Codex Progressus
34 subscribers
144 photos
13 videos
20 files
92 links
What i do, what i wanna do, what i am doing - all related to studies, portfolio and career are in this channel.
Download Telegram
Forwarded from Model of ICESCO
❗️❗️❗️ ❗️❗️❗️❗️

HAMKORLIK SARI MUHIM QADAM!

🔹 O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Islom iqtisodiya va xalqaro munosabatlar fakulteti qoshida faoliyat yurituvchi ICESCO Modeli jamoasi hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Muqimjon Qirg‘izboyev nomidagi Siyosatshunoslik kafedrasi qoshidagi International Relations Society klubi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔹 Mazkur memorandum yoshlar diplomatiyasini rivojlantirish, xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida akademik hamkorlikni mustahkamlash hamda qo‘shma loyihalar va intellektual tashabbuslarni amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

🔹 Hamkorlik doirasida xalqaro munosabatlar, siyosiy tahlil, diplomatik muzokaralar va yoshlar yetakchiligini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.

🔹 Ishonamizki, imzolangan memorandum kelgusidagi samarali hamkorlik, yangi g‘oyalar va katta natijalar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi!

💠 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!👇

✅Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2🤩2
Forwarded from Muxtor Nazirov
#tadqiqotchi_minbari
Xitoycha sotsializm va "Xitoy orzusi"

Xitoyning bugungi taraqqiyot modelini tushunish uchun ikki tushunchaga e’tibor qaratish lozim. Bular — "Xitoycha xarakterga ega sotsializm" va "Xitoy orzusi". XXR Raisi Si Szinpinning "Davlat boshqaruvi haqida" kitobida ushbu tushunchalar mamlakat tanlagan siyosiy yo‘l va uning uzoq muddatli maqsadlarini ifodalovchi asosiy g‘oyalar sifatida namoyon bo‘ladi.

Xitoycha xarakterga ega sotsializm ilmiy sotsializm tamoyillarining Xitoyning tarixiy tajribasi, milliy sharoiti va rivojlanish ehtiyojlariga moslashtirilgan shaklidir. Uning nazariy asoslari marksizm-leninizm, Mao Szedun g‘oyalari, Den Syaopin nazariyasi, Szyan Szeminning "Uch vakillik" konsepsiyasi, Xu Szintaoning ilmiy taraqqiyotga oid qarashlari hamda Si Szinpinning yangi davr uchun ilgari surgan g‘oyalarini qamrab oladi. Bu yondashuv Xitoyda sotsializmning o‘ziga xos modelini shakllantirishga xizmat qildi.

Mazkur modelning muhim xususiyati shundaki, unda kommunistik partiyaning siyosiy yetakchiligi, davlatning iqtisodiy rivojlanishdagi faol roli va xalq farovonligini oshirish vazifalari o‘zaro bog‘liq holda talqin etiladi. Rasmiy mafkuraga ko‘ra, xalq mamlakat taraqqiyotining asosiy kuchi va davlat siyosatining bosh mezonidir. Amalda esa ushbu tamoyillarning qanday ro‘yobga chiqishi iqtisodiy natijalar, ijtimoiy tenglik va boshqaruv samaradorligi orqali baholanadi.

"Xitoy orzusi" ushbu taraqqiyot modelining strategik maqsadini ifodalaydi. Si Szinpin ilgari surgan bu g‘oya Xitoy xalqining buyuk tiklanishi, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy qudratini mustahkamlash hamda aholi farovonligini oshirish bilan bog‘liq. Uning tarixiy asosida XIX asrda G‘arb davlatlari bilan to‘qnashuvlar va teng bo‘lmagan shartnomalar davridan boshlangan milliy zaiflik tajribasi, jumladan, 1842-yilgi Nankin shartnomasi bilan bog‘liq xotira muhim o‘rin tutadi. Shu ma’noda, "Xitoy orzusi" iqtisodiy yuksalish g‘oyasi bilan bir qatorda, milliy tiklanish va xalqaro maydonda munosib mavqega erishish intilishini ham mujassam etadi.

Bu maqsadga erishish Xitoyning o‘z taraqqiyot yo‘lini davom ettirishi, milliy ruh va o‘ziga ishonchni mustahkamlashi, ichki imkoniyatlarini safarbar etishi bilan bog‘lanadi. Si Szinpin qarashlarida tinch taraqqiyot ham alohida ahamiyat kasb etadi. Xitoy rasmiy siyosatida bu tamoyil xalqaro hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro manfaatli ochiqlikni ta’minlash va mamlakat rivojini global mas’uliyat bilan uyg‘unlashtirish sifatida izohlanadi.

Biroq Xitoy modelining xalqaro ahamiyati faqat uning rasmiy tamoyillari bilan belgilanmaydi. Uning boshqa davlatlar uchun jozibadorligi iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, uzoq muddatli rejalashtirish va davlat boshqaruvi samaradorligi kabi masalalarda erishilgan natijalarga bog‘liq. Ayni paytda, davlat nazoratining kuchliligi, siyosiy raqobatning cheklanganligi va taraqqiyotning ijtimoiy oqibatlari ushbu modelga baho berishda e’tibordan chetda qolmasligi kerak.

Demak, "Xitoycha xarakterga ega sotsializm" mamlakat taraqqiyotining siyosiy-mafkuraviy asoslarini, "Xitoy orzusi" esa uning milliy tiklanish va farovonlikka qaratilgan strategik intilishini ifodalaydi. Ularning o‘zaro uyg‘unligi Xitoy rahbariyatiga ichki siyosat va tashqi faoliyatni yagona taraqqiyot g‘oyasi atrofida birlashtirish imkonini bermoqda. Xitoy tajribasining uzoq muddatli qiymati esa ushbu maqsadlarning qanchalik izchil va barqaror natijalarga aylanishi bilan belgilanadi.

Mirjalol G'ulomov
💋5👍2😍2🆒2❤1
Forwarded from M/E Progress🚀 (Madiyorbek)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 NASA SPACE APPS CHALLENGE TOSHKENTDA — 5-YUBILEY!

Dunyodagi eng yirik xalqaro xakatonlardan biri — NASA International Space Apps Challenge yana Toshkentda bo‘lib o‘tadi va bu safar 5-marotaba o‘zining ijodkor, innovatsion fikrlaydigan ishtirokchilarini bir joyga jamlaydi!

Dasturlash, muhandislik, dizayn, tahlil, ilm-fan — bu yerda har bir ishtirokchi o‘z yo‘nalishini topib, bilim va ko‘nikmalarini haqiqiy innovatsion loyiha yaratishda qo‘llashi mumkin.

✨ Eng asosiysi — ishtirok etish bepul!

Yoshingiz, kasbingiz yoki tajribangiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, agar siz ilm-fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va kosmosga qiziqsangiz — bu challenge aynan siz uchun!

📅 2026-yil 14–15-noyabr
⏳ Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Balki aynan sizning g‘oyangiz global muammolardan biriga yechim bo’ladi!

———

🚀 NASA SPACE APPS CHALLENGE В ТАШКЕНТЕ — 5-Й ЮБИЛЕЙ!

Один из крупнейших международных хакатонов в мире — NASA International Space Apps Challenge — вновь пройдёт в Ташкенте и уже в пятый раз соберёт тех, кто готов создавать технологии будущего!

Программирование, инженерия, дизайн, аналитика, наука — здесь каждый найдёт своё направление и сможет применить знания и навыки для создания настоящего инновационного проекта.

✨ И самое главное — участие бесплатное!

Неважно, сколько вам лет, какая у вас профессия или какой у вас опыт. Если вы интересуетесь наукой, технологиями, инновациями и космосом — этот challenge именно для вас!

📅 14–15 ноября 2026 года
⏳ Регистрация открыта!

Возможно, именно ваша идея станет решением одной из глобальных задач!

📱 Instagram 📱 LinkedIn
📱 Telegram 📱 Youtube
📱 Facebook 📱 X (Twitter)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from M/E Progress🚀 (Madiyorbek)
🇫🇷Parijda to’liq moliyalashtiriladigan xalqaro forum — Youth Global Forum 2027 Paris

Moliyalashtirish: To’liq/qisman
Til talabi: Ingliz tili (erkin muloqot)

Kimlar uchun
➡️16 yoshdan 46 yoshgacha bo’lganlar;
➡️Talabalar, yosh mutaxassislar, tadqiqotchilar, ijtimoiy tadbirkorlar va faollar;
➡️Diplomatiya, yetakchilik, davlat boshqaruvi yoki global muammolarga qiziqish kerak.

To’liq grant:
➡️Parijga borish-kelish xarajatlari;
➡️4 yulduzli mehmonxona;
➡️Bepul ovqatlanish va kofe-breyklar;
➡️Forum, master-klass va UNESCO institutlariga tashrif;
➡️Viza uchun taklifnoma va konsullik ko‘magi;
➡️Rasmiy sertifikat.

Dastur haqida
➡️Forum 2027-yil 20–23-yanvar kunlari boʻlib oʻtadi va unda SI, barqaror rivojlanish, iqlim oʻzgarishi kabi mavzular muhokama qilinadi.

⏰️Oxirgi muddat: 20-noyabr, 2026
➡️Batafsil: grantgo.uz/go/9gyzcr

GrantGO bilan orzular sari olg’a! 🚀

#Fransiya #toʻliq_moliyalashtiriladi #sammit_va_konferensiyalar

💼 GrantGO | MentorGO | EventGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ÖzXIA INTELLECT
Ona tili — millat közgusi, tafakkur xazinasi!
⚡️ Xalqaro Islom akademiyasida 21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar" fakulteti tomonidan talaba-yoshlar örtasida "Zakovat" intellektual öyini taşkil etildi.
🏆 Til bayramiga bag‘işlangan uşbu şiddatli va murosasiz intellektual bahsda quyidagi jamoalar mutloq ğoliblikni qölga kiritdilar:
🥇 1-örin: "Per Aspera" jamoasi
🥈 2-örin: "Musannif" jamoasi
🥉 3-örin: "Fikrat" va "Rakurs" jamoalari
Zukko talabalar va munosib iştirok etgan jamoalar fakultet rahbariyati tomonidan maxsus sertifikat hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.

https://t.me/UZXIA_INTELLECT
❤‍🔥2👍1
tf
👍1🌚1
Diplomatik muzokaralarning oshkoralik illati keltirib chiqaradigan dilemma haqida.
H.Morgentau (Davlatlar o'rtasidagi siyosat)