MyBook – kitob do‘koni📚
6.82K subscribers
4.93K photos
296 videos
1 file
418 links
Kitobsevarlar uchun ishonchli onlayn kitob do'koni_📚

✨ Saralangan kitoblar
🚚 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish
🤝 Ishonchli xizmat va qulay narxlar

📢 Reklama: @MyBookreklama
💬 Bog'lanish: @Mybook_admin
Download Telegram
50 tadan ko’p buyurtmalar chiqarib yuborildi.

Bu safar Samarqand va Surxondaryolik kitobxonlar ancha faol bo’lishdi.
❤34👍10❤‍🔥4🥰2😁1
@Muhibbuna — ushbu kanalga obuna bo’lasiz va oxirgi postiga reaksiya bosasiz!

Bajarilgan shartni 1 ta skinshot bilan isbotlab ushbu post kommentiga tashlaysiz!

❌ 1 ta akkauntdan faqat 1 ta skrinshot qabul qilinadi! (Ortiqcha skrinshot tashaganlar o’chirib tashlanadi)
O’zingizni ham bizni ham vaqtimizni uvol qilmasdan qoidaga amal qiling iltimos!

G’oliblar random orqali aniqlanadi! 3 ta ishtirokchi bugun yana 3 tasi ertaga o’tkaziladi.

Soat 22:00 boshlanadi. 23:00 da tugaydi.

G’oliblar sotuvda mavjud bo’lgan 20 minglik kitoblardan istalgan bittasini tanlab oladirlar!
❤32🔥12👍6❤‍🔥4👏2
Demak aniqlashni boshlaymiz!
🔥19❤‍🔥4👍4❤3
Chatgpt tezroq yordam berdi

Demak: 127, 289, 34

Hozir sanab chiqamiz hech kim qo’shilmay tursin.
👍24😢13🤣7❤‍🔥6👏3❤2🌚2🔥1🤯1
G’oliblarimiz!

34 — https://t.me/mybook_savdo/8422?comment=104528

127 — https://t.me/mybook_savdo/8422?comment=104639

289 — https://t.me/mybook_savdo/8422?comment=104849

Ertaga ham qolgan 3 ta kitob bilan ham tanlov qilinadi! Aynan o’sha kanal bilan bog’liq bo’ladi. Chiqib ketishga shoshilmang!
❤‍🔥13❤8👍6🥰5😢5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍12🥰5❤4❤‍🔥3🔥2😢2
Ko’rlik kitobini so’rayotganlar bormi?

Bu havodagi mavzuga rosa mos: Ko’rlik😅
❤12😁10❤‍🔥3👍2
Onlayn do’konimiz (biznesimiz) qiymati 4200$ etib belgilanyapti.

Buni ichiga nimalar kiradi:
1. 1000$ oshiq kitoblar(uyimizdagilar)
2. 2000 ga yaqin issiq mijozlar ma’lumotlari
3. Biznesni davomli davom ettirish bo’yicha 1 oylik o’rgatish
4. Mijozlar ishonchi va qayerlardan qanday qilib arzonroq kitob olish o’rgatish.
5. Oyiga 700-800$ sof daromad.
6. Doimiy sodiqlik dasturlari
7. 1 yil davomida marketing g’oyalari bilan ulashib turish.
8. Instagram va Telegram kanal
9. Admin profillari.

Tayyor biznesni baholatish ham pul ekan 😅 lekin tanishim bo’lgani bois chiroyli rahmat evaziga chuqur tahlil qilib narx chiqarib berdi.
🔥28👍8😁6❤4👏3❤‍🔥1🥰1
Shu kechasi uxlamay faqat g’oyalar izlab chiqish rosa odat tusiga aylanib qoldi.

Shunaqa miyani portlatadigan fikrlar va g’oyalar kelyapti. Tez kunda bitta reja o’xshasa hamma maqsad va g’oyalarni amalda qo’llab yuborardim.
🔥17❤5👍2👏2❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ooo burchakda daraxtlar orqa tarafidan pochtaga kitoblarni topshirib chiqib kelayotgandim🤧

Birdan yopirilib keldi qum bo’roni, bo’g’zimgacha qumga to’ldim😅
🔥15😁12👍4😢4❤‍🔥1
Forwarded from ZEHN
TEZ KUNDA…
COMING soon…
Скоро…

@uzzehn – kelajak klassikasi.
👍18🔥7🤯7❤‍🔥1❤1
Mijozimizdan taqriz!

Ko’rlik’ni tugatdim.


Roman katta shaharga birdan yopirilib kelgan ko‘rlik epidemiyasi haqida hikoya qiladi. Sanoqli kunlar ichida butun shahar odamlari ko‘rga aylanadi. Xo‘sh, endi qanday yashash kerak?

Muallif adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Joze Saramago o‘z romanida ko‘rlikni katta bir metafora qilib oladi. Albatta uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushunib, gap haqiqatdan ham jismoniy ko‘rlik haqida deb qabul qilgan taqdiringizda ham asar – noreal darajada qiziqarli. Voqealar rivoji o‘quvchini kitobdan uzoqlashishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Biroq asarning asl mohiyati jismoniy ko‘rlik haqida emas. Insonning ezgu fazilatlari, insoniyligi, yaxshi amallarining barchasi ham uning ko‘rishiga bog‘liq emas, to‘g‘rimi? Lekin ularning barchasi ko‘z nuringiz bilan birga yo‘q bo‘lishi mumkin ekan. G‘alati va o‘rganishli paradoks. Albatta atrofimizda ko‘zi ko‘rmaydigan insonlar bor va ular bunaka emas deishingiz mumkin, lekin ularning atrofida ularga g‘amxo‘rlik qiladigan ko‘zi ko‘radigan insonlar bor. Endi tasavvur qiling, hamma birdaniga ko‘r bo‘lib qoldi? Keyin nima bo‘ladi? Tasavvur qilishingiz qiyin, bu kitob esa shu tasavvurni sizda gavdalantira oladi.

Sivilizatsiya – overrated! Jamiyat – overrated! Insoniylik – overrated! Jismoniy ko‘rlik bu metafora, u sizning ma’naviy ko‘rligingizni ochib beruvchi vosita xolos. Hozirda ko‘zingiz bilan ko‘rib turib aslida ko‘rmayotgan narsalaringizni ko‘rsatib beradi bu asar. Insonning boshqa jonzotlardan ajratib turuvchi narsa bu uning ongi ekanligini ko‘p ta’kidlaymiz, Saramago esa bu fikrimizga qo‘shilmaydi. Ko‘rlik romani — bu jamiyat uchun signal. Qaysidir ma’noda insonning asl yuzini ko‘rsatib beruvchi ko‘zgudek. Sening insoniyligingni shunchalik mo‘rt ekanligini isbotlab beruvchi ajoyib asar.

Asarning qiziqarli va original usulda yozilganini ham alohida ta’kidlash lozim. Uni o‘qish davomida o‘quvchi qanaqadir antiutopik dunyoga tushib qoladi. Muallif jirkanch atmosferani juda ham mahorat bilan tasvirlaganki sen o‘zingni voqealar markazida yurgandek his qilasan. Barchasi hayotiy va ishonarli tarzda chiqqan.

Yana bir narsani ta’kidlab o‘tish kerak. Kitobning sifati va tarjimasi yaxshi. Nashriyot ham uning syujetidan kelib chiqib kreativ uslubda kitobga dizayn bergan. Va eng qizig‘i, insoniylikni savol ostiga qo‘yadigan “Ko‘rlik” asari “Inson” degan nashriyot tomonidan tarjima qilingan. Bundan ishora izlaydigan konspirologmasman, lekin bu tasodif bo‘lsa ham – omadli tasodif.

Albatta o‘qinglar.
❤‍🔥25👍6🔥6❤5👏3
Bir dunyo yangi kitoblardan ham olib kelgandik shanba kuni, lekin uyga shoshilinch ketganim bois rasmga ham ololmadim.

Ulgurmadim to’g’rirog’i, shunchun dushanba yoki seshanba post tashlaymizda
👍34❤7❤‍🔥5🥰1
ZEHN
TEZ KUNDA… COMING soon… Скоро… @uzzehn – kelajak klassikasi.
Buni nima ekanligiga hech qiziqib ko’rdingizmi?
👍8🔥4❤‍🔥1
Forwarded from Sabina Alisherovna
Assalomu alaykum kitoblarimni oldim raxmat ishlarizga omad
👍7❤‍🔥2🔥2😢1