my.gov.uz
213K subscribers
1.61K photos
119 videos
2 files
2.59K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
❗️Проект «МЫ ЕДЕМ К ВАМ» продолжается

🚶🏻10-11 ноября текущего года специалисты Центра управления проектами электронного правительства проведут обучающие семинары для населения и представителей широкой общественности Навоийской области по использованию электронных государственных услуг
и my.gov.uz (ЕПИГУ).

Ждите нас❗️

💁🏻Следующий пункт назначения – НАВОИЙСКАЯ ОБЛАСТЬ❗️
🔹 Город Навои
🔹 Карманинский район
🔹 Кызылтепинский район
🔹 Хатырчинский район
🔹 Нуратинский район
🔹 Навбахорский район

👨🏻‍💻Все занятия открыты, приглашаем всех на обучающие семинары!

📲Телефоны для связи:
+998 55 501 36 16, +998 95 222 22 38
✈️ Chet elga xizmat safari yoki sayohat uchun ketayotganlar my.gov.uz orqali xorijga chiqish taqiqlanganlar ro‘yxatida yo‘qligiga ishonch hosil qilib olgani ma’qul.

🛃 Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat va mablag‘ talab etilmaydi.

🛅 Shunchaki “O'zbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov qo'yilganligi holatini tekshirish” havolasiga o‘ting, pasport ma’lumotlaringizni kiriting va matematik amal javobini yozib, yuborish tugmasini bosing.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
DIQQAT, EʼLON❗️

⚙️Davlat personallashtirish Markazi "Markaziy avtomatlashtirilgan axborot tizimi”da xizmatlar ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish maqsadida olib borilayotgan texnik ishlar munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tashkilotning xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga ariza berish elektron davlat xizmati vaqtinchalik o‘chirilganligini ma’lum qilamiz.

💁🏻‍♂️ Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
👨🏻‍💻 My.gov.uz orqali “Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkum toʻgʻrisida maʼlumot” olish mumkin.

💁‍♂ Ushbu xizmatdan faqat mahkumning yaqin qarindoshlari foydalanish imkoniyatiga ega.

📝 Mazkur xizmat yordamida mahbus qaysi viloyat va tumandagi jazoni ijro etish muassasasida ekanligi toʻgʻrisida axborot koʻrinishida maʼlumot olish mumkin.

📥 Maʼlumot avtomat tarzda taqdim qilinadi

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
📲 Anorbank mobil ilovasidan elektron davlat xizmatlari ham o‘rin oldi

Endi yurtdoshlarimiz my.gov.uz xizmatlaridan Anorbank mobil ilovasi orqali ham oson va qulay foydalanishlari mumkin. Hozircha ilovaga 7 ta elektron davlat xizmati qo‘shildi.

Bular:

🔸 doimiy yashash joyida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ko‘chirma olish;
C0VID-19 vaksinatsiya ro‘yxatidan o‘tganligi va maqomini tekshirish;
🔸O‘zbekiston hududiga avtotransport vositalarida olib kiriladigan yuklar to‘g‘risida ma’lumot olish;
🔸yuridik shaxslar va YTTlarning hisob ma’lumotlari bilan tanishish va boshqalar.

Ma’lumot o‘rnida:

🔹 2022-yilning 1-noyabridan boshlab mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, o‘z mobil ilovalari orqali Yagona portal (my.gov.uz)dagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilgan edi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
☔️ Yomg‘irli havoda ko‘chaga chiqishingiz shart emas...

👨🏻‍💻 Bugun nafaqat shahar markazi, balki chekka qishloqlardagi yurtdoshlarimiz ham elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz portali orqali onlayn foydalanishlari mumkin.

💁🏻‍♂️ Masalan, hozirgi kunda oilalar davlat tashkilotlariga bormasdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berishi yoki hisoblangan ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishi mumkin.

📝 Hatto pensionerlar va nogironlar uyidan chiqmay turib, sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar olish imkoniyatiga ega.

🚕 Haydovchilar avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashishga litsenziya olish, avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma berish kabi xizmatlardan foydalansalar bo‘ladi.

🏢 Onalar uchun bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish va navbatni tekshirib borish qulayligi yaratilgan.

💍 Turmush quradigan yoshlar keraksiz hujjatlarga ortiqcha vaqt sarflamay, nikohdan o‘tishga onlayn ariza topshirishlari va FHDYoga faqat to‘ydan oldin borishlari mumkin.

🌐 My.gov.uz da joriy etilgan 350 dan ziyod elektron davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
my.gov.uz
📲 Anorbank mobil ilovasidan elektron davlat xizmatlari ham o‘rin oldi Endi yurtdoshlarimiz my.gov.uz xizmatlaridan Anorbank mobil ilovasi orqali ham oson va qulay foydalanishlari mumkin. Hozircha ilovaga 7 ta elektron davlat xizmati qo‘shildi. Bular: …
📲Теперь электронные государственные услуги my.gov.uz доступны и внутри приложения Anorbank!

Через мобильное приложение Анорбанка Вы легко и удобно можете воспользоваться услугами my.gov.uz. На данный момент в приложение добавлено 7 электронных государственных услуг:

🔸получение справки о зарегистрированных лицах по постоянному месту жительства;
🔸запись и проверка статуса вакцинации от Covid-19;
🔸информирование о товарах/транспортах, перемещаемых через таможенную границу РУз автотранспортом;
🔸ознакомление с учетными данными юридических лиц и индивидуальных предпринимателей и другие.

Для справки:

🔹С 1 ноября 2022 года операторам мобильной связи, коммерческим банкам и операторам платежных систем разрешено оказывать электронные государственные услуги Единого портала (my.gov.uz) через свои мобильные приложения в соответствии с требованиями информационной безопасности.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Yangi xizmat, yangi qulaylik bilan❗️

👨🏻‍💻My.gov.uz da «Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazish» xizmati ishga tushirildi.

📜Endi sanoat xavfsizligi bo‘yicha birinchi toifali, ikkinchi toifali va attestatsiya sohasini kengaytirish yo‘nalishlari bo‘yicha attestatsiyadan o'tish uchun my.gov.uz orqali ariza yuborish imkoniyati yaratildi.

➡️ Eslatma: Mazkur xizmatdan foydalanishda faqat malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikat talab qilinadi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
my.gov.uz
Yangi xizmat, yangi qulaylik bilan❗️ 👨🏻‍💻My.gov.uz da «Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazish» xizmati ishga tushirildi. 📜Endi sanoat xavfsizligi bo‘yicha birinchi toifali, ikkinchi toifali va attestatsiya sohasini kengaytirish…
👆🏻Xizmat haqida qo‘shimcha ma’lumot!

👷🏻‍♂️Attestatsiyadan o‘tgan talabgorlarga ekspert guvohnomasi beriladi.

👨🏻‍💻Ushbu guvohnomani olish uchun: DXMga o‘zi borgan holda yoki my.gov.uz orqali masofadan murojaat qilinadi.

Barcha talablar bajarilgach, ekspert guvohnomasi talabgorning elektron manziliga yuboriladi va u bu haqda xabardor qilinadi.

Xizmat ko'rsatish muddati: 3 ish kuni.

Xizmat narxi:

🔸 My.gov.uz orqali arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 2 700 000 so‘m (BHMning 9 baravari)
🔸Davlat xizmatlari markazlari orqali arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori 3 000 000 so‘m (BHMning 10 baravari)

❗️Mazkur xizmatdan foydalanishda foydalanuvchining faqat malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikat talab qilinadi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
📝 Kredit tarixini qayerdan va qanday olish mumkin?

💻 Hozirgi kunda barcha turdagi kreditlar tarixini my.gov.uz dan topsangiz bo‘ladi. Ya’ni qayerdan, qachon va qancha miqdorda pul olganingiz, uni o‘z vaqtida qaytargansizmi yoki kechikib to‘laganingiz va boshqalar.

✍️ Ushbu ma’lumotlar:

kredit tarixingizda xatolar bor-yo‘qligini;
firibgarlar qurboniga aylanmaganingizni tekshirishga;
shuningdek, navbatdagi kredit olish holatingizni baholashga yordam beradi:

🗂 Xizmat uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

🌀 My.gov.uz portaliga kirib,
“Kredit tarixini olish” xizmatiga o‘tasiz.
O‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilganligini tekshirasiz.
So‘rov yuborasiz.

💰 Xizmatdan Yagona portal (my.gov.uz) orqali foydalanilganda – 15510 so‘m (0,0517 BHM) to‘lov amalga oshiriladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga bizni Navoiy viloyatida kuting❗️

🚶🏻Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Navoiy viloyati bo‘ylab aholi va keng jamoatchilik vakillari uchun elektron davlat xizmatlari hamda my.gov.uz (YIDXP)dan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazishadi.

💁🏻 Navbatdagi manzil – NAVOIY VILOYATI❗️

Bizni quyidagi manzillarda kuting:
🔹 Navoiy shahri
🔹 Karmana tumani
🔹 Qiziltepa tumani
🔹 Xatirchi tumani
🔹 Nurota tumani
🔹 Navbahor tumani

👨🏻‍💻O‘quv mashg‘ulotlari ochiq, barchani seminarlarimizga taklif etamiz!

📲Bog'lanish uchun telefon raqamlari:
+998 55 501 36 16, +998 95 222 22 38
🚘 “UzAuto Motors AJ” avtomobillariga navbatingiz qachon kelishini bilasizmi?

👉🏻 Hozirgi kunda “UzAuto Motors AJ” orqali har qanday turdagi avtomobilni sotib olish uchun navbatni my.gov.uz orqali masofadan tekshirish imkoniyati mavjud.

Ushbu xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar mutlaqo bepul foydalanishlari mumkin.

👏🏻Buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

🔸“UzAuto Motors AJ” orqali avtomobil sotib olish uchun navbatni tekshirish” xizmati tanlanadi
🔸 STIR yoki JShShIR – qulay bo‘lgani belgilanadi
🔸Shartnoma raqami kiritiladi va tekshirishga o‘tiladi.

👨🏻‍💻 Javob avtomat tarzda taqdim qilinadi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
🚘 Знаете ли вы, когда придет ваша очередь на автомобили АО «UzAuto Motors»?

👉🏻 В настоящее время на портале my.gov.uz есть возможность онлайн проверки очереди на покупку любых марок автомобилей АО «UzAuto Motors».

Физические и юридические лица могут воспользоваться этой услугой совершенно бесплатно.

👏🏻Для этого не требуется никаких документов.

🔸Нужно выбрать услугу «Проверка очереди на покупку автомобиля через АО «UzAuto Motors»
🔸Ввести по желанию ИНН или ПИНФЛ
🔸Ввести номер договора и перейти к проверке

👨🏻‍💻Ответ будет предоставлен автоматически.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
🏠 Yer uchastkasini ham my.gov.uz yordamida xususiylashtirish mumkin

📝 Avvallari fuqarolarga tegishli uy-joylar joylashgan, meros qilib qoldirilgan yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan noturar joy ob’ektlarining yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi berilar edi. Ya’ni bino fuqaroga tegishli bo‘lsa ham, uning yeri davlatniki edi.

💻 Hozirgi kunda bu tartib o‘zgargan. Ya’ni fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz yordamida masofadan turib xususiylashtirish imkoniyatiga ega (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi).

🗂 Xizmatdan foydalanishda:

Jismoniy shaxslardan hech qanday hujjat talab etilmaydi

✍️ Yuridik shaxslardan: yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori so‘raladi.

👨‍💻Ushbu qulaylikdan foydalanish uchun fuqaro my.gov.uz portaliga kirib:

tegishli xizmatni tanlaydi
bo‘sh katakka kadastr raqamini yozadi
o‘zi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi va to‘ldiradi
yakunida to‘lovni amalga oshiradi.

💡Bunda:
🪙Arizani ko‘rib chiqish uchun – 24300 so‘m
📉Yer uchastkasini xususiylashtirish uchun differensial to‘lov undiriladi.

💡Ma’lumot o‘rnida: mulkdorlar uchun xususiylashtirish to‘lovi yer uchastkasiga hisoblangan soliq miqdorining 20 barobari deb belgilangan.

🧑‍💻Xizmat ko‘rsatish muddati – 5 ish kuni

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💁🏻‍♂️ Elektron davlat xizmatlarini qayerdan olish mumkin?

💻 Albatta, my.gov.uz dan!

👨‍⚖️ Tadbirkorlar uchun

👨‍💻 Tadbirkorlar ma’lumoti, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, tekshirish reja jadvalidan ko‘chirma, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish va hokazo.

🔔 Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish:

👨‍🏫 Ta’lim uchun

🌎 My.gov.uz orqali farzandingizni bolalar bog‘chasiga navbatga qo‘yish, OTM imtihonlari natijalarini bilish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishga ariza berish, universitetlarga hujjat topshirish va boshqalar.

🔔 Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish:

💁🏻‍♂️ Qo‘shimcha tarzda

🔎Xizmat muddatini tekshirish, turli ma’lumotnomalarni olish, avtotransport bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanish yoki kredit tarixini bilish kabilarning barchasi my.gov.uz da onlayn ko‘rsatiladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Elektr, gaz va suv bo‘yicha hisobingizni doimiy kuzatib turing!

🧮 Yil oxirlab boryapti. Kommunal xarajatlar sarhisobini qilib, oyiga qancha elektr, gaz va suv ishlatayotganimizni bilib qo‘yishning ayni mavridi.

👨‍💻 Bularning barini my.gov.uz orqali nazorat qilsa buladi.

💡 Ya’ni:
my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish
yashayotgan xonadonimiz kadastr raqamini biriktirib qo‘yish kifoya.

🌎 Natijada my.gov.uz dagi “Shaxsiy kabinet”imiz orqali chiqindi, ichimlik suvi deysizmi, issiq suv, gaz va elektr energiyasimi – barchasini bir joydan, real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

🔥 Tabiiy gaz bo‘yicha esa faqat yangi aqlli hisoblagichlar o‘rnatilgan xonadonlarning hisob raqamlarini kuzatish mumkin.

☎️ Xizmat bo‘yicha biror savol yuzaga kelsa, “1242” qisqa raqamiga 24/7 rejimida qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
My.gov.uz yordamida diplom dublikatini olish tartibi bilan tanishing❗️

🔖 Elektron davlat xizmatlari safiga Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi hujjatlar dublikatini masofadan olish qulayligi ham qo‘shilgan.

👨🏻‍💻Ya’ni diplom yo‘qolgan yoki shikastlangan, shuningdek, ism-familiyasi o‘zgargan shaxslar hujjat dublikatini tiklashga my.gov.uz orqali onlayn murojaat qilsalar bo‘ladi.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

💰Xizmatdan YIDXP orqali foydalanilganda 10% chegirma tufayli BHMning 0,9 barobari miqdorida (270 ming so‘m) to‘lov olinadi.

📩Hujjat dublikati ariza beruvchi istagiga ko‘ra, vakolatli organ tomonidan pochta aloqasi orqali yuborilishi mumkin.

📹 Quyida my.gov.uz yordamida diplom dublikatini olish tartibi bilan tanishtiramiz:

https://youtu.be/ihVRMXuQz2M
📁Ish staji va ish haqi to‘g‘risida arxiv ma’lumotnomasi kerakmi?

🗳Endi buning uchun “O‘zarxiv” agentligiga borish, navbat kutish shart emas.

📱Kompyuter yoki telefon qurilmamiz orqali ham ma’lum bir tashkilotda ishlagan davrimizdagi ish haqi va ish stajiga oid ma’lumotnomani onlayn olsak bo‘ladi.

📝 Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

💻 Shunchaki, my.gov.uz ga kirib:
“Ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish” xizmati tanlanadi;
xizmat turi belgilanadi;
shaxsga doir ma’lumotlar ko‘zdan kechiriladi;
arizachi faoliyat ko‘rsatgan tashkilot ma’lumotlari qo‘shiladi va yuborish tugmasi bosiladi.

📆 Xizmat ko‘rsatish muddati:
ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma – 5 ish kuni;
ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma – 20 ish kunidan oshmaydi.

💁‍♂ Ushbu xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanish mutlaqo bepul.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📁 Вам нужна архивная справка о трудовом стаже и зарплате?

🗳Теперь не нужно идти в агентство «Узархив» и стоять в очереди.

📱Получить справку о заработной плате и стаже за период работы в определенной организации можно через ваш компьютер или телефон онлайн.

📝Никаких документов для использования сервиса не требуется.

💻Просто зайдите на my.gov.uz:
выберите услугу "Получить архивную справку о подтверждении заработной платы и трудового стажа";
определите вид услуги;
проверка личной информации;
добавьте информацию об организации, где работал соискатель и нажмите кнопку отправить.

Срок предоставления услуги:
справка о подтверждении трудового стажа - 5 рабочих дней;
справка о подтверждении заработной платы - не более 20 рабочих дней.

💁‍♂Использование этой услуги через my.gov.uz абсолютно бесплатно.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨🏻‍🦼 Endi nogironligi boʻlgan yoshlar taʼlim, oʻqish davridagi yashash va transport xarajatlarini qoplashga, yana mehnat qurollari uchun subsidiya olishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirsalar boʻladi.

💁🏻‍♂️ Bu turdagi xizmatlar mutlaqo bepul boʻlib, murojaatchidan hech qanday hujjat talab etilmaydi.

🔍 Shunchaki my.gov.uz portaliga kiriladi va qidiruv satriga xizmat nomi yoziladi.

💻 Ushbu uch imkoniyatning keyingi qadamlari bilan videoqoʻllanmada batafsil tanishish mumkin:

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM