NAMANGAN KADASTR
938 subscribers
9K photos
844 videos
9 files
3.95K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

CHORTOQ TUMANIDAGI
YER NAZORATI ISHLARI HAQIDA

🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Chortoq tuman bo‘limi tomonidan 2024-yilning o'tgan 4 oyi davomida 111 ta holatda 4,65 gektar yer maydonda yer qonun buzilish holatlari aniqlandi.

🔹Shundan, 98 tasi MJtKning 60-modda 2- va 3-qismi, ya'ni, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish yoki o'zboshimchalik bilan egallangan yerda qurilish ishlarini amalga oshirish holati bilan, ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmagan 10 nafar yerdan foydalanuvchi mulkdorlarga 68 prim 1-modda bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

🔹"Hozirgi kunda Chortoq tumanida 57 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida profilaktik chora tadbirlar olib borilib, 2 700 nafar fuqarolarga yer qonun buzilish holatlariga yo'l qo'ymasliklari uchun ogohlantirish xatlari berildi", - deydi bo'lim boshlig'i Sardorbek Nishanov.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

Yer nazoratida dronlar yordam bermoqdа

🔹Avval xabar berganimizdek Kadastr agentligi direktori tomonidan o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Namangan viloyati boshqarmasi tizimida Yer nazorati ishlarini faollashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish uchun 16 ta Ishchi guruhlar tuzilib ular o‘z hududlarida yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan faoliyat olib bormoqdalar.

🔹Hozirgacha Viloyat bo‘yicha maxsus dronlar yordamida 45 ta uchishlar tashkil qilinib 325 ta holatda 7.8 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash aniqlandi.

🔹Misol uchun, Kadastr agentligi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan maxsus dronlar yordamida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida “Mash’al” MFY hududida yashovchi fuqaro N.T. tomonidan o‘zboshimchalik bilan qishloq markazidagi davlat zaxirasidagi 0,1 gektar maydonni egallab 150 kv. metriga noqonuniy qurilish qilgan. Fuqaroga MJtK ning 60-moddasi 3- qismi bilan tegishli chora ko‘rildi. Hamda 15 kunlik muddatda o‘z hisobidan bartaraf etish (buzib tashlash to‘g‘risida) ogohlantirish berildi. Fuqaro berilgan ogohlantirishlardan o‘ziga tegishli xulosa chiqargan holda o‘z hissobidan bartaraf etdi (buzib tashlandi).

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Yangiqo'rg'on tumanida olib borilgan yer nazorati tadbirlaridan videolavha

🔹Kadastr agentligi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan maxsus dronlar yordamida yer nazorati tadbirlarida o‘tkazildi.

🔹“Mash’al” MFY
hududida yashovchi fuqaro N.T. tomonidan o‘zboshimchalik bilan qishloq markazidagi, davlat zaxirasidagi 0,1 gektar maydonni egallab olingan hamda 150 kv. metriga noqonuniy qurilish qilgan.

🔹Fuqaroga MJtK ning 60-moddasi 3- qismi bilan tegishli chora ko‘rildi.

🔹O‘z hisobidan bartaraf etish haqida berilgan ogohlantirishlardan tegishli xulosa chiqargan fuqaro ushbu holatni bartaraf etdi (buzib tashladi).

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Yer_nazorati

⚡️Namangan viloyatida yer nazorati tadbirlari kuchaytirilmoqda

Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilda olib borilgan yer nazorati tadbirlarida jami 1 237 ta yerga oid huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Eng ko‘p holatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔹Chust tumani - 107 ta;
🔹Chortoq tumani - 101 ta;
🔹Namangan shahri - 96 ta;
🔹Yangi Namangan tumani - 86 ta.

Ayni kunlarda esa viloyat hududlarida yer nazorati kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilmoqda. Bunda quyidagilar nazarda tutilgan:

Dronlar yordamida nazorat tadbiri olib borish;
Kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarliklarni aniqlash;
Aniqlangan holatlarni maxsus planshetlar yordamida tizimga kiritish va onlayn nazorat qilish;
Jinoyat alomatlari bor, yaʼni sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda noqonuniy qurilish qilish holatlarni Prokuratura organlariga yuborish.

‼️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

   Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Sizlardan noqonuniy qurilish qilmasliklarini, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklarni va egalik huquqi mavjud bo‘lganda esa o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlarini so‘rab qoladi.


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

Nazorat tadbirlari davom etmoqda


🔹Umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerlarni avaylab asrash, o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining asosiy vazifasidir.

🔹Ushbu ishlarni samarali tashkil qilish uchun boshqarmada va barcha tumanlarida jami 16 ta Ishchi guruhlar tuzilib ular o‘z hududlarida yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha faoliyat olib bormoqdalar.

🔹Hozirgacha Viloyat bo‘yicha maxsus dronlar yordamida 55 dan uchishlar tashkil qilinib Ishchi guruhlar tomonidan 325 ta holatda 7,8 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi.


👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Kosonsoy tumanida olib borilgan yer nazorati tadbirlaridan videolavha

🔹Kadastr agentligi Kosonsoy tuman bo‘limi tomonidan maxsus dronlar yordamida yer nazorati tadbirlari o‘tkazildi.

🔹“Gurmiron” MFY
hududida yashovchi fuqaro A. A. tomonidan o‘zboshimchalik bilan davlat zaxirasidagi 0,15 gektar maydonni egallab olingan hamda 0,015 gektar qismiga noqonuniy qurilish qilingan.

🔹Fuqaroga MJtK ning 60-moddasi 3- qismi bilan tegishli chora ko‘rildi.

🔹O‘z hisobidan bartaraf etish haqida berilgan ogohlantirishlardan tegishli xulosa chiqargan fuqaro ushbu holatni bartaraf etdi (buzib tashladi).

‼️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

   Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Sizlardan noqonuniy qurilish qilmaslikni, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmaslikni va egalik huquqi mavjud bo‘lganda esa o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlaringizni so‘rab qoladi.


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #yer_nazorati

Yer milliy boyligimiz, uni asrash burchimiz

🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan maxsus dronlar yordamida olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari haqida "MY-5" "Mening yurtim" telekanalida jonli efirda uzatilgan videolavha.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

🌟Kadastr agentligi tomonidan hududlarda olib borilayotgan kuchaytirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davom etmoqda.

🌍 Yer strategik jihatdan eng muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Shuning uchun yerlardan maqsadli va samarali foydalanishda qonuniylikni ta'minlash davlatning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Qonunchilikda yerlarni o'zboshimchalik bilan egallaganlik, ulardan noqonuniy foydalanganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

➡️Mazkur video rolik orqali hududlarda kuchaytirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida amalga oshirilgan ishlar va ko'rilgan choralar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Nazorat tadbirlari davom etmoqda. Yerlarini talon-taroj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi


🔹Umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerlarni avaylab asrash, undan unumli foydalanish va o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining asosiy vazifasidir.

🔹Ushbu ishlarni samarali tashkil qilish uchun boshqarmada va barcha tumanlarida jami 16 ta Ishchi guruhlar tuzilib ular o‘z hududlarida yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha ish olib bormoqdalar.

🔹Hozirgacha Viloyat bo‘yicha maxsus dronlar yordamida 75 marotaba uchishlar tashkil qilinib, Ishchi guruhlar tomonidan 398 ta holatda 27,8 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi.


🔹Ushbu aniqlangan qonunbuzilishlarning 391 ta holatda 10 gektari, aholi punkti yerlarida, 7 ta holatda esa 18 gektari qishloq xo‘jaligi yerlarida sodir etilgan. Aniqlangan barcha qonun buzilishi holatlariga tegishli ma’muriy choralar ko‘rildi.

👉
BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

Nazorat tadbirlari davom etmoqda


🔹Joriy yilning 1-may kunidan boshlab Namangan viloyatida kuchaytirilgan tartibda yer nazorati ishlari olib borilmoqda.

🔹Hozirgacha Viloyat bo‘yicha maxsus dronlar yordamida 75 marotaba uchishlar tashkil qilinib Ishchi guruhlar tomonidan 398 ta holatda 27,8 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi.

🔹Masalan, Norin tumani “Nurziyo” MFY hududida fuqaro E.A. tomonidan 300 kv.m. yer maydonini hech qanday hujjatlarisiz egallab olib devor bilan o‘rab olinganligi aniqlandi.

🔹Yana bir holatda “Otbozor” MFY hududida fuqaro I.S. tomonidan auksion savdolari orqali sotib olgan yer maydonidan 150 kv.m ortiqcha maydonni egallab olib, o‘zboshimchalik bilan beton poydevor quyish ishlarini amalga oshirganligi aniqlandi.

🔹Har ikki holat bo‘yicha MJtK 60-modda 3-qismi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi hamda 15-kunda noqonuniy qurilmalarini bartaraf etish bo‘yicha yozma ogohlantirish berildi. Hozirda fuqarolar tomonidan ushbu holat o‘z ixtiyorlari bilan bartaraf etildi.

👉
BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook