Миллий гвардия Наманган вилояти бошқармаси
834 subscribers
14.5K photos
335 videos
25 files
973 links
Мазкур канал ҳарбий хизматчиларнинг хизмат фаолиятидан лавҳалар ва шарҳларни ёритиб боради
Download Telegram
Namangan shahrida “Profilaktika kuni” tadbirlari o‘tkazildi

Dastlab xizmat oldi yo‘riqnomasi berildi. Shundan so‘ng maktablarda davomat tadbirlari hamda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlar hamda nizoli oilalar masalasi keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilindi.

“Farovon” mahallasida joylashgan shifoxona hovlisida “Mehnat yarmarkasi” ham tashkil etildi. Yarmarka doirasida 13 nafar ishsiz shaxslarning bandligini taʼminlash bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirildi.

“Qizil” toifaga kiritilgan mahallalarni raqamlashtirish maqsadida 23 ta yangi kuzatuv kameralari o‘rnatildi.

Bundan tashqari, sudlarda nizolashayotgan ayollar bilan profilaktik suhbatlar tashkillanib, 4 nafar xotin-qizlarga “himoya orderi” berildi. Bunga qo‘shimcha ravishda 11 nafar qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar “ijtimoiy himoya qilish markazi”ga joylashtirilib, 89 nafar shaxs bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari | Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. 26.09.2024

TELEGRAM | YOUTUBE | REKLAMA | LIVE
⚡️⚡️⚡️UCH AVLOD UCHRASHUVI.
Yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish, Vatanparvarlik ruxida kamol topdirish borasida;
Milliy gvardiya Namangan viloyati bo'yicha boshqarmasi ma'naviyat va ma'rifat markazida yoshlar, harbiy hizmatchilar va faxriylar o'rtasida uch avlod uchrashuvi o'tkazildi. O'tgazilgan tadbirda faxriylarning bosib o'tgan yo'li, mustaqillik yillarida harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar, harbiy xizmatning mashaqatlari haqida so'z yuritilib yoshlar tomonidan qiziqtirilgan savollarga javob berildi.
⚡️⚡️⚡️ "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"

O‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama maʼnan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizda barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlarimizning ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol topib, kasb tanlashda adashmasdan, dunyoviy bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlarida esa, yurtimiz himoyachilarining ham o‘rni beqiyos.

Shu maʼnoda, Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomnidan 200 nafardan oshiq o'quvchilariga "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

Tadbir davomida, yoshlarning Milliy gvardiya faoliyati bilan tanishishlari uchun harbiy qism bo‘ylab sayohat tashkil etilib, qurol-yorog‘lar hamda harbiy texnikalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishishdirish.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X