MyBook – kitob do‘koni📚
6.79K subscribers
4.93K photos
296 videos
1 file
418 links
Kitobsevarlar uchun ishonchli onlayn kitob do'koni_📚

✨ Saralangan kitoblar
🚚 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish
🤝 Ishonchli xizmat va qulay narxlar

📢 Reklama: @MyBookreklama
💬 Bog'lanish: @Mybook_admin
Download Telegram
Forwarded from The Stranger
​​Fotih Duman – "Men"

Kitob endi ommalashayotgan vaqtda olib qoʻygandim. Uyda ancha vaqt oʻqilmay yotdi. Bu orada esa shu muallifning kitoblari oʻzbek tilida bemaza qovunning urugʻiday koʻpaygandan koʻpayaverdi. Bir necha yil burun Amina Shenlikoʻgʻli kitoblari ham shunday ommalashgandi. Qaysidir kitobi "yegach", adibaning bir-biridan sayoz asarlari kitob rastalarini bosib ketgandi.

Fotih Dumanni oʻzbek oʻquvchisiga aynan "Men" kitobi tanitdi. Shu bois aynan shuni oʻqishga kirishdim. Oʻqiyapman-u, bir asabiylashaman, bir kulgim keladi, bir jahlim chiqadi. Nahot kitobxonlarimizda did shu qadar oʻlik? Nahot diniy fon berilgan har qanday kitobni bizga oʻtkazib yuboraverishadi? Nahot shu qadar yengil adabiyotlardan nariga oʻtolmaymiz?

Ichingizdagi bir ovoz sizga "Bu kitobni aslo oʻqima!" deyayotgan boʻlsa, bilingki, bu ham oʻsha nafsning ovozidir.

Mana shu kirish soʻzining oʻziyoq adibning, asarning saviyasini koʻrsatib turibdi. Hatto umrida roʻshnolik koʻrmagan oʻrtamiyona yozuvchilar ham bunday kulgili chiranishni oʻzlariga ravo koʻrishmaydi. Adashmasam, Mehmet Yildiz degan yana bir chala yozuvchi ham qay biri kitobida shunday degandi "Bu kitobni aslo oʻqimang. Yoʻqsa hayotingiz oʻzgarib ketishi mumkin". Kulguli.

Internet sahifalarida aylanib yuradigan virus xabarlar boʻladi-ku, masalan, "Bugun tunda kuchli radiatsiya boʻlarkan, barcha elektron jihozlarni oʻzingizdan uzoq tuting" va yoki "Hammaga uch milliondan mukofot puli berilarkan, pulni olish uchun link ustiga bosing" kabi. Internet savodxonligi nolda boʻlgan foydalanuvchilargina bu xabarlarga ishonishadi. Yuqoridagi kabi kirish soʻzlarini yozadigan va shu kirish soʻzlariga uchib kitob oʻqiydiganlar esa adabiyot olamidagi besavod kishilardir.

Muallif yozishni bilmaydi. Shu qadar oddiy. Qarshingizda ovozi yoʻq odam qoʻshiq aytsa, yumor hissidan mahrum odam sizni kuldirishga harakat qilsa nimani his qilasiz? Masalan, men xijolat boʻlaman, uning oʻrniga ham uyalib ketaman. Nahot yozishni bilmaydigan odamning kitobini oʻqib shunday hisni tuymaysiz?

Tasvir mahorati yoʻq. Matn ustida ishlanmagan. Keraksiz soʻzlar, takrorlar bisyor. Qahramonlar boʻm-boʻsh. Oʻrta maktabdagi havaskor qalamkashlarning matnlariday odmi, quruq, beoʻxshov. Bitta maqtovli jihati, shu tipdagi boshqa asarlardan farqli oʻlaroq diqqat faqat kishining oʻziga qaratilgan, boshqa din yoki millat vakillariga nisbatan nafrat urugʻlari ekilmagan. Ya'ni muallifning maqsadi yaxshi. Biroq buning oʻzi kamlik qiladi. Men kimgadir yaxshilik qilish uchun oʻz qoʻlim bilan uy qursam, qurilish sohasida noʻnoqligim bois bechoralar shu uyning tagida qolishlari aniq.

Amina Shenlikoʻgʻlining kitoblaridan qaytarganim kabi Fotih Dumanning kitoblarini oʻqimanglar demayman, yoʻq. Qattiq qarshi turadigan darajada emas. Kimdir oʻqib qoʻyib yomon yoʻllarga kirib ketib qolmaydi. Biroq yaxshi kitoblar koʻp-ku, doʻstlar. Qishda yupin kiyingandan qalin kiyingan a'lo boʻlgani kabi, qorin ochganda tuzsiz taomdan koʻra mazali taom yeyish a'lo boʻlgani kabi, ilmsiz odam suhbatidan ilmli odam suhbati a'lo boʻlgani kabi sayoz kitob oʻqigandan badiiyati yuksak asarlarni oʻqigan a'lodir. Yanayam ixtiyoringiz.

@salimov_blogi
👍16❤4🔥3👏3🌚1
Shaxsiylarga qarashni boshlaymiz!
❤9🔥1
CHEGIRMA AMAL QILISH MUDDATI:

25-dekabr 23:59 gacha!
😭7❤4❤‍🔥1🔥1
Chegirmaga ulgurmaganlar bormi?!

Nima qilaylik?! Qolgan kitoblarni ham o‘zlaring bilan ulashib qo‘ya qolamizmi?!
👍25❤6🌚3🤣1
BUGUN kechga “Yangi yil sovg‘a”si rubrikasi boshlanadi.

Eng-eng TOP kitoblar faqat 1 donadan takrorlanmas CHEGIRMALI narxda sotiladi!

Sahihi Buhoriy ham bor, oldindan ogohlantirib qo‘ydim. Pullaringizni tayyorlab qo‘ying!

3 kun kun davomida shunday postlar bo‘ladi.
🔥23👍9🥰5❤‍🔥4❤3👏1🤣1
3+1 + chegirma = Yangi yil sovg‘asi!
❤16🥰11👏3❤‍🔥2😁2👍1
😍 YANGI YIL UCHUN O‘ZINGGA SOVG‘A OL, SEN BUNGA ARZIYSAN!

☺️ Sahihi Buxoriy – to‘liq to‘plam!

Narxi: 699.000 so‘m
Chegirmada: 419.000 so‘m

Yetkazib berish BEPUL

Buyurtma uchun: @savdo_mybook

@mybook_savdo – faqat sizni o‘ylaydigan kitob do‘kon
❤12👍3🔥3🥰1
😇 Ertaga sizlarni vapshem katta chegirmalar kutyapti!!!

😍 Nassib ulgursak ertani o‘zida chiqarib yuboramiz va yangi yildan oldinroq ovolasizlar buyurtmalarni.

🥰 Tepada asrab qo‘ygan bayramlik kitoblarni juda ajoyib narxlarda ololasizlar!

@mybook_savdo — bizdan uzoqlashmang
🔥14👍5❤4🥰1
❗️DEMAK CHEGIRMALI POSTLARNI PORTLATAMIZ!

😍 Bu yil hisobidagi eng oxirgi savdo, kitoblarni tugatib tashlashimiz lozim!

🥰 Bugun kun davomida 10-20-30-40-50 ming so‘mlik kitoblarni va tepadagi katta hajmdagi kitoblarni ajoyib narxlarda ko‘ra olasiz va xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi!

Do‘konimizga kelishingiz ham mumkin: https://t.me/mybook_savdo/6323

@mybook_savdo — bizdan uzoqlashmang!
❤8👍3🔥2🥰1
Forwarded from Javlon
Rahmat adushi
Hech qayerda bu kitoblarga bunaqa imkoniyatlari berilmaydi
❤11🔥4❤‍🔥3
❗️ DIQQAT! TARQATING!

Kvartira izlab yurgan bollar bo‘lsa bezmakler kvartira bor!
Chilonzor 13 kvartlda
4 kishi kerak
Uy zo‘r sharoitlari daxshat
Akuratniy toza ozoda bollar kere
@ibook_ham narx va rasmlari uchun
+998932610921
👍9❤2🔥2🥰1
Eski tanlovlarimizdan kimni yutuqlari qolib ketgan?!

@savdo_mybook — yozib yuboringlar!
👍5❤2🥰1
🤩 Rus tilida kitob so‘raganlar uchun maxsus!

😍 Orginal yuqori sifatdagi jahon adabiyot durdonalari!

✅ Narxi: 60-70-75-mingdan bo‘lgan kitoblar endilikda 39.000 so‘mdan!

Buyurtma uchun: @savdo_mybook

@mybook_savdo — do‘konimizga keling!
🥰4❤1👍1
Biz hozir 2 soatga yopiqmiz!

Faqat do‘kon, onlayn buyurtmalar qabul qilinaveradi
🔥9👍2❤1🥰1
Ulgurmiy qolganlar uchun maxsus to‘plamlar! Yangi yil uchun haqiqiy SOVG‘A! 29-30-dekabr chegirmali narxlarda

To‘plamlar xarid qiling va BEPUL yetkazib beramiz!

Buyurtma uchun: @savdo_mybook

@mybook_savdo — do‘konimizga keling
❤11👍2🔥2🥰1