Mukhammadjon Muminov | Tech
64 subscribers
24 photos
1 video
5 links
Software Engineer | CE & CS

Blog: @mukhammadjons_blog
CT: @pip_sudo
Download Telegram
The Golden Circle!

What (NIMA) - dunyodagi har bir tashkilot NIMA qilayotganini biladi. Masalan, bu ular sotadigan mahsulotlar yoki xizmatlar bo’lishi mumkin.

How (QANDAY) - Ba'zi tashkilotlar esa buni QANDAY qilishlarini bilishadi. Bu ularning o'ziga xos qiladigan strategiyasi yoki raqobatchilardan ajratib turadigan narsalardir.

Why (NEGA) - judayam kamchilik tashkilotlar esa o’z mahsulot yoki xizmatlarini nima sababdan qilayotganini bilishadi. Bu yaxshi daromad qilish emas, balki bu kompaniyaning maqsadi, mavjudlik sababidir.

@mukhammadjon_tech
3
Ko'p muammolarni sababi stress.

Stress 2 xil bo'ladi

1. Pozitive stres (foydali)
2. Negative stres (zararli)

Tasavvur qiling.

🏔 O'rmondasiz, yolg'izsiz, qorong'udasiz. Daraxt o'rtida nimadur qimirlayapti shu payt avtomatik tarzda organizmda juda katta o'zgarishlar boshlanadi. Qon bosim oshadi, tomirlar tarranglashadi, katta miqdorda kortizol gormoni ishlab chiqarilishi boshlanadi. (Kortizol stress paytida ishlab chiqariladi). Buning eng katta sabablarida biri — siz o'sha payt nima qilishni bilmaysiz. Chunki daraxt ortida nima turganini bilmaysiz. U odammi, ayiqmi yoki bo'rimi yoki umuman boshqa narsami. Xuddi shu vaziyatda sizda negativ stress payti kuzatiladi. Bu stress imunitetni juda qattiq tushirib yuboradi, kasal bo'lishingiz, ovqat yeya olmasligingiz, kayfiyat qattiq tushib ketishi kuzatiladi. Kortizol miqdori oshishi — immunitet tushishiga olib keladi.

🐺 Endi qarasingiz daraxt ortida bo'ri ekan. Siz reja tuzishni boshlaysiz, yugursam yetib oladi, urushsam yutqazaman demak daraxtga yetib borib maksimal balandroqqa chiqishim kerak deb. Bu vaziyatda sizda aniq reja paydo bo'ldi. Sizda aniq maqsad bor. Endi daraxat tomon yugurishni boshlaganingizda esa organizmda bo'ya ishlab chiqarilgan kortizol dofamin gormoni ishlab chiqarilishiga yordam beradi, bu odamda motivatsiya paydo bo'lishiga olib keladi. Maqsadli stres organizmda noradrenalin gormoni ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Bu esa immunitetni qayta 100% tiklanishiga olib keladi. Bu pozitiv stres xisoblanadi. Bu odamga juda foydali.

Hozirgi kundagi har hil tadbirkorlar, mutaxassislar va frilanserlarda aynan birinchi turdagi stress kuzatilgani sababli ko'pchiligining doim kayfiyati o'zgarib turishi. tez-tez kasal bo'lishi, (emotional burn-out) bo'lishi va boshqa ko'plab muammolar kuzatiladi.

Maqsadsiz stress — zararli
Maqsadli stres — foydali

@mukhammadjon_tech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1🔥1
Frilanser uchun kerak bo'lgan eng qimmat 3 ta resurs

1. Vaqt — reja qilmasdan yotmang. Rejasiz uyg'onmang.

2. Energiya — Uyqu #1 energiya manbaasi. 5 soatdan ko'p lekin 9 dan kam bo'lishi kerak.

3. Fokus — Telefon "полёт" rejimiga qo'yasiz va har kuni eng kamida 4 soatdan deep work.

@mukhammadjon_tech
7🔥2
Maoshingizni oshirishning ikkita yoʻli bor:

1️⃣ Qadringizni tushirish

2️⃣ Qadringizni oshirish

Qadringizni tushirish.
Rahbaringizga oʻz muammolaringizni aytib, oyligingizni koʻtarib berishini iltimos qilasiz. Agar uning kayfiyati yaxshi bo'lsa va himmat ko'rsatsa, daromadingiz ozgina oshadi.

Qadringizni oshirish.
O'z ustingizda ishlaysiz, yangi bilim va ko'nikmalarni egallaysiz, ishxonangiz uchun qiymat bera oladigan hodimga aylanasiz. Shunda rahbar o'zi maoshingizni oshiradi. Agar unday bo'lmasa, "sen bo'lmasang, boshqasi" deysizda, qadringizga mos joyga o'tasiz.

Birinchi yo'l - oson, lekin qisqa muddatli. Ikkinchi yo'l esa, biroz mehnat va sabr talab qiladi.

O'zingiz tanlang...

@mukhammadjon_tech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥62👍2👏1
O'qishdan to'xtamang!

Shogird o'z ustozidan so'rabdi:
- Ustoz, ushbu kitobni to'liq o'qib chiqdim, lekin xotiramda kitobdan hech narsa qolmadi.

Shunda ustozi unga bir dona xurmo berib:
- Buni chaynab, yegin, - dedi, shogirdi xurmoni yeb bo'lgach, - ho'sh, katta bo‘lib qoldingmi?
- Yo‘q, - dedi shogird.

- Lekin bu xurmo mayda-mayda bo'lib, sening jasadingda go'sht, suyak, pay, teri, soch va tirnoqlarga aylanadi, - dedi ustoz. - Sen o'qiyotgan kitoblar ham mayda-mayda bo'lib, o'zing bilmagan holda sening lug'at boyligingni oshiradi, aqlingni ziyoda qiladi, axloqingni sayqallab, gapirish uslubingni go'zal qiladi...o'qishdan to'xtama!

@mukhammadjon_tech
🔥10👍5
Kitob boʻyicha xulosalarim:

- Oxirgi 50 yilda siyosiy va iqtisodiy xolatlar xaqidagi xulosalar

- Keyingi 50 yilda bizni nimalar kutyapti, siyosiy va iqtisodiy xolatlarga IT (Information Technology) qanday ta’sir oʻtkazishi

@mukhammadjon_tech
👍821🔥1
Forwarded from Mukhammadjon's | Blog
10 kishini 0 dan natijagacha olib chiqmoqchiman. Darslar Online formatda, davomiyligi 5 - 6 oy davom etadi. Agar shunday tanishlaringiz yoki doʻstlaringizga boʻlsa manashu postni ulashib qoʻying. Bogʻlanish uchun @mukhammadjon_feedbackbot manashu botga yozishingiz mumkin.

@mukhammadjons_blog
8🔥3👍1
Insonlar o'rgatadi

Ba'zi do'stlaringiz va ish hamkorlaringiz hech kimga ishonish mumkin emasligini o'rgatadi.

Johillardan o'qish kerakligini, shunchaki ahmoq bo'lmaslik uchun ham kitob ushlash kerakligini o'rganasiz.

Xoinlardan vafodorlik va chin do'stlik qanday katta ne'matligini, xiyonatning xanjari qanchalar alamli bo'lishini bilib olasiz.

Ta'magirlardan bu illatning xunukligini, samimiylikning qadrini o'rganasiz.

Ha, o'rganasiz. Insonlar sizga o'rgatib qo'yadi...

@mukhammadjon_tech
👏72🔥2
Boylik sirlari

Ko’p millioner bo’ylar bilan gaplashdim.

Boylik bo’yicha maslahatlar oldim. Biri bitta narsa aytsa ikkinchisi umuman teskarisini aytar edi.

Ikkalasi ham muvaffaqiyatli. Kimni eshitishni ham bilmayman. Paradoks.

Bularning tarixlariga chuqurlashdim.

Keyin bilsam,

1. Biri hech qachon pul orqasidan yugurmagan. Tasodifan kerakli vaqtda, kerakli katta odamlarning ichida bo’lib qolgan.

2. Ikkinchisi faqat pulni orqasidan yugurgan. Uni oilaviy qiyinchiliklar pulni ketidan yugurishga majbur qilgan.

3. Uchinchisi yoshligidan «buyuklikka» ustanovka olgan. Katta odam bo’lish uning qoniga singib, missiyaga aylangan.

4. To’rtinchisi to’g’ri turmushga chiqqan.

5. Beshinchisida «jackpot». Qozonning qorasi ham yuqqan. Oilaviy qiyinchiliklari ham bo’lgan. To’g’ri qizga ham uylangan.

6. Oltinchisi esa merosxor.

Hammasining qissasi o’zgacha.

Holati biznikiga o’xshashlarining maslahatini olaylik, faqat boylik qurushda emas. O’shanda o’samiz.

©️ Mashrabov A

@mukhammadjon_tech
🔥6👍2
Forwarded from Mukhammadjon's | Blog
Yaqinda barcha bizneslar NoCode va AI Assistant dan foydalanishni boshlaydi.

Biznes egasi uchun gʻoyani jonlantirish jarayoni va uni qanchalik tez ishlab chiqish va òzgartirish juda muhim jarayon. Eng asosiysi kam mablagʻ evaziga. Shuning uchun hozir bu mavzu actual bòlib turibdi.

@mukhammadjons_blog
🔥5👍1
Машина ғилдираги ёрилди, аммо бирорта ҳам ғилдирак машинага тўғри келмайди...

Баъзиларнинг ҳам дўсти кўп аммо, бошига иш тушганда бирортасининг нафи тегмайди. Шунинг учун дўстларнинг сонига эмас, сифатига эътиборли бўлинг. Битта бўлсин - зўр бўлсин!

© Social

@mukhammadjon_tech
👍7🔥41
Forwarded from Mukhammadjon's | Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu yangilik milliy banklar uchun anchagida iqtisodiy minusga olib keladi. Davlat uchun esa yaxshigida iqtisodiy òsish yuzaga keladi.

Bundan avval chetdan pul o'tkazmalari uchun davlatlar aro banklar bòlganligi uchun har bir transferdan ma'lum foizi xizmat xaqi sifatida yechib olinar edi. Keyin uni bankdan naxt pulga aylantirilar edi. Bularni barchasini yagona boshqaruv sistemasiga solishni iloji bòlmaganligi uchun biz davlatga soliq tòlamas edik.

Endi esa hech qanday banklar o'rtasidagi transfer uchun foizlar yòq, lekin soliq sistemasi jòriy qilinishi mumkin.

@mukhammadjons_blog
🔥3
Zo'r a?

O'qishdasan, biznesdasan, internet, YouTube, Instagram va hokazo. Hammani ko'rib boryapsan.

Kimdir yaxshi inson bo'lish haqida, yana kimdir trammalarni yechish haqida, motivation, biznes, shaxsiy rivojlanish, qadriyatlar haqida gapirib yotibdi.

Adashib qolyapsanmi? Kallang aynib qolmaganiga shukr qilasan ba'zida.

U yoqqa kirsang u tarafga, bu yoqqa kirsang bu yoqqa kirging keladi, ba'zida esa o'zingcha ana unga o'xshab sayohatga chiqishni ham xohlab qolasan, yo'q pulga.

Biroq, o’z yo’lingizni topish va maqsadlaringizga sodiq qolish juda muhim. Har bir odam o’z yo’lini topishga harakat qiladi, lekin ba’zida chalg’ib ketishi yoki noto’g’ri yo’lda davom etishi mumkin.

Shunchaki, og'ishmagin!

Bu maydon shundayki, o'zingga nasihat qilasanda zora qolganlarga ham foydasi bo'lar deb ulashib yuborasan.

@mukhammadjon_tech
🔥5👍32
Marketing Mix (4P)

Startup'larning asosiy 4 ta ustuni manashu 4P ustiga qurilgan.

1. Product (Mahsulot)
Mahsulot yoki xizmatning qanday afzalliklari, imkoniyatlari va muammolarni hal qilish qobiliyatini aniqlash.

2. Price (Narx)
Mahsulot yoki xizmatning qiymatini belgilash, xarajatlarni hisoblash va marja qo‘yishni o‘rganish.

3. Place (Joylashuv)
Mahsulot yoki xizmatning qayerda va qanday taqdim etilishini aniqlash. Mahsulotni mijozlarga qanday yetkazish kerakligini o‘rganish.

4. Promotion (Reklama)
Mahsulot yoki xizmatni qanday reklama qilish, ommaga taqdim etish va targ‘ib qilish strategiyalarini ishlab chiqish.

@mukhammadjon_tech
🔥3👍1
Mixail Dashkievning bir master-klassidan xulosalar.

Yangi darajga chiqish uchun sizga quyidagi jihatlar kerak bo'ladi:

1. Va'dasida turish. (Integrity) ⚙️
Bu kran 100 tonna yukni ko'tara oladi deb qo'llanmasida yozilgan bo'lsa aniq ko'taradi. Odamlarning sizga bo'lgan ishonchi ham shunday darajada bo'lishi kerak.

2. Javobgarlikni bo'yniga ola olish. 🔗
Faqat o'zingiz qilayotgan natija yoki xatolarga ega, boshqa insonlarning xatolariga va natijalariga javobgarlikni bo'yningizga ola olishingiz kerak.

3. Natijaga chiqara olish. 🎯
Bir ishni faqatgina bajarish emas, natijagacha olib chiqish ko'nikmasi bo'lishi kerak.

4. Bir narsa o'xshamasa qayta-qayta xarakat qila olish. 💪
Gap bir ishni zo'r qilishda emas, o'xshamasa ham qaytmaslik, qayta va qayta xarakat qilaveradigan sifatingiz bo'lishi kerak.

5. Chidash, sabr qilish, yengib o'tish. 🗿
Qiyinchiliklarni yengib o'tish ko'nikmasi bo'lishi kerak. Barchi qiyinchiliklar vaqtinchalik, lekin odamlarning sabrini chegaralari har xil.

6. Xaqiqiy qiymat yarata olish. 💸
Siz qilgan ishingiz — yo'q narsadan materiya xosil qilishi kerak. Tuzgan strategiyangiz kassadagi pulni ko'paytirishi, yangi ish o'rinlar paydo qilishi, ishlab chiqariladigan tovarlarni sonini oshirishi, yangi maxsulotlar yaratilishiga olib kelishi kerak.

Ushbu ko'nikmalar va sifatlarni o'zimizda jam qilganimizdagina yangi darajaga o'tishga tayyor bo'lar ekanmiz.

@mukhammadjon_tech
👏1
Manga ko'pchilik nima yo'nalish tanlashni bilmayabman nima qilay deb yozadi.

1. Yo'nalishlarni barchasini o'rganib chiqing (1-2 soat)
2. Ulardan eng yoqganini tanlab 6 oy ishlab ko'ring
3. Eng yoqganini qoldirib o'sha sohada 2-3 yil rivojlaning
4. yana 1-2 ishlab daromadingizni kamida 3-5K ga ko'taring va ishingizni biznesga aylantiring.

Bugungi kundagi aktual sohalar:

Pul olib keladigan sohalar:

- copywriting
- content manager
- targeting
- content creator
- videograph
- mobilograph
- web design
- nocode developer
- software engineer at freelance
- business automation
- ai expert
- PM
- methodologist
- data analyst
- Media buyer
- graphic designer
- sales manager
- high ticket sales manager
- agency

@mukhammadjon_tech
👍3🔥2
"Kunni" samarali rejalashtirish 

Oldin kunimni har bir soat/daqiqasini aniq qilib rejalashtirishga harakat qilar edim. Ko‘p o‘xshamagandan so‘ng umuman rejalashtirmay qo‘ygan edim. Xuddi shu muammoga ko‘p insonlar duch kelib ular ham rejalashtirish foydasiz, baribir buzilib ketadi degan qarorga kelishgan. 

Lekin oxiri samarali usulni topganman, buni bo‘lishmoqchiman: 

0. Kunni bir kun oldin reja qilasiz  

1. Kunni 3 ta qismga bo‘lish kerak 
a. Tongda 2-4 soat 
b. Ish kuni 
s. Kechki payt 2-3 soat 

2. Tongda va kechki payt qilinadigan ishlar, qayerda, qanday sharoitda, qaysi mamlakatda, qaysi faslda bo‘lishidan qatʼiy nazar bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar. Bitta misol — har kunlik sport. 

3. Birinchi kun davomida qilinadigan ishlarni ro‘yxat qilib yozib chiqasiz (to do list)

4. Qilinadigan ishlarni 2 ta qismga bo‘lasiz 
a. Eng muhim ishlar (Prioritet A) — maksimum kunlik 3 ta ish 
b. Ikkinchi darajali ishlar (Prioritet b) — qilsangiz yaxshi, qilmasangiz ertanga ko‘chirish mumkin. 

5. Ishni boshlagan paytingiz ro‘yxatdagi birinchi ishga deadline qo‘yasiz. Yani bugun 10 ta ishingiz bo‘lsa birinchisidan boshlaysiz va o‘sha ishni tugash vaqtinigina rejalashtirasiz. Qolgan ishlar haqida o‘ylamaysiz. Keyingi ishga o‘tganingizda uning uchun alohida tugash vaqtini belgilaysiz. 

6. Shunday tartibda ishlash rejalar moslashuvchan bo‘lishini taʼminlaydi. 

Bugun tekshirib ko‘ring, keyin natijasini bo‘lishing

@mukhammadjon_tech
🔥511
Miyyangizdagi har qanday to'siqni (baryer) 100 ta xarakat bilan yo'q qilish mumkin.

Sota olmayabsizmi? — 100 ta qo'ng'iroq
Mijozlar yo'qmi? — 100 ta xabar
Ishga kirmoqchimisiz? — 100 ta rezyume yuborish
Dizayn yaxshi chiqmayaptimi? — 100 ta dizayn chizing
Odamlar bilan tanisha olmayabsizmi? — 100 ta uchrashuv
Bir odatni shakllantirmoqchimisiz? — 100 kun bajaring.

Muammo to'siqlarda emas, sizni xarakatlaringiz sonida.

@mukhammadjon_tech
👏2👍1
Путь одного агентства romanidan xulosalar.

1. 4-5 yil ichida eng Top agentlikka aylanish mumkin, agar sabr qilishga tayyor bo’lsangiz.

2. Agentlik qurishda 100% tayyorgarlik va aniq reja bilan ishni boshlash emas, balki yo’lda chiqgan muammolarni tez yecha olish muhimroq.

3. #1 ko’nikma odamlarni tushunish, ularni tanlashni bilish, boshqarishni bilish.

4. Tajribali xodimlar olish. Deyarli olingan barcha tajribasiz xodimlar ishni eplab ketisha olishmagan.

5. Biznes assistentni ishning eng boshida olish juda muhim. Mayda ishlar bilan umringiz o’tib ketadi.

6. Bepulga bo’lsa ham katta auditoriyalarga dars o’tish juda katta yordam beradi. Obunachilar va bo’lajak mijozlarni jalb qilasiz.

7. Blogingiz sizni raqobatchilardan 10x tezroq o’sishingizga, ko’p muammolarni hal qilishga yordam beradi.

8. Agentlik egasi doim reglamentlar yozishi kerak.

9. Xodimlar va hamkorlar bilan tez va to’g’ri hayrlasha olish kerak.

10. Sizni kimdir kamsitishi — juda tez o’sishga sababchi bo’lishi mumkin.

11. Sizni faqat sizdan pastdagi odamlar muhokama qilishadi.

12. Jamoa bilan chet elga sayohatlar qilish ularni samaradorligini bir necha barobarga oshiradi.

13. Ehson qilish kerak.

14. Estetika, dizayn va upakovka juda ko’p narsani hal qiladi.

15. Kompaniyaning prinsiplarini yozib chiqish va doim ular asosida ish tutish kerak.

16. Yashash joyingiz, ish joyingiz qimmat sotishingizga, samaradorlikka, fikrlash o’zgarishiga ta’sir qiladi.

17. Har doim qilgan ishlaringizga, muammolarga o’zingiz sababchisiz.

18. Kompaniyangiz rivojlanishini blogingizda translyatsiya qilish — bozordagi eng top xodimlarni jalb qilishga yordam beradi.

© U.I

#kitob #xulosa

@mukhammadjon_tech
1
Qanday qilib xodimlarga 100% ishonish mumkin?

— Hech qanday.

— Siz raqamlar, metrikalar bilan ishlashingiz kerak.

— Jarayonlarni tizimga aylantirishingiz kerak.

— Har bir ishni hujjatlashtirish va standartlarga aylantirish kerak.

Yaxshi, yomon, tez, sekin, zo’r, chiroyli degan narsalar yo’q. Bular o’lchab bo’lmaydigan sifatlar. Shularni o’rniga aniq raqamlar va ko’rsatkichkarni ishlatganimizda biz kutgan natijani olishni boshlaymiz.

Siz nima deb o’ylaysiz?

@mukhammadjon_tech
1🔥1👏1
Sizni ishdan bo'shatish yoki almashtirish qiyinmi yoki osonmi? O'zingizga savol bering.

Butun dunyodagi 41% kompaniyalar 2030 yilgacha xodimlarini ishdan bo'shatib, o'rniga sun'iy intellekt qo'yishni reja qilgan.

O'zbekistondayam xodimlar masalasida juda katta muammo bor, minglab talabalar kurslarni, universitetlarni bitirib chiqishadi, lekin ko'chada yoki ishsiz yoki umuman boshqa sohada ishlab yuribti.

Sababi nima deb o'ylaysiz?

Mani fikrimcha mustaqil fikrlashni bilmaydi. Robotga o'xshab faqat aytilgan ishni qila oladi, ko'p xollarda o'sha ishni aytilgandek ham qilishmaydi.

Unday ishchilarni esa bo'shatish ham oson, almashtirish ham oson, chunki har qanday odam uni o'rnini bosa oladi.

Shu mustaqil fikrlashni boshqa odamlarga o'rgatsa bo'larmika deb o'ylab qoldim va o'zimni bir ish qilayotganimda qanday fikrlashimni tahlil qildim.

Buni sayt yasash misolida tushuntirib beraman.

0. Mijoz topdim.
1. Birinchi mijozni olish yoki olmaslik haqida o'ylayman, aniq filtrlarim bor
2. Ishni baholayman, qila olamanmi yoki yo'qmi, bu qancha vaqtim va kuchimni oladi ?
3. Loyihani oldim
4. Birinchi qadam loyiha maqsadini aniqlash, ular bilan chuqur interyu o'tkazish
5. Mustaqil ravishda shu soha haqida ma'lumot to'plash, o'rganib chiqish, sohani ichiga sho'ng'ish. Google/youtube/chatGPT/Mutaxassislardan ma'lumot yig'ish
6. Raqobatchilarni o'rganish, chet eldagi raqobatchilarni tahlil qilish, ularni kuchli tomonlarini topish, zaif tomonlarini ko'rish
7. Maqsadli auditoriyani aniqlash, ular haqida ma'lumot to'plash, ularning o'g'riqlarini va muammolarini aniqlash. Kerak bo'lsa ular bilan suxbatlashish.
8. Referenslarni yig'ish. Maksimal darajada ko'p yig'ish.
9. Saytni bloklarini aniqlash
10. Bloklar ketmaketligini aniqlash
11. Har bir blok uchun matn yozish.
12. Matnni kuchaytirish uchun nimalar qo'shish mumkinligi haqida o'ylash
13. Matnni xatolarini tekshirish, yanada kuchaytirish
14. Prototip ko'rinishiga keltirish
15. Prototipni qulay qilish
16. Prototipni tekshirib chiqish va chiroyli qilib yasash
17. Brendbookni o'rganib chiqish
18. Referenslar yig'ish
19. Asosiy referenslarni aniqlash
20. Dizayn konsept qilish
21. Konsept uchun elementlar bazasini yig'ish
22. Birinchi ekranni chizish
23. Dizaynni kuchaytirish
24. Yana bir nechta variant chizish
25. Baholatish
26. Tasdiqlatish
27. Keyingi ekranlarni dizaynini chizish
28. Boshqa saytlar bilan solishtirish
29. Saytlar orasida eng chiroylisi bo'lishiga intilish
30. Mobil versiyasini chizish
31. Xatolarini to'g'irlash
32. Qulay bo'lishini ta'minlash>
33. Standartlarga mosligini tekshirish
34. Mijozga tasdiqlatish
35. Verstkachi uchun qulay qilish
36. Verstka qilinganda qanday ko'rinishda bo'lishini test qilish
37. Verstkaga o'tish
38. Standrtlar asosida verstka qilish (standartlar 100 ga yaqin qoidalardan iborat)
39. Saytni tezligini tekshirish
40. Qulayligini tekshirish
41. Sozlamalarini tekshirish
41. CRMlarni tekshirish
42. Testdan o'tkazish
43. Adaptivligini tekshirish
44. Mijoz bergan fidbeklarni olish
45. Sayt uchun qo'llanma qilish
46. Saytni mijozga taqdim etish
47. Saytni topshirish
48. Saytni testdan o'tkazish
49. Saytni korrektsiya qilish
50. Mijozni rozi qilish.

@mukhammadjon_tech
3🔥2👍1