NAMANGAN KADASTR
1.02K subscribers
9.87K photos
909 videos
9 files
4.2K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Yer_nazorati

Yerdan foydalanishda qonuniylik ta'minlanmoqda


🔷 Ayni kunlarda Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo'limlari tomonidan viloyat hududida kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari davom etmoqda.

Unda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

Dronlar yordamida yer nazorati tadbirlari olib borish;
Kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarliklarni aniqlash;
Inspektorlar aniqlagan holatlarni maxsus planshetlar yordamida tizimga kiritish va onlayn nazorat qilish;
Jinoyat alomatlari bor, yaʼni sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda noqonuniy qurilish qilish holatlarni Prokuratura organlariga yuborish.

🔷 Joriy yilning may oyida kuchaytirilgan tartibda olib borilgan yer nazorati tadbirlarida jami 652 ta holatda 74,7 gektar yerda huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Shundan
🔹175 ta ma'muriy jarimalar qo'llanildi;
🔹14 ta prokuratura organlariga yuborildi;
🔹3 ta majburiy bartaraf etish yuzasidan sudlarga davo arizasi kiritildi;
🔹101 ta holat huquqbuzarlar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi.


Eng ko‘p holatlar quyidagi tumanlarda qayd etilgan:
🔹Namangan tumani - 81 ta;
🔹Norin tumani - 65 ta;
🔹To'raqo'rg'on tumani - 59 ta;
🔹Uchqo'rg'on tumani - 57 ta.

‼️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Sizlardan noqonuniy qurilish qilmasligingizni, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasligingizni va egalik huquqi mavjud bo‘lganda esa o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishingizni so‘rab qoladi.


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_targibot

⚡️Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari

❗️Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

🔹binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

🔹qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dron_shou #Geoinnovatsiya #OAV_biz_haqimizda

Namanganda 63-xalqaro "Gullar festivali" doirasida bo'lib o'tgan dron-shou tafsilotlari

🔹Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” va Namangan viloyat hokimligi hamkorligida "Gullar festivali" doirasida tashkil etilgan dron-shou "Milliy" telekanalining
"Millar" dasturi nigohida.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#OAV_biz_haqimizda

🔴 Jonli efirda - Kadastr yangiliklari

🔹Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining tegishli buyrug‘iga asosan, Namangan viloyati boshqarmasi tizimidagi idoraviy arxivlarda saqlanayotgan 604 000 dan ziyod kadastr yig‘ma jildlarini raqamlashtirish ishlari jadal ketmoqda.

🔹Arxiv hujjatlarni raqamlashtirish bo‘yicha tuman filiallarida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida Namangan teleradiokompaniyasining FM 103.6 "Oltin Zamin" radiosida jonli efirda suhbat bo'lib o'tdi.

🔹Ushbu suhbatda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi arxiv ishi nazorati bosh mutaxassisi Bekzod Usmonov yuqoridagi mavzu yuzasida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Namangan viloyati bo‘yicha e-auksion.uz platformasi orqali 1 700 dan ko‘proq ko‘chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

🟢Mingbuloq tumanidan 161 ta (ko'rish)
🟢Kosonsoy tumanidan 187 ta (ko'rish)
🟢Namangan tumanidan 190 ta (ko‘rish)
🟢Norin tumanidan 107 ta (ko‘rish)
🟢Pop tumanidan 161 ta (ko‘rish)
🟢To‘raqo‘rg‘on tumanidan 143 ta (ko‘rish)
🟢Uychi tumanidan 173 ta (ko‘rish)
🟢Uchqo‘rg‘on tumanidan 76 ta (ko‘rish)
🟢Chortoq tumanidan 109 ta (ko‘rish)
🟢Chust tumanidan 38 ta (ko‘rish)
🟢Yangiqo‘rg‘on tumanidan 71 ta (ko‘rish)
🟢Namangan shahirdan 126 ta (ko‘rish)
🟢Davlatobod tumanidan 89 ta (ko‘rish)
🟢Yangi Namangan tumanidan 95 ta (ko‘rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko‘ra savdoga chiqarilmoqda.

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
#Kadastr #ochiq_muloqot

📣DIQQAT OCHIQ MULOQOT!

Hurmatli namanganlik fuqarolar hamda tadbirkorlar!

🔹Sizning kadastr xizmatiga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi mas'ullari ishtirokida onlayn audio jonli muloqot o‘tkaziladi.

🔹Mavzu: "Yerlarni auksionga qadar dasturga joylashtirish"

🔹Jonli efir
TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

🔹Vaqti:  2024-yil 7-iyun, soat 10:30 da.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya
- millat va jamiyat kushandasi

⭐️🌟Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari hududiy boshqarmalarida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi mutaxassislari tomonidan muntazam ravishda davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda:

◼️O'tgan bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalarda korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida uchrashuvlar o'tkazildi:

▫️Namangan viloyati 1, 2, 3
▫️Andijon viloyati 1, 2
▫️Jizzax viloyati 1, 2
▫️Farg'ona viloyati 1, 2
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi

▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Toshkent viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #OAV_biz_haqimizda

Yer nazorati radio to'lqinlarida

🔹Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida Namangan teleradiokompaniyasining FM 103,6 "Oltin Zamin" radiosida ma'lumot berildi.

🔹Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Mirzabayev tomonidan tinglovchilarga yer qonunbuzarlik holatini sodir qilgan fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
⭕️⭕️⭕️🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🌟KADASTR XIZMATLARIDAN ONLAYN FOYDALANING!

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

📝 Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

#Kadastr_agentligi #onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrchilar xalq xizmatida


⭐️🌟Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman, shahar filiallari mutaxassislari tomonidan aholini uzoq yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o'rganish maqsadida muntazam ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

☯️"Kadastr xalq xizmatida" shiori ostidagi ushbu tashabbus bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalar tomonidan yoritildi:

▪️Qashqadaryo viloyati
▪️Jizzax viloyati
▪️Andijon viloyati
▪️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

🔹Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Namangan tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan tumandagi “Zarbdor” MMTP hududida maxsus dronlar yordamida o'tkazilgan yer nazorati tadbirlarida, bo‘sh turgan yer maydonga “Ravnaq” MFYda yashovchi fuqaro R.Y. tomonidan 0.06 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy uy-joy qurish ishlari boshlanganligini aniqlandi.

🔹Bu bilan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-modda 3-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu modda tartibida bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorda jarima qo‘llanildi hamda qurilish ishlari to'xtatilib, huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

🔹Hozirgacha kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davomida tuman bo‘yicha jami 81 ta holatda 1,4 gektar yer maydonida qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maqsadimiz sohada korrupsiyani oldini olish


🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev rahbarligida boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov ishtirokida Namangan viloyati kadastr tizimida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar va xodimlar bilan individual tartibda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.

🔹Bugun ana shunday tadbir viloyatning To'raqo'rg'on tuman filialida bo‘lib o‘tdi. Unda filial rahbari ishtirokida fuqarolar murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar bilan yakka tartibda profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🔹Profilaktik tadbirlar bilan birga filialda ijro va mehnat intizomining holati, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshiriqlari ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi. Tadbir yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook