NAMANGAN KADASTR
1.2K subscribers
10.3K photos
935 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#маънавиятвамаърифат

Kadastrchi bo‘laman Qorbobo!

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari rahbarlari va boshqarmalarning Kasaba uyushmasi hamkorlikda kadastr tizimi xodimlarining farzandlari uchun Alisher Navoiy nomli Namangan viloyat teatrda 2024-Yangi yil bayrami tadbirlari tashkil qildilar. Kadastr sohasida mehnat qilayotgan 20 ortiq xodimlarning 45 nafar bolajonlari teatrlashtirilgan “O‘rmon ertagi” spektaklini qiziqib tomosha qildilar.

🔹 Spektakl yakunida sahnaga yugurib chiqqan 9 yoshli Muslimbekdan Qorbobo “Muslimbek bolajonim katta bo‘lsang kim bo‘lasan!” -degan savoliga, “kadastrchi bo‘laman Qorbobo!” – degani hamma kattalarga quvonch bag‘ishladi. Bayram shukuhi joylarda davom etmoqda.

🔹 Yangi yilning yaxshi niyatlar bilan boshlagan, yeng shimarib ishga kirishgan Namangan viloyati kadastr xizmati xodimlari xalqimizning og‘irini yengil qilishga astoydil bel bog‘laganlar.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-maʼrifiy soat jamoani bir g‘oyaga birlashtiradi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbir avvalida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan “Siyosiy-maʼrifiy soati” namoyish etildi. Unda siyosiy fanlar doktori S.U.Usmanovning “Tizimli fikrlash: tamoyil va texnologiyalar” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi.

🔹So‘ngra so‘zga chiqqan Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Mirzabayev o‘z so‘zida boshlangan yangi yilda viloyat kadastr tizimi xodimlari oldida turgan muhim vazifalar, tartib intizom, kiyinish va xizmat ko‘rsatish madaniyatiga rioya qilish, tizimda korrupsiyani oldini olish hamda boshqarmada maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni jonlantirish kabi masalalarga to‘xtaldi.

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Nasritdinov o‘z so‘zida kadastr xizmati ko‘rsatish jarayonida UzKAD tizimidagi bo‘lgan o‘zgarishlar, fuqarolar va tadbirkorlar uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlarda ijro intizomiga rioya qilish hamda yil yakuni bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida yakunlash lozimligiga ahamiyat qaratdi.

🔹Yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov, navbatchilik tashkil qilish, favqulodda holatlarda rahbariyatni va korrupsiyaga qarshi kurashish xodimlarini xabardor qilish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va kadastr binolarini qo‘riqlash kabi zarur masalalar bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosiga to‘xtaldi.

🔹Shundan so‘ng so‘zga chiqqan boshqarma maʼnaviy-maʼrifiy kengashi raisining o‘rinbosari M.Nurmatov boshlangan yangi yilda Boshqarmalarning Odob-axloq komissiyasi ishini tashkil qilish bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi. Yig‘ilishning tegishli qarori qabul qilindi.

 Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

Hovlini ko‘chani hisobiga kengaytirish – qonun buzish hisoblanadi!

🔹Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga qarshi ommaviy axborot vositalarida ko‘plab chiqishlarga va MFY da o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarga qaramay joylarda qonun buzilishlar aniqlanmoqda. Masalan, Kadastr agentligining To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi yer nazorati inspektorlari tomonidan tumanning “Xo‘jand” mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi Ko‘lhovuz ko‘chasi 135-uyda yashovchi fuqaro Y.A. tomonidan o‘zboshimchalik bilan ko‘cha hududidan 60 kv.m o‘z hovlisiga qo‘shib olib devor bilan o‘rab olgani aniqlandi.

🔹Inspektorlar tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ko‘chaga tegishli yer maydoni qayta ochib qo‘yildi.

BATAFSIL


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yil sarhisobi

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi sho‘ba va bo‘limlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqidagi masʼullarni hisobotlarini taqdim etamiz.

🔹Yil davomida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi xo‘jalik ishlari sho‘basi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida sho‘ba boshlig‘i Aʼzamjon Abdusoliyev maʼlumot berdi.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#Xush_xabar

Namangan shahri tarkibida yana yangi uchta tuman tashkil etiladi

🇺🇿 Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining 2023-yil 30-dekabrdagi qarori bilan Namangan shahri tarkibida Chamanzor, Oydinko‘l va Elobod tumanlari tashkil etish hamda Namangan shahri respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar toifasiga kiritish nazarda tutilmoqda.

Quyidagi tumanlardan yer maydonlari shahar tarkibiga o‘tkazildi:

🔹 Namangan tumanidan - 195,6 gektar.
🔹 Kosonsoy tumanidan -  29,4 gektar.
🔹 Uychi tumanidan - 45 gektar.
🔹 Chortoq tumanidan - 412,2 gektar.
🔹 Yangiqo‘rg‘on tumanidan - 2470 gektar.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘zgarishlar Oliy Majlis Senati hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Namangan viloyati bo'yicha 2 450 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

🔹Mingbuloq tumanidan 84 ta (koʼrish)
🔹Kosonsoy tumanidan 207 ta (ko'rish)
🔹Namangan tumanidan 57 ta (koʼrish)
🔹Norin tumandan 88 ta (koʼrish)
🔹Pop tumandan 550 ta (koʼrish)
🔹To'raqo'rg'on tumanidan 223 ta (ko'rish)
🔹Uychi tumanidan 93 ta (ko'rish)
🔹Uchqo'rg'on tumanidan 125 ta (ko'rish)
🔹Chortoq tumanidan 346 ta (ko'rish)
🔹Chust tumanidan 342 ta (ko'rish)
🔹Yangiqo'rg'on tumanidan 243 ta (ko'rish)
🔹Namangan shahridan 92 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yil sarhisobi

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi sho‘ba va bo‘limlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqidagi masʼullarni hisobotlarini taqdim etamiz.

🔹Yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i Sarimsaqov Ibodulla Murodullayevich maʼlumot berdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

YER FONDI TOIFALARI


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi yer fondi yerlaridan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 8-moddasiga asosan 8 ta toifaga bo‘linadi:

🔹 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;
🔹 Aholi punktlarining yerlari;
🔹 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga  mo‘ljallangan yerlar yerlar;
🔹 Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar;
🔹 Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;
🔹 O‘rmon fondi yerlari;
🔹 Suv fondi yerlari;
🔹 Zaxira yerlar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;
🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;
🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;
🔹yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so‘m;
🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so‘m;
🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;
🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so‘mdan) 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so‘m;
🔹zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 608 000 so‘m;
🔹ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

🇺🇿Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2023-yil davomida viloyatda jami 1 636 ta holatda 229,3 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

Ushbu aniqlangan huquqbuzarliklarga o'rnatilgan tartibda chora ko'rish maqsadida

🔹berilgan yozma ko'rsatmalarga asosan 977 ta holatda 103,8 gektar ixtiyoriy bartaraf etildi;
🔹659 ta holatda 125,7 gektar sudlarga da'vo arizalari kiritildi;
🔹193 ta holatda 22,3 gektar sudlar tomonidan qanoatlantirildi (majburiy buzdirish yuzasidan sud qarori qabul qilindi)
🔹465 ta holatda 102,9 gektar sud jarayonlari davom etmoqda;
🔹105 ta holatda ish hujjatlari o'rnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborilgan.

Namangan viloyati bo'yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlarini huquqbuzarlar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilishi 60% ni tashkil qilgan.


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

Sug'oriladigan yer - xalqimiz boyligi


🔹Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi sug‘oriladigan hamda alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar qonunchiligimizda maxsus muhofaza qilinishi lozimligi ko‘rsatilgan.

🔹Shu maʼnoda, Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan joylarda muntazam yer nazorati tadbirlari olib borilib, xalqimizning oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qiladigan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarini talon taroj qilish va qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarish kabi holatlar oldi olinmoqda.

🔹Masalan, Kosonsoy tumanidagi “Katta yer barakasi” F/X tasarrufidagi 71-konturidagi 120 kv.m sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilgan noqonuniy dala shiyponi inspektorlarning tushuntirish ishlari natijasida fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi va natijada yer maydoni qishloq xo‘jaligi muomalasiga qaytarildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi

🔹Qonunga ko‘ra, ma’muriy ishlar bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlariga taftish instansiyasi kiritildi.

🔹Tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rilishi belgilandi.

🔹Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirildi.

🔹Apellyatsiya barcha materiallar kelib tushgandan 15 sutkada apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilishi lozim.

Manba: O‘RQ–884-son, 25.12.2023-y.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook