Mukhammadjon Muminov | Tech
64 subscribers
24 photos
1 video
5 links
Software Engineer | CE & CS

Blog: @mukhammadjons_blog
CT: @pip_sudo
Download Telegram
Biznes modeldagi eng katta xato

Kecha biznes modellar bo’yicha bitta zo’r insight oldim, eng katta xato - bir marta sotib, mijozni qo’yib yuborish.

Sotuv usullar har xil bo’lishi mumkin, lekin eng katta kompaniyalarning hammasi davomiy sotuvlar ustida qurilgan.

iPhone ishlatadigan odam yillar davomida faqat iPhone oladi. Yoshlikdan boradigan sartaroshimizga 5-10 yil davomida soch oldiramiz.

Bir marta xarid qilgan brendlarimizga biz ishonamiz, yangilarini sinab ko’rishga risk qilishdan qo’rqamiz.

Risk qilsak ham kimdir tavsiya qilgan bo’lishi mumkin. Agar yoqmasa, ushbu brendning antireklamasi bo’lamiz.

Kompaniyaning eng katta resursi - uning mijozlari, mahsulotdan qoniqqan mijozlari.

Ushbu resursni ishlata olsangiz, biznesingiz raqobatga chiday oladi.

@mukhammadjon_tech
🔥41😁1
Katta bizneslar qanday yaratiladi?

Amerikalik tadbirkor, sobiq prezident Donald Trampning otasidan o'rgangan to'rtta qoidasi:

1. Get in - boshla.
Ko'pchilik biznes boshlashda qulay fursat, imkoniyatni kutadi. Bu narsalar kamdan kam holatda bir paytda, bir inson qo'lida paydo bo'ladi. Odamlar xato qilishdan qo'rqib, biznesni boshlamay turishadi lekin boshlash uchun jur'at topganda, biznes g'oya o'z kuchini yo'qotib bo'ladi.

2. Get done - bajar.
Har qanday ish xatosiz bo'lmaydi, biznesni boshladingmi, endi uni yurit, xatolar bo'lishi aniq lekin ko'p o'ylamasdan bajarishga o't, xatolardan to'g'ri xulosa chiqar.

3. Get done right - to'g'ri bajar. Xatolardan to'g'ri xulosa qilgan bo'lsang, endi ishlarni to'g'ri bajarishga o't, endi xato qilmasdan to'g'ri bajar, chunki endigi xatolar qimmatga tushadi. Ishni tizimlashtirishga o't, har bir ishchining vazifalarini aniq belgilab ber.

4. Get out - chiqib ket.
Hamma narsa tizimli ishlashni boshlagandan keyin biznesga o'zingga ishonchli menejer tayinla, unga hamma narsani o'rgat, tizim bir maromda ishlashni boshlamaguncha biznesdan xabar olib tur, tizim xatosiz ishlay boshlagach chiqib ket. Boshqa loyihalar ustida ishlashni boshla.

@mukhammadjon_tech
👍3😁1
Xalqimizda yomon bir gap bor:

- Hamma aqlli boʻlib ketsa, ketmonni kim chopadi?!

Xitoyliklar 40-50 yil oldin dunyoda eng xorlanuvchi xalq edi. Xatto Amerikada jamoat joylarga kiraverishda "itlar va xitoyliklar kirishi taʼqiqlanadi" degan yozuvlar boʻlgan. Hozir xitoyliklar dunyoda eng ilgʻor, ketmon oʻrniga texnika ishlatyapti.

Oʻtgan yili ishxonamizga Xitoydan texnika olib keldik. Uni faqat xitoyliklar oʻrnata olar ekan, chaqirtirdik. To ishimizni bitirguncha, barcha istaklarini (biz uchun gunoh boʻlmagan) muhayyo qildik.

Hindlarni olaylik, ular haqida oʻzimizcha unaqa-bunaqa deb gapiramiz. Lekin hozir ular dunyadagi eng gigant kompaniyalarini boshqarmoqda.

Microsoft asoschisi Bill Gatesning hazilomuz bir gapi bor:
- Mendan nimaga katta lavozimlarga hindlarni qoʻyasiz deb soʻrashadi. Men agar ularni katta lavozim bilan ushlab turmasam, yurtlarida kompaniya ochib, menga raqobatchi boʻlishadi, - degan.

@mukhammadjon_tech
👍7🔥1
Odamlar orasida "Bizda hammayoq tanish-bilishchilik, oʻqigan bilan koʻtarilishning iloji yoʻq, yaxshi kadrlarning qadriga yetishmaydi..." kabi fikrlarni tez-tez eshitib qolaman.

Shunaqa muammolar rostdan ham borligini tan olaman. Lekin baribir insonning oʻziga koʻp narsa bogʻliq ekanini taʼkidlayman.

...Kursdoshimga yoshligida boks boʻyicha ustozi aytgan ekan:

- Jang payti gʻirromlik boʻlayotganini sezsang, gʻoliblik sotib boʻlinganini anglasang, raqibingga shunday zarba bergin-ki, u oʻrnidan qaytib turolmasin. Gʻalabaga munosib boʻlsang-u, berishmasa, uni sugʻurib ol.

@mukhammadjon_tech
🔥41👍1
The Golden Circle!

What (NIMA) - dunyodagi har bir tashkilot NIMA qilayotganini biladi. Masalan, bu ular sotadigan mahsulotlar yoki xizmatlar bo’lishi mumkin.

How (QANDAY) - Ba'zi tashkilotlar esa buni QANDAY qilishlarini bilishadi. Bu ularning o'ziga xos qiladigan strategiyasi yoki raqobatchilardan ajratib turadigan narsalardir.

Why (NEGA) - judayam kamchilik tashkilotlar esa o’z mahsulot yoki xizmatlarini nima sababdan qilayotganini bilishadi. Bu yaxshi daromad qilish emas, balki bu kompaniyaning maqsadi, mavjudlik sababidir.

@mukhammadjon_tech
3
Ko'p muammolarni sababi stress.

Stress 2 xil bo'ladi

1. Pozitive stres (foydali)
2. Negative stres (zararli)

Tasavvur qiling.

🏔 O'rmondasiz, yolg'izsiz, qorong'udasiz. Daraxt o'rtida nimadur qimirlayapti shu payt avtomatik tarzda organizmda juda katta o'zgarishlar boshlanadi. Qon bosim oshadi, tomirlar tarranglashadi, katta miqdorda kortizol gormoni ishlab chiqarilishi boshlanadi. (Kortizol stress paytida ishlab chiqariladi). Buning eng katta sabablarida biri — siz o'sha payt nima qilishni bilmaysiz. Chunki daraxt ortida nima turganini bilmaysiz. U odammi, ayiqmi yoki bo'rimi yoki umuman boshqa narsami. Xuddi shu vaziyatda sizda negativ stress payti kuzatiladi. Bu stress imunitetni juda qattiq tushirib yuboradi, kasal bo'lishingiz, ovqat yeya olmasligingiz, kayfiyat qattiq tushib ketishi kuzatiladi. Kortizol miqdori oshishi — immunitet tushishiga olib keladi.

🐺 Endi qarasingiz daraxt ortida bo'ri ekan. Siz reja tuzishni boshlaysiz, yugursam yetib oladi, urushsam yutqazaman demak daraxtga yetib borib maksimal balandroqqa chiqishim kerak deb. Bu vaziyatda sizda aniq reja paydo bo'ldi. Sizda aniq maqsad bor. Endi daraxat tomon yugurishni boshlaganingizda esa organizmda bo'ya ishlab chiqarilgan kortizol dofamin gormoni ishlab chiqarilishiga yordam beradi, bu odamda motivatsiya paydo bo'lishiga olib keladi. Maqsadli stres organizmda noradrenalin gormoni ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Bu esa immunitetni qayta 100% tiklanishiga olib keladi. Bu pozitiv stres xisoblanadi. Bu odamga juda foydali.

Hozirgi kundagi har hil tadbirkorlar, mutaxassislar va frilanserlarda aynan birinchi turdagi stress kuzatilgani sababli ko'pchiligining doim kayfiyati o'zgarib turishi. tez-tez kasal bo'lishi, (emotional burn-out) bo'lishi va boshqa ko'plab muammolar kuzatiladi.

Maqsadsiz stress — zararli
Maqsadli stres — foydali

@mukhammadjon_tech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1🔥1
Frilanser uchun kerak bo'lgan eng qimmat 3 ta resurs

1. Vaqt — reja qilmasdan yotmang. Rejasiz uyg'onmang.

2. Energiya — Uyqu #1 energiya manbaasi. 5 soatdan ko'p lekin 9 dan kam bo'lishi kerak.

3. Fokus — Telefon "полёт" rejimiga qo'yasiz va har kuni eng kamida 4 soatdan deep work.

@mukhammadjon_tech
7🔥2
Maoshingizni oshirishning ikkita yoʻli bor:

1️⃣ Qadringizni tushirish

2️⃣ Qadringizni oshirish

Qadringizni tushirish.
Rahbaringizga oʻz muammolaringizni aytib, oyligingizni koʻtarib berishini iltimos qilasiz. Agar uning kayfiyati yaxshi bo'lsa va himmat ko'rsatsa, daromadingiz ozgina oshadi.

Qadringizni oshirish.
O'z ustingizda ishlaysiz, yangi bilim va ko'nikmalarni egallaysiz, ishxonangiz uchun qiymat bera oladigan hodimga aylanasiz. Shunda rahbar o'zi maoshingizni oshiradi. Agar unday bo'lmasa, "sen bo'lmasang, boshqasi" deysizda, qadringizga mos joyga o'tasiz.

Birinchi yo'l - oson, lekin qisqa muddatli. Ikkinchi yo'l esa, biroz mehnat va sabr talab qiladi.

O'zingiz tanlang...

@mukhammadjon_tech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥62👍2👏1
O'qishdan to'xtamang!

Shogird o'z ustozidan so'rabdi:
- Ustoz, ushbu kitobni to'liq o'qib chiqdim, lekin xotiramda kitobdan hech narsa qolmadi.

Shunda ustozi unga bir dona xurmo berib:
- Buni chaynab, yegin, - dedi, shogirdi xurmoni yeb bo'lgach, - ho'sh, katta bo‘lib qoldingmi?
- Yo‘q, - dedi shogird.

- Lekin bu xurmo mayda-mayda bo'lib, sening jasadingda go'sht, suyak, pay, teri, soch va tirnoqlarga aylanadi, - dedi ustoz. - Sen o'qiyotgan kitoblar ham mayda-mayda bo'lib, o'zing bilmagan holda sening lug'at boyligingni oshiradi, aqlingni ziyoda qiladi, axloqingni sayqallab, gapirish uslubingni go'zal qiladi...o'qishdan to'xtama!

@mukhammadjon_tech
🔥10👍5
Kitob boʻyicha xulosalarim:

- Oxirgi 50 yilda siyosiy va iqtisodiy xolatlar xaqidagi xulosalar

- Keyingi 50 yilda bizni nimalar kutyapti, siyosiy va iqtisodiy xolatlarga IT (Information Technology) qanday ta’sir oʻtkazishi

@mukhammadjon_tech
👍821🔥1
Forwarded from Mukhammadjon's | Blog
10 kishini 0 dan natijagacha olib chiqmoqchiman. Darslar Online formatda, davomiyligi 5 - 6 oy davom etadi. Agar shunday tanishlaringiz yoki doʻstlaringizga boʻlsa manashu postni ulashib qoʻying. Bogʻlanish uchun @mukhammadjon_feedbackbot manashu botga yozishingiz mumkin.

@mukhammadjons_blog
8🔥3👍1
Insonlar o'rgatadi

Ba'zi do'stlaringiz va ish hamkorlaringiz hech kimga ishonish mumkin emasligini o'rgatadi.

Johillardan o'qish kerakligini, shunchaki ahmoq bo'lmaslik uchun ham kitob ushlash kerakligini o'rganasiz.

Xoinlardan vafodorlik va chin do'stlik qanday katta ne'matligini, xiyonatning xanjari qanchalar alamli bo'lishini bilib olasiz.

Ta'magirlardan bu illatning xunukligini, samimiylikning qadrini o'rganasiz.

Ha, o'rganasiz. Insonlar sizga o'rgatib qo'yadi...

@mukhammadjon_tech
👏72🔥2
Boylik sirlari

Ko’p millioner bo’ylar bilan gaplashdim.

Boylik bo’yicha maslahatlar oldim. Biri bitta narsa aytsa ikkinchisi umuman teskarisini aytar edi.

Ikkalasi ham muvaffaqiyatli. Kimni eshitishni ham bilmayman. Paradoks.

Bularning tarixlariga chuqurlashdim.

Keyin bilsam,

1. Biri hech qachon pul orqasidan yugurmagan. Tasodifan kerakli vaqtda, kerakli katta odamlarning ichida bo’lib qolgan.

2. Ikkinchisi faqat pulni orqasidan yugurgan. Uni oilaviy qiyinchiliklar pulni ketidan yugurishga majbur qilgan.

3. Uchinchisi yoshligidan «buyuklikka» ustanovka olgan. Katta odam bo’lish uning qoniga singib, missiyaga aylangan.

4. To’rtinchisi to’g’ri turmushga chiqqan.

5. Beshinchisida «jackpot». Qozonning qorasi ham yuqqan. Oilaviy qiyinchiliklari ham bo’lgan. To’g’ri qizga ham uylangan.

6. Oltinchisi esa merosxor.

Hammasining qissasi o’zgacha.

Holati biznikiga o’xshashlarining maslahatini olaylik, faqat boylik qurushda emas. O’shanda o’samiz.

©️ Mashrabov A

@mukhammadjon_tech
🔥6👍2
Forwarded from Mukhammadjon's | Blog
Yaqinda barcha bizneslar NoCode va AI Assistant dan foydalanishni boshlaydi.

Biznes egasi uchun gʻoyani jonlantirish jarayoni va uni qanchalik tez ishlab chiqish va òzgartirish juda muhim jarayon. Eng asosiysi kam mablagʻ evaziga. Shuning uchun hozir bu mavzu actual bòlib turibdi.

@mukhammadjons_blog
🔥5👍1
Машина ғилдираги ёрилди, аммо бирорта ҳам ғилдирак машинага тўғри келмайди...

Баъзиларнинг ҳам дўсти кўп аммо, бошига иш тушганда бирортасининг нафи тегмайди. Шунинг учун дўстларнинг сонига эмас, сифатига эътиборли бўлинг. Битта бўлсин - зўр бўлсин!

© Social

@mukhammadjon_tech
👍7🔥41
Forwarded from Mukhammadjon's | Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu yangilik milliy banklar uchun anchagida iqtisodiy minusga olib keladi. Davlat uchun esa yaxshigida iqtisodiy òsish yuzaga keladi.

Bundan avval chetdan pul o'tkazmalari uchun davlatlar aro banklar bòlganligi uchun har bir transferdan ma'lum foizi xizmat xaqi sifatida yechib olinar edi. Keyin uni bankdan naxt pulga aylantirilar edi. Bularni barchasini yagona boshqaruv sistemasiga solishni iloji bòlmaganligi uchun biz davlatga soliq tòlamas edik.

Endi esa hech qanday banklar o'rtasidagi transfer uchun foizlar yòq, lekin soliq sistemasi jòriy qilinishi mumkin.

@mukhammadjons_blog
🔥3
Zo'r a?

O'qishdasan, biznesdasan, internet, YouTube, Instagram va hokazo. Hammani ko'rib boryapsan.

Kimdir yaxshi inson bo'lish haqida, yana kimdir trammalarni yechish haqida, motivation, biznes, shaxsiy rivojlanish, qadriyatlar haqida gapirib yotibdi.

Adashib qolyapsanmi? Kallang aynib qolmaganiga shukr qilasan ba'zida.

U yoqqa kirsang u tarafga, bu yoqqa kirsang bu yoqqa kirging keladi, ba'zida esa o'zingcha ana unga o'xshab sayohatga chiqishni ham xohlab qolasan, yo'q pulga.

Biroq, o’z yo’lingizni topish va maqsadlaringizga sodiq qolish juda muhim. Har bir odam o’z yo’lini topishga harakat qiladi, lekin ba’zida chalg’ib ketishi yoki noto’g’ri yo’lda davom etishi mumkin.

Shunchaki, og'ishmagin!

Bu maydon shundayki, o'zingga nasihat qilasanda zora qolganlarga ham foydasi bo'lar deb ulashib yuborasan.

@mukhammadjon_tech
🔥5👍32
Marketing Mix (4P)

Startup'larning asosiy 4 ta ustuni manashu 4P ustiga qurilgan.

1. Product (Mahsulot)
Mahsulot yoki xizmatning qanday afzalliklari, imkoniyatlari va muammolarni hal qilish qobiliyatini aniqlash.

2. Price (Narx)
Mahsulot yoki xizmatning qiymatini belgilash, xarajatlarni hisoblash va marja qo‘yishni o‘rganish.

3. Place (Joylashuv)
Mahsulot yoki xizmatning qayerda va qanday taqdim etilishini aniqlash. Mahsulotni mijozlarga qanday yetkazish kerakligini o‘rganish.

4. Promotion (Reklama)
Mahsulot yoki xizmatni qanday reklama qilish, ommaga taqdim etish va targ‘ib qilish strategiyalarini ishlab chiqish.

@mukhammadjon_tech
🔥3👍1
Mixail Dashkievning bir master-klassidan xulosalar.

Yangi darajga chiqish uchun sizga quyidagi jihatlar kerak bo'ladi:

1. Va'dasida turish. (Integrity) ⚙️
Bu kran 100 tonna yukni ko'tara oladi deb qo'llanmasida yozilgan bo'lsa aniq ko'taradi. Odamlarning sizga bo'lgan ishonchi ham shunday darajada bo'lishi kerak.

2. Javobgarlikni bo'yniga ola olish. 🔗
Faqat o'zingiz qilayotgan natija yoki xatolarga ega, boshqa insonlarning xatolariga va natijalariga javobgarlikni bo'yningizga ola olishingiz kerak.

3. Natijaga chiqara olish. 🎯
Bir ishni faqatgina bajarish emas, natijagacha olib chiqish ko'nikmasi bo'lishi kerak.

4. Bir narsa o'xshamasa qayta-qayta xarakat qila olish. 💪
Gap bir ishni zo'r qilishda emas, o'xshamasa ham qaytmaslik, qayta va qayta xarakat qilaveradigan sifatingiz bo'lishi kerak.

5. Chidash, sabr qilish, yengib o'tish. 🗿
Qiyinchiliklarni yengib o'tish ko'nikmasi bo'lishi kerak. Barchi qiyinchiliklar vaqtinchalik, lekin odamlarning sabrini chegaralari har xil.

6. Xaqiqiy qiymat yarata olish. 💸
Siz qilgan ishingiz — yo'q narsadan materiya xosil qilishi kerak. Tuzgan strategiyangiz kassadagi pulni ko'paytirishi, yangi ish o'rinlar paydo qilishi, ishlab chiqariladigan tovarlarni sonini oshirishi, yangi maxsulotlar yaratilishiga olib kelishi kerak.

Ushbu ko'nikmalar va sifatlarni o'zimizda jam qilganimizdagina yangi darajaga o'tishga tayyor bo'lar ekanmiz.

@mukhammadjon_tech
👏1
Manga ko'pchilik nima yo'nalish tanlashni bilmayabman nima qilay deb yozadi.

1. Yo'nalishlarni barchasini o'rganib chiqing (1-2 soat)
2. Ulardan eng yoqganini tanlab 6 oy ishlab ko'ring
3. Eng yoqganini qoldirib o'sha sohada 2-3 yil rivojlaning
4. yana 1-2 ishlab daromadingizni kamida 3-5K ga ko'taring va ishingizni biznesga aylantiring.

Bugungi kundagi aktual sohalar:

Pul olib keladigan sohalar:

- copywriting
- content manager
- targeting
- content creator
- videograph
- mobilograph
- web design
- nocode developer
- software engineer at freelance
- business automation
- ai expert
- PM
- methodologist
- data analyst
- Media buyer
- graphic designer
- sales manager
- high ticket sales manager
- agency

@mukhammadjon_tech
👍3🔥2
"Kunni" samarali rejalashtirish 

Oldin kunimni har bir soat/daqiqasini aniq qilib rejalashtirishga harakat qilar edim. Ko‘p o‘xshamagandan so‘ng umuman rejalashtirmay qo‘ygan edim. Xuddi shu muammoga ko‘p insonlar duch kelib ular ham rejalashtirish foydasiz, baribir buzilib ketadi degan qarorga kelishgan. 

Lekin oxiri samarali usulni topganman, buni bo‘lishmoqchiman: 

0. Kunni bir kun oldin reja qilasiz  

1. Kunni 3 ta qismga bo‘lish kerak 
a. Tongda 2-4 soat 
b. Ish kuni 
s. Kechki payt 2-3 soat 

2. Tongda va kechki payt qilinadigan ishlar, qayerda, qanday sharoitda, qaysi mamlakatda, qaysi faslda bo‘lishidan qatʼiy nazar bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar. Bitta misol — har kunlik sport. 

3. Birinchi kun davomida qilinadigan ishlarni ro‘yxat qilib yozib chiqasiz (to do list)

4. Qilinadigan ishlarni 2 ta qismga bo‘lasiz 
a. Eng muhim ishlar (Prioritet A) — maksimum kunlik 3 ta ish 
b. Ikkinchi darajali ishlar (Prioritet b) — qilsangiz yaxshi, qilmasangiz ertanga ko‘chirish mumkin. 

5. Ishni boshlagan paytingiz ro‘yxatdagi birinchi ishga deadline qo‘yasiz. Yani bugun 10 ta ishingiz bo‘lsa birinchisidan boshlaysiz va o‘sha ishni tugash vaqtinigina rejalashtirasiz. Qolgan ishlar haqida o‘ylamaysiz. Keyingi ishga o‘tganingizda uning uchun alohida tugash vaqtini belgilaysiz. 

6. Shunday tartibda ishlash rejalar moslashuvchan bo‘lishini taʼminlaydi. 

Bugun tekshirib ko‘ring, keyin natijasini bo‘lishing

@mukhammadjon_tech
🔥511