my.gov.uz
220K subscribers
1.57K photos
116 videos
2 files
2.54K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
​​⚡️Вниманию абитуриентов! Началась онлайн-регистрация

👨🏻‍💻 Началась онлайн-регистрация абитуриентов в направления бакалавриата высших учебных заведений страны (на 2022/2023 учебный год) через my.gov.uz без непосредственного посещения, бумажных документов и каких-либо очередей.

📲 При этом абитуриенту достаточно авторизоваться с помощью номера телефона, ввести паспортные данные, адрес постоянного проживания и информацию об оконченном образовательном учреждении, а также имеющие льготы должны проверить их и загрузить информацию об имеющихся национальных или международных сертификатах по иностранному языку.

Напоминание❗️

💁🏻‍♂ Направление обучения может быть выбрано только после утверждения распределения параметров приема на новый учебный год по языкам обучения.

🔖 За участие в тестовых испытаниях с абитуриентов взимается плата в размере 50 процентов базовой расчетной величины (150 000 сумов).

👉 Плата не взимается со следующих категорий абитуриентов:

🔸 абитуриенты, окончившие учебные заведения в год проведения испытаний;

🔸 лица с инвалидностью I, II и III групп;

🔸 лица, зарегистрированные в информационной системе «Единый реестр социальной защиты» и их дети;

🔸 молодежь, включенная в «молодежную тетрадь»;

🔸 лица, находящиеся на полном государственном обеспечении.

Учитывая, что регистрация продлится до 20 июля (включительно), абитуриенты смогут изменить свои данные, а те, кто получил национальный или международный сертификат по иностранному языку, смогут предоставить информацию о них вплоть до последнего дня.

@MyGovUz | @eGovUz
my.gov.uz
Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchisi, siz qaysi soha vakilisiz?
Kimlar my.gov.uzdan ko‘proq foydalanmoqda

📊 My.gov.uz foydalanuvchilariga yangi qulayliklar joriy etish maqsadida kasblar kesimida o‘tkazilgan qisqa tahliliy so‘rovnomamiz natijalarini e’lon qilamiz.

💁🏻‍♂️ Hamkasblaringizga ushbu xabarni ulashing!

@MyGovUz | @eGovUz
​​🛃 Yana bir yangi qulaylik!

👨🏻‍💻 My.gov.uz orqali xalqaro IT-sertifikat yoki o‘qish uchun sarflangan xarajatning 50 foizi qoplab beriladi.

Endilikda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarimiz qo‘lga kiritgan xalqaro sertifikati yoki o‘qishga sarflagan xarajatlari uchun 50 foizgacha kompensatsiya olishlari mumkin.

💁🏻‍♂️ Agar talabgor 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, arizani to‘ldirishda ota-onasi/vasiylar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi lozim.

📝 Arizani ko‘rib chiqish va sertifikatni tekshirish, shuningdek, plastik kartaga pul mablag‘ini tushirib berish muddati 17 ish kunida amalga oshiriladi.

Eslatma!
📑 Imtihon xarajati maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun o‘tmasidan murojaat etilganida kompensatsiya qilinadi.

👉 Sertifikat yo‘nalishlariga:
▪️ Coursera
▪️ Oracle
▪️ Udemy
▪️ Microsoft
▪️ Google va boshqalar kiradi.

💁🏻‍♂️ Xabaringiz bor, hozirgi kunda IT eng daromadli sohalardan biri hisoblanadi. Demak, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📥 Onlayn ariza yuborish uchun havola:
https://my.gov.uz/uz/service/622

@MyGovUz | @eGovUz
​​​​​​🔹Raqamli O‘zbekiston-2030

Toshkent shahri tajribasi boshqa hududlarida to‘liq joriy qilinadi

✍️ “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–283-son, 16.06.2022 y.) qabul qilindi.

🚑 Qaror bilan Tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash va aholiga yanada yaqinlashtirishga oid chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

📱 Dastur doirasida tez tibbiy yordam avtotransportlariga radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar o‘rnatiladi va brigadalar planshetlar bilan ta’minlanadi.

🖥 Tez tibbiy yordam bo‘yicha elektron tizim Toshkent shahri tajribasi asosida 2023-yil 1-sentyabrgacha respublikaning boshqa hududlarida to‘liq joriy qilinadi.

☎️ Markazning hududiy filiallarida yagona “Call-markaz”lar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

👩🏻‍🏭 “Call-markaz”larda chaqiruvlarni qabul qiluvchi xodimlar bilan birga shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat xizmati faoliyati tashkil etiladi.

🛣 Tez tibbiy yordamning tuman (shahar) yoki hudud chegarasidan qat’i nazar bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab tibbiy brigadani yo‘naltirish yo‘lga qo‘yiladi.

@MyGovUz | @eGovUz
Yagona portalda 50 foizlik chegirmadan necha kishi foydalandi?

@MyGovUz | @eGovUz
Diqqat, e’lon❗️

⚙️Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining “E-Kontrakt” axborot tizimida tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi munosabati bilan 2022-yilning 26-iyun kuni soat 9:00 dan 13:00gacha my.gov.uz portalidagi «Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish» elektron xizmati ishchi faoliyatida bo‘lmaydi.

🛠Texnik ishlar yakuniga yetgach mazkur xizmat odatdagi tartibda ishlashni davom ettiradi.

▶️ Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
​​👨🏻‍💻 Yagona portalda yangi xizmat yo‘lga qo‘yiladi

Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

Davlat xizmatlari Adliya vazirligi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun BHMning 4 baravari (1 mln 200 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

🗓 Ariza qabul qilingandan so‘ng, 5 ish kunida nomzod yoki patent vakiliga malaka imtihoniga qo‘yilganligi yoki malaka imtihoniga qo‘yish rad etilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.

Malaka imtihoni ikki oydan oshmagan muddatda o‘tkaziladi.

🔰Malaka imtihoni savollari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuziladi:

▫️intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;
▫️sanoat mulkiga oid qonunchilik;
▫️sanoat mulki sohasidagi xalqaro shartnomalar.

📋 Malaka komissiyasi suhbat natijasiga ko‘ra nomzod yoki patent vakilini attestatsiyadan o‘tkazish yoki attestatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

@MyGovUz | @eGovUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📑 Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumot

👨🏻‍💻 Yagona portalda “Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumot” xizmatidan foydalanish mumkinligini eslatib o‘tamiz.

📥 Ushbu xizmatda ma’lumotnomani avtomatik ravishda yuklab olish mumkin.

💁🏻‍♂️ Xizmat avtomatlashtirilgan va onlayn tarzda taqdim etiladi. Eng asosiysi – bepul.

🔹 Xizmatga o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/view/367

@MyGovUz | @eGovUz
​​🛃 Еще одно удобство для наших граждан!

👨🏻‍💻 Теперь в my.gov.uz можно получить 50% компенсации от стоимости международного IT-сертификата или обучения в учебных курсах.

Граждане в возрасте от 14 до 30 лет могут получить до 50% компенсации за международные IT- сертификаты или плату за обучение в учебных курсах.

💁🏻‍♂️ Заявитель в возрасте до 16 лет должен предоставить информацию о своих родителях/опекунах при заполнении заявки.

📝 Срок обработки заявки и проверки сертификата, а также зачисления средств на пластиковую карту займет 17 рабочих дней.

Внимание!
📑 Стоимость экзамена будет возмещена по заявлению не позднее 180 календарных дней с момента выдачи специального IT- сертификата.

👉 Направления сертификата включает:
▪️Coursera
▪️Oracle
▪️Udemy
▪️Microsoft
▪️Google и другие.

💁🏻‍♂️ Как известно, IT сегодня одна из самых прибыльных отраслей. Так что не пропустите такую возможность!

📥 Ссылка для подачи онлайн-заявки:
https://my.gov.uz/uz/service/622
⚡️Endi «snos»ga tushgan uy-joylarni my.gov.uz orqali aniqlash mumkin

Ko‘chmas mulkingiz buzilishga tushmaganligiga my.gov.uz orqali ishonch hosil qiling❗️

👨🏻‍💻Buning uchun “Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish” xizmatidan foydalaning.

💸 Ushbu pullik (15000 soʼm) xizmatdan my.gov.uz foydalanuvchilariga 10% chegirma (13500 soʼm) mavjud.

🗓 Xizmat ko‘rsatish muddati – 3 kun.

🏠 Mazkur qulaylik hovli-joy sotib olayotganda, uyni kapital ta’mirlayotganda juda qo‘l keladi.

Muhimi, ko‘ngil xotirjam bo‘ladi.

🌐 My.gov.uz – ishonchli, qulay va tezkor!

https://youtu.be/a494Xa4v-Ps
​​🟢 Abituriyentlar diqqatiga!

📝 Qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

👨🏻‍💻 2022-2023-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti my.gov.uz ga ham joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar “Abituriyentni onlayn ro'yxatdan o'tkazish” xizmati orqali fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

📆 Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

❇️ Belgilangan muddat ichida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat olganlar, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin bo‘ladi.

@MyGovUz | @eGovUz
Forwarded from e-gov.uz
Rasmiy munosabat

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim hamyurtlarimizning OneID - yagona identifikatsiya tizimidan foydalanish bilan bog‘liq texnik muammolar va tushunmovchiliklarga duch kelayotgani haqidagi xabarlarga guvoh bo‘lyapmiz.

Ular orasida tizimdan avtorizatsiyadan o‘tish jarayonida “Pasport seriyamdan noqonuniy foydalanib, boshqa shaxslar ro‘yxatdan o‘tib olibdi” degan xulosa bildirayotganlar ham yo‘q emas.

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi axborot xizmati mazkur holatga quyidagicha munosabat bildiradi.

Batafsil: 👉 https://egov.uz/news/rasmiy-munosabat-513

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
👦👩 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga kiruvchi abituriyentlar ucnun my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma!
https://youtu.be/5sbkXYjuI9A
my.gov.uz
Photo
⚡️“Tonirovka” ham arzonlashib, ham bepul bo‘lyapti!

🚘 1-iyuldan ruxsatnomani
my.gov.uz orqali navbatlarsiz olishga shoshiling❗️

📑 Prezident topshirig‘i bilan 1-iyuldan rasman:

🔸 avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to‘lovlari bekor qilinib (bepul),
🔸old va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish to‘lovlari 6 barobargacha arzonlashtirilmoqda;

🏃🏻 Demak, ushbu xizmatga bo‘lgan talab yanada oshadi.

💁🏻‍♂️ Ayni kunlardagi jazirama issiqda hujjat ishlari bilan ko‘chada yurish, navbatlarda turish hech kimga yoqmasa kerak-a?! Aslida bunga hojat ham yo‘q.

👨🏻‍💻 Siz, yaxshisi, “tonirovka” uchun ruxsatnomani 1-iyuldan my.gov.uz orqali hech qanday navbatlarsiz onlayn rasmiylashtiring.

❗️Yana 10 foizlik chegirmani ham qo‘lga kiriting.

Eslatma!

👉🏻 Mazkur o‘zgarishlar 1-iyuldan kuchga kirishini inobatga olib, my.gov.uz da ushbu xizmatdan 1-iyuldan to‘laqonli foydalanishingiz mumkin.

🔖Ruxsatnomani ko‘cha-ko‘yda pul evaziga rasmiylashtiraman deb, shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalar qo‘liga topshirib qo‘ymang.

🚗 Xavfsizligingizni o‘ylang! Ruxsatnomani shaxsan o‘zingiz rasmiylashtirib ko‘ring.

Aslida bu siz o‘ylagandan ham oson, qulay va ishonchli!

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
🤩 🎉 My.gov.uz – yoshlar bilan birga!

🥳 Bugun, 30-iyun – serquyosh, farovon o‘lkamizda Yoshlar kuni. Yurtimizdagi har bir yoshning chinakam bayrami.

❗️💁🏻 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda yoshlar soni (14 – 30 yoshdagi) 9 million 685 ming 564 nafarni tashkil etgan.

🎊👏🏻Mamlakatimizni rivojlanishning yangi pog‘onasiga olib chiqishda qudratli to‘lqin, mustahkam ustun, suyanchimiz bo‘lgan yoshlarimizni go‘zal bayram – yoshlar kuni bilan chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va ulkan zafarlar tilaymiz.

📹 🙋🏻‍♂️My.gov.uz – yurtimiz yoshlariga yana bir bor omad tilab, bir talay qulay imkoniyatlarni taqdim etadi:

https://www.youtube.com/watch?v=U4A2enrdFm0
​​#dayjest

📌 Iyun oyi davomida taqdim etilgan xizmatlar va muhim voqealar tafsiloti

📱Smartfon orqali “tonirovka”ga ruxsatnoma olish yanada qulaylashdi (video)

💰 Sotib olmoqchi boʼlgan hovli-joyingiz "Snos"ga tushmaganmikin?
💁🏻‍♂️ Endi buni osongina aniqlashtirish mumkin.

🔞Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish bilan bog‘liq xizmat ishga tushdi.

🧑🏻‍💻 My.gov.uz orqali qancha maosh olayotganingizni kuzatib boring!

🇺🇿 Xorijga chiqish biometrik pasportini my.gov.uz va DXM orqali berish to‘liq joriy qilinadi.

⚡️Abituriyentlar diqqatiga! Onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
📝 Shuningdek, qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

💁🏻‍♂️ Yana bir yangi qulaylik! My.gov.uz orqali xalqaro IT-sertifikat yoki o‘qish uchun sarflangan xarajatning 50 foizi qoplab beriladi.

⚡️Endi ko‘chmas mulkingiz buzilishga tushmaganligiga my.gov.uz orqali ishonch hosil qiling❗️(video)

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
​​​​👨🏻‍💻 Yagona portal orqali shahodatnoma dublikati beriladi

🗓 Joriy yilning 1-iyulidan boshlab xalq taʼlimi tizimida yana bir davlat xizmati ishga tushirildi. Endilikda turli sabablarga koʼra, yoʼqolgan, buzilgan, yaroqsiz holga kelgan shahodatnomalar oʼrniga dublikatni 5 kunda olish mumkin boʼladi.

📄 Buning uchun shahodatnomasi yoʼqolgan, yaroqsiz holga kelgan, buzilgan fuqarolar dublikatni olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ariza beradi. Аriza avtomatik tarzda portal orqali tuman (shahar) xalq taʼlimi boʼlimlariga ular orqali taʼlim tashkilotlariga yuboriladi.

📦 Taʼlim tashkilotlari arxiv hujjatlari asosida dublikat berish (yoki rad etish) boʼyicha xulosa tayyorlaydi va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʼlimiga yuboradi.

📝 Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʼlimlari QR-kod qoʼyilgan dublikatni rasmiylashtiradi yoki dublikat berishni rad etish toʼgʼrisida maʼlumotni shakllantiradi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ravishda yuboradi.

Fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmat natijasini avtomatik tarzda tizimda BEPUL yuklab oladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz