NAMANGAN KADASTR
1.2K subscribers
10.3K photos
935 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #OAV_biz_haqimizda

Yer nazorati radio to'lqinlarida

🔹Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida Namangan teleradiokompaniyasining FM 103,6 "Oltin Zamin" radiosida ma'lumot berildi.

🔹Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Mirzabayev tomonidan tinglovchilarga yer qonunbuzarlik holatini sodir qilgan fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
⭕️⭕️⭕️🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🌟KADASTR XIZMATLARIDAN ONLAYN FOYDALANING!

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

📝 Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

#Kadastr_agentligi #onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrchilar xalq xizmatida


⭐️🌟Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman, shahar filiallari mutaxassislari tomonidan aholini uzoq yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o'rganish maqsadida muntazam ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

☯️"Kadastr xalq xizmatida" shiori ostidagi ushbu tashabbus bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalar tomonidan yoritildi:

▪️Qashqadaryo viloyati
▪️Jizzax viloyati
▪️Andijon viloyati
▪️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

🔹Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Namangan tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan tumandagi “Zarbdor” MMTP hududida maxsus dronlar yordamida o'tkazilgan yer nazorati tadbirlarida, bo‘sh turgan yer maydonga “Ravnaq” MFYda yashovchi fuqaro R.Y. tomonidan 0.06 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy uy-joy qurish ishlari boshlanganligini aniqlandi.

🔹Bu bilan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-modda 3-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu modda tartibida bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorda jarima qo‘llanildi hamda qurilish ishlari to'xtatilib, huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

🔹Hozirgacha kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davomida tuman bo‘yicha jami 81 ta holatda 1,4 gektar yer maydonida qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maqsadimiz sohada korrupsiyani oldini olish


🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev rahbarligida boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov ishtirokida Namangan viloyati kadastr tizimida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar va xodimlar bilan individual tartibda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.

🔹Bugun ana shunday tadbir viloyatning To'raqo'rg'on tuman filialida bo‘lib o‘tdi. Unda filial rahbari ishtirokida fuqarolar murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar bilan yakka tartibda profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🔹Profilaktik tadbirlar bilan birga filialda ijro va mehnat intizomining holati, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshiriqlari ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi. Tadbir yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥 BRIFING

📍 Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda yurtdoshlarimizga Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan yer nazorati tadbirlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash natijalari bo‘yicha ma’lumot berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi

⚡️ Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Quyidagi shaxslar davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb eʼtirof etiladi:

🟢 Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari;

🟢 Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs;

🟢 Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki aʼzosi bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Анқара шаҳридаги Президент саройида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевни расмий кутиб олиш маросими бўлди.

В Президентском дворце в городе Анкаре состоялась церемония официальной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X