Vatanparvar gazetasi
2.01K subscribers
2.46K photos
264 videos
8 files
1.74K links
O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Vatanparvar gazetasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Murojaat uchun: https://t.me/Vatanparvargaxatbot
Tel: (55) 511-25-91
(55) 511-25-81
Download Telegram
#Tarix

⚡️ MAHMUD YALAVOCH VA CHINGIZXONNING MOVAROUNNAHRGA YURISHI

Mahmud Yalavoch o‘z davrining ziyrak diplomati, zukko savdogari edi. Ikki buyuk hukmdor o‘rtasidagi elchining hayoti va faoliyati turli manbalarda turlicha ko‘rsatiladi. Ba’zi tadqiqotchilar fazilatlaridan qusurlarini, ba’zilari aksincha fikrni aytadi. U haqda xitoyshunos olim, tarix fanlari doktori Ablat Xo‘jayev batafsil ma’lumot to‘plagan, qiyoslagan va xulosalar qilgan. Olimning yozishicha, Mahmud Yalavoch ismi Xitoy manbalarida Maxama, Maxama Yalavachi, Yalavashi, Maxemodi-Xualashimi, Maxamu-Yalavachi deb ataladi.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/13896/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
#mutolaa

⚡️ KULAYOTGAN AYOL

Soli usta kecha qorong‘isida kelgan yot kishilarni xushlamaygina qarshiladi. Ularning kimligini, kimlarning himoyasida kelganini ham bir qarashda tushundi. Bir kun avval ishni ko‘rayotgan tergovchi sal uchini chiqargandek bo‘luvdi. Bular hargiz kishilar eshigida qora mehnat ortidan kun ko‘rib kelayotgan oila qizining barbod bo‘lgan taqdiriga qayg‘urib kelishmagan. Agar shunday bo‘lmaganida el ko‘zidan panalab, qorong‘ilatib kelmas edilar.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/13906/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
#mutolaa

⚡️ OTAMSIZ O‘TGAN TUN

Bu voqea yuz bergan yili avgust juda issiq kelgan edi. Yozning boshidan boshlangan qurg‘oqchilik esa dehqonning ko‘zini qonga to‘ldirgan. Birinchi marta otalar darg‘atning boshiga bolalarni qorovullikka qo‘yishga yuragi betlamay qolgandi. Suv talashib, kim kimning beliga ketmon bilan solar, boshqasi bo‘lsa shunchaki chavaqlab tashlar edi. Tomorqamizdagi ekinlarning qulog‘i filning quloqlariday shalpayib turardi. Egatlar yorilib-yorilib ketgan, bolalar yaxshi ko‘radigan bodringlar kampirga o‘xshab burishib qolgan edi.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/13901/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kembriya patruli - g‘alaba muborak | Cambrian patrol - congratulations on the victory

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Mutolaa uchun «VATANPARVAR» gazetasining 2023-yil 20-oktabr 42-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.

Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz telegraBm kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.

📌O‘qish uchun havola: https://online.anyflip.com/dwalh/arjc/mobile/index.html
📰 «Gazetalar sharhi» telegram kanali orqali mamlakatimiz davriy bosma nashrlarida e'lon qilinayotgan maqola va yangiliklardan boxabar bo‘lib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
⚡️ CHO‘QQIDA TOBLANGAN MATONAT

– Tog‘ sharoitida imkon boricha tevarak-atrofni o‘zgartirmaslikka, biror joyda bo‘lganligingizga ishora qiluvchi izlarni qoldirmaslikka harakat qiling, –deydi u. – Hid qoldirmaslik, tuzoqlarga imkon boricha qo‘l bilan tegmaslik, doim qo‘lqoplardan foydalanish, daraxtlarning yangi kesilgan joyini loy bilan suvab qo‘yish – bir so‘z bilan aytganda, har qadamda hushyor yurish zarur, – deydi u.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/13911/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
⚡️ “KALIBR”: ENG MOHIR OVCHILAR ANIQLANDI

“Kalibr” uzoq masofalarga o‘q otish klubi mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi hamda Mudofaa vazirligi tomonidan imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan ta’sis etilgan. Klubning tashkil etilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgan bo‘lmasa-da, uning faoliyati ancha sermazmun kechmoqda.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/13923/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
#ona_tilim

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter