NAMANGAN KADASTR
1.2K subscribers
10.3K photos
934 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 🇹🇯Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмоннинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатда бўлиб турибди.

📆 Ўзбекистон-Тожикистон муносабатларида янги босқични бошлаб берган тарихий ташрифнинг биринчи куни муҳим воқеалари.

Душанбе шаҳри аэропортида олий мартабали меҳмонни Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон кутиб олди.
Давлатимиз раҳбари “Дўстий” майдонига ташриф буюриб, Исмоил Сомоний ҳайкали пойига гул қўйди.
“Қасри Миллат” қароргоҳида давлат ташрифи билан Тожикистонга келган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевни расмий кутиб олишга бағишланган тантанали маросим бўлди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон тор доирада учрашув ўтказдилар.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон музокараларни икки мамлакат расмий делегациялари иштирокида кенгайтирилган таркибда давом эттирдилар.
Олий даражадаги музокаралар якунида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон Иттифоқчилик муносабатлари тўғрисидаги шартномани имзоладилар. Давлат раҳбарлари ҳузурида икки томонлама ҳужжатларни алмашиш маросими бўлиб ўтди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон икки мамлакат маданият ва санъат арбобларининг бир гуруҳига фахрий унвонлар бердилар.
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Тожикистон Президенти Эмомали Раҳмон олий даражадаги музокаралардан сўнг оммавий ахборот воситалари вакиллари учун баёнот билан чиқдилар.
Душанбе шаҳридаги “Кўҳи Борбад” санъат саройида Ўзбекистон ва Тожикистон санъат усталари иштирокида “Дўстлик оқшоми” бўлиб ўтди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_maʼrifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati bo'lib o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O'quv soatidan so'ng, boshqarmaning jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha bosh mutaxassisi Sh.Toshtemirov joriy yilning 22-aprel kuni soat 11:00 da Namangan Muhandislik Qurilish instituti 7-o'quv binosida “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan "Yer bizning yagona uyimiz" shiori ostida bo'lib o'tadigan tadbir haqida ma'lumot berdi.

🔹Tadbirda so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi - boshqarma maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatov kun tartibidagi masalalar bo'yicha o‘z fikrini bildirdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌱 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida “22-aprel Butunjahon yer kuni” munosabati bilan talaba yoshlar uchun bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

🌟Kadastr agentligi, Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi hamda “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti hamkorligi yoshlar orasidan iqtidorlilarini tanlab olish, kelajakda ish bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi, ko‘ngil ochar tadbirlar, soha rahbarlari hamda universitet professorlari tomonidan konferensiyalar o‘tkazildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_kuni #rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

📣 DIQQAT, EʼLON 📣

🔹 Joriy yilning 22-aprel kuni soat 11:00 da Namangan Muhandislik Qurilish instituti 7-o'quv binosida “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan "Yer bizning yagona uyimiz" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tadi.

🔹Unda viloyat Kadastr tizimi rahbarlari, mutaxassislari hamda talaba yoshlar ishtirok etadilar.

🔹Tadbirda rahbar va yoshlar uchrashuvi, zamonaviy yer o'lchov asboblari ko'rgazmasi namoyish etiladi, qiziqarli viktorinalar tashkil qilinadi hamda mutaxassislar sohaga doir ma'lumot beradilar.

🔹Ushbu tadbirga barcha yoshlarni hamda sohaga qiziquvchilarni taklif qilamiz.

Manzil: Namangan viloyati, Uychi tumani.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#seminar #toponimika

Geografik obyekt nomlari bo'yicha seminar o'tkazildi

🔹Bugun Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tuman hokimligida “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi MFY raislari uchun seminar o'tkazildi.

🔹Unda Tuman hokimining maslahatchisi H.Mahmudova, Davlat kadastrlari palatasining Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Qodirov, DKPning viloyat boshqarmasi mas'ullari ishtirok etdilar.

🔹Seminarda ko'chalarni toifalarga ajratish, nomsiz ko'chalarni nomlash, shuningdek, ko‘cha peshlavhalariga qo‘yiladigan talablar, xonadonlarning raqamlanishi yuzasidan tushunchalar berildi.

🔹Ko‘chalarni elektron xaritalarini shakllantirish, yagona manzillar reyestrini yaratish orqali aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar: tez tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlarda manzilni topish va aniq belgilash uchun asos bo‘lishi taʼkidlandi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook