NAMANGAN KADASTR
1.2K subscribers
10.3K photos
935 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Seminar

Yurt bilan, xalq bilan hamnafas kadastrchilar

🔹Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining tegishli topshirig‘iga asosan Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi hamda 2018-yil 14-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 1010-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyat boshqarmasi, tuman, shahar filiallarida, joylarda yanvar oyining birinchi yarmida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹O‘rganish davomida tuman va shahar hokimliklaridagi shu yo‘nalishga biriktirilgan masʼullari bilan hamkorlikda ish tashkil qilindi. Unda DKPning Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Qodirov ishtirok etib, barcha turdagi ko‘chalarni elektron maʼlumotlar bazasiga to‘g‘ri kiritish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

🔹O‘rganish natijalari bo‘yicha Namangan viloyatning barcha 12 ta hududlardagi filiallar xodimlari ishtirokida seminarlar tashkil qilindi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati bo‘lib o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatidan so‘ng so‘zga chiqqan boshqarmaning kasaba uyushmasi raisi I.Sarimsaqov mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan, mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni, ish vaqti va dam olish vaqtidan foydalanishni, mehnat intizomini hamda ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlar masalalarini tartibga soluvchi Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyat boshqarmasining yangi “Ichki mehnat tartibi qoidalari” loyihasi bilan tanishtirdi.

🔹Shundan so‘ng so‘zga chiqqan boshqarmaning bo‘lim boshliqlari ushbu “Ichki mehnat tartibi qoidalari” loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Vatanparvar inson hech qachon korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi


🔹Bugun kadastr tizimida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan navbatdagi umumiy profilaktika tadbiri Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Mingbuloq tumani bo‘lim va filiali xodimlari bilan o‘tkazildi. Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, bo‘lim va filial rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar va inspektorlar ishtirok etdilar.

👉BATAFSIL


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

📃 2024-yil 1-martdan boshlab, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o‘rniga elektron onlayn-auksion savdolarini joriy etish belgilanmoqda.

Bunda:
◼️ ijara muddati – 30 yil, boshlang‘ich narx – yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;

◼️ auksion g‘oliblariga yer narxini 3 yilga, “daftarlar”da turgan fuqarolar va mehnat migrantlariga esa – 5 yilga foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;

◼️ auksiondan tushgan mablag‘lar xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin, tegishli tuman mahalliy budjetiga o‘tkaziladi.

▫️Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#aholi_fikri

Kadastr xizmatidan aholi va tadbirkorlar rozimi?

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati topshirig‘iga asosan hududlarda “Kadastr xalq xizmatida” tamoyili asosida aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan kadastr xizmatlarni yana-da yaxshilash maqsadida murojaatchilarning munosabatlari, fikrlari va takliflari o‘rganib borilmoqda.

🔹Navbatdagi manzilimiz Davlat kadastrlari palatasining Namangan shahar filiali bo‘lib, u yerda murojaatchilarni fikrlarini tingladik. 

🔹Maqsadimiz  fuqarolarga va tadbirkorlarga tez va sifatli kadastr xizmati ko‘rsatishdir!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr xizmatlari uchun sovuqda yurishingiz shart emas!

Yurtdoshlarimiz kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun my.gov.uz portali orqali murojaat qilishlari mumkin.

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

📝 Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #huquqiy_targibot

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ijara huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat berilmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat etiladi.

Bunda:
🔹 shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlar yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda holda o‘tkaziladi;

🔹 ijaraga oluvchi yerga ijara huquqini o‘tkazishdan oldin undan kamida 3 yil, 2021-yilgacha hokim qarori bilan olgan bo‘lsa, kamida 5 yil davomida o‘zi foydalangan bo‘lishi kerak;

🔹 ijaraga oluvchi auksion yoki tanlov natijasiga ko‘ra bo‘lib-bo‘lib to‘lash majburiyatlarini to‘liq bajargan bo‘lishi shart;

🔹 yuridik shaxslar o‘zlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ravishda ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 5 yildan keyin boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#qonunchilikdagi_yangiliklar #huquqiy_targibot

Ijara huquqi garovga qo‘yilgan holatlarda undiruvni ushbu huquqqa qaratish va ijara huquqini auksion orqali sotishga ruxsat berilmoqda

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq:

🔷 Garovga qo‘yuvchining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar garovi bilan ta’minlangan majburiyati bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda, ijara huquqini yer ijarasi shartnomasining qolgan davriga elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.

Bunda:
🔹yer uchastkasiga ijara huquqini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishni vakolatli organlar bilan kelishish (xulosa olish) talab etilmaydi;

🔹sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ijara huquqini elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook