Namangan IIB | Rasmiy kanal
8.2K subscribers
29.7K photos
5.26K videos
1 file
12.6K links
Биз ижтимоий тармоқларда.
Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz
Youtube: https://www.youtube.com/c/NamanganIIBIRasmiy
Download Telegram
Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan keksalar holidan xabar olindi

Keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga hurmat va eʼtibor ko‘rsatish o‘zbek xalqining uzoq asrlik urf-odati, anʼanalari va yashash tarzining ajralmas bir bo‘lagidir. Zero qariyalarimiz qadr topgan yurtda mehr-oqibat, qut-baraka va tinchlik-xotirjamlik hukm surishi bejiz emas.

Shu munosabat bilan, Namangan viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan viloyat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazidagi keksalar holidan xabar olinib, ularga muborak Ramazon hayit bayrami munosabati bilan xayriya tadbiri tashkil etildi.

Boshqarma rahbariyati keksalarimizni xayriya tadbiri munosabati bilan qutlab, o‘z samimiy tilaklarini bildirdi va ularga konsert dasturi namoyish etildi. Tadbir yakunida keksalarga boshqarmaning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi firibgarlikning yangi turidan sizlarni ogohlantiradi!

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
#jarayon

Konsepsiya ijrosini ta'minlanmoqda


Mingbuloq tuman avtomobil yo'llarida yo'l-transport hodisasiga uchragan avtomashinalar va yo'l qoidasiga amal qilishga undovchi shiorlar ostida "Avtokarvon" harakatlantirildi

Kelgusida yo'l-transport hodisalarini oldini olish, bolalar va piyodalar bilan bog'liq og'ir oqibatli YTHlarga yo'l qo'ymaslik maqsadida aholi ko'p to'planadigan joylarda va avtobekatlarda fuqarolarga tushuntirish hamda targ'ibot ishlari olib borilib, yo'llarda harakatlanish tartib-qoidalari yana bir bor eslatildi.
Shuningdek, yig'ilganlarga ogohlikka chaqiruvchi targ'ibot bukletlari tarqatilib, avtomashinalarning yon va orqa oynalariga targ'ibot plakatlari joylashtirildi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Navbatdagi jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Dastlab, xodimlarning sog‘lom turmush tarzi, yaʼni to‘g‘ri ovqatlanish ratsioniga amal qilishi, shuningdek, yengil gimnastika mashqlari asosida tanani sportga chiniqtirib borish to‘g‘risida yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Mashg‘ulotni tana qizdiruvchi mashqlar bilan boshlab, malakali sport ustalari va xodimlar tomonidan jismoniy tayyorgarlik mashg‘uloti rejasiga muvofiq, qo‘l bilan beriladigan zarbalar bo‘yicha mashqlar o‘rgatildi. Mashg'ulot davomida xodimlardan oraliq sinovlari qabul qilindi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube