my.gov.uz
221K subscribers
1.57K photos
116 videos
2 files
2.54K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
Forwarded from e-gov.uz
Loyiha tashkilotchilari Sardoba tumani va Guliston shahrida bo‘lishdi❗️

🚶🏻“Siz tomon yo‘l oldik” – loyihasining Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomli kechdi.

Batafsil: 👉 https://egov.uz/news/loyiha-tashkilotchilari-sardoba-tumani-va-guliston-shahrida-bolishdi-400

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘lovni amalga oshirish yanada osonlashdi❗️

Endilikda my.gov.uz yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.

📲 Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.

💳 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️O‘zbekistonda Mobil-ID tizimi joriy etiladi

Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

📲Unga ko‘ra, 2022-yil 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi.

🔸Mobil-ID tizimi «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;

🔸shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz) yoki notarial idora tomonidan yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (YIDXP) mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;

🔸Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun fuqaro tomonidan bevosita Markaz yoki notarial idoraga murojaat qilinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etiladi hamda Markaz yoki notarial idora xodimi tomonidan fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qo‘l barmog‘i izi olinadi va mobil telefon raqami YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bog‘lanadi;

🔸Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun fuqaro tomonidan YIDXPning mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qo‘llaniladi hamda mobil telefon raqami YIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul bog‘lanadi;

🔸bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrga qadar to‘lov undirilmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undirilgan holda amalga oshiriladi;

🔸Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin;

🔸fuqaroning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga ko‘ra va belgilangan to‘lovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
my.gov.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚡️O‘zbekistonda Mobil-ID tizimi joriy etiladi Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari…
2022-yil 1-sentyabrdan boshlab quyidagi nodavlat tashkilotlarga “Elektron hukumat” tizimi orqali olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi:

🔹tijorat banklari;

🔹telekommunikatsiya tashkilotlari;

🔹xususiy tibbiyot muassasalari;

🔹nodavlat ta’lim tashkilotlari;

🔹sug‘urta tashkilotlari.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
⚡️ Endi yo‘qotilgan buyumlarni onlayn topish mumkin

🤷🏻‍♂️ Shu kunlarda kerakli buyum yoki hujjatingizni yo‘qotib qo‘ydingizmi? Endi uni qayerdan, qanday izlashni bilmayapsizmi?

👨🏻‍💻Buning uchun ortiqcha bosh qotirmang. Hoziroq my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalaning.

♻️My.gov.uz orqali “Topilmalar, yo‘qolgan buyumlar va hujjatlar bo‘yicha so‘rov yuborish xizmati”dan foydalanib, arizangizni qoldiring.

Yo‘qotilgan buyumingiz 2 oy mobaynida tegishli axborot tizimlari orqali qidiriladi.

📌Shu muddat ichida buyumingiz topilmasa, BHMning 4 % miqdorida to‘lov to‘lab, yo‘qolgan ashyo topilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz mumkin.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
⚡️Потерянные вещи теперь можно найти онлайн

🤷🏻‍♂️На днях потеряли что-то из необходимых вещей или документов? Теперь не знаете, где и как его искать?

👨🏻‍💻Не беспокойтесь об этом. Воспользуйтесь my.gov.uz прямо сейчас.

♻️Оставьте заявку с помощью услуги my.gov.uzОтправка запроса о находках, утерянных предметах и документах”.

Ваша потерянная вещь будет отыскиваться через соответствующие информационные системы в течение 2 месяцев.

📌Если ваша вещь не будет найдена в течение этого срока, вы можете получить справку о том, что потерянный предмет не найден, заплатив 4% от БРВ.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
​​🏘 Uy-joyning «snos»ga tushganini aniqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

“Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.

💁‍♂ Quyidagilar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:

• bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
• bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish;
• arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish;
• loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
• qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obektni ro‘yxatdan o‘tkazish;
• qurilish-montaj ishlari tugallangan obektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish;
• ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.

🏗 Bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida ma’lumotnoma olish uchun DXM yoki YIDXPga murojaat qilinadi.

👨‍💻 Ma’lumotnoma olish uchun arizalar YIDXP (my.gov.uz) orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

🗓 Ma’lumotnoma 3 ish kunida rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchining elektron manziliga yuborilib, unga bu haqida xabar beriladi.

@MyGovUz | @eGovUz
My.gov.uz raqamlarda❗️

📹 Yagona portal faoliyati faktlar asosida tahlil qilindi.

https://www.youtube.com/watch?v=u3sJYKknnFE
my.gov.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚡️ Istalgan avtomobil tarixiga oid ma’lumotlarni olish mumkin 📑Hukumat qarori (106-son, 09.03.2022-y.) bilan “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.…
Yangi xizmat ishga tushishiga oz muddat qoldi❗️

🚗 2022-yil, 1-maydan “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini shartnomaviy asosda DXM, YIDXP (my.gov.uz) yoki veb-saytlar va ularning ilovalari orqali aniqlash bo‘yicha davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

🚘 Avtotransportni texnik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida avtotransportning bosib o‘tgan masofasi haqidagi ma’lumotlar, jumladan, texnik ko‘rikdan o‘tkazuvchi tadbirkorlar tomonidan ham majburiy tartibda axborot tizimiga kiritiladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Forwarded from e-gov.uz
Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, aholi va tadbirkorlar hamda talabalar o’qitildi❗️

🚶🏻“Siz tomon yo‘l oldik” – loyiha doirasida tashkilotchilar bu gal Jizzax viloyatida bo'ldilar.

🧑🏻‍💻21-aprel kuni Jizzax viloyati Do'stlik tumanida, kunning 2-qismida esa Arnasoy tumani hokimyati binosida aholi va tadbirkorlarga o’quv-seminari tashkil etildi.

📲22-aprel kuni esa dastlab Jizzax shaxridagi Sambhram insituti talabariga, kuning 2-yarimida esa Mirzaobod tumanida hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilariga davlat xizmatlaridan foydalanish va my.gov.uz imkoniyatlari bo’yicha o’quv o’tkazildi.

Seminarda 500 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashib, elektron davlat xizmatlari, my.gov.uz bilan bog’liq o’zlariga qiziqarli bo'lgan savol va takliflarni bildirdilar.

👏O’quv seminarlari ko'taringki kayfiyatda o'tdi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Forwarded from e-gov.uz
🌐 Hududiy boshqarmalar uchun elektron davlat xizmatlari bo'yicha onlayn dars o'tildi

🧑🏻‍💻22-aprel kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Hududiy boshqarmalari uchun videokonferensaloqa shaklida o'quv seminar o'tkazildi.

📹Unda qatnashchilar dastlab Markaz mutaxassislari tomonidan tayyorlangan elektron davlat xizmatlari va my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanish ko'nikmalari bo'yicha taqdimot bilan ham tanishdilar.

❇️ Vazirlik hududiy boshqarmalari mutaxassislari uchun elektron davlat xizmatlari, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

💁🏻‍♂️Unda mutaxassislar tomonidan ko'plab taklif va savollar o'rtaga tashlandi.

Yakunda bu kabi tadbirlarni tizimli ravishda o'tkazish bo'yicha kelishib olindi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz