NAMANGAN KADASTR
1.04K subscribers
9.96K photos
913 videos
9 files
4.22K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#yangi_yil #2024

💐 BAYRAM MUBORAK AZIZ YURTDOSHLAR! 💐

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #huquqiy_targibot

❗️Yerga oid ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokurorning ishtirok etishi shart etib belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–889, 25.12.2023 y.) bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

Siz buni bilarmidingiz?


Umumiy ovqatlanish tashkilotiga tutash yoki 5 metrdan oshmaydigan masofada joylashgan, bo‘sh turgan ko‘chma savdo joyi elektron onlayn-auksionsiz umumiy ovqatlanish tashkilotining o‘ziga umumiy ovqatlanish yoki savdo sohasida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish uchun ijaraga berilishi mumkin.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат

Kadastrchi bo‘laman Qorbobo!

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari rahbarlari va boshqarmalarning Kasaba uyushmasi hamkorlikda kadastr tizimi xodimlarining farzandlari uchun Alisher Navoiy nomli Namangan viloyat teatrda 2024-Yangi yil bayrami tadbirlari tashkil qildilar. Kadastr sohasida mehnat qilayotgan 20 ortiq xodimlarning 45 nafar bolajonlari teatrlashtirilgan “O‘rmon ertagi” spektaklini qiziqib tomosha qildilar.

🔹 Spektakl yakunida sahnaga yugurib chiqqan 9 yoshli Muslimbekdan Qorbobo “Muslimbek bolajonim katta bo‘lsang kim bo‘lasan!” -degan savoliga, “kadastrchi bo‘laman Qorbobo!” – degani hamma kattalarga quvonch bag‘ishladi. Bayram shukuhi joylarda davom etmoqda.

🔹 Yangi yilning yaxshi niyatlar bilan boshlagan, yeng shimarib ishga kirishgan Namangan viloyati kadastr xizmati xodimlari xalqimizning og‘irini yengil qilishga astoydil bel bog‘laganlar.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-maʼrifiy soat jamoani bir g‘oyaga birlashtiradi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbir avvalida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan “Siyosiy-maʼrifiy soati” namoyish etildi. Unda siyosiy fanlar doktori S.U.Usmanovning “Tizimli fikrlash: tamoyil va texnologiyalar” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi.

🔹So‘ngra so‘zga chiqqan Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Mirzabayev o‘z so‘zida boshlangan yangi yilda viloyat kadastr tizimi xodimlari oldida turgan muhim vazifalar, tartib intizom, kiyinish va xizmat ko‘rsatish madaniyatiga rioya qilish, tizimda korrupsiyani oldini olish hamda boshqarmada maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni jonlantirish kabi masalalarga to‘xtaldi.

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Nasritdinov o‘z so‘zida kadastr xizmati ko‘rsatish jarayonida UzKAD tizimidagi bo‘lgan o‘zgarishlar, fuqarolar va tadbirkorlar uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlarda ijro intizomiga rioya qilish hamda yil yakuni bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida yakunlash lozimligiga ahamiyat qaratdi.

🔹Yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov, navbatchilik tashkil qilish, favqulodda holatlarda rahbariyatni va korrupsiyaga qarshi kurashish xodimlarini xabardor qilish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va kadastr binolarini qo‘riqlash kabi zarur masalalar bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosiga to‘xtaldi.

🔹Shundan so‘ng so‘zga chiqqan boshqarma maʼnaviy-maʼrifiy kengashi raisining o‘rinbosari M.Nurmatov boshlangan yangi yilda Boshqarmalarning Odob-axloq komissiyasi ishini tashkil qilish bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi. Yig‘ilishning tegishli qarori qabul qilindi.

 Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

Hovlini ko‘chani hisobiga kengaytirish – qonun buzish hisoblanadi!

🔹Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga qarshi ommaviy axborot vositalarida ko‘plab chiqishlarga va MFY da o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarga qaramay joylarda qonun buzilishlar aniqlanmoqda. Masalan, Kadastr agentligining To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi yer nazorati inspektorlari tomonidan tumanning “Xo‘jand” mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi Ko‘lhovuz ko‘chasi 135-uyda yashovchi fuqaro Y.A. tomonidan o‘zboshimchalik bilan ko‘cha hududidan 60 kv.m o‘z hovlisiga qo‘shib olib devor bilan o‘rab olgani aniqlandi.

🔹Inspektorlar tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ko‘chaga tegishli yer maydoni qayta ochib qo‘yildi.

BATAFSIL


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yil sarhisobi

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi sho‘ba va bo‘limlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqidagi masʼullarni hisobotlarini taqdim etamiz.

🔹Yil davomida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi xo‘jalik ishlari sho‘basi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida sho‘ba boshlig‘i Aʼzamjon Abdusoliyev maʼlumot berdi.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook