Mo`minov Shukurullo | Portfolio
23 subscribers
19 photos
2 files
16 links
Backend Developer👨🏻‍💻
Python • Django • Telegram Bots • API
Portfolio & real loyihalar shu yerda
Download Telegram
Hackathon tajribam haqida

Yaqinda hackathonda qatnashdim. Jamoada backend dasturchi sifatida ishtirok etdim va loyiha pitchini o‘zim taqdim qildim.

50 ga yaqin jamoa ichidan kuchli 15 talikka kirib, final bosqichga yo‘l oldik.
Yakunida 6-o‘rinni oldik.

Bu men uchun oddiy natija emas edi.
Jamoa bilan ishlash, qisqa vaqt ichida yechim topish va sahnada loyiha himoya qilish — katta tajriba bo‘ldi.

Backend (AI yordami bilan ) tomoni bilan shug‘ullandim va vaqt bosimi ostida ishlash qanday bo‘lishini yana bir bor his qildim


Linkedin | Telegram
2❤‍🔥1👍1🔥1😍1
Yoshlar Texnoparkidagi tajribam 🚀

Yoshlar Texnoparkida tashkil etilgan Innox dasturida qatnashdim.
Bu yerda startap qilish bo‘yicha real amaliy ko‘nikmalar oldim 💡

G‘oyani shakllantirish, muammoni aniqlash, MVP qurish va uni taqdim qilish jarayonini boshdan o‘tkazdik.

Bu dastur menga faqat texnik emas, balki startap fikrlashni ham o‘rgatdi 📈

Backend yozish boshqa, mahsulot qilish esa butunlay boshqa jarayon ekanini shu yerda his qildim.

Linkedin | Telegram
3🔥2❤‍🔥1😍1
iBozor — ustida ishlayotgan startapim

Innox dasturi davomida shakllangan g‘oyalardan biri — iBozor.

iBozor — bozorlardagi rastalar to‘lovlarini avtomatlashtirish, savdogarlar va bozor ma’muriyati uchun vaqtni tejash hamda boshqaruvni shaffof va ishonchli qilish maqsadida yaratilayotgan startap.

Loyiha asoschisi sifatida jarayonni boshqaraman.
Hozircha backend qismini ham o‘zim ishlab chiqyapman.

Jamoamiz — Momentum Team:
Flutter dasturchilar va dizaynerlar bilan birga mahsulotni bosqichma-bosqich qurmoqdamiz.

Hozirda:
• Mobil ilova deyarli tayyor
• Web sayt deyarli bitgan
• Backend to‘lov tizimlari integratsiyasi bosqichida

To‘lov tizimlari bilan shartnomalar yakunlangach, mobil ilovani ishga tushirish rejalashtirilgan.

Bu loyiha men uchun shunchaki kod emas — real muammoni hal qilishga urinish.

Linkedin | Telegram
3❤‍🔥1🔥1😍1
iBozor Mobil ilovasi Backend qism bilan bog'lanmagan holda.

Ba'zi bir muammolar sababli Backend qismida kamchiliklari ustida ishlayapman.

Asosiy muammo Click, Payme, Paynet kabi to'lov tizimlari bilan integratsiya jaroyoni - bu esa loyihaning asosiy qismi.
2❤‍🔥1👍1🔥1😍1
base (4).apk
87.7 MB
2❤‍🔥1👍1🔥1😍1
Innox Demo Day — 2-o‘rin

iBozor loyihasi bilan Innox Demo Day bosqichida qatnashdik.

Startup ustida ishlash jarayonidan keyin sahnaga chiqib, loyihani pitch qilish men uchun alohida mas’uliyat edi.

G‘oya, muammo, yechim va biznes modelni qisqa vaqt ichida aniq yetkazish — oson emas ekan.

Natijada, iBozor Demo Day’da 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bu natija jamoaviy mehnatning samarasi.
Momentum Team bilan birga qisqa vaqt ichida real mahsulot darajasiga olib chiqdik.

Bu bosqich menga bir narsani yana bir bor ko‘rsatdi:
kod yozish muhim, lekin mahsulotni to‘g‘ri tushuntira olish ham shunchalik muhim.

Oldinda hali ko‘p ishlar bor.

Linkedin | Telegram
4❤‍🔥1👍1🔥1😍1
H va X imlosi — kurs davomidagi kichik loyiha

Codial akademiyasida backend kursi davomida kichik bir loyiha qilgan edik.

Loyiha mazmuni oddiy: matndagi “h” va “x” imlosini tekshirish.
Foydalanuvchi matn kiritadi va tizim noto‘g‘ri yozilgan joylarni aniqlaydi.

Kichik loyiha bo‘lsa ham, men uchun muhim bosqich edi.
Chunki aynan shu jarayonda backendni real ishlaydigan tizimga aylantirishni o‘rgandim.

Keyinchalik loyihani serverga joylab, ishlaydigan holatga keltirdim.
Deploy jarayoni, xatolar, sozlashlar — bularning hammasi alohida tajriba bo‘ldi.

Har bir katta loyiha kichik qadamdan boshlanadi.

🚀 https://himlo.pythonanywhere.com

Linkedin | Telegram | Github|
4👍2❤‍🔥1🔥1😁1😍1
Transferlar - Futbol

Hozirda boshlangan loyihamiz futboldagi transferlarni kuzatish uchun qilinayotgan sayt.

- Hozirgi bosqich django yordamida bazasini qurish va django admin yordamida ma'lumotlar to'ldirish.

- Keyingi bosqichda tayyor frontend qismini ulab backend qismini yanada rivojlantirish.

Linkedin | Telegram |
3👍2❤‍🔥1🔥1😍1
Mo`minov Shukurullo | Portfolio
iBozor Mobil ilovasi Backend qism bilan bog'lanmagan holda. Ba'zi bir muammolar sababli Backend qismida kamchiliklari ustida ishlayapman. Asosiy muammo Click, Payme, Paynet kabi to'lov tizimlari bilan integratsiya jaroyoni - bu esa loyihaning asosiy qismi.
Click bilan Shartnoma!

iBozor startap loyiham hozirgi boshqichda Click yoki Payme bilan shartnoma qilish qoldi.

2 xil yo'l bor oldimizda - osonroq Click bilan shartnoma qilish yoki umuman boshqa yo'lini qilib qo'ya qolish. Sababi Click shartnoma qilish uchun men yuridik shaxs bo'lishim kk. Mana sizga muammo! Hammasi moddiy muammo !

Lekin taslim bo'lish yo'q! HAMMASI OSON BO'LGANIDA HAMMA QILA OLARDI!!!

Linkedin | Telegram |
4❤‍🔥2👍2🔥1😍1
🚀Bugunga Insha Alloh 2 ta loyiha bilan tanishtiraman.

Loyihalar tayyor bo'lganiga ancha bo'ldi lekin nimagadir endi hostga joylab endi tanishtirish nasib qilgan ekan.
3🔥3👏2❤‍🔥1👍1
🚀Demak menda birinchi loyiha tayyor.

Bu loyiha rasmda ko'rib turganizday Yangiliklar sayti bu sayt asosan turli page va bo'limlar bilan ishlashdagi tajribamni yanada rivojlantirdi.

https://news2603.pythonanywhere.com/

Linkedin|Telegram||GitHub|
3❤‍🔥1🔥1👏1😍1
Demak menda 2-loyiham tayyor🚀

Bu loyihaga keladigan bo'lsak oddiy todo loyihasi faqat bunda e'tibor userlar bilan ishlashga qaratilgan bo'lgani uchun sodda loyiha qilishga kelishdik.

https://todo399.pythonanywhere.com/

Linkedin|Telegram||GitHub|
3👏2❤‍🔥1🔥1😍1