NAMANGAN KADASTR
1.21K subscribers
10.3K photos
935 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#siyosiy maʼrifiy soat

 
🔼 Siyosiy-maʼrifat soati qiziqarli o‘tdi.

💎 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

💎 O‘quv soati avvalida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti R.Djurayev yig‘ilganlarga kadastr sohasiga oid prokuratura organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni mazmun mohiyatini tushuntirdi va savollarga javob berdi.

💎 Yuqoridagi masala bo‘yicha so‘z olgan Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R.Raximov huquqni himoya qilish organlar bilan ishlashda, ularning xatlariga javob berishda, tuman rahbarlarining masʼuliyatlarini oshirish kerakligini alohida taʼkidladi.

💎 Shundan so‘ng, yig‘ilishda so‘z olgan boshqarmaning murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i, boshqarma Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzosi I.Sarimsaqov Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarida ijro intizomini, xizmat ko‘rsatishda odob-axloq qoidalariga rioya qilishni, yana-da kuchaytirish, yuqori turuvchi tashkilotlardan kelib tushayotgan topshiriqlarni to‘liq, sifatli va vijdonan yondoshgan holda bajarish, bu borada kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirib o‘tdi va ishtirokchilar savollariga javob berdi.

💎 Bugungi “Siyosiy-maʼrifiy soati”da kadastr xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Shusha shahriga amaliy tashrifi va Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtiroki haqidagi xalqaro yangiliklar bilan tanishdilar.

💎 Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisi Chjao Leszi boshchiligidagi delegatsiyani  hamda mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungboni qabul qilganliklari haqidagi maʼlumotlar diqqat bilan tinglandi.

Tadbir qiziqarli va foydali bo‘ldi.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilasizmi?

‼️ Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

 
💎 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

💎 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

💎 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

💎 yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so‘m;

💎 nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so‘m;

💎 mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

💎 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so‘mdan) 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so‘m;

💎 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 648 000 so‘m;

💎 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 648 000 so‘m.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - halokatga yetaklovchi yo'l


Korrupsiya illati har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi. Jamiyatning ma’naviy axloqini yemiradi, qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.

🫥 O'tgan bir hafta davomida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash, o'z xizmat vazifasiga halol va vijdonan yondashish mavzularida davra suhbatlari o'tkazildi.

▫️Sirdaryo viloyati 1, 2, 3, 4
▫️Surxondaryo viloyati 1,
2, 3
▫️Namangan viloyati 1, 2, 3
▫️Xorazm viloyati 1, 2
▫️Toshkent shahar 1, 2
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi 1, 2
▫️Toshkent viloyati 1, 2
▫️Buxoro viloyati 1, 2
▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER KODEKSI

🔼90-modda. Yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

✔️ Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qo‘yish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yish bundan mustasno), yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar bo‘ladilar.
⚠️ Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar:
✔️ yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda;
✔️ yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda;
✔️ qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda;
✔️ yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;
✔️ yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;
✔️ vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;
✔️ yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarga va mulkdorlarga qarashli yer uchastkalarining marza belgilarini yo‘q qilganlikda;
✔️ davlat yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko‘rsatganlikda;
✔️ o‘zboshimchalik bilan pichan o‘rganlikda va chorva mollar boqqanlikda;
✔️ yovvoyi o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini ko‘rmaganlikda;
✔️ yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda;
✔️ yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) bo‘yicha ochiq elektron tanlovlar va elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazishning belgilangan tartibini buzganlikda;
✔️ sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaganlikda.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVda chiqish.

🔼 Namangan shahri O‘zbekistondagi eng yashil shahar deb topildi.

💎 Iqlim o‘zgarishi milliy markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bu haqida maʼlum qilindi.  Respublikadagi 14 ta maʼmuriy markazning ekologik reytingi tuzib chiqilgan. Shaharlar 100 balli tizimda baholangan. Namangan shahri 62,29 ball to‘plab, O‘zbekistondagi eng yashil shahar sifatida topildi.

💎 Namangan shaharning umumiy yer maydoni 18355 gektar. Shundan 65% ortig‘i ko‘kalamzorlashtirilgan. Bu haqida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi matbuot kotibi Sh.Toshtemirov maʼlumot berdi.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi


Majlisida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

📃 Qonun loyihasi bilan Yer kodeksi, “Ijara to‘g‘risida”gi va “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

◼️Xususan, Yer kodeksining yer uchastkasi ijarasi to‘g‘risidagi 24-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish belgilanmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga, ya’ni qayta ijaraga berishga ruxsat etish nazarda tutilmoqda.

◼️Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga berishda turli bahsli mezonlarga tayangan ochiq elektron tanlov o‘rniga shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan elektron onlayn-auksion savdolari joriy etiladi.

✅️ Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

#DavKadastrPalata #Oliy_majlis

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar

💎 Yosh kadastrchilar xalqmiz xizmatida.

✔️ Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Chortoq tuman filiali tomonidan aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini joyida o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Chortoq tuman hokimligi va tuman Xalq qabulxonasidan hamda bevosita filialga  qabul kelgan fuqarolar murojaatlari, joyiga chiqib “mahallabay” va “xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
✔️ Tumandagi mavjud 57 ta MFY larini hammasiga kadastr xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ish olib bormoqdalar.

🔼Chortoq filialiga joriy yilning 6  oyi davomida jami 540 ta murojaatlar kelib tushgan.  Barcha murojaatlar rahbarlar va mutaxassislar tomonidan joyida, xonadonlariga borib o‘rganildi. Ulardan 352 tasi yoki 64% da masala ijobiy hal qilindi va 171 tasiga huquqiy tushunchalar berildi hamda 17 ta murojaatni o‘rganish jarayoni davom etmoqda.  

 ✔️ Birgina misol, yosh mutaxassis Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Chortoq tuman filiali kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi kadastr muhandisi Abdullajanov Azizbek Isroiljon o‘g‘li o‘ziga biriktirilgan “Keskanyor” “Laskidon” “A.Navoiy” “Zafar Diyor” va “Yuksalish” MFY da 45 nafardan ortiq fuqarolar bilan uchrashib kadastr masalasida, yer hisobi va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalari bo‘yicha qilgan murojaatlarini ijobiy hal qildi.
✔️ Yosh bo‘lsada mahalla ahlining hurmatiga sazovor bo‘lib duo olayotgan Azizbek Abdullajanovga omadlar tilaymiz!  

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer nazorati

⁉️ Yer nazorati. Yo‘lga qurilgan somsaxona, hujjati qani?

✔️ Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tizimida Yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar, boshqarma rahbarlari ishtirokida va barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan 16 ta Ishchi guruhlar tomonidan kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. 

✔️ Tadbirlarda asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.

❗️ Masalan, To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning “Kalvak” MFY hududidan, huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan fuqaro A.Z tomonidan ko‘cha chetining 40 kv. metr yer maydonini egallab, somsaxona qurib olganligi aniqlandi.

❗️ Yana bir misol, tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning “Saroy” MFY hududida fuqaro B.P. tomonida To‘raqo‘rg‘on-Saroy avtomobil yo‘li yoqasida 120 kv.metr joyda noqonuniy qurilish boshlagani aniqlandi.

✔️ Ushbu fuqarolarga Kadastr agentligi To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi.  O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqarolar A.Z. va B.P. o‘z hisoblaridan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl holiga qaytarilishini taʼminladilar. Fuqarolarga nisbatan MJtK ning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

‼️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, aholi punktlaridagi yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

❗️ Yer nazorati va yerlarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM