Namangan IIB | Rasmiy kanal
8.46K subscribers
25.8K photos
4.94K videos
1 file
11.6K links
Биз ижтимоий тармоқларда.
Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz
Youtube: https://www.youtube.com/c/NamanganIIBIRasmiy
Download Telegram
Nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik suhbat o'tkazildi

Namangan viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limi va patrul-post xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahrida yashovchi, Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar xonadoniga borilib, ularga nisbatan sud tomonidan tayinlangan cheklov qoidalariga qay darajada amal qilinayotgani tekshirildi.
Shuningdek fuqarolar bilan profilaktik suhbat o'tkazilib, jazoni o'tash vaqtida oldingi xatolardan tegishli xulosa olib, mehnatga halol munosabatda bo'lish sud tomonidan jazo yengillashtirilishida muhim ahamiyatga egaligi tushuntirildi.
Jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi targ'ibot va reyd tadbirlari barcha hududlarda davom etmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Voyaga yetmagan Gashish savdogari qo‘lga olindi

©️"Navbatchilik qismi" xabarlari informatsion dasturi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
"Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!" shiori ostida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

"Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish" xalqaro kuni munosabati bilan Namangan Muhandislik-Qurilish institutida tashkil etilgan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostidagi uchrashuvda Yangi Namangan tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, mazkur oliygohga biriktirilgan profilaktika inspektori hamda institut masʼul xodimlari va talaba qizlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, uning turlari, himoya orderi, uni olish tartibi, qanday shaxslarga berilishi, muddati va tartibi haqida yig‘ilganlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, psixologik treninglar va mavzuga doir tezkor savol-javoblar yordamida talaba qizlarning zo‘ravonlik va tazyiq holatiga duch kelgan vaqtda amalga oshirishi lozim bo‘lgan harakatlari tushuntirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
IIV Namangan Akademik litseyining o'quvchilari fan olimpiadasida yuqori o'ringa loyiq ko'rildi

Joriy yilning 28-30 noyabr kunlari Namangan shahrida bo'lib otgan fan olimpiadasi musobaqasining viloyat bosqichida IIV Namangan akademik litseyining 4 nafar o‘quvchisi ishtirok etib, o'zlarining yuksak bilim va mahoratlari bilan raqiblaridan ustunlikka erishishdi. Eng bilimli, zukko o‘quvchilar saralangan mazkur olimpiadada litseyning 1 nafar o'quvchisi 3-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, yana 1 nafari 2-o'rinni egalladi. Faxrli birinchi o'rin bilan 2 nafar o‘quvchi g'olib bo'lib, olimpiadaning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo'lga kiritishdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube