MUZAFFAR VAKKOSOV
3.47K subscribers
451 photos
169 videos
39 files
292 links
📚 👉 t.me/muzaffar_vakkosov1
🎧 👉 t.me/mv_audiokitoblar

Hayotiy shaxsiy fikrlarim

Postlar mavzusi⬇️
💰 Iqtisodiy ilmlar
😇 Psixologiya
🏘 Sotsialogiya
🧑‍🎓 Umuminsoniy ta'limotlar
🕌 Diniy qarashlar
🪐 Ilmiy mavzular


Admin: @M_Vakkosov
Download Telegram
Marina Targakova. Ayol
<unknown>
🎧 Marina Targakova - Kuchli & Ojiza Ayol

@muzaffar_vakkosov1
Ba'zilar aytadi: "Islomda 8-mart joiz emas" deb.
Aslida islomda ayol kishiga sovg'a berish va kayfiyatini chogʻ qilish uchun biror kunni kutib o'tirish joiz emas!

Ya'ni, ayollaringizga har kunni bayram qilib bera olsangizgina asl islomga amal qilgan bo'lasiz.

Chunki ular oilalar farishtasidir. Haqiqiy oilaviy baxtga ham aynan o'sha farishtalarni baxtli qilish bilan erishiladi.

Har kuningiz bugundek bayram kayfiyatida o'tsin aziz Farishtalar!!! 🌺🌷💐❤️


#8_mart_bilan😊💐

@muzaffar_vakkosov1
📚 Kanalimizdagi Psixologiya va Salomatlilka oid bestseller kitoblar⬇️


📙 Champion Kurt Toych - IDEAL metod
40.000 🆕

📕 Marina Targakova - Kuchli & Ojiza ayol
50.000
🎧(audiosi) 15.000 🆕


📘 S.Lazarev - Ruhni shifolash
50.000 .
🎧 (audiosi) 20.000

📕 Liz Burbo - Kasalliklarning metafizik sabablari
70.000

📔 Liz Burbo - Beshta ruhiy jarohatlar (to'liq)
70.000 .
🎧 (audiosi) 30.000

📓 Mark Wolynn - Bu sizdan boshlanmagan
70.000
🎧 (audiosi) 30.000

📘 S.Voliniskiy - Kvant ongi
80.000

📙 Chakralar to'liq ensiklopediyasi
100.000 🤩


📂 elektron PDF formatda


📲 Murojaat uchun: @m_vakkosov

@muzaffar_vakkosov1
Musulmon ahliga poklanish oyi bo'lmish Ramazan oyi Muborak bo'lsin!!! 🌙🕌

Ushbu oyda nafaqat tanamizni balki, qalbimizni ham unga uygʻun holda poklay olish va Allohga qalban yanada yaqinroq banda bo'la olish har birimizga nasib etsin! 🤲



#ramazon_muborak🌙

@muzaffar_vakkosov1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asl ruhiy rivojga qalbni poklash orqali erishiladi.
Qalbni poklashga esa, tana va ongni uyg'unlikda poklash orqali erishiladi.

Demak ro'za tutish bu shunchaki "Hamma qilgani uchun men ham qilaman" degan amal darajasida qolmasligi kerak, chunki bu aslimizni topish va Allohga yanada yaqinroq bo'lishimiz uchun poydevor amaldir!

Poydevordan so'ng, Haqiqiy mustahkam devorni ham barpo etmogʻimiz uchun, Ongimizni ham poklamog'imiz zarurdir. Bunga erishish uchun esa, O'zimizni va hayotni anglatuvchi ilmlar va tushunchalar bulogʻidan ongimizni sugʻormogimiz kerak.

Ramazon oyida poklanish uchun qilayotgan amallari yanada samarali boʻlishini va haqiqiy ruhiy kamalotga erishishini istaganlar uchun, ushbu Yunus Emro serialini albatta ko'rib chiqishingizni tavsiya etgan bo'lardim.
Natijasini yakunda albatta sezasiz👍


"Yunus Emro" seriali barcha qismlari 👈


@muzaffar_vakkosov1
Genetik negativlardan tozalanish uchun eng samarali usul nima?


Kuni kecha menga shunday savol berishdi: "Genimizdagi ma'lumotlarni bizniki emasligini tushunish va ijobiy affirmatsiyalarni aytib yurish uni tozalash uchun yetarlimi? Va bundan yaxshiroq tozalanish uchun yana qaysi kitobni o'qishni tavsiya etasiz?"

Javob: "Ruhni shifolash" Kitobini o'qib chiqib undagi ilmlarni hayotingizga tadbiq etsangiz, ham shaxsiy, ham sulolaviy karmik informatsiyalardan poklanasiz!"


Gap shundaki, DNK informatsiyalari bo'ladimi yoki shaxsiy karmami bularni barchasining zamirida bir xil qonun buzilishi bor. Bu Allohning irodasidan o'z irodasini ustivor sanash, ya'ni taslimiyatsiz hayot kechirish oqibatidagi turli hayotiy jarayonlardan negativ his-tuygʻular va tajribalarni shakillantirishdir. Natijada bu tajribalar asosida tanamiz o'ziga hayotiy informatsiyalarni to'playdi.

Qachonki nimanidir qilishdan qo'rqish informatsiyasi bo'lsa buni, baribir bu dunyodagi hech bir narsa bizniki emasligini anglash orqali tozalash mumkin. Shunda o'zimizni DNKamizda ham va bizdan ko'payuvchi farzandlarimiz DNKsida ham bu ma'lumotlarni tozlagan bo'lamiz.

Buni har bir narsada ko'rishimiz mumkin. Hatto kasalliklarda ham. Chunki kasalliklar ham turli negativ his-tuygʻular oqibatida vujudga keladi. Demak sulolaviy kasalliklardan xalos bo'lish uchun ham. Biz Ajdodlarimizni Xudoga o'zini topshirolmaslik ongi zanjiridan chiqishimiz kerak.

Hayotni va o'zimizni asl mohiyatimizni anglab Yaratganning irodasini birlamchi ko'rib, dunyoga muhabbat bilan yashash natijasida ko'plab karmik informatsiyalardan poklana olamiz.
Sergey Lazarev kitoblari odamning aynan shunday ruhiy darajada poklovchi transformation kitoblardir!

Nasib qilsa, Lazarevning kasalliklardan xalos boʻlishda yordam beradigan yana bir kitobini tez orada siz azizlarga taqdim etamiz👍


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Stress paytida energiyaning katta, boshqarilmaydigan chiqishi sodir bo'ladi va o'zini o'zi saqlash mexanizmi bu juda katta yo'qotishni to'xtatishi kerak boʻladi. Bu nafaqat insonning o'zi, balki uning avlodlari uchun ham xavflidir.
Shuning uchun bolalari va nabiralarni qutqarish uchun odam yurak kasalliklari, insult, yurak xurujiga duch kelishi mumkin...

Salbiy his-tuyg'ular, tushkunlik, pushaymonlik va umidsizlik bilan bog'liq bo'lgan kichik, ammo doimiy energiya yo'qolishi ko'pincha saratonga olib keladi.
Saraton kasalligining eng yaxshi davosi bu iymon, optimizm va yaxshi tabiatlilikdir.

Dindor va axloqiy inson hamma narsa Haq taoloning irodasiga ko‘ra bo‘lishini tushunadi. Bunday odam vaziyatni ichki nazorat qilishga, boshqarishga urinmaydi. U intuitiv ravishda nima bo'lishini sezadi va kutilmagan hodisalarga tayyor turadi.

Iymoni bo'lmagan, yuzaki ongi ustuvor bo'lgan va o'zini o'zi haddan ziyod qadrlaydigan odam barcha mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi. U atrofidagi dunyoda sodir bo'layotgan hamma narsani - nafaqat tashqi, balki nozik tekislikda ham nazorat qilishga intiladi. Bu inson uchun imkonsiz vazifadir, chunki nozik tekislikdagi har qanday vaziyatni nazorat qilish butun olamni boshqarishdir.
Iymonsiz odamning ong ostiga kirish imkoniyati cheklangan. U nima bo'layotganini tushunmaydi, nima bo'layotganining haqiqiy rasmini ko'ra olmaydi.


Materialistik fikrlaydigan odam tibbiy kasallikning sabablarini chuqur o'rganmaydi, uning asosiy maqsadi kasallikni dushman sifatida yo'q qilish va tezkor natijaga erishish bo'ladi.

Kasallikni faqat tashqi darajada davolashga urinish, insonning ichki o'zgarishi va uning axloqiy rivojlanishiga e'tibor bermaslik, inson qalbining gunohlarga to'la boshlashiga olib keladi.
Agar kasallikning asosiy sababi bartaraf etilmasa, bu sabab keyinchalik yangi muammolarga olib keladi.


© Sergey Lazarev


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SMMchilar bormi? 🙋‍♂

Mebellar dokonini ijtimoyi tarmoqlardagi akkauntlarini rivojlantirishda ko'maklasha oladigan o'z ishini ustalari kerak.

Asosan Telegram, Instagram va YouTube akkauntlarini rivojlantirish kesak.
Shunday tanishlaringiz bo'lsa ushbu videoni jo'natib qo'ying.🚀

Namangan viloyati, Mingbuloq tumanidan yoki To'raqo'rg'on tumanidan bo'lsa ishlashimiz oson kechadi. 🤝

Murojaat uchun 📲 @m_vakkosov
Xalqimizni ongi rivoji va salomatligini yaxshilanishi uchun qilayotgan oz bo'lsada xizmatlarimiz kimlargadir manfaatli boʻlayotganidan juda hursandmiz. 😊🙏

Avvalo barchasi Allohdan. Biz bandalar shunchaki sababchimiz.

🤲 Duolaringizda Allohdan yanada ko'proq insonlarga ezgulik xizmatlarini qilishda kaminani sababchi qilishini so'rab turing!
InshaAlloh shunda millionlab insonlarga foydali odam bo'lish nasib etadi. 😊

@muzaffar_vakkosov1
Tengdoshlariga nisbatan tez qarib ketishni sababi nimada?


Atrofni kuzatsak, kimlardir o'z yoshiga nisbatan ancha qariroq ko'rinadi, kimdir esa, yoshroq. Ayniqsa yoshi taxminan 40 ga yaqinlashgan tengdoshlarni kuzatsangiz birini ikkinchisida yoshida katta farq bordek ko'rinadi. Chunki ular allaqachon hayotining yarmini katta va kurashga boy hayotda o'tkazgan bo'ladi.

Tana bu inson ruhiyatini o'zida aks ettiruvchi moddiylashgan kiyim misolidir.
Har bir inson hayotida ko'plab ijobiy va salbiy voqealaarni boshdan kechiradi. Agar qachonki, odam har bir voqelikka his tuygʻu darajasida tasirlanaversa, uning nozik qatlami yeriy jarayonlardan ortirilgan informatsion omborga aylanib qoladi. Bu ichki ombordagi tartibsizlik va negativlar keyin ruhiy holatni o'zida aks ettiruvchi tana hujayralarini shunga mos ravishda doimiy shakillantiririb boradi.

Har qanday biologik jarayonni hayotiyligi cheklangan bo'ladi. Shu qatori odam tanasining ham bosib o'tishi yo'llari cheklangandir. Qachonki odam qanchalik har bir jarayonga ta'sirlanaversa, u shunchalik hujayralarini hayotiylik davriyligini vaqt energiyasi ichida qisqartirayotgan bo'ladi. Qachonki odam hotirjam va negativ his tuygʻularga berilmay hayot kechirishni uddalasa, u hujayralarini hayotiylik bosqichlarini sekinlashtira oladi.

Buni elektron qurilmani ishlash davriyligiga ham qiyoslash mumkin. Agar uni tinmay ishlatsangiz tez buziladi. Agar ortiqcha yuklanishlarsiz ishlatilsa ko'p vaqt xizmat qiladi. Chunki vaqt bu nisbiy energiya. Hujayralarini yashash davriyligi ham, ularga berilgan vazifa va bosqichlarni qanchalik tigʻiz bajartirishga urinishimizga qarab, vaqt ichida qisqarishi va kengayishi mumkin.

Bu degani g'amlarsiz yashash bu hech nimaga urinmay, harakatsiz g'orga kirib yashash degani emas. Jarayonlarning Buyuk boshqaruvchisi bor ekanini anglagan holda asl bandalik darajamizni qabul qilishimiz kerak degani.
Qachonki asl Taslimiyatni anglasangiz. Endi siz g'ayratsiz va lanch bo'lib qolmaysiz. Aksincha endi avvalgidan ham kattaroq ishlarga qodir insonga aylanasiz. Chunki avval o'zingizdagi narsalarni "meniki" deb bilardingiz va boridan ham ayrilishdan qo'rib ko'plab ishlardan cho'chirdingiz. Taslimiyatga kirganingizda hayotingizdagi keskin oʻzgarishlar sizni havotirga solmaydi va hotirjam insoniyat uchun foydali ishlarni amalga oshira olasiz.

Qani endi anglasangiz edi, Taslimiyat bu ham uzoq umr, ham sog'liq, ham muvaffaqiyat, ham baxt, ham katta ishlar va uning ortidan keladigan katta pullar kaliti ekanini. Hayotingizni Xudo yaratgan tizimni o'zgartirishga urinib, U bilan kurashishga emas, Uning sevimli bandasi bo'lgan holda U istagan ezgulik ishlarini mazza qilib bajargan holda yashashga sarflardingiz!



#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Ego o'zi nima? U bizda qanday paydo boʻldi?


Bu savollarni o'zimga berib, tafakkur qilib ko'rganimda avvaliga ego bu o'zini himoyalash tizimi ekanini tushundim. Ammo hayvonlar olamiga e'tibor bersak insonlar egosidan ularniki farqli ekanini ko'ramiz. Ya'ni hayvoniy ego materialniyroq. Chunki ularda o'zini himoyalash tizimi qachonki o'ziga yoki o'ljasiga tashqi tarafdan jismoniy qarshi harakat boshlangandagina ishga tushadi. Insonlarda esa bu jismoniydan avvalroq boshlanadi.
Shu yerda yana bir narsani tushundim. Inson va hayvon ongidagi farq ulardagi egolar darajasiga ham ta'sir etadi ekan.

Kanalimizdagi ko'pchilikka sir emaski, uch oʻlchamli dunyodagi jarayonlar yuqori o'lchamlarning inson va hayvonlar ongiga information ta'siri orqali sodir etiladi.
Ammo hayvoniy ong va insoniy ongda sezilarli farq mavjudligi sababli, ya'ni inson ongi nisbatan nozik qatlamlarni anglay olishi sabab, insoniy ong uchun o'zini himoyalash tizimi jismoniy qarshilikdan avvalroq boshlanadi. Shuning uchun ham odam o'z egosini ko'rsatishi uchun unga jismoniy kuch bilan qarshilik qilish shart emas. Odamda o'zini himoyalash dasturi so'zlar va fikrlar darajasidayoq boshlanadi.

Odamlarning o'zaro munosabatlariga e'tibor bersangiz. Asosiy kelishmovchiliklar va janjallar aslida shunchaki suhbatlar davomidagi ikki insonning o'z egosini fikrlar darajasidagi qarshiligidan kelib chiqishini anglaysiz.
Demak ego bu mavjudotlikning o'zini o'zi himoyalash dasturi ekan, qachonki inson ongi ilohiylik mohiyatidan pastda mavjudodlik darajasiga yaqin bo'lsa uni ego dasturi osonlik bilan boshqaradi. Va o'sha inson darajasini yanada quyiga tushirishga majbur etadi.

Agar inson mavjudotlikdan ilohiylik darajasiga yuksalishni istasa, u egosini nazorat qilishni o'rganishi kerak. Shunda u atrofdan o'zini alohida hisoblaydigan va doimo kurashib yashaydigan himoyaviy ongdan, borliqqa ezgulik ulashadigan ilohiy inson darajasiga erisholadi.

Demak, angladikki, insoniy ong farishtalik ya'ni poklik ongi va quyi hayvoniy ong o'rtasidadir.
Ego yuqori poklik darajasida mavjud boʻlolmaydi. Uning maqsadi o'rta insoniy ongdagi odamlarni o'rta va quyi hayvoniy darajada ushlab turishdir. Shunday ekan yuksalishni istagan inson o'sha o'rta qatlamning, ya'ni insoniy ong qatlamining virusi bo'lgan soxta ego dasturiga berilmaslikka, aksincha uni ongidan butkul yuvib tashlashga urinishi kerak. Shunda odam "men"lik ongidan "birlik" ongiga chiqadi va atrofga doimiy ezgulik nurlarini tarqatuvchi farishta misoli odamga aylanadi.

#tafakkur_qiling


Quyida o'z egoingizni ko'rish va nazorat qila olishingiz uchun kengroq ma'lumotlar va sodda amaliyot beriladi. Albatta bajaring!
⬇️⬇️⬇️

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Ego o'zi nima? U bizda qanday paydo boʻldi? Bu savollarni o'zimga berib, tafakkur qilib ko'rganimda avvaliga ego bu o'zini himoyalash tizimi ekanini tushundim. Ammo hayvonlar olamiga e'tibor bersak insonlar egosidan ularniki farqli ekanini ko'ramiz. Ya'ni…
Amaliyot:

Yodingizdami? Yoshligingizda kimdir sizni haqorat qilganida yoki biror narsangizni olib qo'yganida, ota onangiz yoki boshqa yaqin insoningiz "nega jim qarab turding, unga unday demadingmi? bunday qilmadingmi?" deb sizni o'sha tajovuzkorlikka tajovuz bilan javob qaytarishingizga undashar edi?!

Yillar o'tgani sari ana shunday sizni sizga qarshi o'z egosini ishlatgan holda haqorat qiluvchilar yoki sizning mulkingizni olishga uringan tajovuzchilarga qarshi siz ham o'z himoya dasturingiz bilan, ya'ni Egoingiz bilan doimiy javob berishga o'rgatib kelishdi. Natijada bugun sizning ongingiz dunyoni ikki bo'lakka bo'lgan holda ko'rishga ko'nikdi. Bu "Men" va "Boshqalar" bo'laklaridir.

Biz qachonki atrofni "men va boshqalar" ongi darajasida ko'rar ekanmiz, bizning boshqalar bilan munosabatlarimizning asosiy qismida bizning Ego ustuvorlik qilaveradi.

Soxta ego, ya'ni faqat o'zini illyuziyaviy shaxsiyatini himoyalash dasturi asosidagi odamlarning o'zaro muomalalari sabab, hatto yaqin insonlar oʻrtasida ham juda koʻplab mojorolar deyarli har kuni vujudga keladi.
Ba'zida ko'ramizki, er va xotin, Ota-ona va farzandlar, aka-ukayu opasingillar ham aynan shu ego ortidan arzimas sabablar bilan jiddiy janjallashib ketishadi.

Ko'plab postlarda Ego bu Shayton energiyasi ekanini aytib kelaman. Chunki bu insonlarga o'z asliyatini anglashga hamda umumiy birlik ongi darajasida rivojlanishga imkon bermaydigan ongimizga kiritilgan virus dasturidir. Har birimiz o'z egoimizni va boshqalarni bizga nisbatan ishlatayotgan ego qurolini aniq koʻrishni, hamda unga ezgulik bilan javob qaytarishni o'rgansak. Ham o'zimizni, ham o'sha biz bilan munosabat qilayotgan odamni ezgulik ongiga olib chiqishga erisholamiz.

*Vazifa:
Bundan so'ng, sizni haqorat qilishga uringan, ya'ni shaxsiyatingizga tegishga yoki sizni siz qilmagan ishda ayblashga uringan odamga nisbatan negativ javob qaytarmaslikka intiling.
(Bu degani unga nisbatan g'azabingizni ichingizga yuting emas)
Egodan poklanishdan maqsad ichimizni kirlatmay yashashga oʻtishdir.
Ego yo'q - kirlik ham yo'q!
Chunki bizni ego kirlatadi.

Shunday ekan qachonki sizni negativga berilishga uringan odam bilan o'sha paytdagi vaziyatni huddi Ramayana filmidagi Ram va Ravanni jang maydonida bir biriga sehrli o'qlar otayotgan sahnasida tasavvur qiling.
Dev Ravan o'z negativi bilan otgan olovli o'qiga qarshi farishta Ram hotirjamlik bilan ezgulik duosi o'qilgan nurli o'q otadi. Har safar ezgulik o'qi devni negativ o'qidan ustun keladi.

Endi qachonki sizga ham kimdir o'z Egosi bilan negativ o'q otsa siz ham unga O'z egoingiz bilan qarshi o'q otishga urinmang. Buning oqibatida har ikki tarafning egosi yanada avj oladi va yuqoridagi postda anglaganimizdek bu vaziyatdagi odamlar quyiga, hayvoniy darajaga tushib ketadi.
Aksincha kimdir egodan kuchli bo'lgan ezgulik o'qi bilan javob qaytarsa vaziyat tezda yumshaydi va shahsiyat chegarasi birlikka rivojlanadi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Kibrlanish(ego) Xudodan uzoqlashishdir, Xudo esa sevgi va baxtning manbaidir.

Agar odam kibr(ego) kuchayishi tufayli Xudodan yuz o'girsa, uning qalbidagi muhabbat pasaya boshlaydi. Inson buni keskin his qiladi va u ichki azob-uqubatlarni his qiladi hamda, sevgini ehtiroslar bilan almashtirishga harakat qiladi.
Shuning uchun bundaylarda onanizm, alkogolizm, giyohvand moddalarni iste'mol qilish va qimor o'ynash istagi paydo bo'ladi.

Ko'pincha qalbida sevgi oz bo'lgan odamlar o'zlarining muhimligini isbotlash uchun boshqalarni kamsitadi va masxara qiladi va shu bilan o'zini saqlash instinkti g'alabasidan baxtni his qilishga urinadi.
O'g'irlik bilan ham xuddi shunday: o'g'irlik qilishga, boshqasidan biror narsa olishga muvaffaq bo'lgan kishi o'zini unga nisbatan boyroq his qiladi.

Inson baxtni yo Xudoga bo‘lgan muhabbat va intilishdan, yoki o‘z instinktlaridan, ya'ni o‘zini saqlash instinkti va nasl qoldirish instinktini ro‘yobga chiqarishdan his qiladi. Shuning uchun Xudoning sevgisini yo'qotgan sivilizatsiya tajovuzkor va nafsga moyil bo'lib boradi. Xudoga intilish kamayishi bilan urushlar va buzuqlik boshlanadi, bu esa instinktlarga sig'inishga dalolatdir. Keyin esa, tarixda ko'p bo'lganidek bunday sivilizatsiyalarni Ilohiy tomonidan yo'q qilinishi sodir boʻladi.


© Sergey Lazarev


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Juda koʻp ilm o'rganasiz, ko'plab kurslarda qatnashasiz, ko'plab kitoblar o'qiysiz. Lekin negadir bu o'rganganlariz hayotingiz uchun manfaat bermayaptimi? Negadir shuncha ilmga ega boʻlsangiz ham sizni ilmli inson sifatida koʻrib, gaplaringizni ijobiy qabul qilishmayaptimi?

O'zingizga tashqaridan nazar solib koʻring. Balki sizda "Men va Boshqalar" degan o'zingizga sezilmas dastur bordir?

Inson har qancha ilm o'rganmasin, agar uning qalbi "Biz" darajasiga kelmagan bo'lsa. U qabul qilayotgan ilmlar aql omborida to'planib, faqat uning "Men"ini rivojlantiradigan qurol aslahaga aylanadi xolos. Natijada u atrof bilan o'zini o'rtasiga yanada qalin devor qurib boraveradi.

Bunday, o'zi qalban hammaga birlasha olmagan odamni keyin, boshqalar ham qabul qila olmaydi. Boshqalarga o'rganganlarini yetkaza olmaydi. Chunki uning ilm ulashayotganidagi ongsiz darajasi: "Qaranglar, men senlardan ko'p bilaman" degandek harakat qiladi. Qalban "Biz" darajasiga erishgan inson boshqalarga ulashayotgan ilmlarini "Kelinglar birgalikda jannatiy bo'lamiz" deyotgandek darajada beradi. Shuning uchun ham u aytayotgan gaplari boshqa qalblarni zabt etoladi!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Hayotingizdagi muommolar sabablarini tezroq anglashni istasangiz: Dunyoni egasiga topshiring!


Ba'zida lichkamga hayotidagi ma'lum bir doimiy takrorlanuvchi hodisa yoki kasalliklarni sabablarini aniqlashga har qancha urinib, ko'plab kitoblarni o'qisa ham yoki kurslarga borsa ham, o'sha vaziyatiga baribir yechim topilmayotganini aytib, buning sababiga yengil borish va hal etish uchun nima qilish kerakligini so'rab yozishadi.

Aslida bu mavzuga yaqinroq postlarni ko'p yozganman. Ammo keling ushbu Postda bunday vaziyatlarni va ulardan chiqish yo'lini tub mohiyatini yanada soddaroq usulda anglashga urinamiz.

Doimo ma'lum bir illyuziya ichida bo'lgan ong, u illyuziyani yaratgan haqiqatni va undan tashqari qonunlarni anglay olmaydi. Va o'sha illyuziyaga hos tarzda doimiy harakatlanaveradi.

Kanalimizni anchadan beri kuzatuvchilar anglab yetishganki, uch o'lchamli jismoniy dunyo nozik qatlamlarning informatsion ta'sirida shakillanadi.
Insoniy ongning turli darajalari ham turli informatsion dasturlar bilan toʻldirilgan.

Bugungi kundagi psixologik ilmlar asosan ikkiga bo'lingan. Biri Shaxsiyatni rivojlantirish kerak desa, ikkinchisi undan kechish kerakligini aytadi.
Xo'sh shaxsiyat o'zi nima?

Odamlarni kuzatsangiz hammani dunyo va o'zi haqidagi qarashlari har xil ekanini koʻrasiz. Har bir odam o'sha ongidagi dunyoga nisbatan qarashlari asosida hayotidagi turli vaziyatlarda muhim bo'lgan qarorlarni qabul qilishadi.

Xo'sh nega o'sha vaziyatda aynan shunday qaror qabul qildi? degan savol ortidan tafakkur qilib ko'rsak. Aslida o'sha ongimizgdagi shaxsiyat illyuziyasi bu bizni missiyamiz taraf yetaklaydigan dastur ekanini anglaymiz.

His tuygʻular karmani yaratishi haqida yozgan edim. Keyin esa o'sha karmaga muvofiq taqdirimiz shakillanadi.
His tuygʻularga esa shaxsiyat illyuziyasida bo'lgan odam beriladi.
Demak biz o'zimizdan shaxsiyat illyuziyasini eritmagunimizcha bizni karmik taqdirimizga yo'naltiruvchi kuchlar (energiyalar) ongimizga vaziyatni mohiyatini anglash imkonini bermaydi.

Bular zanjir kabi bir biriga bogʻliq tizimdir. Bu tizimdan chiqish "menlik"ni eritib tashlash bilan bo'ladi.
Agar sizning hayotingizda siz istamagan vaziyatlar ko'p sodir boʻlayotgan bo'lsa, kelajakda ham bu takrorlanmasligi uchun vaziyatga nisbatan his tuygʻu darajasida negativga berilmaslikka harakat qiling. Va har handay hodisaga nisbata muhabbat bilan munosabatda bo'ling. Hamda qalban taslimiyatda bo'lib o'zingizni Alloh izniga topshiring. Shunda siz yeriy karmik zanjirdan asta sekin tozalanasiz. Va biroz vaqtdan so'ng ongingizdan ham sizga hozirgi vaziyatni anglashga imkon bermagan illyuziya yuviladi, hamda o'sha darajada bugungi vaziyatingizni sabab va qonunlarini anglay boshlaysiz!

Unutmang. "Bugungi vaziyatimni anglashim zarur" deb, faqat vaziyatni hal qilishga urinish uchun ilm izlash ham aslida shaxsiyat uchun harakatdir. Ya'ni Allohga erishish uchun izlanish emas. Shu sabab ham bundaylar har qancha tirashmasin, haqqatlarga erishishlari qiyin kechadi. Chunki poklanmaguningizcha sizni ongingizdagi illyuziyalar boshqaraveradi. Birlamchi maqsadni Allohni anglashga qarating. Shunda hamma narsani yengil anglay boshlaysiz!


Bu postni anglash sizga oson bo'lmagan bo'lsa qaytadan o'qib chiqing va #tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Bayramlar ko'p, lekin bu bayram huddi daraxtlarning bor goʻzalligini bahorda o'zida aks ettirgani kabi, millatimizni ham milliy ko'rinishiyu qadimdan davom etib kelayotgan an'analarigacha, milliy taomlariyu o'ziga hos odatlarigacha to'liq o'zida aks ettiradigan o'zgacha bir shukuxdagi bayramdir.

Aynan shu sabab bo'lsa kerak yangilanish va goʻzallashish fasliga milliyligimiz asliyatini hamohang etishlik, xalqimizning geniga ham singib, o'simliklarda bo'lgani kabi bahorda jo'sh urib to kuzgacha katta maqsadlar sari ishtiyoq ruhi o'z o'zidan yuksalishi. 🌱🌳

Barchamizga yangilanish va maqsadlarimiz uchun kuch quvvatga to'ldiruvchi kun Navroʻz olam Muborak bo'lsin aziz xalqim! 🌺🌾🌸

Alloh barchaga doimiy so'nmas ishtiyoq va harakatlarining natijasini barakali bo'lishini nasib etsin!

#navroz_muborak

@muzaffar_vakkosov1
Kanaldagi so'ngi bir necha kunlik "Sukunat"dan so'ng, anchadan beri bizni kuzatuvchi bir inson lichlamga: "Yugurishga tayyorlanyapsizmi?" deb yozib qoldi.

Avvaliga nega bunday deganini tushunolmadim. Keyin esladimki, taxminan bir yil avval ham shunday to'xtalish bo'lgan va o'shanda "Men sizlarga xizmat qilishda to'xtamayman, faqat sekinlashim mumkin, bu esa aslida yanada tezlashish uchun tayyorgarlikdir. Avval yurgan bo'lsam endi yuguraman!" deb aytgan ekanman. Va o'shandan so'ng kanaldagi postlarni darajasi ham ancha yuksalgan ekan.

Aslida hozirgi to'xtalishga asosan shaxsiy ishlar sabab edi. Ammo bu vaqt davomida siz Azizlarga manfaatli xizmatlar qilishni shunchalik sogʻindimki, menda o'z o'zidan yangi darajadagi proyektlar g'oyasi uygʻona boshladi.
Shunda faoliyatdagi ishtiyoqni yanada yuqori darajaga chiqarish uchun ba'zan odam undan bir muddat uzoqlashib turishi ham foydali bo'lishini tushundim.
Agar sizda ham qilayotgan ishlaringizda bir xil temp yoki ishtiyoqni sovishi kuzatilayotgan bo'lsa, buni amalda qo'llab ko'rishingizni tavsiya etaman.
Siz: "Unda ishimni butkul tashlab qoʻyamanku?" deyishingiz mumkin, ammo agar ishingizni qalban sevsangiz, bu uzilish aksincha ishingizga nisbatan sogʻinch va yangi darajadagi ishtiyoqni uygʻotadi xolos! 👍


Xullas kanaldan uzoqlashmang. Endi biz yanada yuksalamiz. 💪

Tez orada bizni nafaqat yanada yuqori darajadigi borliq sirlarini ochib beruvchi postlar, balki yana yangi-yangi ruhiy rivojlanish bo'yicha kitoblar, hamda yangi onlayn va offline proyektlar ham kutmoqda!! 🔥


Siz kaminadan ko'proq nimalarni kutmoqdasiz?!😊


@muzaffar_vakkosov1
Asl o'zingizni topish.


Quyidagi kichik praktikani bajarish orqali ushbu postni mohiyatini anglashingiz osonroq bo'ladi:
Hech kim halal bermaydigan, tinch joyga o'tirasiz va yerdagi tajribalaringizga bogʻliq hech bir hissiyotni tuymaslikka, hech bir fikrni o'ylamaslikka harakat qiling. Huddi siz hech qachon yerda boʻlmagansiz va bu sayyora haqida ham umuman eshitmagansiz. Agar siz buni uddalay olsangiz ongingiz bo'shliqqa tushadi. Chunki sizda boshqa sayyoralardagi hayot qanday bo'lishi haqida ham deyarli tushuncha yo'q. Ya'ni shunday holatda boʻlishingiz kerakki, siz sayyorlarga bogʻliq mavjudot emassiz.

Bu holatga kirganingizda yer sizga huddi hech qachon ichiga kirib ko'rmagan biror bir tashkilotdek tuyuladi. U yerni o'z boshqaruvchilari va ishchilari bor. Siz esa ularga aloqador emassiz.
Xo'sh unda bu holatda siz kimga aloqadorsiz, ya'ni bunday yerga bogʻliq bo'lmagan muallaq holatingizda kim sizni nazorat qiloladi? Shunda yanada yuqoriroq Kuch bilan siz yolgʻiz qolganingizni anglaysiz.

Siz va Xudo!

Qachonki yeriy energiyalar ongimizni nazorat qilib bizni doimo boshqarar ekan. Biz Xudo bilan yolgʻiz qola olmaymiz!
Buni boshqacharoq anglash uchun shunday qiyoslash mumkin:
Nafs bu Tuman hokimligi.
Ego esa Viloyat hokimligi.
Siz ularni nazorati ostidagi quyi lavozimli odam bo'lsangiz. To'g'ridan to'g'ri Prezident bilan muloqot qilish imkoniga deyarli erisholmaysiz.

Yerga bogʻliq energiyalar illyuziyasi bizni doimo ularni ta'sirida boʻlishimizga undaydi va shu illyuziya ichidagi "soxta men"imizni bizga yaratib beradi. Biz o'sha "men" orqali yerdagi jarayonlar ichida yonib kuyib, Ilohiy tarafidan berilgan hayotiylik energiyamizni o'zimiz anglamagan va bizga aslida kerak boʻlmagan nimalargadir sarflab yurib yashab o'tib ketamiz.

Yuqoridagi kabi holatni doimo ongimizda ushlab turolsak, nafs va ego bu asl o'zligimiz emasligini, ular faqat bizni boshqa kuchlar manfaatlari uchun xizmat qilishga majburlashini anglab yetsak. Yeriy jarayonlar va energiyalar endi bizni boshqarolmaydi.
Hamda bizning yerdagi faoliyatimizda yeriy kuchlar emas, faqat tog'ridan to'g'ri ilohiy istakni bajarish birlamchi bo'ladi va doimo yer uchun ezgulik ishlarini qilib yashaydigan holatga kelamiz.

Bunday ongga erishgan insonni yeriy illyuziya va jamiyat dasturlari ostida chang bosib yotgan ichki asl xohish va iqtidorlari ham qaytadan kurtak ochadi, hamda sekin asta o'zi mazza qilib bajaradigan ishlarni hech nimadan cho'chimagan holda atrof muhit uchun ishlatishni boshlaydi. Undagi energiya oqimi ilohiydan olinib, ezgulik ishlariga to'g'ridan-to'g'ri oqqani bois, unda katta ichki energiya balansi doimo saqlanib qoladi. Hatto atrofdagilar uni qo'llamasa ham, unga qarshi turishsa ham yuqori energiyali inson sifatida qola oladi. Bunday insonlar, xizmatlarini egosi va nafsi uchun qilmagani bois yer uchun xizmatlari ilohiy valyuta orqali hisoblanadi va yuqori ilohiy qonunlar asosida katta moddiy oqimlar ham ular taraf yo'naladi.

O'zingizga savol bering. Siz kimsiz?
Nafsingizmi? Yoki Egoingiz?
Qaysi biri sizni hayotiy jarayonlardagi qarorlaringizda ustuvorlik qiladi?
Ezgulik ishlaringiz hayotingizni necha foizini egallaydi?

Shunda anglaysiz. Nega o'zingizndan qoniqmasligingiz va baxtni doimo his etolmasligingizni. Chunki siz aslingiz bo'lib deyarli yashamaysiz!



#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1