NAMANGAN KADASTR
1.2K subscribers
10.3K photos
934 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Юн Сок Ёль Ўзбекистон-Корея бизнес форумида иштирок этдилар.

Президенты Шавкат Мирзиёев и Юн Сок Ёль приняли участие в узбекско-корейском бизнес-форуме.

#Mirziyoyev #tashrif #JanubiyKoreya #ishbilarmonlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#yer_nazorati #yer_hisobi

Maqsadimiz xalqimizga halol xizmat qilish

🔹Avval xabar berganimizdak bugun Kadastr agentligi direktorining joriy yilning 12-iyundagi tegishli buyrug‘i bilan Maxmudov Jobirxon Hamidjon o‘g‘li Kadastr agentligi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov tuman kadastr bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ushbu buyruqni o‘qib eshittirdi.

🔹Boshqarma boshlig‘i, tuman kadastr tizimida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda, kamchiliklar ham borligini taʼkidlab, yangi tayinlangan rahbar bilan hamjihatlikda astoydil ishlash zarurligini uqtirdi.   

🔹Avvalambor aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari hamda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishlari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilishga yo‘l qo‘ymasliklari, asosiy vazifa qilib belgilab berildi.

🔹Bo‘lim va filial rahbarlariga, mutaxassislarga soha oldiga qo‘yilgan Prezident topshiriqlarini, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshiriqlarini, ijrosini so‘zsiz bajarish bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🌙 TABRIKNOMA 🌙

Assalomu alaykum!

Hurmatli hamkasblar! Qadrli ustozlar va faxriylar!

🌙 Siz azizlarni muborak Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz!

🌙 Qalblarimiz quvonchga va ezgu niyatlarga to‘lib toshgan ushbu saodatli damlarda bayramni tinch, osuda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

🌙 Fursatdan foydalanib, Kadastr tizimi rivojiga o‘zlarining katta hissalarini qo‘shgan faxriylarimizni, ustozlarimizni, duogo‘y otaxon va onaxonlarimizni Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sihat salomatlik, uzoq umr tilaymiz.

🌙 Hurmatli hamkasblar! Siz azizlarni, muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Ona yurtimiz tinch, hayotimiz farovon bo‘lsin! Xalqimizga kadastr xizmati ko‘rsatishda barchalaringizga doimo omad yor bo‘lsin!

Hurmat bilan,
🔹Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
B.Pazilov
🔹DKP Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
M.Tursunbayev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💐 Xonadonlarimizga, hayotimizga Iyd al-adha - Qurbon xayitining ezgulik nuri, chinakam bayram kayfiyatini ulashibgina qolmasdan bayramda muqaddas maskanlar, ulug‘ ajdodlarimiz qadamjolarini ziyorat qilish, mo‘’tabar ota-onalarimiz, qarindosh-urug‘larimiz, yoru birodarlarimizni yo‘qlash, ko‘mak va yordamga muhtojlar holidan xabar olish uchun yana bir qulay imkoniyatdir.

#DavKadastrPalata #qurbon_xayiti

Ijmoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

17-iyun - Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni


🌐 Ushbu xalqaro sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1995-yil 30-yanvarda ta’sis etilgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tanlangan. O‘zbekiston Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida birinchilar qatorida BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasiga a’zo bo‘lgan.

💦🌫 O'tgan yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, bir daqiqada O‘zbekistonning 9 kvadrat metr hududi cho‘llanib boryapti. Har soniyada dunyo bo‘ylab 23 gektar cho‘llanib boryapti. Bu holat davom etaversa, 2050-yilga borib, Yer yuzining 95 foizi cho‘llanishi va bu 3 milliarddan ziyod odamni oziq-ovqat tanqisligida qoldirishi mumkin.

◼️Qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurash Markaziy Osiyo va O‘zbekiston uchun hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. Shu sababli, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi har bir fuqaroni tabiatga yaxshi munosabatda bo‘lishga va suv resurslaridan oqilona foydalanishga chorlab qolamiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrga murojaatning oson yo'li

🌟Davlat kadastrlari palatasi sizning kadastr sohasi bo‘yicha murojaatlaringizni uzluksiz ravishda qabul qilishda davom etadi.

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

🫥Sizning savollaringizga javoblar telegram kanalimizda ham e'lon qilib boriladi!

☝️ Botga yo‘llangan murojaatlar Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbariyati nazoratida!

#DavKadastrPalata #murojaatlar #telegram_bot

Ijmoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi oʻqishga taklif etadi

11-sinf, kasb-hunar kollej yoki akademik litseylarni tamomlagan bitiruvchilar uchun 2024/2025-o'quv yiliga quyidagi yo'nalishlar bo'yicha abituriyentlarni qabul qiladi.

Kadastr
Geodeziya

🗣 Taʼlim berish 1.5 yil muddatda kunduzgi va sirtqi taʼlim shaklida Davlat granti hamda to'lov kontrakt asosida amalga oshiriladi.                                      

➡️ Hujjatlar  my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

📞 Murojaat uchun telefon:+998 55 508-03-02 

📍 Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Mirzo Ulug'bek ko'chasi 82-uy

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

Qonunlarni o'rganamiz


Qonunchilikka ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

🔹 Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

Matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔺 Avval xabar berganimizdek, Namangan viloyati Chortoq tumanida ⭐️Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich boshchiligida viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi hamda unda 31 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Mazkur sayyor qabul tafsilotlari haqida "Namangan" teleradiokompaniyasining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Dehqon xo‘jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijaraga oling !

Ayni paytda Namangan viloyatida 2 051 ta yer maydonlari ochiq auksion savdolariga chiqarilgan!

➡️ Mingbuloq tumanidan 184 ta (ko'rish)
➡️ Kosonsoy tumanidan 299 ta (ko'rish)
➡️ Namangan tumanidan 46 ta (ko'rish)
➡️ Norin tumanidan 87 ta (ko'rish)
➡️ Pop tumanidan 238 ta (ko'rish)
➡️ To‘raqo‘rg‘on tumanidan 36 ta (ko'rish)
➡️ Uychi tumanidan 83 ta (ko'rish)
➡️ Uchqo‘rg‘on tumanidan 53 ta (ko'rish)
➡️ Chortoq tumanidan 235 ta (ko'rish)
➡️ Chust tumanidan 408 ta (ko'rish)
➡️ Yangiqo‘rg‘on tumanidan 383 ta (ko'rish)

Eslatma!!! Dehqon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi 153-sonli qarori va 2024-yil 18-yanvardagi 15-sonli farmoni asosida ochiq elektron savdoga qo‘yilgan.

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12
Давлатимиз раҳбари туман ва шаҳарларнинг мастер режаларини ишлаб чиқишга оид тақдимот билан танишди.

Глава нашего государства ознакомился с презентацией по разработке мастер-планов районов и городов.

#Mirziyoyev #taqdimot #hududlar #masterreja

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X