Namangan IIB | Rasmiy kanal
8.14K subscribers
30.4K photos
5.34K videos
1 file
12.8K links
Биз ижтимоий тармоқларда.
Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz
Youtube: https://www.youtube.com/c/NamanganIIBIRasmiy
Download Telegram
Namangan viloyati IIBda navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi bo‘lib o‘tdi

Bu galgi maʼnaviyat va maʼrifat darsi "Tarix – vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor" mavzusida bo‘lib, unda Boshqarma shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Shuningdek, boshqarma masʼullari tomonidan Respublika miqyosida xodimlar tomonidan sodir etilgan salbiy holatlar bo‘yicha maʼlumotlar yig‘ilish qatnashchilariga yetkazildi.

yig‘ilish so‘ngida Qashqadaryo viloyatida “Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining to‘rtinchi Respublika yoshlar forumi” doirasida o‘tkazilgan “Jangovar marsh” musobaqasida faxrli o‘rinni egallagan Namangan jamoasi aʼzolari boshqarma rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Mahkumlarga ID kartalar topshirildi

Namangan viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i hamda viloyat Prokuraturasi masʼul rahbari tomonidan Ikkinchi mintaqaviy hudud 6-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mahkumlarga mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, adashgan va jinoyat ko‘chasiga kirib qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan hamda to‘g‘ri yo‘lga qaytganlarga berilayotgan imkoniyat va sharoitlar, shuningdek, yangi namunadagi ID karta olish tartibi bo‘yicha muhim maʼlumotlar berildi.

Tadbir yakunida 9 nafar mahkumlarga ID kartalar topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan viloyati IIB JXX YHXBga xizmatga qabul qilingan yangi xodimlar bilan saf ko'rigi o'tkazildi

Viloyat Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig'i tomonidan yangi YPX inspektorlari ishtirokida o'tkazilgan saf ko'rigida dastlab xodimlarga xizmat vaqtida amal qilish lozim bo'lgan tartib-qoidalar to'g'risida yo'riqnoma berildi.
Shundang so'ng chorraha boshqaruvi, tirbandlikni yechish, haydovchi va piyodalar bilan qay tartibda muloqot qilish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tildi.
Shuningdek, boshqarma boshlig'i YPX inspektorlariga xizmat vaqtida vakolatdan chetga chiqmaslik, korrupsion ishlarga aralashmaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada ish olib borish bo'yicha ogohlantirishlar berdi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube