NAMANGAN KADASTR
1.14K subscribers
10.2K photos
929 videos
9 files
4.31K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

🏢Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi, Yangi Namangan tumani yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumandani Navbahor massivi, qishloq xo‘jalik xaritasining 2-konturida joylashgan Aliyev Sherzodga qarashli bog‘da tegishli hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino aniqlandi. Inspektorlar tomonidan fuqaroga ushbu noqonuniy ishning oqibatlari batafsil tushuntirildi.

Natijada fuqaro o‘z hisobidan qurilishni buzib tashladi.

Matbuot xizmati.
Шавкат Мирзиёев: "Менинг бозорим ҳам, мозорим ҳам мана шу ер — Жиззах".

«Ҳеч қайси вилоятда сўзга чиққанимда бундай ҳаяжон бўлмаган. Чунки, сизлар олдингизда менда масъулият катта. Менинг бозорим ҳам, мозорим ҳам мана шу ер-Жиззах» – деди номзод Шавкат Мирзиёев.

@Militsiya_Uzb👈🏽
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #davlat_tili

21-oktabr O'zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun.

Gullasin Vatanim, yashnasin elim,
Baxt-u saodatdan yayrasin dilim,
Armoni yo‘q inson bo‘lay dunyoda,
Dilim quvonchini so‘ylasin tilim.

Ona tilim obro‘sin ko‘taray ko‘kka,
Men ham intilaman doim yuksakka,
Vatanga muhabbat tilga sadoqat,
Har kimni yetkazar ezgu tilakka.

Kadastr agentligi jamoasi O'zbek ahlini bayram bilan muborakbod etadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TIL - MILLATNING MA'NAVIY BOYLIGIDIR

Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘si oshdi. Xususan, 1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’zbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi.
Til – millatning ma'naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Zero, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi.

Bayram bilan samimiy tabriklaymiz!

Matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Наманганда "Коррупцияга йўл қўймаслик ва унинг олдини олиш" мавзусида кенгайтирилган йиғилиш бўлиб ўтди.
Жорий йилнинг 11-октябрь куни Кадастр агентлигининг Комплаенс-назорат хизмати раҳбари Бахтиёр Шомансуров, Давлат кадастрлари палатаси Комплаенс-назорат хизмати раҳбари Суннатилла Ахмедов ҳамда Наманган тумани суди судияси Наргиза Шарипова билан ҳамкорликда Кадастр агентлигининг Наманган вилоят бошқармаси ва Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилоят бошқармаси раҳбарияти иштирокида бошқармалар ходимлари учун "Коррупцияга йўл қўймаслик ва унинг олдини олиш" мавзусида кенгайтирилган йиғилиш бўлиб ўтди. Унда туман, шаҳар кадастр соҳаси раҳбарлари, бўлим бошлиқлари, бош мутахассислар ва муҳандислар қатнашдилар.
Тадбир Наманган телерадиокомпаниясининг “Диёр янгиликлар” ахборот дастурида намойиш этилди.
Матбуот хизмати.
KADASTR AGENTLIGI va DAVLAT KADASTRLARI PALATASIning Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTube dagi sahifasida o‘tkazilayotgan "Siyosiy-ma’rifat soati" da qatnashmoqdalar.

Mazkur "Siyosiy - ma'rifiy soat" haftaning har juma kunida tashkil etilmoqda.

Matbuot xizmati.
#Xalqaro_loyihalar #Jahon_banki

🌐Jahon banki ishtirokidagi "Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida kadastr hujjatlarini raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔹Respublika bo'yicha mavjud kadastr hujjatlari
- 7 882 280 ta

🔹Respublika bo'yicha tizimga ulangan tumanlar soni
- 203 ta

🔹Raqamlashtirilgan kadastr hujjatlari
- 7 460 113 ta

🔹Foiz ko'rsatkichda
- 95%


(2021-yil 22-oktabr holatiga)

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook
Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги ва Наманган вилояти ҳокимлиги ҳамкорликда Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилоят бошқармасининг мажлислар залида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ер участкаларини давлат ва жамоат эҳтиёжлари учун доимий фойдаланишга ажратишнинг маъмурий регламентини тасдиқлаш тўғрисида” ги 2021 йил 27 августдаги 543-сон қарори билан тасдиқланган Маъмурий регламентга мувофиқ тегишли идоралар томонидан “YERELEKTRON” автоматлаштирилган ахборот тизими (ААТ)дан фойдаланиш ва ҳимояланган алоқа тизимига уланиш бўйича ўқув-семинар ташкил қилинди.
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #kochmas_mulk

🔰Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qarori 1-ilovasining 3-bobida Kadastr agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari belgilab qo‘yilgan.

Belgilangan asosiy vazifalardan, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasi yo‘nalishida:

💠Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

💠Mol-mulklarni ko‘chmas mulk jumlasiga (toifasiga) kirishi yuzasidan xulosa berish;

💠Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

💠Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish;

💠Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏢Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmasi majlislar zalida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer ajratish bo‘yicha 14 ta vakolatli tashkilotlar ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda Kadastr agentligi, Geoinfokom va Davlat kadastlar palatasining vakillari tomonidan taqdimot o‘tkazildi. Unda yig‘ilganlarga kerakli ma’lumotlar va berilgan savollarga javoblar berildi.

Matbuot xizmati.
#Huquqiy_asoslar

🏢 DAVLAT KADASTRLARI PALATASINING ASOSIY VAZIFALARI

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;

🔹ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrini yuritadi;

🔹yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (Milliy Geoaxborot tizimi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

🔹davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi;

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi, bekor bo‘lishi va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratadi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
Forwarded from Uzbekistanofficial | Расмий канал Тезкор Xабарлар ва Янгиликлар
#Диққат
❗️Эртага, яъни 25 октябрь куни соат 16:00 да Ўзбекистон Республикаси Президентлигига ўтказилган сайловнинг дастлабки натижалари эълон қилинади.

👉 @UZBEKISTANUZ
Forwarded from Uzbekistanofficial | Расмий канал Тезкор Xабарлар ва Янгиликлар
Шавкат Мирзиёев Ички ишлар органлари ходимлари ва фахрийларига табрик йўллади

"Аввало, сиз, азизларни бугунги касб байрамингиз ҳамда Ўзбекистон Республикаси ички ишлар органлари ташкил этилганининг 30 йиллиги билан чин қалбимдан муборакбод этаман" — дейилади Президент табригида.

👉 @UZBEKISTANUZ
#Xalqaro_loyihalar #Jahon_banki

🌐Jahon banki ishtirokidagi "Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida kadastr hujjatlarini raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔹Respublika bo'yicha mavjud kadastr hujjatlari
- 7 882 280 ta

🔹Respublika bo'yicha tizimga ulangan tumanlar soni
- 203 ta

🔹Raqamlashtirilgan kadastr hujjatlari
- 7 465 179 ta

🔹Foiz ko'rsatkichda
- 95%


(2021-yil 25-oktabr holatiga)

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook
ТАБРИКНОМА.
Ҳурматли Ахадхон Акмалович! Сизни таваллуд айёмингиз муносибати билан самимий табриклайман!
Вилоятимизнинг кадастр тизимида Сиз раҳбарлик қилаётган ахборот таҳлили ва коммуникация технологияларини ривожлантириш бўлими соҳанинг энг муҳим йўналишларидан бири бўлиб, бошқарманинг ютуқларида Сизнинг ҳам салмоқли улушингиз бор. Бир нечта шогирдларингиз ҳам соҳа ривожи учун хизмат қилмоқдалар.
Бугунги туғилган кунингиз муносибати билан муборакбод этиб,
Сизга мустаҳкам сиҳат саломатлик, хонадонингизга тинчлик-хотиржамлик, байрамона кайфият, соҳа ривожи йўлидаги фаолиятингизда омад ва улкан зафарлар тилайман.
Ҳурмат билан,
Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилояти бошқармаси бошлиғи Н.Р.Инамов.