my.gov.uz
219K subscribers
1.58K photos
116 videos
2 files
2.55K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
​​👫 O‘zbekistonda bolalarni 2 yoshdan bog‘chalarga qabul qilishga ruxsat berilmoqda

🗓 Joriy yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekistonda to‘liq quvvat bilan ishlayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qilishga ruxsat beriladi.

💁🏻‍♂️ Hozirgi kunda respublikamizda bolalar davlat bog‘chalariga uch yoshdan olinadi.

🤦🏻‍♀️ Bundan tashqari, boquvchisini yo‘qotgan ayollar farzandlari tarbiyasi uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan badaldan ham ozod etiladi.

👩🏻‍💻 Eslatib o‘tamiz, bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish uchun my.gov.uz orqali elektron ariza yuborish mumkin.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
my.gov.uz
​​👫 O‘zbekistonda bolalarni 2 yoshdan bog‘chalarga qabul qilishga ruxsat berilmoqda 🗓 Joriy yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekistonda to‘liq quvvat bilan ishlayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul…
👫 В Узбекистане разрешили принимать в детсады детей с двух лет

🗓 Начиная с 1 апреля текущего года в Узбекистане государственным дошкольным образовательным организациям, работающим на неполную мощность, разрешат принимать на воспитание детей в возрасте от двух до трех лет.

💁🏻‍♂️Напомним, в настоящее время в республике государственные детсады принимают детей с трех лет.

🔖 Кроме того, женщин, потерявших кормильца, освободят от родительского взноса, уплачиваемого в государственные дошкольные образовательные организации за воспитание их детей.

👩🏻‍💻Напоминаем, вы можете подать электронное заявление на устройство ребёнка в дошкольное образовательное учреждение через Единый портал my.gov.uz.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida joriy yil 12-mart soat 00:00 dan 13-mart soat 23:59 gacha Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

🛠Profilaktika ishlari davomida my.gov.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
_____
Уважаемые налогоплательщики❗️

⚙️ В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам с 00:00 часов 12 марта до 23:59 часов 13 марта текущего года в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.

🛠В связи с профилактикой возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала my.gov.uz.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
👨🏻‍🎓 Hurmatli talabalar, oʼqish joyidan maʼlumotnoma olishga ortiqcha vaqt va mablagʼ sarflamang!

☑️ Ushbu qulaylik my.gov.uz da joriy etilgan boʼlib, bunday maʼlumotnoma ishga kirishda, mudofaa boʼlimlariga murojaat qilganda yoki bankda taʼlim krediti olish kabi boshqa muayyan xizmatlarni olishda talab etilishi mumkin.

🧍‍♀️🧍🏻Аvvallari bu maʼlumotnomani olish uchun talaba dekanatga murojaat qilishi, ularning boʼsh vaqtini kutishi kerak edi. Endi bunday ovoragarchiliklar umuman yoʼq.

💻 Oʼqish joyidan maʼlumotnoma olish xizmati toʼliq avtomatlashtirilgan va bepul.
https://youtu.be/XlTXqrnVwfM
🌌 Elektron hukumat: “SIZ TOMON YO‘L OLDIK”

📈 Hududlarda “Elektron xizmatlar” mavzusida treninglar

15 mart kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan “Siz tomon yo‘l oldik” loyihasiga start beriladi.

📌 MAQSAD:
Mamlakatimizda elektron hukumat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va mavjud imkoniyatlarni keng yoritish;
My.gov.uz xizmatlari, ulardan foydalanish boʼyicha o‘quv darslari o‘tib, aholining xabardorlik darajasini oshirish.

🔴 ILK MANZIL – SIRDАRYO

Oq oltin tumani
Mirzaobod tumani
Sirdaryo tumani
Yangiyer shahri

♻️O‘quv mashgʼuloti 15 mart kuni soat 10:00 dan boshlanadi.
🌌 Электронное правительство: «МЫ ЕДЕМ К ВАМ»

📈 Тренинги по теме «Электронные услуги»

15 марта в Центре управления проектами электронного правительства стартует проект «Мы едем к вам».

📌 ЦЕЛЬ:
Широкое освещение проводимых реформ и существующих возможностей в области электронного правительства в нашей стране;
Повышение осведомленности общественности об услугах My.gov.uz посредством обучающих занятий по их использованию.

🔴 БУДЕМ НАЧИНАТЬ С СЫРДАРЬИ

Акалтынский район
Мирзаабадский район
Сырдарьинский район
город Янгиер

♻️ Тренинг начнется 15 марта текущего года в 10:00.
🪁Navro‘z bayrami munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 5 kun; 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 4 kun dam olishadi (https://lex.uz/docs/5784917).

📆 Demak:
🔸19-mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
🔸20-mart, yakshanba — hamma uchun dam olish kuni;
🔸21-mart, dushanba — Navro‘z bayrami, barchaga dam olish kuni;
🔸22-mart, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
🔸23-mart, chorshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

❗️Bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari munosabati bilan aksariyat davlat muassasalari yoppasiga 5 kun ishlamaydi.

🌐 Aynan shu 5 kunlikda elektron davlat xizmatlarini olishga yoki to‘lov amaliyotlarini bajarishga to‘g‘ri kelib qolsa, my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

Unutmang!
My.gov.uz – dam olishsiz, haftaning 7 kunida 24 soat davomida siz bilan birga.
🪁 По случаю праздника Навруз работники с пятидневной рабочей недели будут отдыхать - 5 дней, а с шестидневной рабочей недели - 4 дня (https://lex.uz/docs/5784921).

📆 Таким образом:
🔸19 марта, суббота - выходной для работников с 5-дневной рабочей недели, а для 6-дневной рабочей недели рабочий день;
🔸20 марта, воскресенье - календарный воскресный день;
🔸21 марта, понедельник - праздник Навруз, праздничный нерабочий день;
🔸22 марта, вторник - дополнительный нерабочий день для всех;
🔸23 марта, среда - дополнительный нерабочий день для всех.

❗️В связи с праздниками и дополнительными выходными большинство государственных учреждений закрываются на 5 дней.

🌐Если вам необходимо получить услуги электронного правительства или совершить платежные операции в течение этих 5 дней, мы рекомендуем вам использовать my.gov.uz.

Не забывайте!
My.gov.uz - без выходных, с вами 24 часа в сутки, 7 дней в неделю.
👩‍💻 28 ta faoliyat turi litsenziyani elektron shaklda oladi

📌 Hukumat qarori (80-son, 21.02.2022 y.) bilan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom tasdiqlandi

📢 Nizomga ko‘ra, litsenziya olish talab qilinadigan 28 ta faoliyat “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali litsenziyalanadi.

🔹Talabgor litsenziya olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

🔹Arizalar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Batafsil: 👉 link.egov.uz/6439
ILK MАNZIL – SIRDАRYОDАN LАVHАLАR

Xabaringiz bor, kecha, 15 mart kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan “Siz tomon yoʼl oldik” loyihasiga start berilib, ilk manzil Sirdaryo viloyati boʼldi.

Birinchi kuni Markaz mutasaddilari viloyatning Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida boʼlib, hudud aholisining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish koʼnikmasini oshirishga qaratilgan maxsus oʼquv treningini oʼtkazishdi.

Koʼpchilik Yagona identifikatsiya tizimidan roʼyxatdan oʼtish, my.gov.uz dagi – ID karta olish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, koʼchmas mulk kabi elektron xizmatlardan foydalanishga qiziqish bildirgani uchun ularni qoʼllash tartibi real vaqt rejimida koʼrsatib berildi.

Batafsil: link.egov.uz/31a9
Muhimi, odamlar minnatdor!

“Siz tomon yo‘l oldik” loyihasi davom etmoqda.

“Elektron xizmatlar” mavzusidagi treninglarning navbatdagi manzili Sirdaryo tumani va Yangiyer shaharlari bo‘ldi.

16-mart kuni loyiha mas’ullari tomonidan mahalliy aholi orasidan to‘plangan vakillarga my.gov.uz xizmatlari, yaratilgan imkoniyatlar va ulardan foydalanish bo‘yicha seminar trening tashkil qilindi.

Savol-javoblar bilan davom etgan trening yakunida yig‘ilganlar tadbir tashkilotchilariga hayotlarida juda qo‘l keluvchi amaliy mashg‘ulotlar uchun alohida minnatdorlik bildirishdi.
Tanishing

💳 Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirishga onlayn ariza yuborish tartibi

Muddat yaqin qolmoqda. Ayni paytda ushbu xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar eshigi yonida uzundan uzun navbatlar yuzaga kelgan.

Arizani uydan chiqmagan holda my.gov.uz orqali yuborib qo‘yganlar tegishli tashkilotga borganda tizimga ma’lumotlarni kiritish uchun vaqt sarflashmaydi.

👉 Quyidagi videoyo‘riqnomada ariza yuborish tartibi bilan tanishing:
https://www.youtube.com/watch?v=B87Hxqnjhbk
​​🚗 «Prava» almashtirish vaqtincha to‘xtatildi. Muddat yana uzaytirilishi mumkin

▪️Haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati texnik-profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan 19 martdan – 2 aprel kunigacha vaqtincha ko‘rsatilmaydi, deb xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi.

▪️Qayd etilishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir guvohnoma almashtirish punktiga kuniga 55-60 nafardan fuqaro murojaat qilganda – to‘liq qamrov uchun o‘rtacha 4 yil vaqt sarf qilinishi rejalashtirilgan edi. Hozirda esa, bir kunda 500-600 nafar fuqaro murojaat qilmoqda.

▪️Respublika bo‘yicha eski namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilar soni – qariyb 5,7 mln. nafarni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, eski haydovchilik guvohnomalarini majburiy almashtirish muddatlari Hukumat tomonidan 2 marotaba (dastlab, 2020-yildan – 2021-yilning oxiriga qadar, keyinchalik 2021-yildan – 2022-yilning so‘ngiga qadar) uzaytirilgan.

▪️Bugungi kunga qadar 2,6 mln.dan ortiq haydovchilaring guvohnomalari yangisiga almashtirilgan, 3,1 mln.dan ortiq kishiniki esa hali hujjatlari almashtirilmagan.

▪️Muammoni bartaraf etish uchun mas’ullar yangi choralar ko‘rishayotgani aytilmoqda. Unga ko‘ra:

▪️Birinchidan, haydovchilik guvohnomasini almashtirishning oxirgi muddatlarini mutanosib tarzda – 2023-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda;

▪️Ikkinchidan, haydovchilik guvohnomalari almashtirilmagan fuqarolar sonidan kelib chiqib, tashrif buyuruvchilarning taxminiy soni va asosli talabini inobatga olib, haydovchilik guvohnomasini almashtirish punktlarini kamida ikki barobarga ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda.

▪️Shuningdek, IIV ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yilning 1-aprelidan boshlab haqiqiy emas deb topiladigan haydovchilik guvohnomalari bo‘yicha, istisno tariqasida tegishli ta’sir choralari qo‘llanilmasligi aytiladi.

@MyGovUz | @eGovUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mehr-oqibat, xayru saxovat ayyomi muborak bo‘lsin❗️

🌸Yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri.

U o‘zida borliqni asrab-avaylash, doimo u bilan uyg‘un bo‘lib yashash, mehr-oqibat, xayru saxovat, bunyodkorlik, bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini mujassam etgan.

🌞Ushbu xosiyatli kun qalblarimizga cheksiz quvonch va zavq olib kiradi.

👨‍👩‍👦‍👦Ko‘pmillatli xalqimizga, har bir vatandoshimizga umumxalq bayramiga aylanib, el-yurtimiz tomonidan katta shodu xurramlik bilan nishonlanuvchi unutilmas kun muborak bo‘lsin!

💐Navro‘z har bir xonadonga, yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat, qut-baraka olib kelsin!

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
​​👨🏻‍💻 Elektron davlat xizmatlarini qayerdan olish mumkin?

Albatta, my.gov.uz dan!

💁🏻‍♂️ Yoshi kattalar uchun

Yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik bo‘yicha nafaqa, to‘langan pensiya va pensiya fondi hisobida turish-turmasligi to‘g‘risida ma’lumot, jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holatini tekshirish va boshqalar.

▪️ Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=5

👨‍⚖️ Tadbirkorlar uchun

Tadbirkorlar ma’lumoti, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, tekshirish reja jadvalidan ko‘chirma, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish va hokazo.

▪️ Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=19

👨‍🏫 Ta’lim uchun

My.gov.uz orqali farzandingizni bolalar bog‘chasiga navbatga qo‘yish, OTM imtihonlari natijalarini bilish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishga ariza berish, universitetlarga hujjat topshirish va boshqalar.

▪️ Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=8

💁🏻‍♂️ Qo‘shimcha tarzda

Xizmat muddatini tekshirish, turli ma’lumotnomalarni olish, avtotransport bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanish yoki kredit tarixini bilish kabilarning barchasi my.gov.uz da onlayn ko‘rsatiladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz