Mukhammadjon Muminov | Tech
64 subscribers
24 photos
1 video
5 links
Software Engineer | CE & CS

Blog: @mukhammadjons_blog
CT: @pip_sudo
Download Telegram
Agar siz talaba, o'qituvchi, dasturchi yoki boshqa bir soha vakili bo'lsangiz ham JetBrans va ko'plab servicelardan mutlaqo bepul foydalanishingiz mumkin.

Ba'zan imkoniyatimizni yo'qligi ham biz uchun imkoniyat bo'lishi mumkin. Dasturchi ushun muhim bo'lgan resurslardan biri bu yaxshi ishchi qurolga ega bo'lish hisoblanadi. Ular Visual Studio Code, Sublime Text, WebStorm, PyCharm, IntelliJ IDEA va boshqa ko'plab kodlash muhitlari bo'lishi mumkin. Ushbu postimda aytib o'tganimdek, JetBrans Productlaridan bepul foydalanishni va o'zim foydali deb bilgan bir qancha imkoniyatlarni batafsil tushuntirishga harakat qilaman. education.github.com ushbu saytdan ro'yxatdan o'tish orqali siz Student Programga ega bo'lishiz, JetBrans productlari va ko'plab pullik bo'lgan xizmatlardan foydalanishingiz mumkin. Bu xizmatlarga bepul domendan foydalanish, loyihalaringiz dunyo yuzini ko'rishi uchun turli mintaqadagi serverlardan bepul foydalanishingiz, Microsoft Azure, GitHub, DigitalOcean tomonidan $200 pul miqdoridagi depozitga ega bo'lish va boshqa ko'plab imkoniyatlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Bulardan foydalanish uchun shunchaki saytdan ro'yxatdan o'tib, talaba yoki boshqa shaxsingizni tasdiqlovchi xujjatlaringizni taqdim etishingizni o'zi kifoya.

@mukhammadjon_tech
❤2
Muzokaralarda kuchli bo'ling!

Erkin dasturchi sifatida faoliyat olib borib kelayotganimga ro'ppa ro'sa bir yil bo'libdi. Shu kungacha 80 ga yaqin job applicationlarga topshirdim. Ulardan jami 23 ta tecnicial va job interviewda qatnashdim, qolganlarida men topshirgan positionlarga tajribam yetmaganligi va skilllarim mos kelmaganligi uchun so'zsiz rad etildim. 23 ta interviewlardan 9 tasida offer, 8 tasida rejact oldim. Qolgan 6 tasida muzokara olib borish jarayonida menga to'g'ri kelmagan ayrim sabablar tufayli rad jevobini berdim.

Bu narsalarni nega aytyapman?
Atrofimdagi o'zimga o'xshagan bollar va kuzatuvlarim natijasida shu narsaga amin bo'ldimki, ko'pchilik birinchi rejactdan keyin shashti tushib ketadi. Bu tabiiy xolat albatta, rejact olish kimga ham yo'qardi. Muammo ham, yechim ham aynan shunda. Har safar rejact olganingda keyingi safar yana rejact olish xavotir hissi seni qayta xarakat qilishga undamaydi. Men ham shunday bosqichdan o'tdim va hozir ham shu bosqichdaman. Har safar interviewda qatnashganimda yangi narsa o'rganardim, nimalarni yaxshi bilishim, nimalarni bilmasligimni, ba'zi narsalar haqida menda noto'g'ri tushunchalar paydo bo'lib qolganligini, qaysi ko'nikmalarim kuchli, qaysi ko'nikmalarim ustida ishlashim kerakligini interviewlarda bilganman.

Albatta bular katta natijalar emas, lekin qaysidur ma'noda kichik tajriba. Kimdur aynan shu bosqichda bo'lganligi uchun xarakat qilishdan to'xtab qolgan bo'lishi mumkin. Muzokara olib borishdagi eng asosiy konikmalardan biri o'zingni kuchli tomonlaringni maksimal ravishda ochiqlab bera olish.

@mukhammadjon_tech
🔥2😁1
Ba'zi narsalarni ishlash mohiyatini tushunishimiz uchun vaqt kerak

Har gal bir marotaba o'qib tugatgan kitobingizni oradan bir muddat o'tgandan keyin qayta o'qiganingizdagi olgan xulosangiz, birinchi marta o'qiganingizdagi olgan xulosalaringizdan tubdan farq qiladi. Keyingilarda qayta - qayta o'qiganingizda ham shunday. Yakun bir xil, xulosalar va tushunchalar o'zchaga.

Bugun Data Scienceda ko'p ishlatiladigan Pythonning pandas kutubxonasining data typelardan biri DataFramelarni o'rgandim. Bu xuddi C++ dagi matritsalarga o'xshaydi, deyarli bir xil. Universitetda bundan 3 yil oldin 1 - kursda matritsa va teskari matritsalarni o'rgangan edim. Lekin bugun ularni qanday ishlashini yaxshiroq tushundim. O'shanda aynan bu xossalarni qayerda ishlatishni va qanday muammoga yechim tariqasida qo'llashimni tushunmagan edim. Bugun bir nechta misollar yordamida tushundim.

Tasavvur qiling sizda ma'lum songa ega foydalanuvchining username va email laridan iborat ma'lumotlari bor. U ma'lumotlar username va email satr ko'rinishida tartiblangan. Lekin sizga u ma'lumotlar ustun shaklida tartiblangan xolatda ular ustida amal bajarishingiz kerak. Agar ma'lumotlar nisbatan ozroq bo'lsa muammo yo'q, bu muammoga yechimni 4 yoki 5 qator code yozib xal qilishingiz mumkin. Lekin ma'lumotlar 100♾ ta bo'lsachi? Manashu muammoga yechim beruvchi codeni ham topdiz ham deylik. Siz bu vaziyatda memory va time managementni ham inobatga olishingiz kerak. Aynan manashunday big datalar bilan ishlashga to'g'ri kelib qo'lsa DataFrame lardan foydalanish yaxshi yechim bo'lar ekan.

Ps: Bu birinchi marta o'rganganimda olgan xulosalar, keyingi gal yana boshqa yechimlarni o'rgansam bu xulosalar balki o'zgarishi mumkin:)

@mukhammadjon_tech
👍3🔥2❤1😁1🐳1
Sizning tanishlaringiz 4 xil tipga bo'linadi

1. Introducer - sizni tanishtirib yuradi, boshqalar bilan ulaydi
2. Passive tanish - shunchaki tanish, eslasangiz eslaydi
3. Investor - sizga, g'oyalaringizga va mahsulotingizga pul tikadi
4. So'ruvchi - eng yomon tip faqat sizdan oladi, tez aloqani uzish kerak

@mukhammadjon_tech
🔥3⚡1😁1
Top 10 Software Architecture Patterns in 2023

1. Layered Pattern (N-Tier Architecture)
2. Client-Server Pattern
3. Microservice Architecture
4. Event-Driven Architecture
5. Model-View-Controller (MVC)
6. Service-Oriented Architecture (SOA)
7. Repository Pattern
8. CQRS (Command Query Responsibility Segregation)
9. Domain-Driven Design (DDD)
10. Peer-to-Peer (P2P) Architecture

@mukhammadjon_tech
👍2❤1🔥1👏1😁1
👍3❤1🔥1👏1😁1
Dasturlash olamiga endi qadam qo'yganlar uchun qimmatli maslahatlarim.

Ishingizdagi uzoq tanaffuslardan saqlaning. Kuniga kamida bir soat, loyihangiz bilan to'liq shug'ullanishga va hech narsaga chalg'imaslikka harakat qiling. Asta-sekin bu odat tusiga kiradi va siz o'zingizni bir joyda turib qolgandek his qilmaysiz.

Dasturlashni o'rganish oson emas va u tafakkur qilishni talab qiladi. Ammo natija berishni boshlagach, siz bundan katta zavq olasiz...

Taslim bo'lmang. Har kuni, hech bo'lmaganda ozgina vaqt davomida, yangi ma'lumotlarni ishlab chiqish va o'rganishga bag'ishlang. Va siz albatta muvaffaqiyat qozonasiz.

Ishingizda tartib bo'lsin. Ehtimol, bir necha oy mobaynida hech qanday muhim o'zgarish bo'lmas, lekin bir muncha vaqt o'tgach, sekin-sekinlik bilan bu sodir bo'la boshlaydi.

Eng muhumi ishingizni seving, shunda u siz uchun charchoq va mashaqqat emas, rohat va dam olish vazifasini o'taydi.

Zafarbek I.

@mukhammadjon_tech
🫡4👍2❤1🔥1😁1
#challange_sql #day_1_30

Retrieving Records (Part 1)

1.1. Retrieving All Rows and Columns from a Table 1

1.2. Retrieving a Subset of Rows from a Table 2

1.3. Finding Rows That Satisfy Multiple Conditions 2

1.4. Retrieving a Subset of Columns from a Table 3

1.5. Providing Meaningful Names for Columns 4

@mukhammadjon_tech
🔥4⚡2👍2👏2❤1😁1🍾1
KAM ISHLA - LEKIN YAXSHI ISHLA

Internetdagi motivatorlarni eshitib, xar dushanba xayotimni o’zgartiraman deb va’dalar berardim. Shu hafta ishimni to’g’irlayman, shu hafta loyihalarimni bitiraman va boshqa yuzlab shunga o’xshash narsalarni o’zimga va’da qilardim. Odatlarni shakllantiraman, kunimni samarali o’tkazaman deb ko’plab urinib ko'rardim.

Bu xolatni sababi:
🚫 yalqo’vlikdan
🚫 noto’g’ri rejalashtirishdan
🚫 samaradorlik qoidalarini bilmaslikdan
🚫 vaqtni to’g’ri taqsimlamaslikdan deb o’ylar edim

Ko’p do’stlarim va tanishlarim bilan gaplashib tushunib yettimki, man yagona bunday muammoga ega inson emas ekanman.

Mani samarasizligimni, vaqtimni to’g’ri taqsimlay ololmasligimni asosiy sababi duch kelgan odamga «HA» deb o’zimni bo’ynimga yuzlab birovning ma’suliyatlarini ilib olish bo’lgan ekan. Ish ko’pligidan hammasini vaqtida bajara olmay ko’plab loyihalarimdan pulimni ololmaslikka, yaqin insonlarimga yordam beraman deb ishiga rozi bo’lib, ishning o’rtasida ularga yomon ko’rinib qolishimga olib keldi. Ishdan charchaganimdan, o’sha ishni boshlamaslik uchun vaqtimni youtube, instagram va boshqa bexuda narsalarga sarflar edim 🎮

Doimiy band insonlarning barchasida shu muammo borligiga amin bo’ldim. Xammaga yaxshilik qilaman, xammaga xo’p deyman deb o’zingizni qulga aylantirib qo’yishingiz mumkin ekan. Balkim aylanib bo’lgandirsiz …

Qanday bu botqoqdan chiqib kettim? Qanday qilib bu zanjirlarni uzib tashladim?

Man bosib o’tgan qadamlarni ket-ma-ket tushuntirishga harakat qilaman:

1. Xamma ishni birozga to’xtating. Bu zanjirda ekanligingizni tan oling, tushunib yeting.
2. Barcha bajarishga majbur bo’lgan loyihalaringizni ro’yxat qilib yozib chiqing.
3. Ishlarni muximligi va deadline bo’yicha saralab chiqing.
4. Aniq necha soat vaqt ketishini yozing. 10-20-30 soat bo’lishi mumkin.
5. Telefoningizdan barcha ijtimoiy tarmoqlarni ochirib tashlang (vaqtinchalik)
6. Terminator rejimini yoqib Xar kuni kamida 8 soat tinimsiz ishlab barcha ishni tugating
7. Bu vaqt mobaynida boshqa loyihalarni olmang
8. Ishni yakunlagach 4-5 kun internetsiz dam oling
9. Sizga o’ta muxim va katta daromad olib keluvchi 1-2 loyihani olib faqat shular bilan ishlang

@mukhammadjon_tech
👍2❤1🔥1😁1
Muhimlik darajasi

1. Muhim va shoshilinch ishlar.
Avvalo ishlarni muhimlik darajasini aniqlab olish kerak. Keyin shoshilinch yoki unday emasligini ham. Lekin agarda to'g'ri yo'sinda muhim va shoshilinchligi aniq bo'lsa bu ishlarni o'zingiz qilishingiz kerak. Qisqa reja tuzish orqali.

2. Muhim lekin shoshilinch emas.
Bunday ishlarni rejalab qilish kerak. Misol uchun: yoshlar pala-partishlik bilan bir sohani tanlamasdan nimada istedodi borligini aniqlab, reja bo'yicha oldinga intilishi.

3. Muhim emas shoshilinch.
Bunday ishlarga vaqtingizni sarflamang. Sizdan boshqa ham qila oladimi boshqalarga topshiring. Misol: Bizni uyda usta ishlayapti va ish yakunida tozalash, yana bir qancha ishlar bor. Biz bu vaziyatda vaqtimizni sarflashdan ko'ra yollanma ishchi olib kelsak maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki vaqtimiz ham, iqtidorimiz ham isrof bo'lmaydi.

4. Muhim ham emas shoshilinch ham emas.
Ayollarni serial ko'rishiga o'xshataman. O'rtaga olib "nima uchun", "nima foyda bor" degan savollar bilan oxirigacha berib borilsa javobi aniq chiqadi.

Yuqoridagilar bo'yicha oldin muhimlik va shoshilinchlik darajasini aniqlab olish kerak.

@mukhammadjon_tech
👍4❤1👏1😁1🕊1
3 xil munosabat kerak

1. Mentor - bir odam sizning yo'lingizni bosib o'tgan, plus-minus'larini tushungan

Siz xohlayotgan natijaga chiqishni xuddi choy damlash algoritmidek biladigan

Suvni 100' da qaynatasan, choyni solasan, 5 minut kutasan

Xuddi shu algoritm kabi - topish juda qiyin, ammo topilsa jackpot, yillab yutasiz

2. Peer (Tengdosh) - tengdoshlik yoshdamas, darajada bo'lsa yaxshi

Saviyada, fikr doiraning kengligida

Moliyaviy jihatdan, ilmda

Musobaqalashish, do'stlar qilayotganini ko'rib harakatga kelish bu juda ham kuchli instrument

Shaxsan man atrofimni shunaqa deb o'ylayman, birgalikda, bir-biriga yordam bergan holda o'sish oson, tez

Haftada bir 15 ta siz kabi do'stingiz bo'lsa, ular hafta davomida orttirgan tajribasi, bilimlari, ⚠️ tanish bilishlari'ga ega bo'lasiz

Shunchaki shunaqa muhitga tushing (internetdan "Peer Pressure" deb qidiring)

3. Mentee (Shogird) - Barcha o'rgangan narsangizni o'rgatish uchun

Agar yaxshi ustoz bo'lsangiz, ular tez sizning darajangizga chiqadi, balki o'tib ham ketadi...

Foydasini keyin aytarsiz)))

Sizda hammasi mavjudmi?

@mukhammadjon_tech
👍4😁2⚡1❤1🔥1🍾1
10x tezroq o'rganish

Amaliy ishlaydigan metod

Birinchi muammoni olamiz, keyin yechishni o'rganamiz

Teskarisi emas

Avval formula yodlab keyin masala yechishmas

Masalani javobini qidirish uchun formula qidirish kerak yoki keltirib chiqarish

Birinchi topshiriq, keyin mahorat, keyin yechim

Doim ishlaydi, avval mas'uliyat olasiz keyin bajarasiz...

@mukhammadjon_tech
👍7⚡2🔥2😁2👏1🍾1