NAMANGAN KADASTR
1.2K subscribers
10.3K photos
935 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Hashar

Bugun hamma xayriya hasharda!

🇺🇿 Jonajon yurtimizga, gullar shahri Namanganga bahor kelishi bilan atrof muhit yashillikka burkanib, Navro‘z bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlanib ketdi.

🍀 Hashar xalqimizning eng qadimiy va boqiy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida Vatanni sevish, yurtni obod qilish, o‘zaro yordam va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassamdir.

🍀 Xayriya hasharida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari rahbarlari, bo‘lim boshliqlari, tumanlar va shaharning bo‘lim va filiallarida 350 nafar xodim faol qatnashmoqdalar.

🍀 Dastlabki tezkor maʼlumotlarga ko‘ra hozirgacha tizimda 237 tup daraxt ko‘chatlari va 340 tup gul ko‘chatlari ekildi, 850 tup daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Shu bilan birgalikda 4780 kv.m maydondagi gulxonalar, 270 metr uzunlikdagi ariqlar tozalandi.

🍀 Kadastr tizimida anʼanaviy tarzda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlari davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#kadastr_xizmati

Kadastr xizmatlaridan onlayn foydalaning!

Xizmat turi: Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish
.

Bu qanday ishlaydi?

🔹Ariza beruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi (obyektni kadastr raqamini kiritiladi hamda arifmetik amal javobini yozib, tekshirish tugmasi bosiladi).

🔹Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy va yuridik shaxslar;
🔹Xizmatni ko'rsatish muddati - avtomatik tarzda;
🔹Xizmat narxi - bepul;
🔹Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar - talab etilmaydi.

👉Xizmatdan onlayn foydalanish👈

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #seminar

Zamonaviy geodezik o'lchov uskunalaridan foydalanish bo'yicha amaliy seminar

🔹Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug'iga asosan DKPning Namangan viloyati boshqarmasi uchun berilgan STEC, KOLIDA, ТС-07 kabi jami 16 ta zamonaviy, yangi avlod o'lchov vositalaridan foydalanishni o'rgatish uchun boshqarmaning tuman va shahar filiallarida faoliyat olib borayotgan topograflarga amaliy seminar tashkil etildi.

🔹Seminar Davlat kadastrlari palatasi Topografik ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i U.Abdullayev, "Geomotic WORLD" MCHJning malakali mutaxassislari hamda boshqarmaning Topografik va kartografik xaritalarni tayyorlash sho'basi boshlig'i A.Raxmatov, bosh mutaxassisi O.Zoxidovlar boshchiligida o'tkazildi.

🔹Seminar davomida yangi topografik o'lchov vositalaridan foydalanib, ishlarini sifatli amalga oshirish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣TAYINLOV

👍 Kadastr agentligi Kadastr va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Yuldashev Jaxongir Ergashevich tayinlandi.

🔠Jaxongir Yuldashev shu kunga qadar 👍Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

👍Kadastr agentligi jamoasi J. Yuldashevni kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#kadastr #tayinlov #tabrik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun

Kadastr xizmati Inson manfaatlari yo'lida

🔹Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasining barcha 14 ta tuman filiallari xodimlari “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida, aholini kadastr xizmatiga bo‘lgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va hal etish uchun "mahallabay", "xonadonbay" ish tashkil qilingan.

🔹Bu ishlarda, boshqarmaning Norin tumani filiali xodimlari hozirgacha o‘z hududlaridagi 25 dan ortiq mahallalarda bo‘lib, fuqarolarning sohaga oid 370 dan ortiq masalalarini o‘rgandilar va amaliy yordam bermoqdalar.

🔹Aniqlangan aholi muammolar joyida hal qilinmoqda. Qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar nazoratga olingan bo‘lib, qolganlariga malakali mutaxassislar tomonidan tegishli huquqiy tushunchalar berilmoqda.

Davlat kadastrlati palatasi Norin tuman filiali rahbari - R.Rahimov.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿Президент раислигида қишлоқ хўжалиги ва озиқ-овқат тармоқларида инвестициялар ва экспортни кўпайтириш юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

◾️Давлатимиз раҳбари йиғилганларга “соҳа учун яна қандай шароит керак, жорий йилда қишлоқ хўжалиги ва озиқ-овқат экспортини 3,5 миллиард долларга етказиш учун нималар зарур” деган саволларга биргаликда жавоб топишни таклиф қилди.

◾️Йиғилишда 1 миллион гектар ғалладан бўшайдиган майдон, 508 минг гектар аҳоли томорқаси, 260 минг гектар одамларга бўлиб берилган ерлар имкониятидан тўлиқ фойдаланилмаётгани қайд этилди.

◾️Шу йилни ўзида 8 миллион доллар инвестиция ҳисобига Зангиота тумани, Фарғона ва Самарқанд шаҳарларида ҳам худди шундай замонавий лабораториялар ишга тушади.

◾️ Юқори ва ўрта рейтингга эга бўлган тадбиркорлар учун кўргазмаларда қатнашиш харажати 100 фоиз олдиндан тўлаб берилади. Паст рейтингга эга бўлганлар кўргазмада иштирок этганини тасдиқловчи ҳужжат тақдим этгандан кейин харажатининг 50 фоиз қисми қоплаб берилади.

◾️Мулоқот чоғида айланма маблағ масаласи, шартнома қийматининг дебитор қарздорлик сифатида эътироф этиладиган чегирма суммаси чегарасини кўтариш, табиий йўқотиш ва сифат бузилишини камайтириш учун мева-сабзавотни қадоқлашни яхшилаш масалалари ҳам кўриб чиқилди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM