NAMANGAN KADASTR
1.14K subscribers
10.2K photos
929 videos
9 files
4.31K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Huquqiy_targibot

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

🔹 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_targibot

❗️Qonunchilikka ko‘ra, o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanadi.

⚠️ Mazkur qoidadan istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Yerlarini talon-taroj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi

🔹Umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerlarni avaylab asrash, o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining asosiy vazifasidir.

🔹Ushbu ishlarni samarali tashkil qilish uchun boshqarmada va barcha tumanlarida jami 16 ta Ishchi guruhlar tuzilib ular o‘z hududlarida yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha faoliyat olib bormoqdalar.

🔹Hozirgacha Viloyat bo‘yicha 97 marotaba maxsus dronlar uchirilib, ular yordamida nazoratchilar tomonidan 490 ta holatda 60,9 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi.

🔹Viloyatning Norin tumani yer nazorati inspektorlarining bir kunlik ish faoliyatidan videolavhalarni ushbu videoda kuzatishingiz mumkin.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#siyosiy_maʼrifat_soati

Siyosiy-ma’rifat soat - muhim tadbir


🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-ma’rifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatidan so‘ng Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basi boshlig‘i O‘.Qalandarova so‘zga chiqib, ichki mehnat tartib qoidalari va ishga vaqtida kelib ketish masalalariga to‘xtaldi.

🔹Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i, ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zosi I.Sarimsaqov va Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi - boshqarma ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatovlar o‘z fikrlarini bildirdilar.

🔹Siyosiy-ma’rifat soati jonli va qiziqarli o‘tdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

Dron - yer nazoratida yordamchi

🔹Joriy yilning may oyi davomida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Norin tuman bo'limi inspektorlari tomonidan 45 ta holatda 3.9 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlanib, tegishli tartibda choralar ko'rildi.

🔹Masalan, Norin tumani, "A.Shamsiddinov" massivi, qishloq xo'jaligi xaritasining 2313-konturida joylashgan 0.06 gektar qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan yer maydoniga "To'da" mahallasida yashovchi fuqaro T.Sh. tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab, uy-joy qurilish maqsadida poydevor qurganligi aniqlandi.

🔹Aniqlangan holat yuzasidan MJtK ninig 60-modda 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Fuqaro tomonidan huquqbuzarlik holati bartaraf etilib, yer davlat zaxirasiga qaytarildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌍 YER NAZORATDA

👨‍💻 Loyihaning uchunchi sonida:
📍 Jizzax viloyati hamda 📍Namangan viloyatlarida amalga oshirilgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishing.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #yer_nazoratda_loyihasi #3_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Dron - yer nazoratida yordamchi

🔹Joriy yilning may oyi davomida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Uchqo'rg'on tuman bo'limi inspektorlari tomonidan 46 ta holatda 1.2 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlanib, tegishli tartibda choralar ko'rildi.

🔹Masalan, bugun Uchqo'rg'on tumani, "Guliston" MFY hududida maxsus dron hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida olib borilgan nazorat tadbirlarida qishloq xo'jaligi xaritasining 678-konturida joylashgan 0.02 gektar dala tomorqa yer maydonining 52 kv.m. qismiga fuqaro S.Y. tomonidan turar joy binosi qurilganligi aniqlandi.

🔹Ushbu holat yuzasidan ko'rilgan choralar natijasida huquqbuzarlik holati ixtiyoriy bartaraf etildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook