bildirdilar.

MATBUOT XIZMATI.
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Биринчи Президент Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.
Қуръон оятлари тиловат қилинди. Ислом Каримовнинг халқимиз манфаати йўлида қилган ишлари, мардлик, одиллик, камтаринлик ҳислатлари ёдга олинди.
Маросимда Олий Мажлис палаталари, Президент Администрацияси ва ҳукумат вакиллари, илм-фан ва маданият намояндалари, зиёлилар, шаҳар жамоатчилиги иштирок этди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Первому Президенту Исламу Каримову в городе Ташкенте.
Прочитаны суры из священного Корана. Говорилось о делах Ислама Каримова во благо и в интересах нашего народа, его высоких человеческих качествах - мужестве, справедливости и скромности.
В церемонии приняли участие представители палат Олий Мажлиса, Администрации Президента и правительства, деятели науки и культуры, представители интеллигенции и общественности.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▫️2022 yil - 1 fevraldan▫️

2022 yil - 1 fevraldan kuchga kiradigan O‘zbekiston qonunchiligidagi o‘zgarishlar.

💠 Jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida o‘z xonadonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi;

💠 “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga oid ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi;

💠 Кorrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi, eksperiment tariqasida, tegishli ro‘yxatda keltirilgan va o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.

💠 Viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi.
Кадастр. Ҳамкасбларга ғамхўрлик.

Муҳтарам Президентимиз Шавкат Мирзиёев томонларидан 2022-йил – “Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили” деб номланиши муносабати билан Наманган вилоятида ҳам инсон қадрини улуғлаш, аҳолининг кам таъминланган қатламларидан хабар олиш каби хайрли ишлар бошлаб юборилди.

Яқинда Наманган вилояти ҳокимининг вилоят аҳлига йўллаган мурожаатида ҳам барча вилоят, туман ва шаҳар бошқармалари, ташкилот ва муассасалари, корхона ва фирмалар раҳбарлари шахсий намуна кўрсатиб жамоасидаги эҳтиёжманд оила вакилидан хабар олишлари таъкидлаган эди.

Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилояти бошқармалари, туман, шаҳар бўлимлари ва филиалларида ишловчи эҳтиёжманд ишчи ходимлар ва нафақадаги фахрийлар ҳолидан хабар олиш, саховат кўрсатиш ишлари бошлаб юборилди. Биргина январь ойида 15 нафар ходимларга амалий ёрдам берилди.

Бу савобли ишлар вилоят кадастр тизимида урфга айланмоқда.


Матбуот хизмати.