NAMANGAN KADASTR
1K subscribers
9.7K photos
903 videos
9 files
4.14K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#yer_nazorati #planshet

Namangan viloyatida yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun seminar o'tkazildi.

🔹Kadastr agentligi tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy "E-yer nazorat" AAT dasturidan to'liq foydalanish, noqonuniy obyektlarni aniqlash jarayonlarida yangi planshet va body kameralardan to'g'ri foydalanishni o'rgatish maqsadida o'quv-seminar tashkil qilindi.

🔹Unda Kadastr agentligi Yer va kadastr nazorati boshqarmasi bosh mutaxassisi B.Taxirov tоmonidan Namangan viloyati boshqarmasining tuman (shahar) bo‘limlari boshliq va inspektorlariga yangi joriy qilinayotgan planshet va body kameralarni ishlatish tartib-qoidalari tushuntirildi.

🔹O'quv seminari yakunida inspektorlarga 45 ta Planshet va 45 ta Body kameralar tarqatildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️
#kadastr_xizmati

⚡️ KADASTRDA YANGI XIZMAT !

🌟 Kadastr sohasiga doir yana bir yangi xizmat, “Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi.

🖥 Bu esa fuqarolarga onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma olish imkoniyatini beradi

✔️Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🕔 Xizmatni ko'rsatish muddati:
13 ish kuni mobaynida

🪙 Xizmat narxi BHMning 1 baravar miqdorida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Mehnat va ijro intizomi – yutuqlar garovi


🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining topshirig‘i bilan o‘rganish va amaliy yordam berish uchun tuzilgan Ishchi guruh a’zolari, Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev, Davlat kadastrlari palatasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Misirov, a’zolar Sh.Kuvanov, X.Sanginov, D.Xoliqovlar boshqarmaning To‘raqo‘rg‘on, Namangan va Chortoq tumanlarida joylashgan filiallar faoliyati bilan tanishdilar va xodimlar bilan suhbatlashdilar.

🔹Tadbirlarda Namangan viloyat boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar ishtirok etmoqdalar.

👉
BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#kadastr_xizmati

Fuqarolarning nomida shaxsiy turar-joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish

Bu qanday ishlaydi?

🔹Ariza beruvchi (jismoniy shaxs) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

🔹Vakolatli organ so’rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo’yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.
To'lov miqdori - BHMning 3 foizi.
Xizmat ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar talab etilmaydi.

👉
Onlayn ariza berish👈

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (124-son, 11.03.2024 y.) bilan 🏙 "Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:

◾️ tuman (shahar) hokimliklarida tibbiyot birlashmalari, kadastr bo'limi, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va fuqaroning doimiy yashash joyi bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari vakillaridan iborat tarkibda;

◾️ idoraviy uy-joy fondi bo'lgan tashkilotlarda ularning mas'ul xodimlari va kasaba uyushmasi vakilidan iborat tarkibda turar joy masalalari bo'yicha komissiya tuziladi.

😄 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPda ro'yxatdan o'tadi.

📃 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish bo'yicha so'rovnomani elektron tarzda to'ldiradi.

So'rovnomada ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni ariza beruvchidan talab qilish ta'qiqlanadi.

🪙 Davlat xizmatlari ko'rsatilgani uchun yig'im undirilmaydi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

So‘z boshi assalom, ish boshi intizom

🔹Avval xabar berganimizdek, bugun Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining topshirig‘i bilan o‘rganish va amaliy yordam berish uchun tuzilgan Ishchi guruh aʼzolari - Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev, Davlat kadastrlari palatasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Misirov, Sh.Kuvanov, X.Sanginov, D.Xoliqovlar boshqarmaning Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on va Mingbuloq tumanlari filiallari faoliyati bilan tanishdilar va xodimlar bilan suhbatlashdilar.

🔹Tadbirlarda shuningdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar ishtirok etdilar.

BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-ma’rifat soati qiziqarli o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-ma’rifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatidan so‘ng yig‘ilishda so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi - Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatov, Davlat rahbarimiz tomonlaridan joriy yilning 28-fevral kuni qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishdan kelib chiqib energiyani iqtisod qilish, “Navro‘z” bayramini oldidan 16-18-mart o‘tkaziladigan hasharda faol qatnashish, o‘z yurtiga va kasbiga sadoqatli bo‘lish kabi fazilatlarni shakllantirish, ishda o‘rnak bo‘lish haqida o‘z fikrini bildirdi.

🔹“Siyosiy-maʼrifiy soat” ishtirokchilari savollariga javob berdi.

🔹Tadbir jonli va qiziqarli o‘tdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Tadbirkorlar hamda viloyat rivoji uchun befarq bo‘lmagan fuqarolar bilan uchrashuv

🔰 Kadastr agentligi tomonidan joriy yilning 12-mart kuni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarida tadbirkorlar hamda viloyat rivoji uchun befarq bo‘lmagan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. O‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlarda Kadastr agentligi rahbariyati, mas’ul idoralar va 50 dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etishdi.

💠 O‘tkazilgan muloqotlar davomida Kadastr agentligi rahbariyati tomonidan sohani rovojlantirish va tadbirkorlarga yengillik yaratish maqsadida bir qancha takliflar ishlab chiqildi.

💠 Mazkur takliflar tegishliligi bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, kelishilgan holda ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook