munfarid
1 subscriber
2 photos
1 video
68 links
Download Telegram
Forwarded from Дизайн
prt2 подкасталар:⤵️

Дунёвий илм олиш керакми?
«Қуръонда илм тоифага бўлинмаган!»

«Дунё илми охират илмининг бир қисмидир»


Аёл киши илмли бўлиши мумкинми?
«Саволни тўғри бера олинг».


5 омил улуғликка йетаклайди
«Инстаграммдан дароманд топмасангиз нимага кирайапсиз?»


Аёл нотиқ бўлса оила бахтли бўлади.
«Ақилли эмас, оқила бўлинг»


Аёлларга энг зарур бўлган илмлар.
«Аёлларнинг қўлидан тутиб, саодатли ҳацотгп йелтиб қўйадиган ҳодимларга муҳтржмиз»


Билган билан билмаганлар тенг бўлурми?
«Илм толиби энг қимматли нарса бу вақт»


4х4 | Мухим гаплар.
«Китоблар билан инсон минг йил хам йашаса бўлади»


Бизни қутқарадиган нарса - ИЛМ.
«Илмга мехр қўйишидаги роли ва хайот сабоқлари»


Илмга ташналик ва кўп китоб ўқиш
«Пок ақийда ва мусаффо исломга интилиш»


Аёл қачон бахтли бўлади?
«Аёлни турмушда нималар қийнайди?»


Илмдан тўсувчи асосий икки офат.
«Гунох, Лағу»


Қуръон барча қобилиятларингизни ривожлантиради.
«Қуръон таълимини тўғри бериш керак»


Хозир вақтинг бор.
@ustozatii
@dizayn_akmal
©olingan
worklife.
18 yoshdan beri ertalab to kechgacha shu monitor oldidaman, ishimni juda yoqtiraman. dasturchilar ruhan charchashadi, ertalab soat 9 dan kechgi 6-7 gacha miyani ishlatib muommoga yechim berish. lekin menda bo'yinda toliqish ko'p bo'ladi va albatta ko'zdagi muommolar(!). dasturchilar muommoga yechim bersa, sekin ishlayotgan servicelari (dasturlari deylik) tez ishlatsa mazza qilishadi kayfiyati ko'tarilib…


level up.
hayotda har doim rivojlanish, o’sish kerak, faqatgina moliyaviy jihatdan emas, balki professional va shaxsiy o'sish ham bo'lishi kerak: hard va soft skilllar ustida ishlash, backendda yanada chuqurlashuv, teaching/sharing, automatsiya va optimizatsiya...
Har bir "bug fix", har bir optimallashtirish — bu kichik g'alaba, lekin bu kichik yutuqlarga aldanmasdan har kun o'zingni tan olish, har kun nimanidir tushunib yetish va eng muhimi: o'zingni ortda qoldirish


main level up.
Inson sifatida...
axloq, qalb, niyat, bandalik... yaxshi inson
o'zingni ko'rsatishga emas, topishga harakat qil
Forwarded from Hubbuna
Haqiqiy muhabbat nikoh bilan tugamaydi, balki boshlanadi.

#Muhabbat #Nikoh

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Forwarded from Aziz Rahimov
Ba’zilar tepalikka yurayotgan bo’ladi

O’g’lim bilan samokat uchyapman. Pastlik va tekisliklarda oson uchib o’tdik. Tepalikka qiynalishni boshladi.

-Tepalikka chiqish qiyin bolam. O’sha kuch bilan chiqa olmaysan. Bu pastlikka tushish emas.

Tushuntirdim-ku, o’zim ham bir narsani tushunib qoldim.

Harakat = natija deb o’ylaymiz. Natijasizlarni harakatsizlikda ayblaymiz.

Ikkita odam bir xil harakat qiladi. Natija har xil bo’ladi.

Bizga ko’rinmaydigan joyi - kimnidur yo’li tekis, pastlik. Ozgina harakat bilan uzoqlarga yetib oladi.

Kimdadur tepalik. Kam harakat qilsa joyida turadi. Ko’p harakat qilsa - ozgina yuradi.

Daromadingiz yildan yilga faqat oshayotgani - O’zbekiston iqtisodi tez o’sayotganidan bo’lishi mumkin. [1], [2]

Kuzatuvchilaringiz ko’payib ketayotgani - instagramga 5 million yangi odam qo’shilganidan bo’lishi mumkin.

Sizni yuqori qadrlashayotgani - shunchaki yaxshi kadr yetishmayotganidan bo’lishi mumkin.

Tekis yo’lda tezlashib olishda muammo yo’q. Aqlli odam shunday qiladi.

Yurayotgan yo’lini tushunmagan esa - omad bilan erishgan narsasiga kibrlanib yuradi.

@azizrakhimov_blog
Forwarded from Aziz Rahimov
Bugun pontlar haqida gaplashamiz.

Ko'p maqtanaverish muammolarni berkitish uchun qilinadi yoki muammolarga olib boradi do’stlar.

Afinaning eng taniqli binolari Perikl davrida qurilgan. Qonli urush, ocharchilik, Grek imperiyasining qulashiga ham aynan u sababchi bo’lgan.

Hindistonda dunyodagi eng chiroyli deyilgan maqbara bor - Tojmahal. Uning qurilishi Shohjahon imperiyasini bankrotlikka olib borgan.

Luis XIV davrida Versalni kengaytirish, moliyaviy inqirozga, keyin esa Fransuz revolutsiyasiga ulanib ketgan.

Tadbirkor shaxsiy brendiga ko’proq vaqt ajratgani sari, jamoasi qiyinchiligi ortib boraveradi.

Ijtimoiy tarmoqda baxtli ekanligini eng ko’p gapiradiganlar, eng baxtsizlar bo’ladi.

Puli ko’pligini atayin ko’rsatayotganlar, asosan pulingizni olish uchun qilayotgan bo’ladi.

Ishlar ko’ringanidek emas. Boylar berkitadi, baxtlilar jim yuradi, qilayotganlar gapiravermasdan, qiladi.

Maqtaganni yuziga tuproq soching. Maqtangandan esa qoching. Ikkalovidan ham foyda topilmaydi azizlar.

@azizrakhimov_blog
Forwarded from Aziz Rahimov
Bulut kabi yig’laymiz

Bulutlarga qaraysiz. Yengilgina uchib yuradi. Bitta bulutning vazni kamida 500 000kg ligi bilib qolasiz. Shuncha vazni bilan qanday uchib yuribdi, hayron qolasiz.

Uni undan ham og’irroq havo ko’tarib turibdi. Biz ko’rmaymiz xolos.

Atrofimizda ham shunday. Katta ishlar qilayotgan liderning, ommaga ko’rinmaydigan jamoasi turibdi.

Tez ko’tarilayotgan yigitchaning, ommaga ko’rinmaydigan ajdodlari, ustozlari turibdi.

Kitob chiqargan akademikning, ommaga ko’rinmaydigan shogirdlari, yordamchilari turibdi.

Oson muvaffaqiyatdek ko’ringan ishda, ommaga ko’rinmaydigan qancha duolar, iltijolar turibdi.

Ostidagi havodan vazni ortsa bulut borini yo’qotadi. Buni yomg’ir deb ataymiz.

Xuddi shunday biz ham bizni ko’tarib turganlarni unutsak, kun kelib bulut kabi yig’laymiz.

@azizrakhimov_blog