NAMANGAN ADLIYA -RASMIY
1.04K subscribers
20.2K photos
2.36K videos
60 files
9.41K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot

Notarius maslahati uchun: @notary0ffice_bot
Download Telegram
👆"HUQUQNI BILISH - TARAQQIYOT KALITI"

Pop tuman Tinchlkik mahalla fuqarolar yig'ini Tinchlik ko'chasida joylashgan 23_sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida "Huquqni bilish-taraqqiyot kaliti" shiori ostida huquqiy dars tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarni kasbga yo'naltirish, hayotda o'z munosib o'rnini topishga motivatsiya berish hamda islohotlar mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish, ma'naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanga muhabbat tuyg'ularini shakllantirishga oid tushuntirishlar berildi va sovrinli viktorina o'yini tashkil qilib savollarga javob bergan o'quvchilarga rag'bat tariqasida o'quv qurollar berildi
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda chiqqan “Namanganda davlat xizmatlari markazi xodimi 1000 dollar olganda ushlandi” nomli xabarga rasmiy munosabat.

Adliya boshqarmasi tomonidan tizimdagi xodimlarga har tomonlama qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratib berilayotgan boʻlsada, ular orasida oʻz kasbiga, hamkasblariga va xalqiga xiyonat qiluvchi, adliya organi xodimi degan nomga dogʻ tushiruvchi xodimlar ham uchrab turibdi.

Davlat xavfsizlik xizmati va IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda Namangan shahar Davlat xizmatlari markazi sobiq xodimi X.R korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan vaqtda qoʻlga olingan.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan sobiq xodim X.R. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Namangan shahar DXM xodimidan korrupsiyaviy qoidabuzarliklar sodir etmaslik va sodir etgan taqdirda qoʻllaniladigan javobgarlik choralari yuzasidan ogohlantirish berilgan.

Hurmatli fuqarolar Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi hamda davlat xizmatlari markazlari xodimlar sizlarga xizmat koʻrsatish jarayonida shu kabi holatlar kuzatilsa, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” qisqa raqamli “Ishonch telefoni”, boshqarmaning (69) 2270376 raqamiga yoki @antikorbot Telegram kanali orqali maʼlum qilishingizni soʻraymiz.

Bu kabi jirkanch illatlarni oldini olishda Sizlarning hamkorligingiz biz uchun juda muhim.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.me/namanganadliya
#Adliya_xabari
Boshqarmaning hay'at majlisida faoliyat tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.


🔹Tanqidiy, tahliliy ruhda kechgan yig‘ilishda 2023-yilda amalga oshirilgan tadbirlar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

🔹Namangan viloyat adliya boshqarmasida 2023-yil yakuni bo'yicha hay'at majlisi bo'lib o'tdi.Tanqidiy ruhda kechgan yig'ilishda yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati, aholiga davlat xizmatlari ko'rsatish sohasi,fuqaro murojaatlari bilan ishlash, qonun hujjatlari ekspertizasi, huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil etish ishlari tahlil etildi.

Yig‘ilish so‘nggida yutuqlar bilan birga,tizimda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas'ullarning xisobotlari tinglandi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.me/namanganadliya
👉 Kimlarga xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilishga ruxsat beriladi ?

🔰 Prezidentning 03.01.2024 yildagi PF-1-sonli «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoniga muvofiq 2024 yil 1 apreldan boshlab:
● sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;
● sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish bo‘yicha savdo do‘konlarini tanlab olishda mol-mulkni Internet-do‘konlar orqali sotishni amalga oshiruvchi savdo tashkilotlariga ustunlik beriladi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.me/namanganadliya
👉 Har bir gektar paxta maydoniga 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi.

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.02.2024 yildagi “Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-71-son qarori qabul qilindi.

❇️ 2024–2025 yillarda tajriba doirasida paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni, shu jumladan tuproqning gumus miqdorini oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun yerdan foydalanuvchilarga (jumladan, klasterlarga) har bir gektar maydonga 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi.

❇️ Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.02.2024 yildan kuchga kirdi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.me/namanganadliya
2024 йил 17 февраль - шанба куни республика бўйича ишлайдиган нотариуслар рўйхати:
🌐 e-notarius.uz сайтига киринг ва ўзингизга қулай вақтда, сиз истаган нотариус қабулига ёзилинг.
Батафсил:👉https://telegra.ph/palata-02-16-12

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

Список нотариусов, работающих в субботу, 17 февраля 2024 г.
🌐 Войдите на сайт e-notarius.uz и записывайтесь на прием к нотариусу в удобное для вас время.
Подробно:👉https://telegra.ph/palata-02-16-12
2024 йил 18 февраль - якшанба куни республика бўйича ишлайдиган нотариуслар рўйхати:
🌐 e-notarius.uz сайтига киринг ва ўзингизга қулай вақтда, сиз истаган нотариус қабулига ёзилинг.
Батафсил:👉https://telegra.ph/palata-02-16-13

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

Список нотариусов, работающих в воскресенье, 18 февраля 2024 г.
🌐 Войдите на сайт e-notarius.uz и записывайтесь на прием к нотариусу в удобное для вас время.
Подробно:👉https://telegra.ph/palata-02-16-13
Bugun Namangan viloyat Adliya boshqarmasi Hududiy FHDY ARXIVI tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida "ADLIYA VA YOSHLAR" uchrashuvi va shu bilan bir qatordar "Ziyo ulash" hamda "Kitob hadya et" aksiyalari Namangan viloyati, Davlatobod tumani markazidagi zamonaviy va muhtasham "YANGI O'ZBEKISTON-YOSHLAR ZIYO MASKANIDA" bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda, Namangan viloyati, Davlatobod tumani Xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi 24 ta umum ta'lim maktablarining 1200 nafarga yaqin bitiruvchi o'quvchilar va ularning ota-onalari hamda
ustoz-murabbiylari ishtirok etdi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.me/namanganadliya