my.gov.uz
220K subscribers
1.57K photos
116 videos
2 files
2.54K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
⚡️Объявлены даты экзаменов по иностранному языку

👨‍💻 Объявлены даты проведения тестов на определение уровня знания иностранного языка, которые пройдут в феврале:

📝Письменная часть – 17-18 февраля;
🎤Разговорная часть – с 19 февраля по 1 марта.

📱 Претенденты могут узнать место, дату и точное время проведения экзаменов в разделе «Мои заявления» портала my.gov.uz и скачать разрешение.

6️⃣ От претендентов требуется прийти на экзамен не менее чем за час до назначенного времени с документом, удостоверяющий личность (паспорт или ID-карта).

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🪪 OVIR bo‘linmalari uyingizga keladi! (video)

🆕Endilikda IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, ya’ni OVIR bo‘linmalari davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun uyingizga keladi!

🧑‍💻Bu xizmatdan yura olmaydigan yoki o‘z ishlaridan ortib biror joyga borishga vaqti bo‘lmaydigan shaxslar foydalanishlari mumkin.

💻 Xizmatdan foydalanish uchun Yagona portal orqali ariza yuboring.

🔵 Ko‘rsatiladigan xizmat turlariga quyidagilar kiradi:

ID karta va Xorijga chiqish passportini olish va yetkazib berish
Doimiy va vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish
Fuqarolikka kirish va fuqarolikdan chiqish

💰 Sayyor xizmatlardan foydalanishda arizada belgilangan masofaning uzoq-yaqinligidan kelib chiqib, qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.

📱Bu xizmatdan foydalanishda arizachidan:

ariza yuborish maqsadi
necha nafar shaxsga xizmat ko‘rsatilishi
ko‘rsatiladigan xizmat turlari
OVIR xodimi kelishi lozim bo‘lgan manzil va sanasini belgilash talab etiladi.

❗️My.gov.uz oson, tez va qulay!

▶️ https://youtu.be/T5R9dcYZWJE

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️"Bolnichniy" olish tartibi bilan tanishing!

👩‍⚕️Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini olish haqidagi videolavhamizni tomosha qiling.

💻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoniga muvofiq, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari ma’lumotnomalari elektron shaklga o‘tkazilgan.

📱 Tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarning kasalligi sabab beriladigan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalarini olish uchun ushbu muassasalarga tashrif buyurish shart emas.

📱 Shunchaki, my.gov.uz portali orqali “Sog’liqni saqlash” bo’limidan kerakli xizmatni tanlab, mehnatga layoqatsizlik varaqalarini onlayn yuklab olish kifoya.

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Shuningdek, mutlaqo bepul va qulay!

🎬https://youtu.be/ydGTu7ZAsXc

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱My.gov.uz orqali mobil raqamni o‘zgartirmagan holda UZTELECOM ga o‘tish imkoniyati yaratildi

📱Endi mobil raqamni o‘zgartirmagan holda UZTELECOM aloqa tarmog‘iga o‘tish uchun onlayn ariza yuborish mumkin.

🔵 Yagona portal orqali mobil raqamni saqlagan holda aloqa operatorini o‘zgartirish uchun, avvalo, joriy operatordan qarzingiz yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

Aloqa operatorini onlayn tarzda o‘zgartirish uchun nima qilish kerak?

👉 my.gov.uz bosh sahifasidan “Axborot va aloqa” bo‘limiga o‘ting;

“Raqamni saqlagan holda UZTELECOM mobil aloqa tarmog’iga o’tish” xizmatini tanlang;
so‘ralgan ma‘lumotlarni to‘ldiring;
joriy hamda bog'lanish raqamni kiriting (ularga SMS-xabar yuboriladi);
mos texnologiyani tanlang (SIM yoki eSIM);
barcha ma‘lumotlarni qayd etgach, “Yuborish” tugmasini bosing.

💰Xizmat narxi – shartnoma asosida.

👩‍💻 To'lov tartibi tegishli operator tomonidan tushuntiriladi.

📆 Ariza 24 soatdan 3 ish kunigacha ko‘rib chiqiladi.

📲Xizmat natijasi: mobil raqam ulanganligi yoki ko‘chirish shartlariga rioya qilinmaganligi sabablari haqida xabarnoma yuboriladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️ Tashqarida qor. Hujjat ishlarini deb sovuqda yurishingiz shart emas!

🌨 Bugun yurtdoshlarimiz hujjat ishlarini deb sovuqda yurishlari shart emas. Elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali uydan chiqmagan holda foydalanishlari mumkin.

💁🏻‍♂️ Masalan, davlat tashkilotlariga bormasdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish yoki hisoblangan ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkin.

📝 Pensionerlar va nogironlar sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olishga onlayn ariza topshirish imkoniyatiga ega.

🚕 Haydovchilar avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashishga litsenziya olish, avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma berish kabi xizmatlardan onlayn foydalansalar bo‘ladi.

🏢 Onalar masofadan turib bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish va navbatni tekshirishlari mumkin.

💍 Turmush quradigan yoshlar keraksiz hujjatlarga ortiqcha vaqt sarflamay, nikohdan o‘tishga onlayn ariza topshirib qo‘yib, FHDYoga faqat to‘ydan oldin borsalar ham bo‘ladi.

👉 Yagona portal orqali qaysi ma’lumotnomalarni bepul olish mumkin? Bilish uchun havolaga o‘ting!

🌐 My.gov.uz – har qanday ob-havoda qulay!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Endi barcha fanlardan milliy sertifikat olish mumkin

❗️my.gov.uz portalida barcha fanlardan (tegishli umumta’lim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat olish uchun imtihonda qatnashishga ariza berish xizmati joriy etildi.

📚 Shu o‘rinda biologiya, qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlanganini ma’lum qilamiz.

📱 Ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshirilmoqda.

💰 Xizmat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to’lov undiriladi, my.gov.uz orqali foydalanganda 10 foiz arzon bo’ladi.

❗️Ma'lumot o'rnida: Umumta’lim fanlarini bilish darajasiga qarab – A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.

📆 Sertifikatlar 3 yil muddatga beriladi.
🔖 Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi.

📝 Unga ko‘ra:

70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
60 — 64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olgan talabgorga B daraja;
50 — 54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.

Abituriyentlar diqqatiga!

🪪 A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩🏻‍🍼Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani qanday olish mumkin?

📆 Yanvar oyida my.gov.uz portali orqali “Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish" xizmatidan foydalanish koʻrsatkichi oshdi.

📈 2024-yilning yanvar oyida mazkur xizmat uchun ariza topshirishlar soni keskin yuqorilab, 1 oyda 724 tani tashkil etdi.

💻 Ushbu xizmatdan endi dunyoga kelgan chaqaloqlarga ilk bor guvohnoma olishda foydalaniladi. Boshqa holatlar uchun Yagona portalda tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma olishga ariza berish xizmati mavjud.

📱Shuningdek, portalda ariza holatini kuzatish imkoniyati ham yaratilgan.

🌐 Xizmat 1 ish kunida ko‘rsatiladi. Yana guvohnomani qulay vaqtda pochta orqali uygacha yetkazib berishni ham tanlasangiz bo‘ladi.

💰Eslatib oʻtamiz, mazkur xizmat pullik bo‘lib, my.gov.uz orqali foydalanganda 10% chegirma taqdim etiladi — 45 900 so‘m (0,135 BHM). Pochta to‘lovi: 25000 so‘m.

👨‍💻 my.gov.uz haqidagi soʻnggi maʼlumotlardan xabardor boʻlish uchun bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatishda davom eting!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🪪 Biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish vaqti keldi

❗️2014-2015-yillarda amaldagi biometrik pasportlarning aksariyati 10 yil muddatga berilgan. Ularning amal qilish muddati yaqinligi sabab joriy yildan passportlarni ID-kartalarga almashitirishga bo'lgan talab sezilarli darajada oshadi.

📱 Shu bois biz yurtdoshlarimizga my.gov.uz orqali “Biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish uchun ariza topshirish” xizmatidan onlayn foydalanib, o’z vaqtlarini tejashni tavsiya etamiz.

📱 Bu jarayon atigi 2 bosqichdan iborat:

Xizmatdan foydalanish shartlari bilan tanishib chiqib, tasdiqlaysiz;
Migratsiya bo‘limiga borish sanasi, vaqti va hududini belgilaysiz.

🪪 Ma'lumot uchun: ID-karta egasi my.gov.uz portalida avtomat ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanib, elektron davlat xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliksiz foydalana oladi.

▶️ https://www.youtube.com/watch?v=rnCsg464ayI

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▶️ Kimlarning xalqaro IT-sertifikat olish va o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi?

📱 Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi 95-sonli qaroriga ko‘ra, 1-martdan e'tiboran, Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Firibgarlardan ehtiyot boʻling!

Yolgʻon qoʻngʻiroqlar va asossiz maʼlumotlarga ishonmang!

📱 Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda begona kimsalar tomonidan qoʻngʻiroqlar boʻlib, mobil raqamni my.gov.uz orqali olgani hamda dori-darmon va davolanish uchun moddiy yordam soʻrash holatlari koʻpaygani haqida eʼtirozlar uchramoqda.

🔔my.gov.uz jamoasi yurtdoshlarimizni bu kabi yolgʻon qoʻngʻiroqlar va asossiz maʼlumotlarga ishonmaslikka chaqiradi! Ular firibgarlar boʻlishi mumkinligidan ogohlantiradi!

⌨️ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) har bir maʼlumot himoyasini muhim oʻringa qoʻyadi.

🧑‍💻Yodda tuting! my.gov.uz zinhor:

foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini boshqalarga bermaydi;
sizning murojaatingizsiz, aloqaga chiqmaydi;
moddiy yordam berish yoki soʻrashga doir xabarlarni aslo tarqatmaydi.

⌨️Soʻnggi yillarda internet orqali kiberjinoyatlar soni ortayotgani va minglab odamlar firibgarlar tuzogʻiga ilinayotganini hisobga olib, fuqarolarimizni yana bir bor ogohlikka chaqiramiz. Barchaga my.gov.uz xizmatlaridan shaxsan oʻzlari foydalanishini tavsiya etamiz.

👩‍💻Unutmang, shaxsga doir maʼlumotlarning qay darajada oshkor boʻlishi avvalo oʻzingizga bogʻliq!

📱Yagona portal (my.gov.uz) haqidagi eng ishonchli maʼlumotlarni uning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi sahifalari orqali olishingiz mumkin:

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bu muhim

📱Telefon raqamingizni oʻzgartirganda eʼtiborli boʻling❗️

🧑‍💻 Koʻpchilik maʼlumotlarini toʻgʻri boshqarish qanchalik muhimligini hanuzgacha toʻliq anglab yetmayapti. Bugun barchangizning eʼtiboringizni ONE ID tizimiga ulangan telefon raqamini oʻzgartirishga qaratmoqchimiz.

Qaysi holatda ONE ID tizimiga bogʻlangan telefon raqamini oʻzgartirish kerak?

Agar siz mobil raqamingizni yangilashga va eski raqamingizdan voz kechishga qaror qilgan boʻlsangiz, birinchi navbatda ONE ID tizimiga ulangan raqamingizni oʻzgartirishni unutmang!

Nima uchun bu juda muhim?

📱 ONE ID tizimi bilan bogʻlangan raqamni oʻzgartirish shaxsiy maʼlumotlaringizni himoyalashga, shuningdek, turli hisoblaringizga ruxsatsiz kirishlarning oldini olishga yordam beradi.

Shu bilan birga, my.gov.uz orqali har xil xabarnomalar, toʻlov uchun hisoblar Sizning telefon raqamingizga joʻnatiladi.
Axir, hozirda barchamiz muhim maʼlumotlarni turli ilovalarda, ijtimoiy tarmoqlarda, bank tizimlarida va boshqa xizmatlarda saqlaymiz. Bu maʼlumotlarning xavfsizligi har birimiz uchun dolzarb.

Shaxsiy maʼlumotlaringiz xavfsizligi avvalo oʻz qoʻlingizda ekanligini unutmang, masʼuliyatli boʻling!

📲Telefon raqamini allaqachon oʻzgartirib, ONE ID tizimiga kiruvchi parolni unutgan boʻlsangiz @idegovuzbek telegram profili orqali soʻrov yuborishingiz mumkin, tizim mutaxassislari mutlaqo bepul tarzda amaliy yordam koʻrsatishadi.

⌨️Maʼlumotlaringiz xavfsizligini taʼminlash uchun bugunoq bu qadamni bajaring!

👉 ONE ID tizimiga bogʻlangan raqamni oʻzgartirish tartibi bilan videoqoʻllanmamiz orqali tanishing:

📺 https://youtu.be/2m2sESyg3_E

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 “Chiroyli” avtoraqam egalari uchun qulaylik!

🚗 Agar avtomobilingiz sotilgan va auksion orqali olingan chiroyli raqamingiz zahiraga olib qo‘yilgan bo‘lsa, sizga yaxshi bir yangiligimiz bor.

📱 Endilikda my.gov.uz portali orqali zaxiraga olib qo‘yilgan avtotransport vositasining davlat raqam belgisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni istalgan vaqtda onlayn olish mumkin.

❗️Buning uchun:
👉 my.gov.uz dan “Transport” bo'limiga kirish va tegishli xizmatni tanlash kifoya.

📱 Bitta tugma bosish orqali sizga tegishli bo‘lgan zaxiradagi avtoraqamning:
davlat raqam belgisi;
zaxiraga olingan kuni va saqlanish muddati;
qaysi bo‘linmada ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

🪪 Ushbu ma'lumotlar bilan siz ko‘rsatilgan bo‘linmaga borib, avtoraqamingizni olishingiz mumkin!

▶️https://youtube.com/shorts/XjoO0r7pTtg?feature=share

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 Удобство для владельцев «красивых» авто номеров!

🚗 Если ваш автомобиль продан, а ваш красивый номер, полученный на аукционе, зарезервирован, то у нас для вас хорошие новости.

📱Теперь получить информацию о зарезервированном госномере автотранспортного средства можно в любое время онлайн на портале my.gov.uz.

❗️Для этого:
👉 достаточно зайти в раздел «Транспорт» на портале my.gov.uz и выбрать соответствующую услугу.

📱Одним нажатием кнопки можете получить следующие данные о зарезервированном номере вашего автомобиля:
государственный номерной знак;
дата резервирования и срок хранения;
в каком подразделении он находится.

🪪 Имея эти данные, вы можете пойти в указанное подразделение и получить свой номер автомобиля!

▶️https://youtube.com/shorts/XjoO0r7pTtg?feature=share

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi “083/h ma’lumotnoma”ni olish uchun tibbiyot muassasiga qayta borish shart emas!

👩‍⚕️my.gov.uz da 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn olish qulayligi yaratildi.

💻 Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoniga muvofiq, tibbiy ma’lumotnomalarni berish bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazilmoqda.

📱Endilikda tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarning transport vositasini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risida beriladigan 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani olish uchun ushbu muassasalarga qayta borish shart emas.

🧑‍💻 Shunchaki, my.gov.uz orqali "Sog‘liqni saqlash" bo'limidan kerakli xizmatni tanlab, 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn yuklab olish kifoya.

📆 Ma’lumotnoma unda ko‘rsatib o‘tilgan muddatgacha amal qiladi.

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Mutlaqo bepul va qulay!

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Теперь для получения «Справки 083/у» больше не нужно повторно идти в медицинское учреждение!

👩‍⚕️ На портале my.gov.uz создана возможность для получения медицинской справки формы 083/у онлайн.

💻 Как известно, в соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан №ПФ-27 от 28 февраля 2023 года выдача медицинских справок поэтапно переводится в электронную форму.

📱Теперь не нужно повторно обращаться в медицинские учреждения для получения медицинской справки о пригодности граждан к управлению транспортным средством, которое выдается по форме 083/у медицинскими учреждениями.

🧑‍💻 Достаточно выбрать соответствующую услугу из раздела «Здоровье» на портале my.gov.uz и скачать медицинскую справку формы 083/у онлайн.

📆 Справка действительна до указанного в ней срока.

При использовании услуги документы не требуются. Абсолютно бесплатно и удобно!

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔐 Mulkingizni qo’riqlash xizmatiga topshirmoqchimisiz?

🧑‍💻Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z mulklarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berishlari mumkin. Buning uchun to‘lov undirilmaydi.

⌨️ Qo‘riqlash xizmatlari esa shartnomada keltirilgan shartlar asosida ko‘rsatiladi. Ariza beruvchi qo‘riqlash turlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tanlaydi.

📝 Qo‘riqlash turlari quyidagilarga bo‘linadi:

📶 Signalizatsiya vositalari orqali;
🔈 Tashvish tugmalari orqali;
🔊 Saf bo‘linmalari orqali.

❗️Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan koʻrsatiladi.

📱 Uy-joyingiz hamda ko‘chmas mulkingizni asrash uchun ushbu xizmatdan foydalaning!

▶️ https://www.youtube.com/shorts/iUmYRKuS398

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Izoh❗️

✈️Qator telegram kanallarida “endi 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomani olish uchun tibbiyot muassasasiga borish shart emas” mazmunida xabarlar tarqalmoqda.

Biroq ular my.gov.uz portalidagi Tibbiy maʻlumotnomalarni olish (083/h shakldagi) xizmati haqida notoʻgʻri maʼlumot berishmoqda.

💻 Rasmiy telegram kanalimizdagi ushbu xizmat boʻyicha berilgan xabarda “083/h maʻlumotnoma”ni olish uchun tibbiyot muassasasiga QAYTA BORISH shart emas", deyilgan. Yaʼni “083/h maʻlumotnoma”ni olish uchun albatta tibbiyot muassasasiga boriladi, tegishli shifokorlar koʻrigidan ham oʻtiladi, talab etiladigan tahlillar ham topshiriladi. Faqat tayyor boʻlgan maʼlumotnomani olish uchun tibbiyot muassasasiga qayta borish shart boʻlmaydi. Maʼlumotnomani onlayn yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

❗️Shu o'rinda ijtimoiy tarmoq faollaridan maʼlumotni notoʻgʻri talqin etmasliklarini soʻrab qolamiz!

📱my.gov.uz faoliyati hamda unda joriy etilayotgan imkoniyatlar borasidagi so'nggi ma'lumotlardan ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali birinchilardan xabardor bo'ling! 👇

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️"MY.GOV.UZ – HAYOTIY VAZIYATLAR UCHUN!" loyihasiga start berildi

⌨️ 2024-yilning 27-28-fevral kunlari «MY.GOV.UZ – HAYOTIY VAZIYATLAR UCHUN!» loyihasi doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasida aholi, yoshlar va tadbirkorlik subyektlari uchun my.gov.uz portalida joriy etilgan imkoniyatlar, elektron xizmatlardan foydalanish tartiblari bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkaziladi.

📍Nukus shahri

📍Xo’jayli tumani

📍Beruniy tumani

O‘quv mashg‘ulotlari barcha uchun ochiq va hammani unda ishtirok etishga taklif qilamiz!

📱Bog‘lanish uchun telefon raqamlari:  +998 55 501 36 16, +998 95 222 22 58

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Стартует проект "MY.GOV.UZ - ДЛЯ ЖИЗНЕННЫХ СИТУАЦИЙ!"

⌨️ 27-28 февраля 2024 года в рамках проекта "MY.GOV.UZ - ДЛЯ ЖИЗНЕННЫХ СИТУАЦИЙ!" в Республики Каракалпакстан будут проведены семинар-тренинги для жителей, молодежи и субъектов предпринимательства по возможностям, представленным на портале my.gov.uz, процедурам использования цифровых услуг.

📍город Нукус

📍Ходжейлийский район

📍Берунийский район

📱 Тренинги открыты для всех и приглашаем всех принять участие!

📱Телефоны для связи: +998 55 501 36 16, +998 95 222 22 58

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻 Notarial xizmatlar tarixi bepul va bir zumda taqdim etiladi

👩‍💻 Fuqarolar oʻzlarining barcha turdagi notarial harakatlari toʻgʻrisidagi (uy-joy, avtomobil oldi-sotdisi, ishonchnoma rasmiylashtirish va h.k.) maʼlumotlarni onlayn kuzatib borishi mumkin.

💬Buning uchun jismoniy shaxs:

my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetiga kirishi;
Adliya boʻlimidan notarial harakatlar tarixi xizmatini tanlashi;
foydalanish uchun soʻrov yuborishi kifoya.

📱Maʼlumotlar avtomatik ravishda “Notarius” axborot tizimidan idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan olinadi.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul va natija bir zumda taqdim etiladi.

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM