NAMANGAN KADASTR
1.04K subscribers
10K photos
915 videos
9 files
4.24K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
😀😃😄😆😊

Qanday yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi?

◼️Foydali qazilma konlari joylashgan yer uchastkalari, bundan zaxiralari foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobiga olinmagan keng tarqalgan foydali qazilmalar mustasno;

◼️Tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo’ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o’rmon hamda suv fondlarining, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko’chalar, tor ko’chalar, yo’llar, sohil bo’ylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat bog’lari);

◼️Qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;

◼️Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikda cheklovlar o‘rnatilgan hududlardan foydalanish zonalarida joylashgan yer uchastkalari;

◼️Xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo’lgan yer uchastkalari;

◼️Qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga taqdim etilgan yer uchastkalari — maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatadigan davrda;

◼️Ko’p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek ko’p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;

◼️Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik to’g’risidagi kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, shuningdek yuridik shaxslarga jamoat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari.

📍Yer uchastkalarini xususiylashtirishda fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda o’zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqi belgilanishi mumkin.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy-maʼrifat soat

 
🆕 Siyosiy-maʼrifat soat - muhim tadbir.

✔️ Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

✔️ O‘quv soatidan so‘ng Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasida Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik  talablariga muvofiq ish yuritish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma”ning taqdimoti bo‘yicha boshqarma xodimlari bilan seminar o‘tkazildi.

✔️ Unda murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i, maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzosi I.Sarimsaqov “Davlat tilida ish yuritish qoidalari” mavzusida maʼruza qildi.

✔️ Seminar davomida o‘zbek tili yozuvining tarixi, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar mazmun-mohiyati, lotin yozuviga asoslangan davlat tili imlo qoidalari, davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazlari faoliyati to‘g‘risida yig‘ilganlarga tushuntirishlar berildi.

✔️ Qatnashchilarning lotin alifbosiga asoslangan lotin yozuvi qoidalari haqidagi savollariga javob berdi.  

🔼 Siyosiy-maʼrifat soati jonli va qiziqarli o‘tdi.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #gazeta_sahifalarida

"Namangan haqiqati" gazetasining 2024-yildagi 59-sonida Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan matbuot anjumani haqida "Kadastr hujjatingiz joyidami" sarlavhali maqola chop etildi.

Ushbu maqola orqali viloyat Kadastr tizimida joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishing!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_hisobi #kadastr

🌐 Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari

🇺🇿 Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan 41-sonli yig'ilish bayonida berilgan vazifalarni ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida Namangan viloyatida olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish va amaliy yordam berish maqsadida Mingbuloq va Namangan tumanlarida yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni qisqa vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini o‘rganildi.

✔️Muammoli masalalarda amaliy yordam berilib, fermer, dehqon xo‘jaliklariga tegishli yer maydonlarini joyiga chiqqan holda yer egalari bilan yer ijara shartnomalar tuzish ishlari zarurligi haqida tushunchalar berildi.

🔼Hozirda yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha viloyatning qolgan hududlarida ham o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Bu haqida qo‘shimcha axborot beramiz.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi Qonun

11-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ketma-ketligi

🔹Binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🔹Binoning bir qismiga (kvartiralarga, xonalarga) bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ular joylashgan binoga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🔹Mulkiy majmua sifatida butun korxonaga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bu korxona tarkibiga kiradigan yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🔹Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxslarga o‘tganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli huquq yuzaga kelganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 28.11.2022 yildagi O‘RQ-803-son.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
САВОЛ: Кадастр ҳужжатини ҳар 5 йилда янгилаб туриш керак экан деб эшитдим. Мен кадастримни 2015 йилда қилдирганман. Ҳозир кадастримни янгилашим керакми?

ЖАВОБ: Бу ахборот. Ҳар 5 йилда кадастр ҳужжатлари янгилаш керак деган талаб қонунчилигимизда йўқ.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #seminar

Yangi qonunlarni o‘rganamiz

✔️ Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasida boshqarma boshlig'i B.Pazilov boshchiligida tuman, shahar bo'lim boshliqlari, yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun navbatdagi o'quv-seminar o'tkazildi.

✔️ Unda boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov xodimlarga aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonida xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari hamda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishlari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliklarini uqtirib, har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

✔️ Seminar jarayonida maʼruzachi M.Nurmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 05.06.2024-yildagi O‘RQ-931-sonli "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni hamda Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga taqdimotlar orqali yetkazdi.

✔️ Jumladan, Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida, shuningdek xodimlar tomonidan real va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi deklaratsiyani to‘ldirishlari yuzasidan huquqiy maslahatlar va tushunchalar berildi.

✔️ O‘tkazilgan seminar-treningda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM