my.edu.uz
30.8K subscribers
107 photos
12 videos
125 links
Yagona ta'lim xizmatlari portali

🇺🇿 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi
Download Telegram
#qulaylik

Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida kontrakt.edu.uz tizimidan ro'yxatdan o'tishda pasport seriya va raqam hamda JSHSHIR orqali ro'yxatdan o'tish imkoniyati yaratildi.

👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
#talabaga_yengillik

⚡️1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktabri etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.

👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
#Qabul2023   #Kollej   #Texnikum

⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

Ma’lumki, 2023-yil 26-sentabr kuni barcha hududlarda professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari boshlandi.

26-sentabr kuni 61 ta binoda ikki smenada o‘tkazilgan test sinovlarida jami 23 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi.

26-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari talabgorlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
#talabaga_qulaylik

ESLATMA: talabalar shartnoma to‘lovlarini onlayn to‘lashlari ham mumkin

📌 Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to‘lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, tizimda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rish mumkin.

❗️Buning uchun:

📲 Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling;

💳 plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang;

📑 Davlat xizmatlari bo‘limidan “OTM shartnoma to‘lovi” xizmatini tanlang;

🪪 va JSHSHIR raqamingizni kiriting.

➡️ Dasturning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.

👉Android uchun yuklab oling

👉iOS uchun yuklab oling

👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
Forwarded from my.gov.uz
Forwarded from HEMIS STUDENT
⚡️ “HEMIS STUDENT” telegram boti rivojlanishda davom etmoqda.

@Hemisedu_bot telegram botida to'lov shartnoma ma'lumotlarini olish imkoniyati qo'shildi.

🔄 kontrakt.edu.uz bo'limi orqali shartnoma fayli va to'lov ma'lumotlarini olishingiz mumkin.

🤖 @Hemisedu_bot - HEMIS STUDENT
Matematika fani boʻyicha xalqaro olimpiada oʻtkaziladi

🏆 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan joriy yilning 23–29-oktabr kunlari Nukus shahrida matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkaziladi.

📚 Hakamlar hayʼati matematika fanidan dunyoning taniqli xalqaro darajadagi ekspertlari, MDH davlatlarining professor-oʻqituvchilari va yurtimizning tajribali professor-olimlari, mahoratli amaliyotchi oʻqituvchilaridan tashkil topadi.

👨‍💻 Olimpiadada qatnashish istagini bildirgan talabgorlar https://akhimo.uz/ sayti orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

❗️Eslatma: Olimpiada gʻoliblariga (Oʻzbekiston fuqarolari) matematika, fizika, axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga kvotadan tashqari davlat granti asosida kirish huquqi beriladi.

Mazkur huquq bakalavr bosqichini bitirgandan keyin 3-yil mobaynida saqlab qolinadi.
“InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligini onlayn kuzatib boring!

Ma'lumki, joriy yilning 16-20-oktabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida» InnoWeek-2023» innovatsion gʻoyalar haftaligi oʻtkazilmoqda.

Ushbu innovatsion gʻoyalar haftaligini innoweek.edu.uz portali orqali onlayn kuzatib borish imkoni yaratildi.

👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
#qulaylik

⚡️Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini my.gov.uz portali orqali onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi

📌 Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz ga kiriladi.

1. "To'lovlar" bo'limidan "OTM shartnoma to'lovi"ni tanlang.

2. JSHSHIR raqami hamda to'lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring.

Bunda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

my.gov.uz orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

Shuningdek shartnoma to'lovini "Zoomrad" ilovasi orqali ham to'lash imkoniyati mavjud

👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
⚡️Talabalarga to'langan stipendiya ma'lumotlarini HEMIS platformasi orqali olish imkoniyati yaratildi.

📌 Buning uchun STUDENT HEMIS platformasiga kiring!

🗂 "Moliyaviy to'lovlar" bo'limidan "Stipendiya hisobini" tanlang.

Ushbu bo'limda joriy yilda to'langan stipendiya ma'lumotlarini olishingiz mumkin.

Stipendiya ma'lumotlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining UzASBO tizimi orqali olinmoqda.

👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
“Talabalar kartasi” loyihasi taqdim qilindi

🪪 “ICT Expo Uzbekistan” — AKT ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimi doirasida “Talabalar kartasi” loyihasi rasmiy taqdimoti bo’lib o’tdi.

👨‍💻 Ushbu karta bir vaqtning o‘zida talaba guvohnomasi, ta’lim muassasasi va kutubxonaga ruxsatnoma, VISA asosidagi bank kartasi, onlayn to‘lovlar uchun vosita, transport kartasi (ATTO) kabi turli xil raqamli xizmatlar va bank xizmatlaridan foydalanish imkonini taqdim etadi.

🤝 “Talabalar kartasi” loyihasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Aloqabank hamkorligida ishlab chiqilayotgan bo'lib, barcha talabalar to'g'risidagi ma'lumotlar "Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish - HEMIS" axborot tizimidan olinadi.

🏛 Loyiha tajriba sifatida Toshkent moliya instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ishga tushirildi. Kelgusi yildan boshlab ushbu loyihani boshqa OTMlarda ham amalga oshirish rejalashtirilgan.

👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
#raqamlashtirish

⚡️Texnikum va kollej o‘quvchilariga to‘lov-shartnoma berish raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endi texnikum va kollej o‘quvchilari to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning prof.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani yuklab olish talab etiladi.

Joriy yildan boshlab shartnomalar faqat elektron shaklda taqdim etiladi.

📹 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish va shartnoma olish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#qulaylik

⚡️Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini PayMe to'lov tizimi orqali onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi

📱Buning uchun PayMe to'lov tizimida "To'lovlar" sahifasiga kiring.

1. "Ta'lim" bo'limidan
"Оплата за ВУЗы"ni tanlang.

2. JSHSHIR raqami hamda
to'lov summasini kiriting va to'lovni amalga oshiring.

Bunda "Tafsilotlar" tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha oxirgi to'lov summasini va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

PayMe mobil ilovasi orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

📌Shuningdek shartnoma to'lovini
🔸my.gov.uz portali orqali hamda
🔸Zoomrad mobil ilovasi orqali ham komissiyasiz (0%) onlayn to'lash imkoniyati mavjud

👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
#SMS | #raqamlashtirish

SMS bildirishnomalarni maxsus mobil ilova orqali qabul qiling!

Endilikda, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimlaridan foydalanishda, jumladan, tizimda ro'yxatdan o'tishda yoki parolni tiklash uchun so'rov yuborishda Edu_uz qisqa raqamidan keladigan smslar va xabarlarni SMS xizmatlari mobil ilovasi orqali qabul qilishingiz mumkin.

Ushbu ilova orqali my.edu.uz platformasidagi qabulga oid ariza holatlarini bildirishnomalar orqali bilib turish imkoniyati mavjud. Shuningdek, hozirgi kunda kontrakt.edu.uz tizimida shartnoma olishda tasdiqlash kodlarini ham qabul qilish mumkin.

📱Android uchun yuklab oling

📱iOS uchun yuklab oling

👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
#qulaylik
#click

⚡️SHARTNOMA TO'LOVLARINI CLICK MOBIL ILOVASI ORQALI TO'LANG!

📱Buning uchun Click mobil ilovasida "To'lovlar" sahifasiga kiring.

1. "Ta'lim" bo'limidan "OTM shartnoma to'lovi"ni tanlang.

2. To'lov turini tanlang va JSHSHIR raqamini kiriting.

3. To'lov summasini kiriting va to'lovni amalga oshiring.

Bunda shartnoma bo‘yicha oxirgi to'lov summasi va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin bo'ladi. Ma'lumotlar kontrakt.edu.uz platformasidan olinadi.

Click mobil ilovasi orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

Shuningdek, shartnoma to'lovini Click mobil ilovasi orqali to'lab 1% keshbek ga (30.11.2023 y. holatiga) ega bo'lish mumkin.

📌Shuningdek shartnoma to'lovini
🔸my.gov.uz portali
🔸Zoomrad mobil ilovasi
🔸PayMe mobil ilovasi orqali onlayn to'lash imkoniyati ham mavjud

👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
#qulaylik #stipendiya

⚡️Talabaga hisoblangan stipendiyalar haqida my.gov.uz portali orqali maʼlumot olish imkoniyati yaratildi.

📌 Buning uchun my.gov.uz portaliga kiring!

🗂 "Ta'lim" bo'limidan "Stipendiya haqida ma'lumot" xizmatini tanlang.

🗓 Kerakli davrni tanglang va ushbu davr bo'yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma'lumotga ega bo'ling.

Shuningdek, ushbu xizmatdan talabalar HEMIS axborot tizimi orqali ham foydalanishlari mumkin.

❗️ Eslatma: Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. O'qishni tugatgan yoki talaba bo'lmagan shaxslar uchun stipendiya ma'lumotlari mavjud emas.

Stipendiya ma'lumotlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining UzASBO tizimi orqali olinmoqda.

👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
Forwarded from HEMIS STUDENT
#click | #zoomrad | #ttj | #raqamlashtirish

Siz Talabamisiz? Yotoqxonada turasizmi?

Endi, yotoqxona to'lovini onlayn to'lashingiz mumkin.

📱 To'lovlarini "Zoomrad" yoki "Click" mobil ilovasi orqali amalga oshiring!

📲 Buning uchun mobil ilovadagi "To'lovlar" sahifasiga kiring.

1️⃣ "Ta'lim" bo'limidan "OTM shartnoma to'lovi"ni tanlang.

2️⃣ To'lov turidan "Yotoqxona to'lovi"ni tanlang va JSHSHIR raqamingizni kiriting.

3️⃣ To'lov summasini kiriting va to'lovni amalga oshiring.

📌Agar sizning ma'lumotlaringiz to'lov tizimlaridan topilmasa, tahsil olayotgan oliy ta'lim muassasangizdagi "Talabalarni turar joy bilan ta'minlash" bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin!

👉 my.edu.uz portalining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
Forwarded from Edu.uz