NAMANGAN KADASTR
1K subscribers
9.7K photos
903 videos
9 files
4.14K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiya – eng katta dushmanimiz 

🔹Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev rahbarligidagi Ishchi guruh tomonidan Namangan viloyati kadastr tizimida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar va xodimlar bilan individual tartibda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda. Tadbirlarda  boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov ishtirok etmoqda.

🔹Kuni kecha ana shunday tadbir viloyatning Chust tuman filialida bo‘lib o‘tdi. Unda filial rahbari  ishtirokida fuqarolar va tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi. Xodimlarning kadastr xizmati ko‘rsatish ishini yaxshilash bo‘yicha fikrlari va takliflari boshqarma boshlig‘i M.Tursunbayev tomonidan tinglandi va tegishli topshiriqlar berildi.    

🔹Profilaktik suhbat davomida so‘nggi yillarda kadastr sohasini takomillashtirish yo‘nalishida qabul qilinayotgan farmon va qarorlar haqida maʼlumot berildi. Shu bilan birga filialda xodimlar o‘rtasida korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlar axloq odob normalariga, xizmat madaniyatiga va ijro intizomiga qatʼiy rioya etishlarini, ichki muhitni sog‘lomlashtirish va joylarda arxiv hujjatlarini saqlanishi, davlat kadastrini yuritishda meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishi kabi masalalarga eʼtiborni kuchaytirish lozimligi tushuntirildi.

🔹Filialda Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining buyruq va ko‘rsatmalarining ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi.

🔹Topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

 Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #ochiq_muloqot

📣DIQQAT OCHIQ MULOQOT!

Hurmatli namanganlik fuqarolar hamda tadbirkorlar!

🔹Sizning kadastr xizmatiga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi mas'ullari ishtirokida onlayn audio jonli muloqot o‘tkaziladi.

🔹Mavzu: "Yerlarni auksionga qadar dasturga joylashtirish"

🔹Jonli efir
TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

🔹Vaqti:  2024-yil 7-iyun, soat 10:30 da.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala

🔹Xabaringiz bor Davlat rahbarimiz 2023-yilning 21-noyabrda “Yer resusrlaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish o‘tkazib, kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar.

🔹Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Namangan viloyati kadastr tizmida jadal ishlar ketmoqda.

🔹Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev, yuqoridagi belgilab berilgan topshiriqlarni joylarda, tuman filiallarida bajarilishini nazorat qilish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun boshqarmaning Uychi va Uchqo‘rg‘on filiallarida bo‘lib, ish jarayonlari va hujjatlar bilan tanishdi.

🔹Filiallarda yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar fermer xo‘jaliklariga chiqib joyida tanqidiy tahlil qilindi, mutaxassislarga va xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi, bajarilishi nazoratga olindi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🔴#live #siyosiy_maʼrifat_soati

🔹Ayni damda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-ma’rifiy soat”da ishtirok etmoqdalar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Live stream scheduled for
Live stream started