NAMANGAN KADASTR
1.14K subscribers
10.2K photos
929 videos
9 files
4.31K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#er nazorati

🌐 Yer nazorati  tadbirlarida qonun ustuvorligi taʼminlanmoqda.

✔️ Bosh prokuraturaning yer resurslari talon- toroj qilinishini oldi olish boshqarmasi hamda viloyat ishchi guruhi Namangan viloyatida yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilmoqdalar.

 ✔️ Tadbirlarda asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.

‼️ Masalan, Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarni dronlar yordamida o‘rganish natijasida, To‘raqo‘rg‘on tuman “Shaxand taraqqiyoti” massivi hududidan, huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan fuqaro I.I. tomonidan 0.1 gektar yer maydonini egallab, 200 kv.metr joyga oshxona binosi qurilganligi aniqlandi.

‼️ Respublika Ishchi guruh rahbari tomonidan fuqaro I.I. bilan suhbatlashib, o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirilgandan so‘ng, o‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqaro o‘z hisobidan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl xoliga qaytarilishini taʼminladi.

‼️ Yana bir misol, Respublika Ishchi guruhi hududlarni o‘rganish jarayonida Namangan tumani “Sherbuloq” massivi hududida fuqaro U.A. tomonida 0,35 gektar davlat zaxirasidagi yer maydonga noqonuniy ravishda molxona binosini qurganligini aniqladilar.

✔️ Respublika Ishchi guruhi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi inspektorlari fuqaroga o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olish oqibatlari tushuntirildi va yozma ravishda ogohlantirildi.   O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqarolar o‘z hisobidan noqonuniy qurilishni bartaraf etishga kirishdi. Yer maydoni asl xoliga qaytarilishi nazoratga olindi.

⁉️ Respublika Ishchi guruhi tomonidan yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

🌐 Yer nazorati  tadbirlarida davom etmoqda.

✔️ Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi va Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari hamkorlikda, viloyat bo‘yicha kuchaytirilgan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlarda birgalikda harakat qilmoqdalar.

✔️ Natijada, qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlar aniqlanmoqda.

✔️ Ushbu ishlarni samarali tashkil qilish uchun boshqarmada va barcha tumanlarida jami 16 ta Ishchi guruhlar tuzilib ular o‘z hududlarida yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha faoliyat olib bormoqdalar.

‼️ Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov boshchiligida tuzilgan Ishchi guruh aʼzolari Toshkent-Namangan A-373 avtomagistralining muhofaza zonasiga qurilgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarini davom ettirdilar. Xabaringiz bor A-373 avtomobil yo‘li serqatnov bo‘lib, yo‘lga yaqin noqonuniy qurilgan har xil qurilmalar haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘dirmoqda.

‼️ Masalan, Pop tumandan o‘tuvchi bu magistralining 282-284 kilometr oralig‘ida yo‘lga yaqin muhofaza qismida fuqarolar Т.S. Т.D. O‘.Z. va K.Y. tomonlaridan  o‘zboshimchalik bilan 35 dan 120 kv. metrgacha  yerlarda noqonuniy savdo shoxobchalari qurganlar va reklama bannerlari o‘rnatganlar.

‼️ Ularga inspektorlar tomonidan bu o‘zboshimchalikning huquqiy oqibatlari tushuntirilgandan so‘ng, fuqarolar huquqbuzarlikni o‘z ixtiyori bilan, o‘z hisoblaridan bartaraf qildilar. Fuqarolarga nisbatan MJtK ning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

‼️ Yer nazorati tadbirlari viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

🔼 Sayyor qabullar - inson manfaati uchun

💎 Bugun Namangan shaharning aholi zich joylashgan hududlaridan biri Yangi Namangan tumanining “Chamanzor” MFY da,  Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i  M.Tursunbayev boshchiligida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

💎 Qabulda kadastr xizmati masalalari bo‘yicha murojaat bilan kelgan jami 19 nafar fuqaro va tadbirkorlarning 7 nafarini masalalariga shu joyining o‘zida yechim topildi, 8 nafar murojaatchilarga hujjatlari o‘rganilib, huquqiy tushunchalar berildi, 4 nafar fuqarolarning kadastr hujjatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, o‘lchov ishlari o‘tqazilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rahbariyat tomonidan nazoratga olindi.

💎 Sayyor qabul davomida murojaatlari ijobiy hal bo‘lgan otaxonlar xursandchilikdan tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM