Mutolaa sehri
1.39K subscribers
309 photos
114 videos
1 file
643 links
📖“Birga kitob o‘qiymiz”
__
❗️O‘qib, ta’sirlangan asarlaringiz haqidagi fikrlaringizni kanalimizda bo‘lishing, toki bu boshqalarning ham shu kitobni o‘qishiga sababchi bo‘lsin!

📧Bog‘lanish: @Maktub_yozing_bot
🗯 Guruh: @kitobxonlar_klubi1
Download Telegram
Said Ahmad O‘lmas Umarbekov asarlari haqida

O‘lmasning bu romanini qo‘limga olganimda ko‘nglim allanechuk bo‘lib ketadi. O‘t-olov bolaligim, to‘polonchn yoshligim, kanotli o‘spirinlik yillarim birdan lop etib ko‘z oldimga kelib, turib oladi. Faqat nurdan, faqat ohanglardan yaralgan ishq deb atalmish yigitlik tonglarimni ko‘raman. Istiqbol dardida o‘rtangan kechalarim ko‘z oldimga keladi... «Odam bo‘lish qiyin» kitobi menda ana shunday hislarni uyg‘otdi.

Ajab, keksalik bekatidan turib yoshlik ko‘chalariga boqish, olisda qolgan tug‘yonli bolaliklarni kayta uyg‘otish, bir on bo‘lsa-da o‘sha yoshlik havosidan nafas olish, tangadek poshna izlari tushgan so‘qmoqlardan xo‘rsinib- xo‘rsinnb kezish, ko‘z yoshlari-yu, yolvorishlarni bir daqiqagina tiriltirish... Bu bir orzu, xolos. Endi ular kitoblarda, shoirlarning nazmida, bastakorlarning dilni o‘rtovchi kuylarida qolgan.

«Odam bo‘lish qiyin» romani ana shunday beg‘ubor tuyg‘ular dostonidir. Ko‘limda bu romanning uch xil bosmasi turibdi. Biri «Yashil yulduz» nomi bilan bosilgan Moskva nashri, biri Bolgariyada nashr qilingan «Zelenata zvezda» nashri. Kecha Belorussiyadan, Ukrainadagi, oldingi kuni Latviyadan «Odam bo‘lish qiyin»ni nashrga tayyorlanayotgani to‘g‘risidagi xabar keldi.

Men romanning birinchi nashriga kichkinagina so‘z boshi yozganimda sharafli unvonga loyiq ekaniga quvongan edim. «Sevgim-sevgilim» qissasi O‘lmasning adabiyotimizga dadil kirib kelayogganiga kafil bo‘lgan edi. Bu orada u «Kimning tashvishi yo‘q», «Jo‘ra qishloq», «Yoz yomg‘iri» kabi nihoyatda yaxshi qissalari bilan o‘z o‘quvchisini topdi, mehrini qozondi. O‘lmas «Yoz yomg‘iri» qissasi bilan yana bir pog‘ona balandga chiqib oldi. Bu qissa qo‘lma-qo‘l bo‘lib o‘qildi.

Bu kitob O‘lmasning birinchi yirik asari. Nainki yosh adib, hatto yetuk, katta-katta asarlar bilan nom qozongan adiblar xam roman yozish oldidan qayta yosh yozuvchi holiga tushadilar. Roman yangi olam, yangi to‘qnashuvlar, yangi taqdirlarga yozuvchini duch qiladi. Adibda jur’atsizlik, bir oz qo‘rqish tabiiy bir hol. O‘lmas ham bu xislatlardai xoli emas, albatta. Boshida andak qo‘rqoqlik qilib turgan yosh adib sahifalar o'sha kuch yig‘adi, dadillashadi, yaratayotgan kishilarining qiyofalarini aniq ko‘ra boshlaydi. Oyoq ostiga to‘kilgan tol bargidan tortib tarnovga qo‘ngan musichaning erinib ku-ku-lashigacha nazaridan qolmaydi.

O‘quvchi u yozayoggan manzaralarga, odamlarning xatti-harakatlariga ishonadi. Chunki O‘lmas yozayotgan ob’yektni ko‘rib turadi. Ko‘rib, keyin yozadi. «Odam bo‘lish qiyin» romanining qahramonlari O‘lmasning o‘rtoqlari, maktabdoshlari, kursdoshlari. Tasvirlangan manzaralar uning ko‘chasi, yurgan yo‘llari.

1958 yilda Toshkentning hozirgi «Rossiya» mehmonxonasi tushgan yerda pastqam bir uy bo‘lardi. Uning taxta devori orqasidagi yog‘ochga bir oyog‘idan boylangan burgut qo‘nib turardi. Men tramvayda o‘tayotganimda o‘sha burgutni ko‘rardim. O‘lmaslarning uyi shu ko‘chaning sal narirog‘ida edi. Romaida oyog‘idan boylangan burgut tasvirini o‘qib, o‘sha burgugni esladim. Keyin bilsam, O‘lmas xuddi o‘sha burgutni tasvirlagan ekan.

Roman qahramoni Abdulla menga O‘lmasning marhum do‘sti, talantli rejissyor Damir Shokirovni eslatadn. Abdullaning ko‘p xislatlarini, tashqi qiyofasini Damirdan olganga o‘xshaydi.
Gulchehra yashagan qishloq menga Qo‘qonning yuqorisidagi Uch ko‘prik qishlog‘ini eslatadi. O‘lmas shu qishloqqa ko‘p borardi. Har yili Farg‘ona safarida bu qishloqlardan o‘taman. Nazarimda, shu joylarda Gulchehra qo‘ltig‘ida bir o‘ram karton bilan aylanib yurganga o‘xshab ketadi. O‘zbekiston rayonidan to Furqat stansiyasigacha ketgan asfalt yo‘l chetidagi ajib xushmanzara binolar Gulchehra tuzgan loyiha asosida qurilgandek ko‘rinadi.

Xullas, men O‘lmasning bu romanidagi barcha qahramonlarini taniyman, tasvirlagan manzaralariii ko‘raman. Shuning uchun ham bu kitob meтga qadrdon, sevikli, ardoqlidir.

Said Ahmad, 1974-yil

💬📹📹@mutolaa_sehri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10 - aprel — Abdulla Qodiriy(1894 – 1938) tavallud topgan kun

XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Musulmon maktabida (1904—06), rus-tuzem maktabida (1908-12), Abulqosim shayx madrasasida (1916—17) ta’lim olgan.
Moskvadagi adabiyot kursida (1925—26) o‘qigan. Eski shahar oziqa qo‘mitasining sarkotibi (1918), «Oziq ishlari» gazetasining muharriri (1919), Kasabalar sho‘rosining sarkotibi (1920), «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan va tahrir hay’ati a’zosi (1923—26). «To‘y», «Ahvolimiz», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi she’rlari, «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz» hikoyasi yozuvchining dastlabki asarlaridir (1914-15).

Romanlari:
▪️"O'tkan kunlar" (1924-26),
▪️"Mehrobdan chayon" (1929).

Qissasi:
▪️«Obid ketmon» (1934)

Dramasi:
▪️"Baxtsiz kuyov" (drama)

Hikoyalari:
▪️"Uloqda" (1916),
▪️"Jinlar bazmi"
▪️"Qiyosh bilan ham kurashaman" (1932),
▪️«Kalvak Maxzumning xotira daftaridan»,
▪️«Toshpo‘lat tajang nima deydir?» (1920) va b.

Tarjimalari:
▪️Abdulla Shunosiyning «Fizika» (1928),
▪️N. V. Gogolning «Uylanish» (1935),
▪️A. P. Chexovning «Olchazor» (1936).

Abdulla Qodiriy 1926 yilda «Mushtum»da bosilgan «Yig‘indi gaplar» maqolasi tufayli qisqa muddat qamalgan. 1937 yilning 31 dekabrida esa «xalq dushmani» sifatida ikkinchi bor qamoqqa olinib, 1938 yil 4 oktyabrda Toshkent shahrida otib tashlangan .Uning asarlari 1956 yildan boshlab oqlangan.
Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati (1991), «Mustaqillik» ordeni bilan mukofotlangan (1994).(#bugun #kuntarixi)

💬📹📹 @mutolaa_sehri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗓 #bugun #kuntarixi

12 aprel — yozuvchi Murod Muhammad Do‘st tavallud topgan kun

Murod Muhammad Do‘st 1949 yil 12 aprelda Samarqand viloyatining Jom qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning tarix fakultetining falsafa bo‘limini tugatgan (1971). Moskvadagi Adabiyot institutida o‘qigan (1974 — 79). Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Qaydasan, quvonch sadosi?» (1976). Shundan keyin "Mustafo" (1977), "Bir toychoqning xuni" (1979), "Galatepaga qaytish" (1983), "Dashtu dalalarda"(1987) singari hikoya va qissalari nashr etilgan. "Lolazor" (1988) romani muallifi.
Asarlari asosida badiiy filmlar suratga olingan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1990).

💬📹📹 @mutolaa_sehri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15 апрель — Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари туғилган кун

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари 1952 йил 15 апрелда Андижон вилоятида таваллуд топган.
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари Бухоро шаҳридаги “Мир Араб” мадрасасида, сўнгра Тошкентдаги имом Бухорий номли Ислом олий маъҳадида таҳсил олган.Олий маъҳадни битиришлари биланоқ “Совет шарқи мусулмонлари” журналида ишладилар. Ўрта Осиё ва Қозоғистон мусулмонлари диний идораси Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларини чет элга, яъни Ливия Араб Республикасининг Триполи шаҳридаги Исломий даъват факультетига ўқишга юборди. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари мазкур факультетни 1980 йил имтиёзли тамомлаб, юртга қайтдилар.
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари диний идоранинг 1989 йилда бўлиб ўтган Умумий қурултойида Ўрта Осиё ва Қозоғистон мусулмонлари Диний идораси муфтийси лавозимига тайинландилар. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари мустақил Ўзбекистон Республикасининг биринчи муфтийси бўлдилар.
Шайх ҳазратлари Маккаи Мукаррамадаги “Бутун Дунё Ислом Робитаси”нинг таъсис мажлиси, Бутун дунё тасаввуф уюшмаси, Бутун дунё Исломий халқлари бошқарувининг бош котибияти, Бутун дунё даъват уюшмаси, Бутун дунё Уламолари кенгаши уюшмаси, Исломобод шаҳридаги Бутун дунё Ислом уюшмаси, Маккаи Мукаррамадаги Бутун дунё мутафаккир уламолари йиғинининг ижроия қўмитаси, Бутун дунё масжидлар уюшмаси, Иорданиядаги Оли Байт муассасасига қарашли Исломий фикрлар академияси аъзоси эдилар.
Шунингдек, Шайх ҳазратлари Миср Араб Республикаси, Ливия Жамоҳирияси ва Россия федерациялари каби қатор давлатларнинг фахрий унвон ва мукофотлари билан тақдирланганлар.
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари 100 дан ортиқ маърифий китоблар муаллифи, бир қатор диний китоблар таржимонидир. У кишининг
islom.uz сайти ва "Hilol" нашриёти халқимизга хизмат қилиб келмоқда.
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари 2015 йил 10 март куни Тошкент шаҳрида вафот этганлар.

Таржима ва китоблари: (apk)
▪️"Тафсири Ҳилол"
▪️"Зикр аҳлидан сўранг"
▪️«Ҳадис ва Ҳаёт» (37 жуз)
▪️"Ислом тарихи" (2та китоб)
▪️"Бахтиёр оила"
▪️"Мукаммал саодат йўли" ва б.

Ўзбек халқининг атоқли фарзанди, етук аллома, фазилатли шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг ибратли ҳаёт йўли ҳақидаги «Исломга бағишланган умр» номли ҳужжатли филм.

1-қисм | 2-қисм
___
📖 @mutolaa_sehri
“Buyuklarning bolaligi” haqida

Ba’zida biz buyuk insonlarning hayoti haqida gapirganda, ularning yutuqlari, kashfiyotlari yoki dunyoni o‘zgartirgan g‘oyalari haqida to‘xtalamiz. Lekin ularga bu darajaga yetish yo‘lida yo‘ldosh bo‘lgan bolalik yillari haqida kamdan-kam o‘ylaymiz. “Buyuklarning bolaligi” nomli kitob esa aynan shu jihatga urg‘u beradi. Kitobni o‘qib shunday xulosaga kelasizki, har bir buyuklik – orzu, beg‘uborlik va oddiy bolalikdan boshlanadi.

Faxriddin Sodiq tomonidan tuzilgan ushbu 440 betlik kitobni Info Capital Books nashriyoti chop etgan. Asar qadimgi Misr malikasi Nefertitidan boshlab, zamonaviy ixtirochi va milliarder Ilon Maskgacha bo‘lgan 70 nafar buyuk insonning bolalik portretlarini chizib beradi. Sahifalarda Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Amir Temur, Leonardo da Vinchi, Nikola Tesla, Mahatma Gandi, Valt Disney, Koko Shanel, Jeff Bezos kabi tarixda iz qoldirgan siymolarning ilk qadamlari, orzulari va qiziqishlari haqida o‘qiysiz.

Menga kitobning olgʻa surgan eng gʻoyasi yoqdi. Bu gʻoyani bir gap bilan mana bunday ta’riflash mumkin: “Buyuklar tug‘ilmaydi – ular tarbiyalanadi.” Har bir bolada buyuklik urug‘i bor, faqat uni vaqti-soati bilan parvarishlash kerak. Bu fikr ayniqsa, ota-onalar, ustozlar, tarbiyachilar va yoshlar uchun juda muhim. Chunki har bir hikoya — real misol, har bir sahifa — saboq.

Kitob nafaqat tarixiy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unda har bir buyuk shaxs hikoyasi o‘ziga xos mini-biografiya tarzida yozilgan: bolaning oila muhiti, ilk qiziqishlari, duch kelgan qiyinchiliklari, muvaffaqiyatsizliklar va ularni yengib o‘tgan sabr-toqatlari haqida qisqa, ammo(ayniqsa bolalar koʻnglida) chuqur taassurot qoldiradi.

Kitob bizga bolalik — hayotning shunchaki bir bosqichi emas, balki kelajakni belgilovchi asosiy poydevor ekanini eslatadi. O‘qirkanman hayollar olib qochadi: ehtimol, bu kitobni ayni damda siz o‘qiyotgan bo‘lsangiz, siz ham kelajakdagi buyuklardan birini tarbiyalayotgandirsiz?!

Agar siz ham farzandingiz yoki o‘quvchingizga “buyuklik” tushunchasini tushunarli, qiziqarli va hayotiy misollar bilan yetkazmoqchi bo‘lsangiz — bu kitob sizga katta yordam beradi.

Kitobdan keyin oʻquvchi o‘ziga savol beradi: “Men ham buyuk odam bo‘lishni orzu qilgan edim… balki hali ham kech emasdir?”

Ha, bu kitob orzu qilishga undaydi. Va har bir orzuga yetaklaydigan yo‘l bolalikdagi ishonchdan boshlanishini yana bir bor yodimizga soladi.

🪶Hamid Sodiq
💬📹📹@mutolaa_sehri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#men_izlagan_kitob

🪶Muallif: Muhammad Amin Muhammad Yusuf
📚 Kitob nomi: Islomga bag'ishlangan umr
✅️Sotib olaman, yoki biror kitobga almashaman.

📧 Bog‘lanish: @k_aslonov
___
💬📹📹@mutolaa_sehri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Atham Sharqoviy: "Qalbi singanlarga"

“Alloh bu dunyoni imtihon dunyosi qildi, mukofot dunyosi emas.”

Bu jumla men uchun yangi bir qarashni ochdi. Hayotdagi barcha sinovlar, og‘riqlar bizni mukofot olish uchun emas, balki o‘zimizni tushunish va yaxshilash uchun berilgan. Bu dunyo haqiqatan ham imtihon dunyosi ekan, va har bir sinov bizni yaxshiroq inson qilish uchun yuboriladi.

"Qalbi singanlarga” — bu kitob o‘zini yo‘qotgan, ichki kurashlarni boshdan kechirgan, hayotida yengilmas musibatlar bilan yuzlashgan har bir kishiga mo‘ljallangan. Bu kitob o‘quvchini kuchliroq va sabrliroq qilishga, o‘zining haqiqiy maqsadlarini tushunishga undaydi. Har bir inson bu kitobdan o‘ziga kerakli darsni olishi mumkin. Har bir sinov bizni kuchliroq qilishga yordam beradi.

1⃣. Yordam so‘rash – ojizlik emas, ammo har doim insondan emas, Allohdan kutish kerak.

"Insonlardan emas, Robbingdan so‘ra. Inson yolg‘iz qolar, Alloh esa hech qachon tark etmas."

2⃣. Har qanday azob ortida bir donolik bor. Hatto Payg‘ambar (s.a.v.)ning ham dardlari bo‘lgan.

"Alloh menga yuborish uchun sendan boshqa odam topa olmadimi?" degan nolalar qalblarga o‘y bo‘ladi. Ammo orqasidan najot keladi.(Bu so‘zlar chuqur sinovdan o‘tgan qalblar uchun.)

3⃣. Inson qanchalik katta bo‘lsa ham, xato qilishi mumkin. Kichik xatolarni ko‘ra bilish – ulug‘lik emas. Kechira olish – buyuklik.

"Sulton Mahmud Gaznaviy katta g‘alabalarga erishgan bo‘lsa-da, xatolar qilgan. Ammo kechirim so‘ragan. Olloh pok qalbni yaxshi ko‘radi."

4⃣. Hammani rozi qilish imkonsiz. Insonning sanog‘li ayblari uni aslida komil qiladi.

"Seni hamma xislatlaring bilan rozi qiladigan kishi yo‘q. Bu dunyoda bo‘lishing o‘zi fazilat." (Bu so‘z ijtimoiy bosimlar ostida siqilayotganlar uchun najot.)

Kitobni barcha doʻkonlardan topasiz.

🪶Kitobxon xonim
💬📹📹@mutolaa_sehri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗓 #bugun #kuntarixi

🗓 23 aprel — Uilyam Shekspir (1564 - 1616) tavallud topgan kun

Shekspirning adabiy merosi she’riyat va dramaturgiya asarlaridan iborat. Adabiyotshunoslar Shekspirning dramaturgik ijodini 4 davrga bo‘lib o‘rganishni ma’qul ko‘radilar:

🕰 1-davr 1590-94 yillar::
🪶 «Tit Andronik» (tragediya),
🪶«Xatolar komediyasi» (komediya),
🪶«Qiyiq qizning tiyilishi» (komediya),
🪶«Genrix VI» (2-qism, 1590),
🪶«Genrix VI» (3-qism, 1591),
🪶«Genrix VI» (1-qism, 1592),
🪶«Richard III» (1593) xronika.

🕰 2-davr 1594-1600 yillar:
🪶«Richard II» (1595),
🪶«Genrix IV» (1-qism, 1597),
🪶«Genrix IV» (2-qism, 1598),
🪶«Yoz tunidagi tush»,
🪶«Venesiya savdogari» (1596),
🪶«Romeo va Julyetta» (1595),
🪶«Yo‘q joydan chiqqan g‘avg‘o» (1598),
🪶«O‘n ikkinchi kecha» (1600).

🕰 3- davr 1600-1608 yillar:
🪶«Yuliy Syezar» (1599),
🪶«Hamlet» (1601),
🪶«Otello» (1604),
🪶«Qirol Lir» (1605),
🪶«Makbet» (1606),
🪶«Antoniy va Kleopatra»,
🪶«Koriolan» (1607).

🕰 4- davr 1609-1613 yillar:
🪶«Genrix VIII» (1613),
🪶«Qish ertagi» (1611),
🪶«Bo‘ron» (1612).

Shekspirning o‘zbek tomoshabini tomonidan kashf etilishi 1935 yilda — «Hamlet» tragediyasining Hamza nomidagi drama teatri (hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatri)da sahnalashtirilishi bilan boshlangan. Shundan keyin O‘zbekistondagi o‘zbek va rus teatrlarida Shekspirning «Otello», «Romeo va Julyetta», «Yuliy Syezar», «Qirol Lir», «Koriolan», «Veronalik ikki yigit», «Qiyiq qizning quyilishi», «Yoz tunidagi g‘aroyib otlar» singari asarlari katta muvaffaqiyat bilan qo‘yildi. Shekspir asarlarini tarjima etishda Gʻafur Gʻulom, Yashin, Uyg‘un, Shayxzoda, Turob To‘la, Q. Mirmuhamedov kabi yozuvchi va tarjimonlar ishtirok etdilar. So‘nggi yillarda Jamol Kamol Shekspir asarlarini bevosita ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qildi. Cho‘lpon qalamiga mansub «Hamlet»ning tarjimasi esa o‘zbek tarjima san’atining shoh namunasi hisoblanadi. (Naim Karimov maqolasidan foydalanildi)

Siz Shekspirning qaysi ijod mahsullarini o‘qigansiz?

💬📹📹 @mutolaa_sehri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26 aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol (1938-2022) tug‘ilgan kun (#kuntarixi #bugun )

Jamol Kamol 1938 yil Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Buxoro pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan (1959). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limida mas’ul kotib (1970−72), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant va ilmiy xodim (1972−86) bo‘lib ishlagan.

Lirik she’r tuzilishi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borgan. G'afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir (1986−88), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1991−96) lavozimlarida xizmat qilgan.

📖 Tarjimalari:
▪️«She’riy san’at» (Bualo)
▪️«Shabihijron» dostoni (Baxtiyor Vahobzoda)
▪️«Masnaviyi ma’naviy» (Jaloliddin Rumiy)
▪️«Gulshani roz» (Shayx Mahmud Shabustariy)
▪️«Motsart va Saleri» (A. Pushkin)
▪️«Oltin tulpor» (Yan Raynis)
▪️ «Sichuandan chiqqan mehribon» (Bartold Brext) va boshq.


Jamol Kamol she’rlari rus, ingliz, fransuz, polyak, ukrain, turk, ozarbayjon, tojik va boshqa ko‘plab tillarga tarjima qilingan.

Siz shoirning qaysi kitobi yoki she'rlarini o'qigansiz?

💬📹📹@mutolaa_sehri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗓 #bugun #kuntarixi

26-aprel — O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

     Muhammad Yusuf 1954-yil 26- aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1998). Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan (1978).

Ilk she’rlar to‘plamlari:
    ▪️«Tanish teraklar» (1985).
    ▪️«Bulbulga bir gapim bor» (1987),
    ▪️«Iltijo» (1988),
    ▪️ «Uyqudagi qiz»,
    ▪️«Halima enam allalari» (1989),
    ▪️«Ishq kemasi» (1990),
    ▪️«Ko‘nglimda bir yor» (1991),
    ▪️«Bevafo ko‘p ekan»,
    ▪️«Yolg‘onchi yor» (1993),
    ▪️«Erka kiyik» (1995),
    ▪️«Osmonimga olib ketaman» (1998),
    ▪️«Ulug‘imsan, Vatanim» (2004) va b.

Shoir  2001-yil 31-iyulda Ellikqal’a tumanida vafot etgan.

Shoirning qaysi sheʼrlarini yoddan aytib bera olasiz?
___
💬📹📹@mutolaa_sehri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Amina Shenlikoʻgʻlining “Dor ostidagi odam” kitobini tamomladim. Kitobni oʻqir ekanman boshidanoq oʻziga jalb qildi. Undagi vaziyatlar odamni kitobga shoʻngʻitmasdan qoʻymaydi. Kulgili, qaygʻuli holatlarda beixtiyor vaziyatga qoʻshilib qoladi kishi. Xuddi oʻzi oʻsha muhitda turgandek. Yozuvchi ham dam kulib, dam yigʻlab yozgan ekan ushbu kitobni.

Islom tushunchasi notogʻri shakllangan qalbda iymondan qaytish boʻlishi aniq. Asar qahramoni Abuzar birgina kitob tufayli islomdan qaytib, ateizmni tanlagan boʻlsa, minglab kitoblarni oʻqib yana islomga qaytadi. Vadot esa Qur’on kurslarida oʻqib yurganiga qaramay, atrofidagi muhitni deb chirkin yoʻllardan ketadi. Boʻlma (qamoq) dagi 5 nafar insonning 5 xil hayotini oʻqir ekansiz, beixtiyor yigʻlash kerak bo’lgan joyda yigʻlab, kulish kerak boʻlgan joyda kulishga majbur qolarkansiz.

Asar oxiri meni juda ta’sirlantirdi. Va oʻzimga savol berdim: men ham Vadot tutgan yoʻlni tutarmidim? Ozodlikka chiqishga bir necha soniya qolganida oʻzimni oʻlimga mahkum qilarmidim? Ozodlikni salkam 10 yil kutgan boʻlsam, bir kungina gaplashgan shu odamga jonimni hadya qilarmidim?
Javobim esa: -yoʻq.
Oʻzimni aldashdan nima foyda? Men bunday qilolmasdim. Chunki Vadot his qilgan tuygʻularni his qilolmayman. Chirkin hayotdan chiqib ilk marta Islom bilan ziynatlanish, botqoqlikdan namozga borish, bir musulmon insonni hayotidan oʻzimga ibrat olish aslida nafsimga ogʻir kelarkan. Islom bilan ziynatlangan Vadotning qalbida nimalar kechgan boʻlsa-ya?

Esingizda boʻlsa, bir savol bergandim: imkoni boʻlganda qaysi asar qahramoni bilan suhbatlashgan boʻlardingiz deb? Shu savolni oʻzimga berdim va  Vadot bilan suhbatlashardim deb javob berardim. Oxirgi daqiqalarida nimani his qilyotganini, oʻlim farishtasi unga qay holatda kelganini, qalbidagi shahidlik huzuri qanday boʻlgani haqida soʻnggi daqiqalarini eshitgan boʻlardim.

Kitob juda ta’sirli, oʻqishimga sababchi boʻlgan insondan minnatdorman. Bu kitob hadya boʻlgandi menga. Kim kitob doʻkoniga tashlab ketganini esa haligacha bilolmadim. Niyatim, Alloh bir berganingizni ming qilib qaytarsin😊

🪶 Kitob qurti
💬📹📹@mutolaa_sehri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM