Muzrabot tumani hokimligi Axborot xizmati
5.01K subscribers
34.3K photos
2.89K videos
82 files
10K links
Музработ туман ҳокимлигининг Матбуот хизмати расмий каналига қўшилинг ва туманда бўлаётган янгиликлардан хабардор бўлиб боринг👍

https://t.me/joinchat/AAAAAEnLfLFhbWlV9_Ne4w

Веб сайт: https://www.muzrabot.uz

Мурожаат учун: +998975525500
Download Telegram
Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.

Muzrabot tumani hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan “Siyosiy-maʻrifat soati”da Muzrabot tumani hokimlik apparat xodimlari ishtirok etdi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda YouTube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

✍🏻 Muzrabot tumani hokimligi
Аxborot xizmati

Kanalga ulanish⬇️


t.me/muzrabot_tuman

🌐Facebook Telegram 🌐 YouTube 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛡#cybermonth

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish - davr talabi

“Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida O‘zbeksiton Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi va Respublika Markaziy banki Kiberxavfsizlik markazi mas’ullari bilan kiberjinoyatlar va ularning oldini olish bo‘yicha suhbat qilindi.

Mas’ullar sodir etilayotgan kiberjinoyat turlari, sodir etish maqsadlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan soxta havolalar va zararli ilovalar haqida ma’lumot berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Ayni vaqtda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyamiz Xebey markazi Shijiazhuang shahrida bo‘lib turibdi. Bugun delegatsiya ishbu provinsiyadagi qator ishlab chiqarish kompaniyalari, xalqaro quruq port logistika markazlari hamda ilmiy va yuqori texnologiyalar parklari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, dori-darmonlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Shijiazhuang Dukang Medical Eqiupment Co., Ltd” kompaniyasiga tashrif buyurildi. Kompaniya o‘z faoliyatini 1992-yilda boshlagan bo‘lib, 14 turdagi dori vositalarini ishlab chiqaradi va dunyo bo‘ylab yetkazib beradi.

Shundan so‘ng, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi “Hebei Mengbang” kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi. Viloyatimiz rahbari kompaniya rasmiylari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda Surxondaryo viloyatida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun zarur sharoitlar va yetarli xom ashyo zaxirasi mavjudligini ta’kidlab, hamkorlikda yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

O‘z navbatida “Hebei Mengbang” kompaniyasi ushbu tashubbusga katta qiziqish bildirib, tomonlarning yetakchi mutaxassislari ishtirokida loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, delegatsiyamiz Shijiazhuang shahri xalqaro quruq portiga tashrif buyurib, logistika markazlari faoliyati bilan ham tanishdi. Xalqaro quruq port temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali mahsulotlarni nafaqat Xitoy, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlariga eksport qilishda muhim o‘rin tutadi.

Surxondaryo delegatsiyasining Xitoyga tashrifi ertaga Pekin shahrida davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X